RIVOJLANTIRISH YO‘NALISHLARI
Rizoqulova Elnora Otabek qizi
Profi University o‘qituvchisi
Annotatsiya.
Byudjet va korporativ xaridlarni tashkil etish jarayonida muayyan mamlakatlarning ilg‘or iqtisodiy rivojlanishi, siyosiy tuzilmalari va xaridlarni tartibga solish kabi turli omillarga qarab farqlanadi. Shu bilan birga, bir qancha rivojlangan mamlakatlar o‘zlarining samarali va shaffof xarid amaliyotlari bilan e’tirof etilgani diqqatga sazovordir. Mazkur tezisda xorij davlatining bu jarayonni tashkil etish bosqichlari va mamlakatimizda uni takomillashtrish ishlari hamda butun dunyodagi mavjud muammolar keltirilgan.
Tayanch so‘zlar: Byudjet, davlat xaridi, byudjet byurtmachilari, korporativ byurtmachilar, rejalashtirish, raqobat.
Mamlakatimizda davlat xaridlari tizimini yanada shaffofligini ta’minlash hamda uni takomillashtirish hisobiga korporativ buyurtmachilar, shu jumladan, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari va korxonalar mablag‘larining maqsadli sarflanishini ta’minlash, shuningdek, ularning samaradorligini oshirish, davlat xaridlari jarayoniga tadbirkorlik sub’ektlarini keng jalb qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019yil 5dekabrda “Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish va davlat xaridlari jarayoniga tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish choratadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolangan. Shuningdek, davlat xaridlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solish islohotlarinig davomi sifatida 2018yilda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qabul qilingan qonunining 2021yil 22aprelda yangi tahriri e’lon qilindi.
Bu tizimini takomillashtirish va ishlab chiqishda davlat ehtiyojlari va korporativ byurtmachilar uchun xaridlarni tashkil etish bo‘yicha jahon tajribasi O‘zbekiston uchun alohida qiziqish uyg‘otadi. Dunyoning turli mamlakatlarida davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari huquqiy tizimlar va an’analarning o‘ziga xos xususiyatlari bilan rivojlanmoqda. Shusababli, qonun hujjatlari tuzilmasida sezilarli farqlar, shuningdek, xaridlar masalalari bo‘yicha me’yoriy hujjatlarning umumiy hajmidagi qonunlar (hujjatlar) nisbatidagi farqlar mavjudligi tabiiy hol.
AQSHda davlat buyurtmalarini uchta asosiy bosqichda boshqarishning mexanizmlarini oʻz ichiga olgan milliy shartnoma tizimlari mavjud. Bular; rejalashtirish, joylashtirish, bajarish. AQSH Federal shartnoma tizimi FCS. 1921 yilda yaratilgan va eng qadimgi shartnoma tizimlaridan biri hisoblanadi. Zamonaviy AQSh davlat xaridlari mexanizmi asosan 1984 yilga kelib, bir qator qonunlar va qoidalar qabul qilinganda shakllangan, ular birgalikda “Federal sotib olish qoidalari” (FAR) deb nomlanadi. Qoidalar to‘plami 1000 dan ortiq sahifalarni o‘z ichiga oladi va 53 ta bo‘limdan iborat bo‘lib, ularning har biri xaridlarning alohida jihatiga bag‘ishlangan. Birinchi oltita bo‘lim davlat pudratlarining umumiy masalalarini ko‘rib chiqadi, keyingi oltitasi xaridlarni rejalashtirishning turli qoidalariga bag‘ishlangan. Keyingi bo‘limlarda davlat xaridlari bilan bog‘liq mehnat qonunchiligi masalalari, shartnomalar bajarilishini nazorat qilish qoidalari va tartiblari hamda 100 dan ortiq batafsil tartibga solinadigan davlat shartnomalarini o‘z ichiga olgan namunaviy shartnomalar muhokama qilinadi.
Dunyo bo‘ylab byudjet tashkilotlari, muassasalari, shuningdek, ustavida davlat ulushi 50% dan yuqori bo‘lgan korporativ tashkilotlarning mablag‘laridan tejamkorlik bilan foydalanish, ularning ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan tovar, ish, xizmatlarni elektron axborot tizimlari orqali tashkillashtiriladigan savdolar orqali amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. AQShning davlat xaridlari bozori keng va xilmaxil bo‘lib, sotuvchilar uchun ko‘plab imkoniyatlarni taqdim etadi. AQSH savdo siyosatining uzoq yillik maqsadi AQSH tovarlari, xizmatlari va yetkazib beruvchilari uchun xorijiy davlat xaridlari uchun teng oʻyin maydonida raqobatlashishlari uchun yangi imkoniyatlar ochish boʻlgan. Bugungi kunda davlat xaridlari mamlakat yalpi ichki mahsulotining 10 15 foizini tashkil qilib kelomoqda. Qo‘shma Shtatlar o‘zining erkin savdo bitimlariga (FTA) davlat xaridlari bo‘yicha majburiyatlarni kiritadi, bunda AQSh tovarlari, xizmatlari va yetkazib beruvchilariga AQSH savdo hamkorlarining davlat xaridlarida raqobat qilish uchun adolatli va kamsitmasdan imkoniyatlar berilishini ta’minlaydi.
Byudjet va korporativ xaridlarni tashkil etish bo‘yicha Amerika tajribasi muayyan tashkilot va sohaga qarab farq qilishi mumkin. Biroq, Qo‘shma Shtatlarda odatda amal qiladigan ba’zi umumiy amaliyot va tamoyillar mavjud.
1. Byudjetlashtirish: Byudjetni tashkil etish har qanday tashkilot uchun moliyaviy rejalashtirishning muhim jihati hisoblanadi. Qo‘shma Shtatlarda byudjetlar odatda har yili tuziladi va resurslarni taqsimlash va moliyaviy natijalarni daromadlar va xarajatlarni prognozlash, moliyaviy maqsadlarni belgilash va turli bo‘limlar yoki loyihalarga mablag‘larni taqsimlash kabi turli bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Byudjetlar ko‘pincha tashkilot maqsadlariga muvofiqligini ta’minlash uchun muntazam ravishda ko‘rib chiqiladi va yangilanadi.
2. Korporativ xaridlar: Korporativ xaridlar tashkilot uchun tovar va xizmatlarni sotib olish jarayonini anglatadi. Qo‘shma Shtatlarda korporativ xaridlar shaffoflik, raqobatbardoshlik va samaradorlik tamoyillariga asoslanadi. Raqobat savdolari odatda pul uchun eng yaxshi qiymatni ta’minlash maqsadida yetkazib beruvchilar yoki pudratchilarni tanlashda qo‘llaniladi. Tashkilotlar ko‘pincha adolatli va axloqiy amaliyotlarni ta’minlash, xavflarni minimallashtirish va amaldagi qonun va qoidalarga rioya qilishni ta’minlash uchun xarid qilish siyosati va tartiblarini o‘rnatadilar.
3. Takliflar uchun so‘rov (RFPs): RFPlar odatda Amerika xaridlari jarayonida, ayniqsa yirikroq xaridlar yoki murakkab loyihalar uchun qo‘llaniladi. RFP bu tashkilotning talablarini belgilaydigan va potentsiallikka ega yetkazib beruvchilar yoki pudratchilardan takliflarni so‘raydigan hujjat. Takliflar narx, texnik ekspertiza, sifat va yetkazib berish imkoniyatlari kabi turli mezonlar asosida baholanadi. Keyin tashkilot baholash natijalariga ko‘ra eng malakali sotuvchi yoki pudratchini tanlaydi.
4. Shartnoma boshqaruvi: Yetkazib beruvchi yoki pudratchi tanlanganidan so‘ng, shartnoma boshqaruvi xaridlar jarayonining muhim qismiga aylanadi. Shartnomalarda tashkilot va sotuvchi o‘rtasidagi kelishuv shartlari, jumladan, narxlar, to‘lov shartlari, yetkazib berish jadvallari, sifat standartlari va nizolarni hal qilish mexanizmlari ko‘rsatilgan bo‘ladi. Shartnomani boshqarish sotuvchining ish faoliyatini nazorat qilishni, shartnoma shartlariga rioya qilishni ta’minlashni va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday muammo yoki nizolarni hal qilishni o‘z ichiga oladi.
Umuman olganda, Qo‘shma Shtatlarda byudjet va korporativ xaridlarni tashkil etish puxta rejalashtirish, qoidalarga rioya qilish va pul uchun eng yaxshi qiymatni olishga e’tiborni o‘z ichiga oladi. Shaffoflik, raqobatbardoshlik va samaradorlik umumiy tashkiliy samaradorlikni oshirishga qaratilgan jarayonni boshqaradigan asosiy tamoyillardir.Yuqoridagi rasm asosida AQSh davlat xaridlari tizimining kuchli xususiyatlari yoritib o‘tamiz:
Davlat xaridlari bu davlat buyurtmachilarining ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni belgilangan talablar va tartibtaomillar asosida sotib olish jarayoni. Bunda davlat va jamoat tashkilotlarining tovarlar, xizmatlar va infratuzilmani sotib olish jarayoni tushuniladi. Mazkur jarayon davlat xizmatlarini ko‘rsatish va rivojlanish maqsadlariga erishish uchun muhim vosita bo‘lsada, unda turli muammolar ham mavjud.
Yuqorida biz mazkur jarayonni tashkil etishda rivojlangan mamlakat amaliyotini o‘rgangan bo‘lsakda, butun dunyoda davlat xaridlarini tashkil etish va uni amalga oshirish jarayonida muammolar mavjud bo‘lib, ulardan ba’zilari quyidagilardan iborat:
Bunda byudjet va korporativ byurtmachilar xaridlarini tashkil qilishda xorij amaliyotini o‘rganar ekanmiz, unda raqobatbardosh muzokaralar va yopiq tenderlar yetakchi o‘rinni egallamoqda. Biz ko‘rib chiqqan mamlakatda xaridlarni tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari bor va bu ularga eng yuqori samaradorlik bilan amalga oshirish imkonini bermoqda. Mamlakat o‘zining samarali xarid amaliyotlari bilan e’tirof etilgan bo‘lsada, Kanada, Shvetsiya, Singapur va yana shu kabi yaxshi o‘rnatilgan tizimga ega rivojlangan boshqa mamlakatlar ham mavjud. Xususan, davlat xaridlari sohasidagi mavjud muammolarni hal qilish shaffoflik, samaradorlik va yana ko‘plab imoniyatlarni berishi mumkin. Mazkur amaliyotni batafsil o‘rganish va moslashtirgan holda usullarini qo‘llash bo‘yicha jahon tajribasi mamlakatimizda bu jarayonda mavjud kamchiliklarini bartaraf qilish imkonini yaratishi mumkin.
Elektron davlat xaridlarini amalga oshirishning tartib taomillariga ko‘ra, yetkazib beruvchi hisob-kitob-kliring palatasiga buyurtma qiymatining ma’lum foizi miqdorida avans to‘lovini ta’minlash orqali elektron savdolarda qatnashadi. Umuman olganda, elektron davlat xaridlarida ishtirok etishning umumiy shartlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
- ishtirokchi (korporativ buyurtmachi va yetkazib beruvchi, budjet buyurtmachilari mazkur to‘lovni to‘lashdan ozod etilganlar) HKKPga buyurtmaning qiymatiga nisbatan 3 foiz (elektron do‘kon va auktsion uchun) avans to‘lovni amalga oshirish;
- buyurtmachi va ishtirokchi tomonidan elektron raqamli imzo (ERI)dan foydalanish, elektron tizimda tuziladigan shartnomalarni haqiqiy deb topish uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
Biz elektron savdolarni tashkil etish jarayonini qisman ko‘rib chiqamiz. Ta’kidlash lozim, avans to‘lovlari shartnoma majburiyatlari bajarilganda yoki yangi taklif g‘olib bo‘lganda korporativ buyurtmachi va yetkazib beruvchiga qaytariladi. Aytish mumkinki, elektron xaridlar faqatgina elektron do‘kon va auktsionda amalga oshiriladi. Elektron xaridlar maxsus axborot portali orqali amalga oshiriladi. Tadqiqotlar asosida aytish mumkinki, maxsus axborot portaliga auktsion uchun joylashtirilgan e’lonlarda har bir lot tovar uchun shakllantirilgan narxlar bozor narxidan ancha farq qilishini yoki tovarning hajm (o‘lcham)lariiga qo‘yilgan talablar umumi standartlardan farq qilishini ko‘rish mumkin. Masalan, “DVP” (Drevesnovoloknistaya plita) to‘g‘risidagi texnik ma’lumotlari standart bo‘yicha 2,75x1,7 m2 yuzasi va qalingi 3 yoki 4 mm bo‘lib, og‘irligi mos ravishda 12 va 16 kg bo‘lishi aniqlandi1. Misol tariqasida olgan DVP mahsulotimiz 2- rasmda keltirilgan 2x2 m2 tarzida o‘lchov bilan berilgan. Uning qalinligiga qo‘yilgan 1 Kichik biznes va tadbirkorlikning iqtisodiy tarmoqlaridagi asosiy ko‘rsatkichlari tarixi. Manba: talablar va og‘irligi to‘g‘risidagi texnik parametrlar esa berilmagan. Fikrimizcha, davlat xaridlari bo‘yicha e’lonlar maxsus axborot portaliga joylashtirilganda quyidagi omillarga e’tibor berish maqsadga muvofiq, deb o‘ylaymiz:
- tovar (ish, xizmat)ning ishlab chiqaruvchi (yetkazib beruvchi) tomonidan savdo predmetining texnik pasporti asosida lotlar shakllantirilishini belgilash yoki tovar (ish, xizmat)larning lotlarini shakllantirishda davlat standartlari yordamida e’longa berish mexanizmini belgilash;
-savdo predmeti uchun narxlarni belgilashda bozor bahosi bilan avtomatik solishtirish va aniqlashning real vaqt rejimida ishlaydigan dasturiy mahsulotni yaratish;
Auksion o‘tkazishda belgilangan eng yuqori summa qiymatini oshirish orqali tanlov asosida o‘tkaziladigan xaridlar miqdorini kamaytirish maqsadga muvofiq, deb o‘ylaymiz. Bizningcha, yuqoridagi holatlarni joriy etish birinchidan, budjet buyurtmachisi tomonidan xarajatlar smetasi bo‘yicha bir turdagi tovarlarni ikki (yoki undan ortiq) shartnoma bo‘yicha xarid qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ikkinchidan, budjet buyurtmachisi tomonidan narxlarni manipulyatsiya qilishga imkon berilmaydi, uchinchidan, budjet xarajatlarining manzilliligini ta’minlash orqali samaradorlikka erishiladi.
Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, mamlakatimiz davlat xaridlari tizimida olib borilayotgan islohotlar borgan sari ilg‘or xalqaro tajribalarga moslashtirishga qaratilmoqda. Buning natijalarai sifatida iqtisod qilingan mablag‘lar miqdori ortayotganligini ko‘rib chiqdik. Shunday bo‘lsada davlat xaridlari tizimida hal etilishi lozim bo‘lgan ko‘plab muammolar ham mavjud.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.