SHIFOBAXSHLIK XUSUSIYATLARI
I.Sh. Umurova, M.R. Nasriddinova
Qarshi davlat universiteti, intizorumurova475@gmail.com
Annotatsiya. Maqolada Matricaria chamomilla L. turining botanik tavsifi, tarqalishi, kimyoviy tarkibi, manzaralilik va farmakologik ahamiyati tahlil qilingan. Bu turning dorivorlik xususiyatlaridan turli kasalliklarni davolovchi vosita sifatida tabobatda keng foydalanish toʻgʻrisida ma'lumot keltirilgan.
Kalit so‘zlar: manzarali, dorivor, tabobat, damlama, dorivor preparat.
Аннотация. В статье проанализировано ботаническое описание, распространение, химический состав, декоративная ценность и фармакологическое значение вида Matricaria chamomilla L.. Приведены сведения о широком использовании лечебных свойств этого вида в медицине в качестве средства от различных заболеваний.
Ключевые слова: декоративный, лекарственный, медицина, настойка, лекарственный препарат.
Abstract. The article analyzes the botanical description, distribution, chemical composition, ornamental value and pharmacological significance of the species Matricaria chamomilla L.. Information is provided on the widespread use of the medicinal properties of this species in medicine as a remedy for various diseases.
Key words: decorative, medicinal, medicine, tincture, medicinal preparation.
Bugungi kunda mamlakatimizda o‘simliklaridan tayyorlangan dori-darmonlarga talab yildan-yilga ortib bormoqda. Darhaqiqat, bu talabni to‘liq qondirish uchun o‘simlik resurslaridan to‘g‘ri va oqilona foydalanish, ulardan ko‘proq dori vositalari tayyorlashga e’tibor qaratish muhim ahamiyatga ega. Mamlakatimizda dorivor o‘simliklarning ko‘plab turlari ilmiy jihatdan o‘rganilib, tibbiyotda keng qo‘llanilmoqda. Ushbu dorivor turlardan biri Matricaria chamomilla L. – dorivor moychechak.
Ilmiy tadqiqotlarimizda koʻkalamzorlashtirishda keng qoʻllanilayotgan, ham manzaralilik, ham dorivorlik xususiyati muhim ahamiyatli boʻlgan M. chamomilla turining shifobaxshlik xususiyatlarini oʻrganish maqsad qilindi.
M. chamomilla manzarali oʻsimlik sifatida Qarshi vohasining deyarli barcha hududlarida oʻstiriladi. Shuningdek, bu oʻsimlikning dorivor xomashyolari tabobatda turli kasalliklarni davolashda qoʻllaniladi.
Asteraceae (qoqio’tdoshlar) oilasiga mansub M. chamomilla – dorivor moychechak, boʻyi 15–50 sm, yaxshi sharoitda 70 sm gacha boradigan bir yillik oʻtsimon oʻsimlik [1, 2]. Tabiiy holda Oʻrta Osiyoda tog‘li hududlarda, vodiylarda, quruq dashtlarda, boʻsh yotgan yerlarda, dalalarda, yoʻl chetlarida uchraydi. Rossiya, Polsha, Germaniya, Italiya, Ispaniyada asosan qishloq xo‘jaligi yerlari va iliq iqlimli mintaqalarda uchraydi. Marokash, Misr, Tunisning qurg‘oqchil sharoitlarga moslashgan. AQSh, Kanada sun’iy ekilgan plantatsiyalar mavjud. O‘zbekistonda Farg‘ona vodiysi, Toshkent viloyati, Qashqadaryo, Surxondaryo kabi hududlarda yovvoyi holda uchraydi. Ko‘pincha ekin maydonlarida, yo‘l yoqalarida va tog‘ oldi hududlarda uchraydi [2].
Asosiy ildizi ingichka, tarvaqaylab rivojlangan yon ildizlarga ega, bu esa uni qurg‘oqchilikka chidamli qiladi. Poyasi silindrsimon shaklda, mayin tukchalar bilan qoplangan, tik o‘suvchi, ba’zan yon shoxchalar hosil qiladi. Barglari mayda, patsimon bo‘lingan, cho‘zinchoq shaklda. Barglarning har bir qismi ingichka bo‘lib, o‘simlikka yengil ko‘rinish beradi. Barg yuzasida efir moy ajratuvchi bezlar mavjud. Gullari murakkab savatcha shaklida to‘plangan. Har bir gul savatchasi 1.5–3 sm diametrga ega. Savatchaning chetidagi oq rangli tilcha gullar ko‘payishda ishtirok etmaydi, sariq naychasimon gullar esa urug‘ hosil qiladi. Mevasi uzunchoq shakldagi donacha. Urug‘lari juda mayda, yengil bo‘lib, shamol yordamida uzoq masofalarga tarqaladi[ 3].
O‘simlikning savatchasida to‘plangan gullar tarkibida 0,22-0,8% efir moyi, kversimeritrin, apiin, kversetin, lyuteolin va boshqa (35 tagacha birikmalar) flavonoidlar, gvayyanolid guruh laktonlaridan matrikarin va matritsin, geterotsiklik halqali poliin laktonlar, proxamazulen, qumarinlar, karotin, vitamin C, achchiq moddalar ham uchraydi. Efir moyi tarkibini xamazulen, terpen, sekviterpen, spirtlar, kadinen, shuningdek kaprilat, nonilat va izovalerianat kislotalar tashkil etadi [4].
Tibbiyotda moychechak gullaridan tayyorlangan xamazulen hamda galen preparatlari yalligʻlanishga qarshi, ogʻriqni qoldiruvchi, oʻt haydaydovchi, shuningdek, qon toʻxtatuvchi, tinchlantiruvchi, talvasalarga qarshi va spazmolitik ta'sir koʻrsatuvchi vosita tariqasida qoʻllaniladi, yara-jarohatlarning bitishini bir muncha tezlashtiradi. Damlamasi mikroblarga qarshi ichakda bijgʻish jarayonini kamaytiradi, allergik reaksiyalarni susaytiradi, safro ajralishini me'yorlashtiradi. Yaralarni yuvish, vannalar, klizma qilish uchun sirtga ham ishlatiladi [5].
Buyuk olim Beruniy o‘zining "Kitob as-Saydanah fit-Tibb" asarida moychechak haqida batafsil ma’lumot berib, o‘simlikni tabiatning ajoyib ne’mati deb atagan va uni turli kasalliklarni davolashda ishlatgan. U o‘simlikning isitma tushiruvchi, yallig‘lanishga qarshi va antiseptik xususiyatlarini aniqlagan. Beruniy moychechak damlamasini isitmani tushirish va gripp, shamollashni davolash uchun tavsiya qilgan va tomoq yallig‘lanishida chayqash, burunga tomizish va inhalatsiya qilish uchun ishlatgan [6].
M. chamomilla manzarali o‘simlik sifatida ham koʻpgina hududlarda ekiladi. Bu turning ko‘kalamzorlashtirishdagi ahamiyati katta bo‘lib, ular landshaft dizaynini yaratish, ekologik muvozanatni saqlash va insonlar uchun qulay yashash muhitini shakllantirishda yordam beradi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, yuqorida keltirilgan ma'lumotlar va kuzatishlar natijalari M. chamomilla turining bioekologik xususiyatlarini chuqurroq oʻrganish va samarali koʻpaytirish usullarini ishlab chiqish zarurligini koʻrsatadi. Shuningdek, o‘simlik shamolga va qishning sovuqligiga chidamli ekanligi, yorug‘sevar o‘simlik boʻlishiga qaramasdan soyada ham yaxshi o‘sishi mumkinligini inobatga olib, bu turni respublikamizning turli hududlariga ekish tavsiya etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Флора Узбекистана. Том 6. – Ташкент, 1962. – 577 с.
2. Plants of the World Online (POWO): открытый онлайн атлас-определитель растений. https://powo.science.kew.org/
3. Энциклопедия лекарственных растений, возделываемых в России. – Москва, ОАО "Щербинская типография", 2013. – 560 с.
4. El Mihyaoui A, et al. Chamomile (Matricaria chamomilla L.): A Review of Ethnomedicinal Use, Phytochemistry and Pharmacological Uses. Life (Basel). 2022 Mar 25; 12(4): 479. doi:10.3390/life12040479. PMID: 35454969; PMCID:
PMC9032859.
5. Zohidov, F. D. Asteraceae oilasining tibbiyotda qo‘llanilishi va dorivor xususiyatlari. Tibbiyot fanlari jurnal, 30(2), 2022. – 67-80 b.
6. Абу Райхан Беруни. Избранные произведения. Т. IV. - Фармакогнозия в медицине (Китаб ас-Сайдана фи-т-тиб(б)//Отв. ред. А.К. Аренде. Исслед., пер., прим. и укз. У.И. Каримова. - Ташкент: Фан, 1974.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.