MAQOLLARDA SHEVAGA XOS SO‘ZLARNING QO‘LLANILISHI
(A.Qodiriyning “Mehrobdan chayon” asari asosida)
Sh.Xudoyqulova, GulDU katta o‘qituvchisi
Annotatsiya: Mazkur maqolada Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanida qo‘llanilgan xalq maqollarining semantik xususiyatlari, adibning maqollardan unumli va o‘rinli foydalanganligi, bu esa asar qimmatining oshishida, asar tilining ta’sirchan bo‘lishida alohida rol o‘ynashi tahlilga tortilgan.
Kalit so‘zlar: maqol, barqaror birikmalar, adabiy til, sheva, badiiy matn, matn, sifatlash, ekspressivlik, grammatik vositalar, uyushiq bo‘lak, bog‘lovchili, bog‘lovchisiz, ta‘kid, so‘z turkumlari, affiks, jumla, hikmatli so‘z.
O‘zbek xalqi mustaqillikka erishgach, barcha sohalarda bo‘lgani kabi til sohasida ham o‘zgarishlar ro‘y berdi. Davlat tiliga bo‘lgan e’tibor kuchaydi. Bu o‘zgarishlar adabiy tilimizning yanada rivojlanishida va shevalarimizda ham o‘z ifodasini topmoqda. Bizga ma’lumki, adabiy til xalq jonli tilidan o‘ziga kuch oladi. Chunki shevalar adabiy til uchun ozuqa manbayi hisoblanadi. O‘zbek shevalarini o‘rganishning bugungi kundagi ahvoli va kelajagi tilshunoslar oldida turgan dolzarb masalalardan biridir. Shevalar har bir milliy tilning asosini tashkil etadi hamda u milliyma’naviy qadriyatimiz hisoblanadi. Shuning uchun ham uni asrab-avaylash, qadrlash zarur. Har qanday mahalliy sheva tilning quyi shakli bo‘lib, u adabiy tilning boyishi uchun bitmas-tuganmas manbayidir.
Bizga ma’lumki, Abdulla Qodiriy buyuk romannavis adibdir. Uning har bir romanida xalqchillik, o‘zbek tilining nozik jilvalari, hech kim anglamaydigan jihatlari o‘z aksini topadi. Shu jumladan, “Mehrobdan chayon” romanida ham xalqona so‘zlarning, barqaror birikmalarning go‘zal namunalarini ko‘rishimiz mumkin. Barqaror birikmalar deganda maqollar, matallar va iboralar tushuniladi. Maqollar grammatik jihatdan fikrni bildiruvchi kichik, ixcham, o‘tkir mazmunli ko‘chma ma’noda ham o‘z ma’nosida ham qo‘llanuvchi xalq iboralaridir.
Maqollar nutq ta’sirchanligini amalga oshirishda fikrni lo‘nda va aniq ifodalashda juda qo‘l keladi. Abdulla Qodiriy ham maqol va matallardan asarda juda o‘rinli foydalangan. Bu orqali asarning xalqchilligini, haqqoniyligini ta’minlashga xizmat qilgan. Masalan: Oyni etak bilan yopib bo‘lmaydi. Maxdumning xasislikka o‘xshash holatlari albatta bor edi.
Bu maqolni keltirish orqali adib Solih Mahdumning o‘ta darajada xasis inson ekanligini juda ustalik bilan tasvirlagan. Bu vazifani albatta xalq maqoli bajargan. Asarda adib ba’zi maqollarni qahramonlar tilidan keltirgan va qahramon xarakteriga moslab maqolni sodda tarzda yoki aksincha murakkablashgan shaklda qo‘llagan. Masalan,
Kina degan ro‘ymolni yuvib quritguncha-dedi Safar bo‘zchi...
Bu, jumladan, arazning umri qisqa, ro‘molni yuvib quritguncha degan ma’no anglashiladi. Asar qahramoni Safar bo‘zchining tilidan aytilgan bu maqol asarning xalqchilligini ta’minlagan, qahramonlarning har biriga moslab qo‘llanilgan o‘ziga xos nutqqa ega ekanligini ochib bergan.
Adib ba’zi maqollardan asar qahramonlarining xarakterini ochib berish uchun ustalik bilan foydalangan. O‘sha davr muhitiga moslab maqolning ba’zi so‘zlarini o‘zgartirgan. Va, albatta, asar qahramoni tiliga, shevasiga moslab qo‘llagan. Masalan:
Hatto ba’zi vaqt ikki og‘iz so‘z bilan qaytib chiqqan kishidan ham bir narsa undirishka tirishar, “mishiq oftobga tekin chiqmaydi, sizdan aqcha so‘rashqa iymanganda, menga bir narma tashlab ketsangiz o‘zim unga berib qo‘yarman”(151- bet). Solih Mahdum nutqidan olingan bu jumladagi “mishiq oftobga tekinga chiqmaydir” maqoli hozirgi tilimizda qo‘llanilayotgan “Mushuk tekinga oftobga chiqmaydi” maqoli bilan mos keladi.
Bu maqol orqali adib Solih Mahdumning xasisligi bilan birga ta’magirligini, Anvarning nomidan ish qilib ham daromad topishidan toymaydigan inson ekanligini tasvirlagan. Maqollardan tashqari asar badiiyligini oshirish uchun matallar va hikmatli so‘zlardan ham foydalangan.
1. “Shunga o‘xshash Maxdumning onasi Mohlaroyimning kasali go‘yo “dard ustiga chipqon” edi.
2. “Chunonchi, ushbuning misoli turkiyda ham bor: “Chumchuqdan qo‘rqib tariq ekmagay” deb qo‘rqoq kishilarni masxara qiladirlar”. Bu jumladagi “Chumchuqdan qo‘rqqan tariq ekmaydi” matali Maxdum tilidan Anvarga aytilgan, Anvarning adolatsizliklarga tobi yo‘qligini Maxdum o‘zicha tushungan, mansabdan bosh tortayotganligini qo‘rqoqlikka yoygan. Adib matal orqali fikrini mohirona bayon qila olgan.
Bundan tashqari asarda Abdulla Qodiriy chiroyli tarzda hikmatli so‘zlarni ham keltirgan. Masalan: “Shayxi Sa’diy aytkancha, dunyoda hayotidan qo‘l yuvg‘uchidek tili uzun kishi bo‘lmas”. Shayx Sa’diy tilidan keltirilgan bu hikmatli so‘z orqali o‘lim bilan yuzma-yuz Anvarning holati yoritib berilgan. Adib ba’zi o‘rinlarda maqol bilan bir o‘rinda hikmatli so‘zni ham keltiradi. Bu usul qahramon nutqining yanada ta’sirchanligini oshiradi:
– Yaxshilik qil, daryog‘a tashla, baliq bilmasa xoliq bilur deganlar. Fuzuliy: “Dahr bir bozordir, har kim matoin arz etar” deb juda to‘g‘ri so‘zlaydir. Shunga o‘xshash biz ham o‘zimizda bo‘lgan matoni bozorg‘a solamiz...”
Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” asarida juda ko‘plab maqol va iboralarga duch kelamiz. Masalan:
1. “Ko‘rpangga qarab oyoq uzat, mullabachcha!” (186-bet).
2. “Bir qo‘chqorning boshi ketkuncha, minglab qo‘yning boshi kesilar emish” (186-bet).
3. “Har kim tilagan oshini ichadir” (184-bet).
4. “Yaxshiliq qil daryog‘a tashla; baliq bilmasa, xoliq biladur”(159-bet).
5. “Oshni sust egan kishi, ishda ham sust bo‘ladir” (159-bet).
6. “Bir o‘q bilan bir necha ishni qilmoq” (158-bet).
7. “Qo‘li sust kosibdan, oyog‘i chaqqon gadoy yaxshi” (157-bet).
8. “Mishiq oftobga tekin chiqmaydir” (151-bet).
9. “Past hamisha pastligini qiladir” (101-bet).
10. “Sut bilan kirgan-jon bilan chiqar” (101-bet).
12. “Ko‘bchilikning duosi ko‘l” (72-bet).
13. “Yolg‘onni ham yamlamay yutadigan” (71-bet).
14. “Qush tilini qush biladir” (49-bet).
15. “Laylaklar ichida bemahal g‘urrak” (47-bet).
16. “Hay etti,huy etti, ikki koski to‘y etti” (13-bet).
17. “Dumingga qumg‘on bog‘lash” (196-bet).
18. “Egri to‘nkaga-egri to‘qmoq” (196-bet).
19. “Xotin kishining charxi bilan o‘chog‘iga tagma” (202-bet).
20. “Iynani tuyadek, xosni xaridek ko‘rasiz” (216-bet).
21. “Sallalik eshaklarning diringlashi og‘ilxonagacha” (216-bet).
22. “Kesak otib arslonni yengmoqchi bo‘lgan” (216-bet).
Abdulla Qodiriy katta so‘z san’atkori va ustasi, oddiy xalq ichida yurgan, xalq jonli tilini yaxshi bilgan va undan mohirona foydalana olgan, o‘z asarlariga singdirgan buyuk allomadir. Uning har bir asarida xalqchillik, o‘zbek tilining nozik jilvalari o‘z aksini topgan.Shu jumladan “Mehrobdan chayon” romanida ham xalqona so‘zlarning go‘zal namunalarini ko‘rishimiz va undan bahramand bo`lishimiz mumkin.
Xulosa qilib aytganda adib maqol va matallarni ham qahramon tilida so‘zlatib, xalq jonli so‘zlashuv tilidan, ya’ni shevaga xos so‘zlardan foydalanib yuqori natijalarga erishganligini ko‘ramiz. Mana shu o‘zgacha qo‘llash o‘zbek adabiy tilining o‘ziga xos tarzda sayqal topishini, umumxalq o‘zbek tilining eng oliy shakli bo‘lgan o‘zbek adabiy tilining to‘la, hozirgi kundagi holatida shakllanishini ta’minlagan, bu tilni boy, ta’sirchan, tushunarli ekanligini ko‘rsatgan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. A.Qodiriy. “Mehrobdan chayon” –T., – 1992.
2. Axrorov, A. A. UDK: 811.512. 133 ROST VA YOLG‘ON SO‘ZLAMOQ
HAQIDA XALQ MAQOLLARI SHARHI. ILMIY AXBOROTNOMA, 57.
3. Doniyorovich, O. R. A. (2022). TOG ‘AY MUROD ASARLARIDA
EVFEMIZMLAR. INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENCE AND
EDUCATION, 1(4), 38-42.
4. Enazarov T va boshqalar.”O‘zbek shevashunosligi”.Toshkent.Universitet 2012 yil.
5. Ermatov Ikhtiyar. (2022). HYPERO-HYPONYMIC RELATIONS IN THE
TERMINOLOGICAL SYSTEM OF MORPHEMES AND WORD FORMATION
LEVELS OF UZBEKI. World Bulletin of Social Sciences, 16, 133-136. Retrieved from
6. Jumanazar, A., & Lutfiniso, D. (2022). Inguistic Unity in Uzbek Linguistics Some Comments about the form. European Multidisciplinary Journal of Modern Science, 6, 688–692. Retrieved from
7. Mamaraximov, S. (2022). MAQSAD MA’NOSINI IFODALOVCHI
DASTLABKI VOSITALAR. Academic research in educational sciences, 3(7), 376- 385.
8. Muxidillayev, F. (2022). LINGVOPOETIKANING O‘RGANILISHIGA
9. Pardayeva, I., & Mahmudboyeva, F. (2022). ZARGARLIK
TERMINLARINING SINTAKTIK USUL BILAN YASALISHI. Gospodarka i
Innowacje., 24, 562-564.
10. Sharipov, F. G. (2021). Attitude to the plural affix in Uzbek language. Scientific reports of Bukhara State University, 5(1), 50-64.
11. To‘ychiboyev B, Hasanov B. O‘zbek dialektologiyasi. A.Qodiriy nomidagi “Xalq merosi” nashriyoti.Toshkent., 2004 yil.
12. Tuychieva, Z. K. (2018). LITERATURE REVEALING THE TRUTH OF
LIFE. Проблемы педагогики, (7), 77-78.
13. Yodgorov, H., & Zulayho, T. (2022). JOURNAL OF NORTHEASTERN UNIVERSITY. Journal of Northeastern University, 25(04).
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.