MA’NAVIY–MA’RIFIY ASARLARDA TA’LIM–TARBIYA VA PEDAGOGIK QARASHLAR
Tojiyeva Bibixonim
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
boshlang`ich ta’lim yo`nalishi 1-kurs talabasi
Annotatsiya: Mazkur maqolada ta’lim va tarbiya tushunchalarining mohiyati, ularning o‘zaro bog‘liqligi hamda ma’naviy-ma’rifiy asarlarda aks etgan pedagogik qarashlar tahlil qilinadi. Shuningdek, sharq mutafakkirlarining ilmiy merosi asosida yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash masalalari yoritiladi. Maqolada ta’lim-tarbiya uyg‘unligining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni ochib beriladi. Asarlarda aks etgan ta`lim va tarbiya asoslari haqida bahs yuritiladi.
Kalit so‘zlar: pedagogika, ta’lim, tarbiya, ma’naviyat, pedagogik qarashlar, barkamol avlod, milliy qadriyatlar
Аннотация: В данной статье анализируется сущность понятий образования и воспитания, их взаимосвязь и педагогические взгляды, отраженные в духовно-воспитательных трудах. Также освещаются вопросы гармоничного воспитания молодого поколения на основе научного наследия восточных мыслителей. В статье раскрывается роль гармонии образования и воспитания в развитии общества.
Ключевые слова: педагогика, образование, воспитание, духовность, педагогические взгляды, гармоничное поколение, национальные ценности
Annotation: This article analyzes the essence of the concepts of education and upbringing, their interrelationship, and pedagogical views reflected in spiritual and educational works. It also highlights the issues of harmonious upbringing of the younger generation based on the scientific heritage of Eastern thinkers. The article reveals the role of the harmony of education and upbringing in the development of society.
Key words: pedagogy, education, upbringing, spirituality, pedagogical views, harmonious generation, national values
Kirish. Bugungi globallashuv jarayonida jamiyat taraqqiyoti inson omiliga bevosita bog‘liqdir. Insonning komillikka erishishi esa ta’lim va tarbiya jarayonining samarali tashkil etilishiga chambarchas bog‘liq. Shu bois ta’lim-tarbiya masalalari har doim dolzarb bo‘lib kelgan. Ta’lim va tarbiya shaxs kamolotining asosiy omili bo‘lib, ular orqali insonning dunyoqarashi, axloqiy fazilatlari va ijtimoiy faolligi shakllanadi va rivojlanadi. Ayniqsa, ma’naviy-ma’rifiy asarlar bu borada muhim manba vazifasini bajaradi. Asarlar orqali insonlarda o`zbekona, o`zbek millatining mintalitetiga xos bo`lgan tarbiya takomillashadi.
Mavzuga oid adabiyotlar sharhi
Ta’lim-tarbiya masalalari Sharq va G‘arb olimlari tomonidan keng o‘rganilgan va hozirgi kunda ham bu davom etmoqda. Xususan, Sharq mutafakkirlaridan Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy hamda Abdulla Avloniylarning pedagogik qarashlari alohida ahamiyatga ega.
Forobiy ta’limni insonni baxt-saodatga eltuvchi vosita sifatida talqin etadi. Beruniy esa bilim olishda tajriba va kuzatishning muhimligini ta’kidlaydi. Abdulla Avloniy esa tarbiyani jamiyat hayotidagi eng muhim masala sifatida baholaydi. Har uchala
Tadqiqot metodologiyasi: Mazkur maqolani yozishda qiyosiy tahlil, umumlashtirish hamda tarixiy yondashuv metodlaridan foydalanildi. Turli davrlarga oid pedagogik qarashlar o‘zaro solishtirilib, ularning o‘xshash va farqli jihatlari aniqlab berildi.
Tahlil va natijalar: Tarbiva muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayonidir. Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyatan turlicha ifodalab kelingan bo`lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan. Ta’lim – bu insonni nazariy bilimlar bilan qurollantirish jarayoni bo‘lsa, tarbiya esa shaxsning ma’naviy-axloqiy qiyofasini shakllantirishdir. Ushbu ikki tushuncha bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir.
O‘zbek xalqining ajdodlari bundan bir necha ming yillar oldin yashagan bo‘lib, ular yuksak va o‘ziga xos madaniyatni vujudga keltirishda juda katta va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tganlar. Har bir millatning o‘z ma’naviy qiyofasi mavjud.
Bugungi kunda har tomonlama taraqqiy topib borayotgan jamiyatimizda ma’naviyatni yuksaltirish yuksak vazifalardan biridir.
Ma’naviyatimizni yanada rivojlantirishda esa millatimiz tarixini, ma’naviy qiyofasini o‘zida badiiy aks ettirgan tarixiy-badiiy hamda ilmiy asarlar ta’sirining ahamiyati va o‘rni beqiyosdir.
O‘zbek adabiyotida bunday asarlar juda ko‘p. Ular yosh avlodni barkamol qilib voyaga yetkazishda muhim ahamiyatga ega. Shu jihatdan taniqli o‘zbek adibi Abdulla Avloniyning maktab uchun yaratgan to‘rt qismdan iborat “Adabiyot yoxud milliy she’rlar” hamda “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Maktab gulistoni” kabi darsliklari ham xarakterli bo‘lib hisoblanadi.
Tabiatdagi sodda va murakkab jarayonlar orqali inson faoliyati muhim o‘rin tutadi.
Insonning ma’naviy yuksalishida tabiat va jamiyat bilan aloqa rivojlanishi ham muhim tashkiliy masala hisoblanadi.
Forobiy ilmlarni tasniflashda borliq xususiyatlarining tahlilidan va ulardan fanlar kelib chiqishini asos qilib oladi. Uning tasnifi, eng avvalo, tabiatni, tafakkur va nutqni, til va mantiqni o‘rganishga qaratilgan. Forobiyga ko‘ra, ilmlarning tasnifidan maqsad haqiqatni o‘rganish va tasdiqlashdan, uni yolg‘ondan farqlashdan iborat. Olimning fikricha, fanlar va umuman bilimlar borliqdan kelib chiqib, borliqni uzoq vaqt o‘rganish asosida to‘planib boradi. Turli ilmlar bir-birini inkor qilmaydi, balki o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq holda rivojlanadi. Ular dunyoni idrok qilishga va insonlarning baxt-saodatga erishishiga qaratilgandir.
“Ta’lim degan so‘z insonga o‘qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish, ma’lum bir hunarni egallash uchun zarur bo‘lgan amaliy malakalar”, – deydi olim. Forobiyning ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlarida insonparvarlik g‘oyalari alohida o‘rin tutadi. Forobiyning ta’kidlashicha, tarbiyalanuvchi ixtiyoriy ravishda zaruriy, aqliy va axloqiy sifatlarni bilimli shaxsga, to‘g‘rilik va haqiqatni sevishga, jasur, do‘stlarga sadoqatli bo‘lish singari fazilatlarni egallashga intilmog‘i lozim.
Abu Nasr Forobiy insonga xos hamda uning ma’naviy yuksalishida muhim ahamiyat kasb etuvchi tafakkur va nutqning rivojlanishini ta’lim-tarbiyaning asosini tashkil etuvchi muhim jarayon hisoblaydi. U inson dunyo taraqqiyotining eng mukammal va eng yuksak yakuni deb biladi. Shunga ko‘ra, olim o‘z asarlarida insonga tarbiya va ta’lim berish zarurligini aytadi va bunda ta’lim-tarbiya usullaridan kutilgan maqsad masalalari asosiy o‘rinni egallashini qayd qiladi.
Forobiy insonning ma’naviy hayotida, asosan, uning ikki tomoniga: aql-idrok ongiga va axloqiga e’tibor beradi. Shuning uchun ta’lim-tarbiya uning fikricha aqliy tomondan ham, axloqiy tomondan ham yetuk qilib yetishtirishga qaratilmog‘i lozim. Ta’lim-tarbiya jarayonida nazariy bilim bilan amaliy harakat, odatiy malaka, faoliyat birlashib boradi, yetuklik shu birlashuvning darajasiga qarab yuzaga keladi.
Forobiy tarbiya berish usullari haqida shunday yozadi: birinchi usul – qanoatbaxsh so‘zlar, chorlovchi, ilhomlantiruvchi so‘zlar yordamida odat hosil qilinadi va malakalar vujudga keltiriladi, odamdagi g‘ayrat, kasbga intilish harakatga aylantiriladi. Ikkinchi usul – majbur etish yo‘lidir. Bu usul majburiy ravishda tarbiyalanuvchini tarbiyalashdir.
Forobiy qarashlarida insonning aqliy va axloqiy jihatlariga alohida e’tibor qaratadi va u “Fozil odamlar shahri” asarida o‘n ikki tug‘ma xislatni birlashtirgan kishigina aqliy inson bo‘la olishini ta’kidlaydi. Ma’naviy-ma’rifiy asarlarda ilgari surilgan g‘oyalar yosh avlodni ezgulikka, halollikka, mehnatsevarlikka undaydi. Xususan, xalq og‘zaki ijodi namunalarida chuqur pedagogik mazmun mujassam bo‘lib, ular yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlaydi. Sharq mutafakkirlarining qarashlari shuni ko‘rsatadiki, insonni tarbiyalashda nafaqat bilim, balki axloqiy fazilatlar ham muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ta’lim-tarbiya jarayonida nazariy bilim va amaliy faoliyat uyg‘unligi ta’minlanishi zarur.
Xulosa va takliflar: Xulosa qilib aytganda, ta’lim va tarbiya jamiyat taraqqiyotining asosiy omillaridan biridir. Ma’naviy-ma’rifiy asarlar esa bu jarayonda muhim o‘rin tutadi.
Taklif sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
1) ta’lim jarayonida milliy qadriyatlarga asoslangan materiallardan keng foydalanish;
2) yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy asarlar bilan muntazam tanishtirish;
3) pedagogik jarayonda zamonaviy texnologiyalar bilan birga milliy tarbiya usullarini uyg‘unlashtirish.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Abdulla Avloniy – «Turkiy guliston yoxud axloq» asari
2. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. — Toshkent, Xalq merosi nashriyoti, 1993.
3. Munavvarov A.Q. Pedagogika. — Toshkent, 0‘qituvchi, 1993. 17. Tursunov I., Nishonaliyev U. Pedagogika kursi. — T, 0‘qituvchi,
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.