ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

“MENING HAYOTIY FALSAFAM” YOXUD, O’ZINGIZNI 5YILDAN SO’NG QAYSI NUQTADA TASAVVUR QILASIZ?

Abstract

Ushbu maqola shaxsiy hayotiy falsafa va kelajak tasavvurlariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda o‘z-o‘zini anglash, maqsadlar belgilash va uzoq muddatli rejalar tuzish muhimligi tahlil qilinadi. Muallif 10 yil ichida o‘zini qanday holatda ko‘rishini tasavvur qilish orqali, shaxsiy rivojlanish va muvaffaqiyat sari intilishning ahamiyatini yoritadi. Maqolada hayotiy qadriyatlar, motivatsiya, o‘zgarishlarga tayyorlik va kelajakda ro‘yobga chiqariladigan orzular haqida fikr yuritiladi.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

QAYSI NUQTADA TASAVVUR QILASIZ?

Abdiyeva Sabrina Sheraliyevna

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san’at fakulteti

Dizayn milliy libos ta’lim yo’nalishi talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola shaxsiy hayotiy falsafa va kelajak tasavvurlariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda o‘z-o‘zini anglash, maqsadlar belgilash va uzoq muddatli rejalar tuzish muhimligi tahlil qilinadi. Muallif 10 yil ichida o‘zini qanday holatda ko‘rishini tasavvur qilish orqali, shaxsiy rivojlanish va muvaffaqiyat sari intilishning ahamiyatini yoritadi. Maqolada hayotiy qadriyatlar, motivatsiya, o‘zgarishlarga tayyorlik va kelajakda ro‘yobga chiqariladigan orzular haqida fikr yuritiladi. KALIT SO‘ZLAR: hayotiy falsafa, kelajak tasavvuri, shaxsiy rivojlanish, maqsadlar belgilash, motivatsiya, 10 yil keyingi hayot, o‘z-o‘zini anglash, orzular va rejalar, shaxsiy muvaffaqiyat, hayotiy qadriyatlar.

Inson dunyoga kelishi bilan intilib yashaydi. Yosh bir go’dak yig’isi orqali och qolganligini bildirishga urinsa, sal ulg’aygach unda yangi his-tug’ular, yangi harakatlar paydo boladi. Bu safar u emaklab yurishga harakat qilsa, keyinchlik qisqa so’zlarni aytish orqali o’zi xohlayotgan narsalarni kattalarga bildirishga urunadi. Inson ulg’aygani sari aqli, harakati, imkoniyatlari ham ulg’ayib boradi va shakllanadi. Qalbidagi his tuyg’ular orqali orzulari tug’uladi. Ulg’aygani sari orzular niyyatga, niyyatlar esa maqsadga aylanadi. O’sha maqsadlarga, niyyatlarga va orzularga erishish uchun intiladi. Men ham orzularim orqali intilyapman. Bu intilish bolaligimda ‘‘Sehirli qalam’’ multfilmidagi sehrli qalam menda ham bo’lishini orzu qilishdan boshlangan. Bolalarcha sehrni borligiga ishonish meni rasm chizishga undadi. Hali maktabga chiqmagan kezlarim edi, kechagidek yodimda, ayam o’qib beradigan ertak kitoblardagi ertak qahramonlarini o’xshatib chizganim. Bu qobilyatimni sezgan ayam turli bo’yoqlar va qalamlar sotib olib bergandilar. Ulg’ayganim sari rasm chizish qobilyatim ham ulg’ayib bordi. Bo’yoqlarning har bir ranglari yuragimni junbushga keltirar, qo’limdagi qalam esa kundan kunga, yildan yilga sehrlilashib borayotgandek tuyulardi. Bu sehrli qalam hayotimni bir bo’lagiga aylandi. Ulg’aygach oliygohga topshirish uchun aynan dizaynerlikni tanladim. Suratlardagi har bir sanat asari pakazlarda jonlanishi, matolar xilma xilligi meni yanada ko’p hayratlantirardi. Men ham shunaqa san’at asarlarini jonlantirish insonlarni lol qoldirish va o’z dunyoyimni yanada go’zallashitrishga qaror qildim va Termiz davlat universitetining Milliy libos va san’at fakultetiga dizayn ta’lim yo’nalishiga o’qishga topshirdim. Allohga hamdlar bo’lsinki tinimsiz mehnatlarim, uyqusiz tunlarim, o’z ustimda tinmay ishlashim, sehrli qalamimni yuksaltirishga bo’lgan harakatlarim zoye ketmay birinchi yildan grand asosida talabalikka tavsiya etildim.

Oliygoh. Yangi muhit, katta hayot eshigi, katta imkoniyatlar va yangi umidlar debochasi. Asta sekin o’qishlarim boshlandi. Universitetga moslashib ham oldim, birinchi kursni tomomlash arafasi, hammasi juda yaxshi ammo ichimda bir bo’shliq bor. Bu bo’shliq tushunib bo’lmas narsa edi. Bir kuni peshin vaqti, ayam bilan instagram sahifamni kuzatim o’tirgandim e’tiborimni bir video tortdi. Videoda arab yozuvidagi Qur’oni Karim oyatlaridan birini bo’yoqlar yordamida shunaqangi bir chiroyli shaklda mahorat bilan yozishayotgandi. Ko’rib ko’zim quvnadi, qalbim taskin tobdi, ammo bezota edim. Chizgim kelardi, meni ham shunaqa suratlarni yozgim kelardi, shunaqa go’zalliklar yaratgim kelardi. Bu birdan soniyalar ichida uyg’ongan bir ajib bir his edi. Tezda ayam bilan birgalikda bu sohani o’rgatadigan mutaxassislarni izlashga tushdik. Bu sohani, bu go’zallikni o’rganishdan avval arab tilini o’rganishim kerak degan qarorga keldim va arab tili kurlarini ham izlashga tushdim. Bu fikrimni poytaxtdagi bir tanishimga aytsam ular meni qo’llab quvvatlab o’zi o’qigan arab tili ustozini telefon raqamlarini berdilar. Raqamni olib ming bir hayajon bilan ustoz bilan gaplashdim. Darslar onlayn tarzda bo’ladigan boldi. Telegramdan ustoz menga videodarsliklar tashab berardilar men esa ularni bajarib ustozga tashlardim. Shu orada 100 dan ortiq art xatotlarga yozdim. Ammo ko’nglimga faqat bittasi yoqdi. O’qish uchun Toshkentga borishim kerakligini aytishdi. Uydagilarim intilishimni ko’rib qo’llab-quvvatlashdi va universitetdagi o’qishimni tugatishim bilan meni poytaxtga yuborishadigan bo’lishdi. Yil davomida stipendiyalarimni bankdagi hisob raqamimga yig’ib borganim juda qo’l keldi. O’z bilim uchun kattalardek o’zim sarmoya kirgizadigan bo’ldim. Bu tom ma’noda moliyaviy erkin bo’lishimni boshlanishi edi, ulg’ayotganimni esa bir ko’rinishi. Xullas o’qishim tugaguncha 2 oy onlayn arab tilini o’rgandim, bemalol arab tilida yoza olardim, o’qiy olardim. Bundan judayam xursand edim. O’qishlarim tugadi, Toshkentga yo’l oldim. Mana men o’ylab orzu qilgan, kutgan o’sha kun ham keldi. Ustozim Jamila opa juda ochiqko’ngil samimiy inson ekanlar. Birinchi dars ular meni mahoratimni ko’rish va bilish uchun tayyor yozuvni ustidan bo’yoq bilan yozishimni aytdilar. Men ham katta hayajon va qizish bilan yozish uchun tayyorlangan bo’yoqlarni qo’limga oldimda tayyor yozilgan arab yozuvlarini ustidan bo’yoq bilan yoza boshladim va tugatdim. Jamila opa ko’rib hayratlandilar juda mahorat va did bilan yozganim haqida gapirib dars vaqtlarini, darsga kerakli bo’ladigan narsalarni ro’yxatini berdilar. Xursand edim. Har kuni yangi bilimlar yangi kartinalar chizayotganimdan yozayotganimdan juda baxtli edim. Dars vaqti qanday o’tib ketganini ham bilmay qolardim shu zaylda 2 oylik kurs ham yakunlandi. Men qalbdagi hotirjamlikni topgandek, ichimdagi o’sha bo’shlikni toldirgandek bo’lardim, o’zimni juda yaxshi his qilardim. 1 hafta 10 kunda chizib tugatiladigan asarlarni men uxlamay 2 kunda tugatardim. Uxlamasdim qo’limga qalam olishim bilan o’z dunyoyimning tub-tubiga shong’ib ketardim. Ko’zimga uyqu kelmasdi. Men o’zimni topdim, o’zligimni topdim, qalb taskinimni topdim, o’z dunyoyimdagi haqiqiy go’zallikni topdim. Bolaligimdagi sehrli qalamim aslida menga inom e’tilgan noyob, eng qimmatli qobiliyat ekanligini bu qoliyatni yaratuvchi qalam esa meni qollarim ekanligini angladim. Bilasizmi nima? Inson o’z orzulariga erishishi uchun doim intilishi, harakatda bo’lishi, o’z ustida ishlashi kerak. Men ham sehrli qalamim bo’lishini orzu qilardim. Harakat qildim, intildim va ishladim sehrli qalamim ham yanada jilolandi uni jilosini esa juda ko’pchilik ko’rdi qiziqdi va bilim uchun kirgizgan sarmoyamni menga 2-3va bundan 10 barovar ko’p bo’lib qaydi va qaytmoqda. Eng muhimi esa men hayotdagi o’rnimni, qalbimni taskinini topdim, ichimdagi bo’shliqni to’dirdim. Men hozir barilla aytaolamanki o’zimni 5 yildan so’ng oliygohni, magistr yo’nalishini ham a’lo baholarda tomomlagan. Hayotda ozligini topgan, chiroyli baxtli oilani rivojlangan ilmli, xatotlik sanatini mukammal darajada o’rgangan, chiroyli shinam art studiyasida xatotlik san’atini mehr bilan faxr bilan qunt bilan o’rgatuvchi mehribon ustoz, ilmli kuchli ayol, sevimli rafiqa, erka kelin va mehribon, yosh chiroyli rivojlangan va rivojlanayotgan ona ro’lida tasavvur qilaman. Hayotim davomida esa bu tasavvurlarim, orzuyim, niyyatga niyyatlarim esa maqsadga aylanadi va Allohning izni ila amalga oshadi.

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.