--⊱⊱ 45 ⊰⊰--
SHAKLLANTIRISH
Almatova Madina Maʼmurjon qizi
Toshkent viloyati Parkent tumani 1-
son DMTT direktori
Annotatsiya: Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik madaniyatni shakllantirish, tabiat va atrof muhitga, tirik jonzotlarga boʻlgan ijobiy yondoshuvlar hamda mehr shavqat hissini rivojlantirish toʻgʻrisida ma;lumotlar berilgan.
Kalit soʻzlar: atrof-olam, bola, tabiat, ekologik madaniyat, munosabat, taʼlim-tarbiya, hayvonot olami.
Bugungi kunda insoniyatni xavfga solayotgan muammolardan biri yer kurrasidagi ekologik vaziyat hisoblanadi. Jamiyatning atrof-muhit bilan oʻzaro buzilgan aloqasi keng jamoatchilik oʻrtasida katta tashvish uygʻotmoqda.
Insonning tabiiy boyliklardan haddan tashqari oshiqcha foydalanishi oqibatida sayyoramizning qiyofasi oʻzgarib bormoqda. Yashil oʻrmonlar siyraklashib, oʻsimlik va hayvonot turlari kamaymoqda, foydali qazilma boyliklari tugab bormoqda. Suv havzalari va atmosfera havosining ifloslanishi, chiqindi moddalarning ortib borishi natijasida aholini oziq-ovqat bilan taʼminlash, energiya va chuchuk suv muammolari borgan sari murakkablashmoqda. Oqibatda, million-million yillar davomida turgʻun boʻlgan tabiiy holatga putur yetmoqda.
Maktabgacha yosh ekologik madaniyatni shakllantirishda eng maʼqul davr hisoblanadi. Bu yoshda bolaning dunyoqarashi va ongi, odob-axloq meʼyorlari rivojlanayotgan boʻladi. Bu yoshda inson, bola goʻzallikka, jonli va jonsiz tabiat bilan hamohang boʻlishga, jamoaviy va doʻstona munosabatlarga tayyorlik, ruhiy yuksalish va oʻzini anglashga, olamni chegaralarsiz qabul qilishga, yuksak axloqiy sifatlarga intiladi. Bola oʻzgalarning qaygʻusini his qiladi, oʻzning va boshqalarning adolatsizligini ogʻir qabul qiladilar, kattalarning yaxshi ishlariga va sifatlariga taqlid qiladilar. Bolaning begʻubor qalbi moddiy va ruhiy olamni oʻzida birlashtiradi. Mana shu birlashuvsiz bolada ekologik dunyoqarash va ongni shakllantirish imkonsiz.
Zaminimizdagi tabiiy manbalarni asrab-avaylashning eng muhim vositalaridan biri oʻsib kelayotgan yosh avlodni tabiatni asrashga oid ekologik bilimlardan xabardor qilish, ularga ekologik tarbiya berish hisoblanadi. Tabiatga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish, uning boyliklaridan unumli foydalanish, tevarak-atrofdagi muhitni yaxshilash, uning buzilishi, ifloslanishiga yoʻl qoʻymaslik, tabiatga nisbatan axloqiy qiymatdagi xatti-harakatlarni amalga oshirish malaka va koʻnikmalari esa bolalikdan rivojlan-tirilsagina maqsadga erishish mumkin. Ayni maqsadlar insonning butun hayoti davomida mafkura, siyosat, sanʼat, adabiyot, ilmiy bilimlar, ishlab chiqarish amaliyoti, taʼlim-tarbiya, tashviqot orqali amalga oshirilishi mumkin. Bu ishlarning dastlabki shakllari maktabgacha taʼlim yoshidan boshlanishi zarur. Bolaning maktabgacha taʼlim yoshi davrida tevarak-atrofdagi borlikka nisbatan ongli ravishda tabiatga ijobiy munosabati tarkib topa boshlaydi va u ona tabiatga boʻlgan gʻamxoʻrligini orttira boradi.
Bolalardagi atrof-muhitga boʻlgan qiziqishni qoʻllab-quvvatlash bilan bir vaqtda, ularni tabiatni asrab-avaylash ruhida tarbiyalash kerakligini esdan chiqarmaslik kerak. Ekologik tarbiya maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyalash, tabiat goʻzalliklarini koʻra bilishlarida katta yordam beradi.
--⊱⊱ 46 ⊰⊰--
Ekologik taʼlim-tarbiya maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalar orasida bebaho insonparvarlik munosabatini rivojlantiradi: tabiatning barcha obʼektlariga nisbatan qiziqishini uygʻotadi, atrof-muhitning shart-sharoitini oʻrganish, unga gʻamxoʻrlik qilish malakalarini rivojlantiradi.
Tabiatda ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlishni tarbiyalash maktabgacha taʼlim tashkilotlarining eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish jarayonida tabiatga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlishni tarkib toptirishga katta eʼtibor beriladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik tarbiyasi muhim ahamiyatga ega boʻlib, xuddi mana shu yoshda bolada maʼnaviy madaniyatning bir qismi hisoblangan shaxsiy ekologik madaniyatning poydevorlari shakllanadi. Bolalarning ekologik tarbiyasi - maqsad sari yoʻnaltirilgan pedagogik jarayondir.
Shaxsni ekologik tarbiyalash, tabiatni muhofaza qilish munosabatlariga ijobiy yondashish, tabiat bilan bogʻliq boʻlgan faoliyatni amalga oshirishda ekologik muhofaza nuqtai nazaridan yoʻnaltirilgan intizom, ekologik ongning yuzaga kelishi bilan tavsiflanadi.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.