Mamlakatimizda sanoat salohiyatini rivojlantirish Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti "Biznes boshqaruvi va
statistika" kafedrasi o‘qituvchisi
Axmedov Alim Babaniyazovich
Annotatsiya: Ushbu maqolada mamlakatimizda sanoat salohiyatini rivojlantirish va uni tamoyillari haqioda batafsil bayon etilgan.
Kalit soʻzlar: Oʻzbekiston, Surxondaryo, Oziq-ovqat, dastur, mahsulot, ishlab chiqarish, loyiha, logistika, kadr, material, hudud, klaster.
Dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatoriga qoʻshilayotgan Oʻzbekiston oʻzining mustaqil yoʻldan borar ekan barcha sohalarda amalga oshirilayotgan amaliy va nazariy ishlarni jamiyat hayotiga tadbiq etib bormoqda. Shuningdek sanoat sohasida ham. Xususan Surxondaryo viloyatida 2022- yil yanvar-aprel oylarida 1737,9 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021- yilning yanvar-aprel oyiga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 103,7 %ni tashkil etdi. Bu esa nisbatan yaxshi natija. Surxondaryo viloyati sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Dastur hujjat yangi ishlab chiqarish, amaldagilarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash, mineral-xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirishga yo‘naltirilgan. Umumiy dastur doirasida sanoatning alohida sohalarining rivojlanishiga yo‘naltirilgan manzilli dasturlar ham tasdiqlangan.
Oziq-ovqat sanoatiga qaratilgan manzilli dasturda viloyatda umumiy miqdori 21,6 mln dollarlik 47 loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Bu loyihalar korxonalarning shaxsiy mablag‘lari (8 mln dollar) va tijorat banklari mablag‘lari (13,5 mln dollar) hisobiga moliyalashtiriladi.Yengil sanoat mahsulotlari va boshqa nooziqovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha manzilli dasturida umumiy miqdori 63,2 mln dollarni tashkil qiluvchi 37 loyihaning amalga oshirilishini ko‘zda tutadi.Umuman olganda mamlakatimizda sanoat salohiyatini oshirish boʻyicha qator islohatlar amalga oshirilmoqda. Respublika hududlarida sanoatni jadal rivojlantirish hamda loyihalash tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari, ishlab chiqarish va logistika majmualari, kadrlarni o‘qitish, tayyorlash va qayta tayyorlash markazlarini qamrab olgan «sanoat klasterlari»ni tashkil etish, mahalliy xom ashyo hamda materiallardan samarali foydalanish asosida qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratishni ta’minlaydigan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish kommisiya vazifalariga kiradi. Bundan tashqari, «yo‘l xaritalari»da nazarda tutilgan tadbirlar, shu jumladan eksport kelishuvlarining to‘laqonli bajarilishi hamda investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida amalga oshirilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish mazkur Hukumat kommissiyasi zimmasiga yuklangan. Sanoat tushunchasiga toʻxtaldigan boʻlsak Sanoat, deb xom ashyo, material, yoqilgʻi, energiya va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yoki aholiga xizmat koʻrsatuvchi korxonalar (zavod, fabrika, kon, shaxta, elektr stansiya, ferma va hk) majmuasiga aytiladi. Sanoat xalq xoʻjaligining muhim sohasidir. 20- asrning 80yillarida qabul qilingan tasniflashga koʻra, Sanoat yiriklashtirilgan 18 tarmoqqa boʻlinadi: elektroenergetika; yoqilgʻi Sanoati; qora metallurgiya; rangli metallurgiya; kimyo va neft kimyosi Sanoati; mashinasozlik va metallga ishlov berish; oʻrmon, yogʻochni qayta ishlash va sellyulozaqogʻoz Sanoati; qurilish materiallari Sanoati; qurilishkonstruksiyalari va detallari Sanoati; oyna va chinnifayans Sanoati; yengil Sanoat, oziq-ovqat Sanoati; mikrobiologiya Sanoati; unyorma va aralash yem Sanoati; tibbiyot Sanoati; poligrafiya Sanoat Boʻsanoat tarmoqlari ham oʻz navbatida — ishlov beruvchi sanoat va undiruvchi sanoat turlariga guruhlanadi. Oʻzbekiston xududida Sanoat taraqqiyoti ildizini uzoq tarixga ega boʻlgan hunarmandchilik tashkil etgan. Samarqand, Buxoro, Urganch, Toshkent, Qoʻqon, Margʻilon, Namangan, Andijon kabi shaharlarda mayda va yirik hunarmandchilik rivoj topdi. Oʻzbekistonda haqiqiy maʼnodagi Sanoatning paydo boʻlishi 19-asrning 2-yarmiga toʻgʻri keladi. Oʻrta Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi natijasida oʻlkaga rus sanoatchilari va Rossiya kapitali ham kirib keldi va xom ashyoga birlamchi ishlov beradigan Sanoat tarmoqlari (paxta tozalash, vino, araq, konserva, paxta moyi zavodlari) paydo boʻldi va Oʻzbekistonda Sanoat Rossiya sanoati va iktisodiyoti bilan bogʻliq holda rivojlandi.
20-asrning 20y.laridan boshlab Oʻzbekistonda Sanoat jahon urushi va fuqarolar urushi natijasida inqirozga uchragan mayda, kustar korxonalarni tiklash asosida rivojlana boshladi. Paxta tozalash zavodlari, pillakashlik, yigiruvtoʻquv, tikuvchilik, poyabzal fabrikalari qurila boshladi (qarang Yengil sanoat), 1937-yilda Toshkent toʻqimachilik kombinati ishga tushirildi, 20-asrning 40—50y.laridan kumir sanoati, gaz sanoati, neft sanoati jadal rivojlana boshladi. 1941—1945-yillardagi urush davrida Oʻzbekistonga 90 ta sanoat korxonasi koʻchirib keltirildi, ularning kupi mashinasozlik, asbobsozlik korxonalari edi. Urushdan keyingi yillarda koʻpgina korxonalar qurilishi natijasida mashinasozlik tarmoqlari koʻpaydi, samolyotsozlik, asbobsozlik, motorsozlik, elektroapparat, elektr dvigatel, ekskavator, kompressor zavodlari qurildi. Toshkent, Olmaliq, Chirchiq, Samarqand, Navoiy, Fargʻona, Yangiyoʻl, Namangan, Shoʻrsuv va boshqa shaharlar kimyo industriyasi markaziga aylandi (qarang Kimyo sanoati). Bekobod, Chirchiq, Toshkent shahrida qora metallurgiya, Navoiy, Zarafshon, Olmaliq, Uchquduq sh.lari rangli metallurgiya markazlari hysoblanadi (qarang Rangli metallurgiya). Oʻzbekistonda yoʻlovchi va yuk tashuvchi samolyot ishlab chiqariladi. Oʻzbekistonda Sanoat tarmoklarida mulk shakllarini oʻzgartirish va tarkibiy oʻzgartirishlarni amalga oshirishga qaratilgan tub islohotlar mamlakat mustaqilligini mustahkamlashni, Oʻzbekistonning kelajaqda rivojlangan mamlakatlar qatorga chiqishi va jahon hamjamiyatiga qoʻshilishini taʼminlaydi. Chet ellarda Sanoatning rivojlanishi sanoat jihatidan rivojlangan mamlakatlarning paydo boʻlishiga olib keldi. Bu mamlakatlarda iqtisodiyot taraqqiyoti katta hajmda jamgʻarilgan texnika jihatidan ilgʻor kapital asosida va mavjud yuqori malakali ishchi kuchi bilan taʼminlanadi. Ularga AQSH, Kanada, Yaponiya, koʻpgina Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari kiradi.
Sanoat sohasidagi eng ilg’or yutuqlar poytaxtimizda boshlangan ixtisoslashtirilgan xalqaro ko’rgazmalarda keng namoyish qilinmoqda. Global moliyaviy inqirozning salbiy oqibatlari dunyo iqtisodiyotiga hali-hamon o’z ta’sirini ko’rsatayotgan hozirgi murakkab bir sharoitda respublikamizda barcha sohada izchil o’sish sur’atlari kuzatilmoqda. Jumladan, joriy yilning o’tgan to’qqiz oyida - Investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 3,7 milliard AQSh dollarilik 100 ta yirik ishlab chiqarish ob’yekti foydalanishga topshirilgani, 835 ta korxona eksport faoliyatiga jalb qilingani bunga yaqqol misoldir. Shu bilan birga, sanoatni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash loyihalari, ayniqsa, 2015 — 2019- yillarda iqtisodiyot tarmoqlari hamda ijtimoiy sohada energiya sarfini qisqartirish, yirik korxonalarga energiya tejamkor texnologiyalarni samarali tatbiq etish borasida ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida ularda tayyorlanayotgan mahsulotlar tannarxini o’rtacha 9,4 foiz arzonlashtirishga erishildi
Davlat mustaqilligini qo‘lga kiritilishi O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish uchun qulay sharoit va keng imkoniyatlar yaratdi. Bizning diyorimizda bozor munosabatlari yangilik emas. Ming yillar davomida ajdodlarimiz hunarmandlar ishlab chiqargan ajoyib mahsulotlarini, tabiiy boyliklarini dunyoning to‘rt tomonga chiqarib savdogarlik qilgan, mol almashgan. Yangi iqtisodiy munosabatlarga o‘tish tamoyillari asosida g‘oyat ma’suliyatli va murakkab vazifa-iqtisodiy islohotlar strategiyasi ishlab chiqildi. Iqtisodiy strategiyaning boshlang‘ich nuqtasi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarning pirovard maqsadini belgilab olishdan iboratdir. Bu vazifa markazlashtirilgan, ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga, bir sifat holatidan ikkinchi sifat holatiga o‘tishdan iboratdir. Umuman olganda o‘tgan o‘n yil davomida bozor munosabatlarini shakllantirishda tub o‘zgarishlar yuz berdi. Hozirgi paytda 87,4 foiz mulk nodavlat, 12,6 foizi davlat mulki ko‘rinishida ish yuritmoqda. Respublikada jami 60 mingga yaqin korxonadan 50,5 mingga yaqini xususiylashtirilgan korxonalardir. Mulkning tarkibi jihatdan 19,5 mingga yaqini davlat, 105 mingta xususiy, 3,4 mingdan ortiq chet el investorlari ishtirokida, shundan 442 qo‘shma korxona, 3,5 mingga yaqin aksionerlik jamiyati, 1,2 mingga yaqin jamoa va 34 mingdan ortiq boshqa korxonalardir. Iqtisodiy islohotlarning borishida o‘rta va kichik biznesni rivojlantirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Hozirgi kunda 180 mingdan ortiq kichik va o‘rta biznes subyektlari va 200 mingga yaqin yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Karimov I. A. Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahsid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari, T., 1997; 2. Karimov I. A. Oʻzbekiston XXI asrga intilmoqda, T., 1999; 3. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyoti, T., 1998; 4. Ekonomika Oʻzbekistana i stran SNG, T., 2001; Oʻzbekiston Respublikasi, T., 2001.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.