ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

MAMLAKATIMIZ SANOAT DEVERSIFIKATSIYASI AHAMIYATI

Abstract

Sanoatni diversifikatsiya qilish-bu mamlakatda, ayniqsa, bir nechta asosiy tovarlarga yoki kam qo'shimcha qiymatga ega ishlab chiqarishga tayanadigan rivojlanayotgan mintaqalarda iqtisodiy tarmoqlar va faoliyat turlarini kengaytirish jarayonidir.  Sanoat bazasini diversifikatsiya qilish mamlakatga tashqi zarbalarga bog'liqlikni kamaytirishga, ko'proq ish o'rinlari va daromad olish imkoniyatlarini yaratishga, innovatsiyalar va raqobatbardoshlikni rivojlantirishga yordam beradi.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

MAMLAKATIMIZ SANOAT DEVERSIFIKATSIYASI AHAMIYATI

Farmonova Maftuna Norpulat Qizi

Toshkent amaliy fanlar universiteti ,

Iqtisodiyot fakulteti, Tarmoqlar iqtisodiyoti

kafedrasi o’qituvchisi

ANNOTATASIYA. Sanoatni diversifikatsiya qilish-bu mamlakatda, ayniqsa, bir nechta asosiy tovarlarga yoki kam qo'shimcha qiymatga ega ishlab chiqarishga tayanadigan rivojlanayotgan mintaqalarda iqtisodiy tarmoqlar va faoliyat turlarini kengaytirish jarayonidir. Sanoat bazasini diversifikatsiya qilish mamlakatga tashqi zarbalarga bog'liqlikni kamaytirishga, ko'proq ish o'rinlari va daromad olish imkoniyatlarini yaratishga, innovatsiyalar va raqobatbardoshlikni rivojlantirishga yordam beradi.

KALIT SO’Z

diversifikatsiya, modernizatsiya, raqobatbardoshlik, jahon bozori, milliy boylik

АННОТАЦИЯ. Промышленная диверсификация — это процесс расширения экономических секторов и видов деятельности в стране, особенно в развивающихся регионах, которые зависят от небольшого количества сырьевых товаров или производства с низкой добавленной стоимостью. Диверсификация промышленной базы может помочь стране снизить зависимость от внешних потрясений, создать больше рабочих мест и возможностей для получения дохода, а также способствовать инновациям и конкурентоспособности.

КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА

диверсификация, модернизация, конкурентоспособность, мировой рынок, национальное богатство.

ANNOTATION. Industrial diversification is the process of expanding economic sectors and activities in a country, especially in developing regions that rely on a few primary commodities or low-value-added manufacturing. Diversifying the industrial base can help a country reduce its dependence on external shocks, create more jobs and income opportunities, and promote innovation and competitiveness.

KEYWORDS

diversification, modernization, competitiveness, world market, national wealth

KIRISH.

Diversifikatsiya ishlab chiqarishda yuqori samaradorlikka erishish, iqtisodiy foyda olish, bankrotlikka barham berish va boshqa maqsadlarda amalga oshiriladi. Ilgari bir sohada ixtisoslashgan firmalarning (sanoat, qishloq xoʻjaligi, transport, moliya va h.k.) boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari, xizmat koʻrsatish sohalariga, birinchi navbatda, yuqori foyda beradigan sohalarga kirib borishi ularning xoʻjalik faoliyati sohalari va imkoniyatlarini kengaytiradi.

Iqtisodiy adabiyotlarda diversifikatsiya qo’yidagi turlarga ajratiladi:

Xatarlarni diversifikatsiya qilish, agar inqiroz yuzaga kelsa, daromadning bir qismini saqlab qolish uchun investitsiyalarni biznesning turli sohalariga taqsimlashdan iborat.

Biznesni diversifikatsiya qilish. Biznes yangi tovarlar, xizmatlar va ishlab chiqarish usullarini yaratish, u uchun tubdan yangi yo'nalishlarni o'zlashtirish orqali kengaytirishga harakat qilmoqda. Kompaniya aktsiyalar va boshqa aktivlarga ham sarmoya kiritishi mumkin. Biznesni diversifikatsiya qilishning maqsadlari uning daromadlarini oshirish, raqobatchilardan ustunliklarni izlashdir.

Korxonaning diversifikatsiyasi korxona quyidagi muammolarga duch kelganda yuzaga keladi: kuchli raqobatchilar, daromadning pasayishi, mahsulotga talabning pasayishi. Masalan, boshqa tashkilot bilan birlashish. Shu bilan birga, kompaniya o'z sohasida ishlashni davom ettirishi yoki faoliyat yo'nalishini o'zgartirishi mumkin.

Mamlakatda yuqori texnologiyalarga asoslangan sanoat yo‘nalishlarini jadal rivojlantirish, sanoat tarmoqlariga xususiy investitsiyalarni keng jalb etish orqali raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, hududlarda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish hisobidan aholi daromadlarini oshirish hamda yirik tarmoqlarga ilg‘or xalqaro standartlarga asoslangan boshqaruv tizimini joriy etish maqsadida:

- sanoatning bazaviy tarmoqlari, jumladan neft-gaz, energetika, kimyo, tog‘-kon, mashinasozlik sanoatini rivojlantirish, raqobatbardoshligini oshirish, diversifikatsiya qilish hamda ularni isloh qilish strategiyalari va dasturlarini ishlab chiqish,

- resurslarning tarmoqlararo va hududlar bo‘yicha mutanosib ravishda taqsimlanishini hamda -infratuzilmaning o‘zaro muvozanatlashgan rivojlanishini ta’minlash;

- energiya resurslari, qimmatbaho va rangli metallar, boshqa strategik resurslarni ishlab chiqarish, ularning iste’mol balansini shakllantirish va monitoring qilish hamda ishlab chiqarish kuchlarini optimal joylashtirish kabi bir qancha vazifalarni amalga oshirish maqsad qilib qo’yilgan.[1]

Shu sababli mamlakatimizda sanoat tarmog’i tarkibini, uning mahsulotlarini diversifikatsiyasi bo’yicha amaldagi holatni tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish o’ta dolzarb masaladir.

Warren Buffet fikricha Diversifikatsiya-bu jaholatdan himoya. Nima qilayotganlarini biladiganlar uchun bu juda kam ma'noga ega.

"Diversifikatsiya-bu moliya sohasidagi yagona bepul tushlik" iborasi Nobel mukofoti sovrindori Garri Markovitsga tegishli. U zamonaviy portfel nazariyasini ishlab chiqdi, unda diversifikatsiya ma'lum bir xavf darajasi uchun portfel ko'rsatkichlarini yaxshilashi mumkin deb o’z fikrini bildirgan.

Charli Mungerning investitsiya kontsentratsiyasi falsafasi an'anaviy diversifikatsiya strategiyalariga majburiy alternativ hisoblanadi. Qarama-qarshi pozitsiyasiga qaramay, u vaqt sinovidan o'tishi mumkin bo'lgan bardoshli portfelni yaratish bo'yicha qimmatli tushunchalarni taklif etadi.

A.Chubning fikricha, ishlab chiqarish diversifikatsiyasining mazmuni makroiqtisodiy darajadan tortib, global darajaga qadar barcha darajalarda iqtisodiy tizimlar tabaqalashganligining o‘sishi ob’ektiv jarayonidan iborat. Bunda diversifikatsiya ikkita qarama-qarshi jarayonlarning dialektik birligi sifatida chiqadi: tarkibiy-funksional tabaqalashuv va ma’lum iqtisodiy tizim doirasida turli-tuman unsurlarning integratsiyalashuvi.

N. Xolmatov mamlakatimizda sanoat siyosatining institutsional muammolarini tadqiq etgan. Uning fikricha, sanoat siyosati korxonalarning tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini taʼminlashga qaratilishi maqsadga muvofiq . Yaʼni, ichki bozor sigʼimi yirik sanoat korxonalarnining rivojlanishi imkonini bermaydi. Аlbatta, ishlab chiqarishga innovatsiyalarni joriy etish va yangi mahsulot yaratishda yirik sanoat korxonalarning imkoniyati kengroq boʼladi. Ushb nuqtai-nazardan yondashganda sanoat tarmogʼini rivojlantirish va innovatsion mahsulot ishlab chiqarishni taʼminlashda yirik korxonalar rivojlanishi uchun sharoit yaratish lozim.[2] Shuningdek deversifikatsiya jarayonini amalga oshrishda, sanoat korxonalarning innovatsion rivojlanishning ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshlikni ta’minlashning zaruriy sharti ekanligi barchamizga ma’lum. Bu borada P. Drukerning quyidagi fikriga alohida to’xtalib o‘tish lozim. Uning fikricha “biznesning asosiy maqsadi mijozlarni jalb qilish bo’lganligi sababli korxonani ikkita asosiy funksiyasi mavjud : marketing va innovatsiya”dan iborat deb hisoblaydi. [3] Siyosat islohoti barqaror sanoat o'sishi uchun daromadlar nomutanosibligi muammosini hal qilishi kerak. Qulay sarmoya va ishbilarmonlik muhiti uchun startaplar uchun qulaylik yaratish, oson kredit berish va elektr energiyasidan foydalanish muhim ahamiyatga ega [4]

TAHLIL VA NATIJALAR.

Mamlakat iqtisodiyoti va aholi bandligida sanoat juda katta o‘rin tutadi. Bu sohaga zarur sharoit yaratish maqsadida so‘nggi yillarda 19 ta erkin iqtisodiy zona va 400 dan ziyod kichik sanoat zonasi tashkil etildi, ularning infratuzilmasiga 10 trillion so‘m yo‘naltirildi. Shuningdek, to‘qimachilik, kimyo, qurilish materiallari, charm, farmatsevtika, elektr texnikasi kabi tarmoqlarni “drayver”ga aylantirish uchun 3 milliard dollarlik moliyaviy resurslar ajratildi. Sanoatni xomashyo bilan ta’minlash uchun geologiya-qidiruv ishlari 3 barobar ko‘paytirilib, 600 tadan ziyod yangi kon aniqlandi.

Natijada oxirgi besh yilda sanoat korxonalari soni 2 barobar ko‘payib, 100 mingtaga yetdi, ishlab chiqarish hajmi 1,4 baravarga ko‘paydi.

Bu hududlar rivojiga ijobiy ta’sir qilmoqda. Jumladan, Jizzaxda ilgari bo‘lmagan qurilish materiallari, avtomobilsozlik, oziq-ovqat sanoati kabi yangi tarmoqlar paydo bo‘ldi. Birgina qurilish materiallari bo‘yicha 220 ta loyiha ishga tushirilib, viloyat sanoatida bu sohaning ulushi 20 foizdan oshdi.

Samarqand, Sirdaryo, Namangan va boshqa hududlarda metallni qayta ishlash bo‘yicha 19 ta yirik loyiha amalga oshirilgan. Namanganda tashkil etilgan 54 ta yangi kichik sanoat zonasida 2022-yilda 3 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Kimyo sanoatida oxirgi uch yilda ishlab chiqarish hajmi 1,5 baravarga, eksport esa 2 baravarga oshgan. [5]

Shu bilan birga, ayrim hududlarda natijalar imkoniyat darajasida emas. Xususan, 2022-yilda Navoiy, Buxoro va Toshkent viloyatlarida sanoat o‘sishi ko‘ngildagidek bo‘lmagan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Farg‘ona va Xorazmda ip-kalavani qayta ishlash darajasi pastligicha qolgan. Namangan, Samarqand va Navoiyda oziq-ovqat, charm-poyabzal, mebel ishlab chiqarish salohiyati yetarlicha ishga solinmagan. 1-jadvalda iste’mol tovarlar ishlab chiqarish hududlar kesimida o’zgarishini ko’rishimiz mumkin.[6]

1-jadval.

Hududlar kesimida iste`mol tovarlari ishlab chiqarish( mlrd.so`m) [7].

Hududlar 2021 yil 2022 yil

O`zbekiston

Respublikasi 155159,1 145011,7

Qoraqalpog`iston

Respublikasi 2945,6 2393,3

Andijon 25823,9 36563,5

Buxoro 8570,2 4899,6

Jizzax 4009,7 4115,2

Qashqadaryo 4660,9 3003,5

Navoiy 4342,5 3156,4

Namangan 8303,8 7696,0

Samarqand 14381,9 9896,6

Surxondaryo 2640,6 1733,6

Sirdaryo 3718,9 2048,1

Toshkent 19981,5 18290,8

Farg`ona 11763,9 7634,9

Xorazm 8591,6 10277,4

Toshkent sh. 35424,2 33302,8

Respublikamiz hududida is’temol tovarlar ishlab chiqarish bo’yicha 2021 va 2022 yillarda eng katta o’sish Andijon viloyatida bo’lib 25823,9 mlrd so’m dan 36563,5 mlrd ga oshgan, Toshkent shahrida esa 2021-yilda 35424,2 dan 33302,8 mlrd ga o’zgargan , Samarqand viloyatida o'rganilayotgan yillar bo’yicha 14381,9 dan 9896,6 mlrd ga tushish kuzatilgan.

2-jadval

Iqtisodiy faoliyat turi bo`yicha sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish (mlrd. so’m) [7]

Ko‘rsatkichlar 2021

yil

yil

Sanoat mahsuloti hajmi, mlrd. so`m 456

056,1

265,0

Tog`- kon sanoati va ochiq konlarni ishlash 43

872,2

093,5

Ishlab chiqaradigan sanoat 378

186,4

491,8

Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 48

643,3

547,3

To`qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish 52

372,3

850,7

Elektr, gaz, bug` bilan ta`minlash va havoni konditsiyalash

815,5

653,7

Suv bilan ta`minlash; kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig`ish va utilizatsiya qilish

182,0

026,1

Kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish 28

080,7

639,5

Metallurgiya sanoati 96

785,5

071,9

Avtotransport vositalari, treylerlar va yarim pritseplar ishlab chiqarish

167,6

396,2

Iqtisodiy faoliyat turi bo’yicha ishlab chiqarish 2022 yilda Sanoat mahsulotlar hajmi 2021 yilga qaraganda 97208 mlrdga oshgan, tog’-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash bo’yicha 8221 mlrdga, ishlab chiqarish sanoatida 82305 ,4 mlrd ga oshish kuzatilgan. Barcha tarmoqlar uchun muhim hisoblangan elektr, gaz, bug` bilan ta`minlash va havoni konditsiyalash boyicha ham 6838,7 mlrdga oshganligini aytib o'tishimiz mumkin.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Diversifikatsiya -sanoat siyosatining aniq maqsadi va vazifalarini belgilaydi hamda sanoatni rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini ishlab chiqishni taqozo etadi. Sanoat diversifikatsiyalash zaruriy mahsulotga o‘z ehtiyojlarini qondirish, mavjud sanoat salohiyatidan yuqori foydalanish va hududlarning raqobatbardoshligini oshirish,shungdek uning ijtimoiy rivojlanishi muammosini ham hal qilish imkonini beradi. Sanoatni rivojlantirish, sohaga investitsiyalarni ko‘paytirish va zaxiralarni ishga solish chora-tadbirlariga e’tiborni qaratilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Shuningdek,

- sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshirish,

- hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarni vaqtida ishga tushirish

- respublika va xalqaro bozorlar ulushini kengaytirish

- resurs tejamkor siyosatni ishlab chiqish

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 12.10.2023 yildagi PF169-son, “Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”.

2. Otamurodov, Shavkat, and Maftuna Farmonova. "SANOAT

KORXONALARINING INNOVATSIYON RIVOJLANISHI MUAMMOLARI."

Iqtisodiyot va taʼlim 24.3 (2023): 106-112.

3. Farmonova M.N. Industrial Development in Uzbekistan //Journal of Intellectual Property and Human Rights. – 2022. – Т. 1. – №. 12. – С. 23-31.

4. Isakov, M. (2020). MI Abdurahim Ortiqov, Musaxon Isakov. Industrial iqtisodiyot. O ‘quv qo ‘llanma.-T. TDIU, 2019. Архив научных исследований, (27).

5. Отамуродов, Шавкат. "ЎЗБЕКИСТОН САНОАТ МАҲСУЛОТЛАРИ

ЭКСПОРТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ." Economics and

education 23.6 (2022): 383-389.

6. Котлер Ф. Маркетинг XXI века. Маркетинг от А до Я. Новые маркетинговые технологии. Десять смертных грехов маркетинга: пер. с англ. / под ред. Т.Р. Тэор.— СПб.: Нева, 2005. — 432 с.

7. O’zbekiston Respublikasining statistik axborotnomasi

8. Charlie Munger’s Investment Philosophy: The Power Of Concentrated Investing Over Diversification // https://calculatedself.com/investing/charlie-mungersinvestment-philosophy-the-power-of-concentrated-investing-overdiversification/#faq-question-1689817026312

9. Sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishi – iqtisodiyotda tarkibiy o`zgartirishlar dasturlarining amalga oshirilishi natijasidir //https://uzeng.uz/uz/press_center/news/sanoat-ishlab-chiqarishining-rivojlanishiiqtisodiyotda-tarkibiy-o-zgartirishlar-dasturlarining-amal/

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.