O‘QITUVCHILARINING MATN YARATISH KOMPETENSIYASINING HOZIRGI HOLATI
Xaitova Nodira Bafoyevnа, Buxoro davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti, Buxoro, O’zbekiston
Annotatsiya
KIRISH
hozirgi zamonaviy ta’lim talablaridan kelib chiqqan holda davlat ta’lim standartlari hamda “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunlarga qator o‘zgartirishlar kiritildi. Ushbu hujjatlarda ta’lim oluvchilarda shakllantirilishi lozim bo‘lgan kompetensiyalar, xususan, kommunikativ va nutqiy kompetensiyalar muhim o‘rin egallaydi. Boshlang‘ich ta’lim tizimida faoliyat yurituvchi o‘qituvchining kasbiy kompetensiyalaridan biri — matn yaratish kompetensiyasi bo‘lib, u o‘quvchilarda nutqiy tafakkur, mantiqiy fikrlash va savodxonlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining matn yaratish kompetensiyasini shakllantirish, uning mazmunini aniqlash va hozirgi holatini o‘rganish dolzarb masalalardan biridir. “Ona tili va uni o‘qitish metodikasi” fanining o‘quv dasturlarida matn yaratishga oid bilim, ko‘nikma va kompetensiyalar belgilab berilgan bo‘lsa-da, amaliyotda ularning qay darajada shakllanganligini tahlil qilish zarurati mavjud. Mazkur maqolada matn yaratish kompetensiyasining mazmuni yoritilib, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ushbu kompetensiya bo‘yicha hozirgi holati tahlil qilinadi.
MAQSAD
ona tili va uni o’qitish metodikasi o’quv dasturlarida belgilab berilgan matn yaratish kompetensiyasi mazmuni hamda bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarning matn yaratish kompetensiyasining hozirgi holati batafsil tahlil qilishdan iborat.
MATERIALLAR VA METODLAR
o’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, DTS, “Ona tili va uni o’qitish metodikasi” o’quv dasturlari va rejalari, o’quvmetodik majmualari kabi materiallar matn yaratish kompetensiyasi mazmunini tahlil qilishga xizmat qildi. Matn yaratish kompetensiyasiga oid esa, ilmiy maqola, monografiya, metodik qo’llanmalar hamda talabalarning yozma ishlari, matn namunalari tadqiqot materiali sifatida foydalanildi. Tadqiqot jarayonida esa nazariy tahlil, taqqoslash va kuzatish metodlari, diagnostik metodlar hamda kontent-statistik tahlil metodlaridan samarali foydalanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
tadqiqot jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining matn yaratish kompetensiyasi holati tahlil qilindi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, mazkur kompetensiya talabalarda muayyan darajada shakllangan bo‘lsa-da, uning tarkibiy komponentlari o‘rtasida nomutanosiblik mavjud. Xususan, bo‘lajak o‘qituvchilarning nazariy bilimlari (matn tushunchasi, uning turlari, tuzilishi) yetarli darajada shakllangan, biroq ushbu bilimlarni amaliy faoliyatda qo‘llash ko‘nikmalari sust rivojlangan.
Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, talabalar matnning mavzusi va asosiy g‘oyasini aniqlashda qiyinchilikka duch kelmaydilar, ammo mantiqiy izchillikni ta’minlash, fikrlar o‘rtasidagi bog‘lanishni mustahkamlash, nutqiy vositalardan o‘rinli foydalanishda muammolar mavjud. Ayniqsa, ijodiy va erkin matnlar yaratishda talabalarning leksik zahirasi va stilistik moslikni ta’minlash ko‘nikmalari yetarli emasligi aniqlandi.
Shuningdek, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida matn yaratishga oid topshiriqlar ko‘proq reproduktiv xarakterga ega bo‘lib, ijodiy yondashuvni talab etuvchi mashqlar kam qo‘llanilmoqda. Bu esa kelajakda ularning o‘quvchilarda mustaqil va ijodiy yozma nutqni shakllantirishdagi imkoniyatlarini cheklashi mumkin.
NATIJALAR
Tadqiqot natijalariga tayangan holda quyidagi xulosalar chiqarildi:
1. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining matn yaratish kompetensiyasi asosan
o‘rtacha darajada shakllangan.
2. Talabalarda matn yaratish kompetensiyasining kognitiv komponenti (nazariy
bilimlar) amaliy komponentga nisbatan ustunligi aniqlandi.
3. Ijodiy matn tuzish, fikrni mantiqiy izchillikda bayon etish va uslubiy talablarni
hisobga olish bo‘yicha muammolar mavjud.
4. Matn yaratish kompetensiyasini rivojlantirish uchun ta’lim jarayoniga ijodiy yozma
ishlar, muammoli vaziyatlar, interfaol metodlar va refleksiv mashg‘ulotlarni keng
joriy etish zarur.
5. Maxsus ishlab chiqilgan metodik tavsiyalar va mashqlar tizimi bo‘lajak
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini oshirishda samarali
vosita bo‘lishi mumkin.
XULOSA
olib borilgan tadqiqot va tahlillar natijasidan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining matn yaratish kompetensiyasini rivojlantirish uzluksiz, tizimli va amaliyotga yo‘naltirilgan yondashuvni talab etadi. Bu esa kelgusida boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning nutqiy, kommunikativ va ijodiy kompetensiyalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kalit so’zlar: matn yaratish kompetensiyasi, bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari, davlat ta’lim standartlari, kognitiv bilimlar, amaliyot, kreativlik, metodik tayyorgarlik.
СОДЕРЖАНИЕ КОМПЕТЕНЦИИ СОЗДАНИЯ ТЕКСТА И СОВРЕМЕННОЕ
СОСТОЯНИЕ КОМПЕТЕНЦИИ СОЗДАНИЯ ТЕКСТА У БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ
НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ
Хаитова Нодира Бафоевна, PhD студент Бухарского государственного педагогического института, Бухaрa, Узбекистан
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ
в соответствии с современными требованиями образования в стандарты государственного образования и Закон «Об образовании» были внесены изменения. Эти нормативные документы подчеркивают важность формирования у обучающихся компетенций, в частности коммуникативной и речевой компетенций. Одной из ключевых профессиональных компетенций учителя начальных классов является компетенция создания текста, которая играет важную роль в развитии речевого мышления, логического мышления и грамотности учащихся. Поэтому актуальной является задача формирования компетенции создания текста у будущих учителей начальных классов, определения ее содержания и изучения текущего состояния. Несмотря на то, что учебные программы по дисциплине «Родной язык и методика его преподавания» предусматривают знания, навыки и компетенции по созданию текста, необходимо проанализировать, в какой степени они сформированы на практике. В данной статье рассматривается содержание компетенции создания текста и анализируется текущее состояние этой компетенции у будущих учителей
ЦЕЛЬ
подробно проанализировать содержание компетенции создания текста, предусмотренной в учебных программах по дисциплине «Родной язык и методика его преподавания», а также текущее состояние компетенции создания текста у будущих учителей начальных классов.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ
в качестве материалов использованы Закон Республики Узбекистан «Об образовании», государственные образовательные стандарты, учебные программы и рабочие планы по дисциплине «Родной язык и методика его преподавания», методические комплексы. Для изучения компетенции создания текста были использованы научные статьи, монографии, методические пособия, а также письменные работы студентов и образцы текстов. В процессе исследования применялись теоретический анализ, сравнение, наблюдение, диагностические методы и методы контент-статистического анализа.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ
анализ состояния компетенции создания текста у будущих учителей начальных классов показал, что эта компетенция у студентов сформирована в определенной степени, однако наблюдается дисбаланс между ее структурными компонентами. В частности, у студентов достаточно развиты теоретические знания о тексте, его типах и структуре, но навыки применения этих знаний на практике развиты слабо. Результаты исследования показывают, что студенты не испытывают трудностей при выявлении темы и основной идеи текста, однако у них возникают проблемы с обеспечением логической последовательности, укреплением связей между мыслями и правильным использованием речевых средств. Особенно слабо развиты навыки создания творческих и свободных текстов, использование лексического запаса и соблюдение стилистической согласованности. Кроме того, в процессе подготовки будущих учителей задания по созданию текста в основном носили репродуктивный характер, а задания, требующие творческого подхода, применялись недостаточно. Это может ограничивать возможности студентов в формировании у своих будущих учеников навыков самостоятельного и творческого письменного высказывания.
Основные выводы
1. Компетенция создания текста у будущих учителей начальных классов сформирована в основном на среднем уровне.
2. Когнитивный компонент компетенции (теоретические знания) преобладает над практическим компонентом.
3. Существуют трудности в создании творческих текстов, логичном изложении мыслей и соблюдении стилевых требований.
4. Для развития компетенции создания текста необходимо широко применять в образовательном процессе творческие письменные работы, проблемные ситуации, интерактивные методы и рефлексивные занятия.
5. Разработанные методические рекомендации и система упражнений могут эффективно повышать профессиональную подготовку будущих учителей
ЗАКЛЮЧЕНИЕ
исследование показало, что развитие компетенции создания текста у будущих учителей начальных классов требует непрерывного, системного и практико-ориентированного подхода. Это имеет важное значение для формирования у школьников начальной школы речевых, коммуникативных и творческих компетенций.
Ключевые слова: компетенция создания текста, будущие учителя начальных классов, государственные образовательные стандарты, когнитивные знания, практика, креативность, методическая подготовка.
THE CONTENT OF TEXT CREATION COMPETENCE AND THE CURRENT STATE
OF TEXT CREATION COMPETENCE AMONG FUTURE PRIMARY SCHOOL
TEACHERS
Xaitova Nodira Bafoyevna, PhD student of Bukhara State Pedagogical Institute, Bukhara, Uzbekistan
Annotation
INTRODUCTION
in accordance with modern educational requirements, amendments have been made to the State Educational Standards and the Law “On Education.” These legal documents emphasize the importance of developing competencies in learners, particularly communicative and speech competencies. One of the key professional competencies of a primary school teacher is text creation competence, which plays a crucial role in developing students’ speech thinking, logical reasoning, and literacy skills. Therefore, it is relevant to study the formation of text creation competence in future primary school teachers, determine its content, and analyze its current state. Although the curricula of the course “Native Language and Methods of Teaching It” define the knowledge, skills, and competencies related to text creation, it is necessary to assess the extent to which they are developed in practice. This article examines the content of text creation competence and analyzes its current state among future primary school teachers.
AIM
to analyze in detail the content of text creation competence defined in the curriculum of the course “Native Language and Methods of Teaching It,” as well as the current state of text creation competence among future primary school teachers.
MATERIALS AND METHODS
materials included the Law of the Republic of Uzbekistan “On Education,” State Educational Standards, curricula and lesson plans for “Native Language and Methods of Teaching It,” and methodological complexes. Scientific articles, monographs, methodological guides, as well as students’ written works and text samples were used to study text creation competence. The study employed theoretical analysis, comparison, observation, diagnostic methods, and content-statistical analysis methods.
DISCUSSION AND RESULTS
analysis of the current state of text creation competence among future primary school teachers showed that this competence is partially developed; however, there is an imbalance between its structural components. Specifically, students possess sufficient theoretical knowledge about texts, their types, and structures, but the practical application of this knowledge is weak. The study revealed that students have no difficulty identifying the topic and main idea of a text, but they struggle with ensuring logical coherence, strengthening connections between ideas, and appropriately using speech tools. Especially underdeveloped are the skills for creating creative and free texts, effectively using vocabulary, and maintaining stylistic consistency. Additionally, text creation tasks in teacher training programs are mostly reproductive in nature, while assignments requiring a creative approach are insufficient. This may limit future teachers’ ability to develop independent and creative writing skills in their students.
Key Findings
1. Text creation competence among future primary school teachers is generally at an average level.
2. The cognitive component of competence (theoretical knowledge) predominates over the practical component.
3. Difficulties exist in creating creative texts, presenting ideas logically, and adhering to stylistic norms.
4. To develop text creation competence, it is necessary to incorporate creative writing tasks, problem-based activities, interactive methods, and reflective exercises into the educational process.
5. Methodical recommendations and a system of exercises can effectively enhance the professional preparedness of future primary school teachers.
CONCLUSION
the study shows that developing text creation competence in future primary school teachers requires a continuous, systematic, and practice-oriented approach. This is crucial for fostering speech, communicative, and creative competencies in primary school students.
Keywords: text creation competence, future primary school teachers, state educational standards, cognitive knowledge, practice, creativity, methodological preparedness.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining yetuk kadr bo‘lib yetishishi, mehnat bozoridagi talablarga javob berishi, jamiyatda o‘z o‘rniga ega pedagog bo‘lishi hamda kasbiy ehtiyojlarini inobatga olgan holda har tomonlama o‘z sohasining mutaxassisi bo‘lishi hozirgi zamon talabidir. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’limda o‘qituvchiga juda katta mas’uliyat va yuqori talablar qo‘yiladi. Chunki, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bolalarga ta’lim va tarbiya berar ekan, eng avvalo, o‘zi ularga har jihatdan namuna bo‘la olishi zarur. Bolalarning shakllanayotgan nutqi, rivojlanayotgan tafakkuri hamda ijodiy yondashuvi bevosita o‘qituvchi faoliyatiga bog‘liq. Shu sababli, o‘qituvchi zamonaviy ta’lim talablariga javob bera oladigan, pedagogik va kommunikativ kompetensiyalarga ega bo‘lishi lozim. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining og‘zaki va yozma nutqi aniq, ravon va tushunarli bo‘lsagina, o‘quvchilar mavzuni oson va tez anglaydilar hamda bu ko‘nikmalar ularda ham bosqichma-bosqich shakllanib boradi. Natijada, o‘quvchilarning matn bilan ishlash, fikrni ifodalash va tushunish qobiliyatlari rivojlanadi. Talabalarning sifatli ta’lim olishi, optimal bilim va malakaga ega bo’lishi huquqiy-me’yoriy hujjatlarda o’z tasdig’ini topgan. Talabalarning sifatli ta’lim olishi, optimal bilim va malakaga ega bo‘lishi huquqiy-me’yoriy hujjatlarda o‘z tasdig‘ini topgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 47-moddasida: “…davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari va o‘quv dasturlariga muvofiq sifatli ta’lim olish” huquqi belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, ushbu Qonunning 41-moddasida quyidagi vazifalar:
˗ ta’lim tashkilotlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish;
˗ ilmiy-pedagogik faoliyat darajasining o‘sishini va sifatining oshishini rag‘batlantirish;
˗ pedagog xodimlarning ilmiy salohiyatidan samarali foydalanish;
˗ o‘qitish sifatining yuqori ko‘rsatkichlariga erishish;
˗ mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan malakali kadrlar tayyorlash maqsadlarida belgilangan.
Demak, davlat ta’lim standartlari (DTS) va o‘quv dasturlarida bo‘lajak pedagoglarning sifatli ta’lim olishini ta’minlash hamda yetuk kadrlarni shakllantirish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar qonun moddalari orqali mustahkamlab qo‘yilgan. Har bir bo’lajak kadr o’zining etalon modeliga ega bo’lishi bu uning jamiyatdagi mavqeini belgilab beradi.
O‘qituvchining etalon modeli — bu zamonaviy ta’lim talablariga mos, ideal (namunaviy) o‘qituvchining kasbiy, shaxsiy va ijtimoiy kompetensiyalarini o‘zida mujassam etgan me’yoriy–nazariy modeldir. U pedagogdan kutiladigan eng muhim sifatlar, bilimlar, ko‘nikmalar va qadriyatlar majmuasini ifodalaydi.
O’qituvchining etallon modeli:
1. Kerakli motivatsion sferani, pedagogik ideal va professional pozitsiyani o’z ichiga oluvchi pedagogik yo’nalishlar.
2. Professional kompitentlik o’zini shaxsiy o’qitish tajribasidan olingan bilimdonlik, odatlar, ko’nikmalar, pedagogika teoriyasi va tarixi, pedagogik jarayonlarning texnologiyalarini o’z ichiga oladi.
3. Shaxsiy sifatlar o’z ichiga: individual-psixologik sifatlarni oladi (o’ziga baho berish, odatlar darajasi, to’g’ri yo’nalganligi).
Shuningdek, interaktiv sifatlar (muloqotda bo’ishi. emotsional ekspressiya), pedagogik takt, ijtimoiy persepsiya, muloqotga haqqoniy qiziqish;
˗ status-pozitsion sifatlar (ifoda, dissiplina, egiluvchan xususiyatlar, o’quvchining pozitsiyasini qabul qilishga tayyorlik, ta’sir etish yo’llarini o’zgartirishga tayyor bo’lish);
˗ professional-ilmiy sifatlar (yuqori professionalizm, o’qitish jarayonini baholashda haqqoniy va obyektiv bo’lish);
˗ didaktiv sifatlar (emotsional yordam beruvchanlik, mehr-oqibat, emotsional ko’rinishlami o’z vaqtida boshqara olish).
4. Psixologik sifatlar-temperament, jins va yosh sifatlari harakatchanlik va nerv tizimi mustahkamligi, emotsional mustahkamlik, fantaziya va xayolni yuqori darajaliligi, intellektual rivojlanishni qabul qilish, fikrlash bo’yicha darajasi va h.k.) [3].
Matn yaratish kompetensiyasining mazmuni — shaxsning fikrini maqsadga muvofiq, mantiqan izchil, til me’yorlariga rioya qilgan holda og‘zaki va yozma shaklda mustaqil matn yaratish qobiliyatlari majmuasini anglatadi.
Matn yaratish kompetensiyasining asosiy tarkibiy qismlari:
1-rasm. Matn yaratish kompetensiyaning tarkibiy qismlari.
1. Mazmuniy kompetensiya – mavzuni to‘g‘ri tanlash va ochib berish, asosiy g‘oya va muammoni aniqlash, faktlar, dalillar va misollarni mantiqiy joylashtirish, xulosa chiqarish malakasi.
2. Mantiqiy-tuzilmaviy kompetensiya – matnning kompozitsiyasini to‘g‘ri qurish, gaplar va abzaslar o‘rtasidagi mantiqiy bog‘lanishni ta’minlash, sabab-oqibat, qiyoslash, izohlash kabi mantiqiy aloqalardan foydalanish.
Mazmuniy
Mantiqiy
Til va uslub
Kommunika
tiv
Ijodiy
Tahrirlash
va refleksiv
3. Til va uslubiy kompetensiya – leksik boylikdan o‘rinli foydalanish, grammatik me’yorlarga rioya qilish, uslub tanlash, nutqning aniqligi, ravonligi va ifodaliligini ta’minlash.
4. Kommunikativ kompetensiya – adresat (tinglovchi yoki o‘quvchi)ni hisobga olish, matnning maqsadini aniq belgilash, muomala madaniyatiga rioya qilish.
5. Ijodiy kompetensiya – mustaqil va original fikr bildirish, fikrni noodatiy yondashuv bilan ochib berish, badiiy tasvir vositalaridan unumli foydalanish.
6. Tahrirlash va refleksiv kompetensiya – yaratilgan matnni qayta ko‘rib chiqish, xatolarni aniqlash va tuzatish, matn sifatini baholash va takomillashtirish.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining og‘zaki va yozma nutqini shakllantirishda yuqorida keltirib o‘tilgan matn yaratish kompetensiyasining asosiy tarkibiy qismlarini bilishi hamda ularga izchillik bilan amal qilishi uning nutqining oson, ravon va tushunarli bo‘lishini ta’minlaydi.Hozirgi kunda olib borilayotgan ko‘plab ilmiy-pedagogik tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘quv faoliyati jarayonida o‘zlarining mustaqil fikrlarini og‘zaki va yozma shaklda to‘liq hamda aniq ifodalay olishda muayyan qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. Ushbu holat, avvalo, oliy ta’lim muassasalarida amalda qo‘llanilayotgan o‘quv dasturlari va o‘quv rejalarida matn yaratish faoliyatiga oid mazmun va metodik ko‘rsatmalarning yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi bilan izohlanadi. Shuningdek, ta’lim jarayonida talabalarda mustaqil va tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan fakultativ topshiriqlar hamda ijodiy mashg‘ulotlarning yetarli darajada tashkil etilmasligi, kognitiv bilimlarning amaliy faoliyat bilan uzviy bog‘lanmaganligi ushbu muammoning dolzarbligini yanada oshirmoqda. Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida o‘z fikrlarini mantiqiy izchillikda bayon etish, matn tuzish hamda pedagogik faoliyatda zarur bo‘lgan kommunikativ kompetensiyalarni shakllantirish jarayoni sust kechmoqda.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va pedagogika fakulteti amaliyotchi-talabalarining ko‘plab darslarini kuzatish ishlari shuni ko‘rsatdiki, matn yaratish jarayonida qiyinchiliklarga duch kelishyapti. Buning sababi, ko‘pchilik o‘qituvchilar aytmoqchi bolgan fikrlarining hajmini belgilab olishmaydi. O’quvchiga savollarni yo’llashda ma’lum bir tizimga amal qilishmaydi [4]. Vaqtni to‘g‘ri taqsimlay olmaslik talabalarning nutqiy faoliyatiga, xususan, matn yaratish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Chunki topshiriqni belgilangan vaqt doirasida bajarishga ulgurmaslik holati talabada hayajon, sarosima va qo‘rquv kabi salbiy hissiy kechinmalarni yuzaga keltiradi. Bunday psixologik holat esa fikrlarning izchil va mantiqiy tarzda shakllanishiga to‘sqinlik qilib, matnning mazmuniy yaxlitligi, grammatik tuzilishi hamda uslubiy aniqligiga salbiy ta’sir etadi. Natijada talabaning o‘z fikrini yozma nutqda to‘liq, ravon va aniq ifodalash kompetensiyasi yetarli darajada namoyon bo‘lmaydi.
Matn̶ ma’lum bir fikrni izchil, mantiqiy va maqsadga muvofiq tarzda bayon etish uchun tuziladi. Ilmiy va o‘quv-uslubdagi matnlar, odatda, uch asosiy tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi:
1. Kirish. Bu bosqichda matnning maqsadi, mazmuni, dolzarbliligi, ahamiyati qisqacha yoritib beriladi hamda tinglovchiga nima haqida ma’lumot berishi uchun asos yaratadi.
2. Asosiy qism. Bu bosqichda matn asosiy fikrlardan tashkil topadi; tushuntirish, dalillash, tahlil qilish, misol keltirish, amalga oshirish kbi unsurlar amalga oshiriladi.
3. Xulosa. Matn yakunida so’zlovchining bayon etilgan fikrlari umumlashtiriladi, muammo bo‘yicha yakuniy mulohaza bildiriladi yoki takliflar aytiladi. Yangi fikr kiritilmaydi, balki oldingi g‘oyalar qisqa va aniq tarzda jamlanadi.
Matnni yaratish kompetensiyasini shakllanishi, uni yuzaga chiqishi uchun talaba matn ustida ishlashni, uni tahlil qilishni bilishi kerak. Bu talabaga matnni qanday tarkibiy qismlardan tashkil topish, qanday uslub va janrlardan oqilona foydalanish ko’nikmasini shakllantiradi.Matn ustida ishlash orqali o‘quvchilarni ijodiy, mustaqil va mantiqiy mushohada yuritishga, matnni tahlil qilish va unga o‘z munosabatini bildira olishga o‘rgatish o‘qituvchidan katta mahorat talab etadi [5]. Shu sababli o’qituvchi oldindan tayyorgarlik ko’rishi va o’quvchiga oson yetkazish maqsadida turli metodlar va didaktik o’yinlardan foydalanishi mumkin.
Tadqiqot jarayonida boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari orasida ularning matnga oid tushunchalarini qay darajada egallaganliklarini aniqlash maqsadida quyidagi so‘rovnoma taqdim etildi.
1. Siz uchun “matn yaratish kompetensiyasi” nima degani? A) Matnni grammatik jihatdan to‘g‘ri yozish ko‘nikmasi B) Matnni mazmunan to‘liq, tushunarli va uslubiy jihatdan to‘g‘ri yaratish qobiliyati C) O‘quvchilarga matn o‘qishni o‘rgatish ko‘nikmasi
2. Siz yozgan matnlarda ko‘proq nimaga e’tibor berasiz? A) Grammatik va imloviy to‘g‘rilik B) Matnning mazmuni va izchilligi C) Matn hajmi va bezakli so‘zlardan foydalanish
3. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun matn yozishda asosiy jihat nima, deb o‘ylaysiz?
Asosiy qism
Xulosa
Kirish A) Matn qisqa va sodda bo‘lishi B) Matn ilmiy va akademik bo‘lishi C) Matnda ko‘p murakkab so‘zlar bo‘lishi
4. O‘zingizda matn yaratish kompetensiyasi qanday darajada, deb hisoblaysiz? A) Yaxshi shakllangan B) O‘rta darajada, hali rivojlantirish kerak C) Juda sust rivojlangan
5. Matn yaratishda eng ko‘p duch keladigan muammoingiz qaysi? A) Fikrni aniqlik bilan ifodalash B) Uslub va uslubiyatni to‘g‘ri tanlash C) Grammatik va imloviy xatolar
6. Siz matn yozish kompetensiyasini qanday yo‘l bilan rivojlantirasiz? A) Yozma topshiriqlar bajarish orqali B) Kitob o‘qish va tahlil qilish orqali C) Darslarda berilgan nazariy bilimlar orqali
7. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi uchun matn yaratish kompetensiyasi qanchalik muhim? A) Juda muhim – bu asosiy kasbiy ko‘nikmalardan biri B) O‘rta darajada – ba’zan kerak bo‘ladi C) Kamdan-kam hollarda kerak
8. O‘quvchilar uchun mos matn yaratishda nimalarga e’tibor berish kerak? A) Yoshga moslik, mavzu soddaligi va tarbiyaviy yo‘nalish B) Matnning rasmiy tili va murakkabligi C) Matn hajmi va notanish so‘zlar ko‘pligi
9. Sizningcha, matn yaratish ko‘nikmasini shakllantirish uchun eng samarali usul qaysi? A) Amaliy mashg‘ulotlar va mustaqil topshiriqlar B) Ma’ruzalar va nazariy materiallar C) Guruhli bahs-munozaralar
10. Agar sizda imkon bo‘lsa, matn yaratish kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha qanday taklif bildirgan bo‘lardingiz? A) Ko‘proq amaliy topshiriqlar joriy qilish B) Adabiy til nazariyasini chuqurlashtirish C) O‘quv dasturini soddalashtirish
Yuqorida taqdim etilgan so’rovnomalar natijasi quyidagicha tahlil qilinadi:
1- va 2- savolga talabalarning 80 % i matnning grammatik qoidalarga muvofiq yozilishi kerak degan javobni belgilashgan.
4- savolga esa talabalarning deyarli barchasi o’zlarining matn yaratish kompetensiyasi o’rta darajada va uni rivojlantirish kerak degan javobni belgilashgan.
6-savolga deyarli talablarning 90 % imatn yaratish kompetensiyasini kitob mutolaasi va matnlarni tahlil qilish yo’li bilan rivojlantirish mumkinligi aytishgan.
Ushbu so’rovnoma yakunida talabalar ko’proq amaliy ishlar, kreativ mashqlar hamda ijodiy ishlar tanolovini tashkil qilishni taklif etishgan.
Xulosa qilib aytganda, tadqiqot natijalari bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida matn yaratish va nutqiy faoliyatga oid kompetensiyalarni shakllantirish dolzarb pedagogik muammo ekanligini ko‘rsatdi. So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, talabalarning matn tuzilishi, mantiqiy izchillik va fikrni yozma shaklda ifodalash borasidagi bilim va ko‘nikmalari yetarli darajada shakllanmaganligi aniqlandi.
Shuningdek, o‘quv jarayonida mustaqil fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlarning kamligi, matn yaratish faoliyatiga oid metodik ko‘rsatmalarning yetarli emasligi hamda vaqtni to‘g‘ri taqsimlay olmaslik talabalarning nutqiy faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani kuzatildi. Shu bois, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining matn yaratish kompetensiyasini rivojlantirish uchun o‘quv dasturlarini takomillashtirish, amaliy mashg‘ulotlar ulushini oshirish va zamonaviy pedagogik yondashuvlarni joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent, 2020.
URL
https://lex.uz/docs/-5013007 2. Davlat ta’lim standarti. – O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. 3. Mavlonova R.A., Rahmonqulova N.H. Boshlang‘ich ta’limning integratsiyalashgan pedagogikasi: o‘quv qo‘llanma. – Toshkent: “Ilm Ziyo”, 2009. 56-b. 4. Mamatova G. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida adabiy tushunchalarni shakllantirish metodikasi: metodik qo’llanma. – Toshkent: “Istiqlol”, 2010. 5. Boshlang’ich sinf o‘qish darslarida matn ustida ishlash orqali nutq o’stirish metodikasi: monografiya. – Toshkent: “Ilm Ziyo Zakovat”, 2022 6. N.B.Xaitova “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirishning zamonaviy texnologiyalari: 5 E modeli, yangi avlod darsliklari va xorijiy tajribalar” Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari 2025-yil, 21-noyabr.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.