ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

MASOFAVIY TALIM TEXNOLOGIYALARI

Abstract

Masofaviy ta’lim bu Texnologiyalar davriga kelib ommalashgan dars o’tish bo’limi bo’lib bunda Talabalar  xohlagan davlatidan bo’la turib darslarda qatnashishi mumkin bunda talaba o’z kundalik turmushidan kelib chiqib darsga qatnashish vaqtini belgilashi mumkin bunda talabalar asosan mustaqil darsda qatnashib o’qishni yakunlashi mumkin o’qishni yakunlash talabaning o’zi darslarda qatnashishiga bo’g’liq bo’lib bunda talaba 2 yildan 8 yilgacha bo’lgan vaqtda darsni yakunlashi mumkin bu muddat bundanda uzoqqa cho’zilishiham mumkin bu albatta talabaning o’zlashtirishiga bog’liq masofaviy ta’limning qulayliklari juda ko’p masalan bizning yurtimiz O’zbekistonda ham epidemiya vaqtida an’anaviy ta’limdan masofaviy ta’limga o’tishga majbur bo’ldik ya’ni kasallik hamma joyga tarqab ketganligi sababdan masofaviy ta’lim karantin qoidalariga roya qilgan holatda hamma o’z uyidan chiqmagan holatda darslarda online qatnashishdi bizning yurtimizda hozircha bu ta’lim yo’li ommalashgani yo’q bunga asosiy sabablardan biri bu  O’zbekistonning turli joylarida internet aloqasi kamligidandir.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI talabasi

zaripovshahriyorbek@gmail.com +998 91 451 08 17

Annotatsiya: Masofaviy ta’lim bu Texnologiyalar davriga kelib ommalashgan dars o’tish bo’limi bo’lib bunda Talabalar xohlagan davlatidan bo’la turib darslarda qatnashishi mumkin bunda talaba o’z kundalik turmushidan kelib chiqib darsga qatnashish vaqtini belgilashi mumkin bunda talabalar asosan mustaqil darsda qatnashib o’qishni yakunlashi mumkin o’qishni yakunlash talabaning o’zi darslarda qatnashishiga bo’g’liq bo’lib bunda talaba 2 yildan 8 yilgacha bo’lgan vaqtda darsni yakunlashi mumkin bu muddat bundanda uzoqqa cho’zilishiham mumkin bu albatta talabaning o’zlashtirishiga bog’liq masofaviy ta’limning qulayliklari juda ko’p masalan bizning yurtimiz O’zbekistonda ham epidemiya vaqtida an’anaviy ta’limdan masofaviy ta’limga o’tishga majbur bo’ldik ya’ni kasallik hamma joyga tarqab ketganligi sababdan masofaviy ta’lim karantin qoidalariga roya qilgan holatda hamma o’z uyidan chiqmagan holatda darslarda online qatnashishdi bizning yurtimizda hozircha bu ta’lim yo’li ommalashgani yo’q bunga asosiy sabablardan biri bu O’zbekistonning turli joylarida internet aloqasi kamligidandir.

Kalit so’zlar: Masofaviy ta’lim, ta’lim, taxnologiya, online, an’anaviy, internet, raqamli texnologiya, pedagogika, axborot, axborot texnologiyalari, O‘zbekiston, shakillari, texnika, texnik vositalar

Masofaviy ta’lim bu turli ta’lim muassasalariga, xususan ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy sohalarga tatbiqi o‘quvchi-talaba va o‘qituvchi (pedagog)larning dunyoning ilg‘or ilmiy maktablarining yuqori sifatli o‘quv uslubiy ishlanmalari, zamonaviy va so‘ngi axborotlaridan, qayerda bo‘lishidan qatiy nazar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish imkoniyatini beradi. Bularning barchasini e’tiborga olgan holda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi «Ustoz» fondi qiyofasida jahon institutlari bilan oliy ta’limda masofaviy o‘qitish usuli komponentlarini tatbiq qilish haqida kelishuv tuzildi.

Bu nafaqat O‘zbekiston uchun balki O‘rta Osiyoning barcha hududlari va Qozog‘iston hamda MDH davlatlari uchun masofaviy o‘qitish sohasida jahon banki institutining ilg‘or loyihalaridandir.

Jahon banki loyihasi masofaviy o‘qitish tizimini rivojlantirish uchun boshlang‘ich maydon bo‘ladigan masofaviy o‘qitish tarmoqlari infratuzilmasi baza elementlarini yaratish masofaviy o‘qitish usullarini qo‘llash sohasini kengaytirish va masofaviy o‘qitishni amalga oshiruvchi zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Toshkent shahrida joylashgan universitetlarda Jahon banki loyihasining muvaffaqiyatli qo‘llanilishi uning hayotiyligi va yuqori ko‘rsatkichga erishilganligini tasdiqladi.

Masofaviy o‘qitishning an’anaviy o‘qitish shakllaridan quyidagi xususiyatlarini farqlash mumkin:

Egiluvchanlik. O‘ziga qulay vaqtda, Istalgan joyda va Istalgan sharoitda o‘qitish imkoniyatini beradi;

Modullik. O‘quv kursiga bog‘liq bo‘lmagan holatda shaxsiy hamda guruh talabiga javob beradigan o‘quv rejasini amalga oshiradi;

Qurshov. Bir vaqtda ko‘p ishtirokchilarga o‘quv axboroti bo‘yicha murojaat qilish. Tarmoq yordamida o‘zaro axborot almashinuvini to‘g‘ri tashkil qilish;

Tejamkorlik. O‘quv maydonlari, texnik vositalari, transport vositalaridan unumli foydalanish, o‘quv axborotlarini to‘plangan va bir xillikka keltirilgan holda ifodalash hamda ularga erishilgan mutaxassislarni tayyorlash xarajatlarni kamaytiradi;

Texnologiyalilik. Ta’lim berish jarayonida insonni jahon industrial fazoga kiritishga imkon beradigan yangi erishilgan axborot va telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;

Ijtimoiy teng huquqlik. O‘qituvchining turar joyidan, salomatligi, moddiy ta’minlanganligidan kelib chiqib mustaqil ta’lim uchun teng imkoniyat yaratiladi;

Baynalminallik. Ta’lim xizmatlari bozorida erishilgan yutuqlarning eksporti va importi ta’minlanadi.

Bu o‘quv modulimizda masofaviy ta’lim jarayonini tashkillashtirish imkoniyatini beruvchi erkin va ochiq kodli dasturlar majmuasining tahlili keltiriladi. O‘quv modulida keltirilgan dasturiy majmualar tahlili ko‘p yillar davomida olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar natijasidir. Bugungi kunda taraqqiyot juda tеz rivojlanmoqda va juda tеz o`zgarmoqda. Dеyarli har daqiqada sayyoramizning turli burchaklarida o`zgarishlar, yangilanishlar va kutilmagan voqеa hodisalar sodir bo`moqda. Har bir kunimiz kuchli informatsiya oqimi ostida kеchmoqda. Informatsiya oqimi bizni uyda, ishxona va ta'tilda ta'qib etadi. Inson informatsiya ta'siridan xoli normal faoliyat yurita olmaydi. Hayotni anglash, uni o`rganish informatsiyalarni yig`ish va o`zlashtirishi orqali kеchadi. Insonning bilimlilik darajasi ham ma’lum davr ichida shaxs tomonidan o`zlashtirilgan informatsiyalarga bog’liq.

Quyida masofaviy ta’lim jarayonini tashkillashtirish imkoniyatini beruvchi erkin va ochiq kodli LMS dasturiy majmualarning nomlari va ularning asosiy imkoniyatlari bo‘yicha ma’lumotlarni bayon qilamiz. Atutor — Ochiq kodli ta’lim jarayonini boshqaruvchi LMS tizimi hisoblanadi. Tizimda mavjud o‘qitish modullari: Forums, Materials, Messenger, Chat, Exercises, Group work, Student tracking va boshqa modullari mavjud. Tizim bir necha standartlarni qo‘llab-quvvatlaganligi sababli, internet orqali jismoniy nuqsonga ega bo‘lgan o‘quvchi-talabalar tizim orqali o‘quv resurslardan foydalanishlari mumkin. Xususan, ko‘zi ojiz talabalar maxsus veb-ilovalar orqali tizimga bog‘langan holda o‘quv kontentdagi so‘zlarni audio formatga o‘tkazgan holda tinglashi mumkin. Shu bilan birga LAMS IMS Learning Design standarti asosida 2003-yilda yaratilgan. JAVA dasturlash tilida yozilgan. Kross-platformali, 32ta tilga dastur interfeysi tarjima qilingan va GPLv2 asosida bepul foydalanish mum-kin. LAMS dasturiy majmuasining boshqa LMS’lardan farqi shundaki, o‘qituvchilarga o‘quv jarayonini strukturalashda vizual vositalardan foydalanish imkoniyatini beradi, bu vositalar o‘quv jarayonida o‘quv resurs-larini (elektron o‘quv resurslarni, chat, so‘rovnomalar, topshiriqlar) va nazorat turlarini qanday ketma-ketlikda bo‘lishning vizual ko‘rinishini ta’minlaydi. Bunda o‘qituvchi «sinchqoncha» orqali bu ketmaketliklarni hech qanday qiyinchiliksiz joylarini o‘zgartirishi mumkin bo‘ladi. LAMS — elektron o‘quv resursini vizual ravishda o‘quv kontentlarni o‘zgartirish, boshqarish va yaratishdagi imkoniyatlarining mavjudligi sababli yangi revolyusion ilova hisoblanadi.

O`zbеkiston Rеspublikasining «Ta'lim to`g`risida» gi qonuni ham zimmamizga shu ma'suliyatni yuklaydi. Ma’lumki, har bir universitet yoki ta’lim muassasasi o‘z ta’lim jarayonini boshqarish uchun zamonaviy texnologiyalardan kelib chiqqan holda, o‘zining virtual axborot ta’lim muhitini yaratishga harakat qiladi. Hozirgi vaqtga kelib, virtual axborot ta’lim muhitini yaratishning hojati qolmagan, chunki Web muhitiga moslashgan har xil turdagi dasturiy majmualar jonkuyar dasturchi va ta’lim sohasida ishlab kelayotgan xodimlarning hamkorlikda ishlashlari, shuningdek, ta’limga yo‘naltirilgan fondlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi natijasida, erkin va ochiq kodli dasturiy ta’minotlar yaratilgan. Bu o‘quv modulimizda masofaviy ta’lim jarayonini tashkillashtirish imkoniyatini beruvchi erkin va ochiq kodli dasturlar majmuasining tahlili keltiriladi. O‘quv modulida keltirilgan dasturiy majmualar tahlili ko‘p yillar davomida o’ylangan va dasturchilar tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar natijasidir. Baholamki bu dastur o’ylangan natijani berdi ya`ni oliy talimda barcha talabalar ananaviy o’qisa oliy tal’im muassasalarida va turar joylarda talabalar soni ko’pligi sababli joy muammosi bo’ladi bunga yechim esa albatta masofaviy o’qitish tizidir bugungi kunda masofaviy talim butun jaxon hamjayita kutilgan natijani bera oldi.

Xulosa: Masofaviy ta’lim tizimi biz yoshlarga yana bir imkoniyat bo’lib bunda o’quvchilar an’anaviy ta’limda o’qishga oilaviy sharoiti yetmasligi mumkin bunday hollarda masofaviy ta’lim juda qo’l keladi bunda har bir o’quvchi va talabalar o’zi mustaqil ta’lim olish imkoniga ega bo’ladi, masofaviy ta’lim tizimi ta’lim tizimiga qo’shilganiga ko’p bo’lmagan bo’lsada ta’lim tizimida sezilarli o’zgarishlarga sababchi bo’ldi bunga sabab bu tizimda talaba va o’quvchilarga uy sharoitidan chiqmagan holatda o’qish imkonini beradi bu nogironligi bor bo’lgan yoshlargaham keng ochilgan imkoniyat desak mubolag’a bo’lmaydi masofaviy ta’lim axborot texnologiyalari bilan o’zaro bog’liq bo’lganligi sababli bugungi kunda axborot texnologiyalari bo’yicha mutaxasislarga talab ortmoqda bu degani oliy ta’limda birgina qo’shilgan masofaviy ta’lim tizimi bilan birgalikda boshqa fan resulslariham onlayn bazalariham boyitib boriladi bunga asosiy sabab talabalar masofaviy o’qiyotganda faqat gina o’zi harakat qiladi bunda ularga kerakli malumotlarni topin berish uchun albatta axborot resulslari yordamga keladi bu rasulslar bilan ularni taminlashda IT boyicha mutaxasislar yordamga keladi chunki bazani dasturchilar yaratadi bularni barchasini jamlasak hozirgi kunda IT yani bugungi texnologiyalar davrida insoniyatga foyda uchun qulayliklar yaratilib borilmoqda bu soxaga bevosita aloqador bo’gan yani yuqorida yoritib bergan Masofaviy ta’lim tizimidir.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. - Qarshi: Nasaf, 2000. 2. Og‘ayev S. Yangi pedagogik texnologiya-hayotiy ehtiyoj. «Xalq ta’limi» jurnali, 2001, №3, 69-71 b. 3. Farberman B.L. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar. – T.: Fan, 2000. 4.Farberman B.L. Musina R.T. Jumaboyeva F.A. Oliy o‘quv yurtlarida o‘qitishning zamonaviy usullari. – T., 2002.

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.