KETISHI SABABLARI
Axatova G.X.1, Sharipov S.Ch2.
1. Kimyo international university in Tashkent (KIUT) «Tibbiy-biologik fanlar»
kafedrasi assistenti
2. Kimyo international university in Tashkent (KIUT)2-kurs talabasi
Dolzarbligi:Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, har yili 700 000 dan ortiq inson antibiotiklarga chidamli infeksiyalar tufayli hayotdan ko‘z yumadi. 2050-yilga borib bu ko‘rsatkich 10 milliongacha yetishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Bu esa nafaqat tibbiy, balki ijtсimoiy-iqtisodiy jihatdan ham jahon hamjamiyatiga ulkan xavf tug‘diradi. Antibiotiklarga rezistentlik sog‘liqni saqlash tizimlarining ishonchliligiga, kasalliklarning davolanish muddatlariga va sog‘liq uchun sarflanadigan xarajatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Maqsad: Ushbu ilmiy ishning maqsadi — mikroorganizmlarning antibiotiklarga qarshilik mexanizmlarini aniqlash, ularning keng tarqalish sabablari, global sog‘liqni saqlash tizimiga ta’siri va bu muammoni bartaraf etish bo‘yicha xalqaro yondashuvlarni tahlil qilishdan iborat.
Material va usullar:Tahlil jarayonida JSST, CDC (AQSh kasalliklar nazorati markazi), UpToDate, PubMed, Elsevier, Scopus kabi yetakchi ilmiy bazalardagi maqolalar va statistik ma’lumotlar o‘rganildi (2020–2024 yillar). Shuningdek, TDTU (Toshkent davlat tibbiyot universiteti) klinik bazasida 2023–2024 yillarda kuzatilgan bakterial infeksiyalar bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlar ham o‘rganildi. Bakteriyalarning antibiotiklarga qarshilik mexanizmlari, xususan: Beta-laktamaza fermentlari ishlab chiqarish, Efflyuks nasoslar faoliyati, Maqsadli oqsillar tuzilishining o’zgarishi, Bioplyunkalar hosil qilish, Plazmidlar orqali genlarning goizantal uzatilishi kabi biologik jarayonlar tahlil qilindi.
Natijalar: Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ayniqsa, Escherichia coli, Staphylococcus aureus, Klebsiella pneumoniae, Pseudomonas aeruginosa kabi mikroorganizmlar antibiotiklarga yuqori darajada qarshilik ko‘rsatmoqda. Eng ko‘p rezistentlik beta-laktamlar, karbapenemlar, fluorxinolonlar va aminoglikozidlar guruhida kuzatilmoqda. TDTU klinik bazasida 2023–2024 yillarda o‘tkazilgan kuzatuvlarda 38% bemorda bakterial infeksiyalar aniqlangan bo‘lib, ularning 52% holatida kamida bitta antibiotikka chidamlilik qayd etilgan. Davolashda sezgirlik (antibiotikogramma) asosida yondashuv, shuningdek, kombinatsiyalangan antibiotiklar keng qo‘llangan. Ba’zi hollarda mikrobial infeksiyalarning uzoq davom etishi, retsidivlar va davolanishdagi qiyinchiliklar antibiotiklarga chidamlilikka bevosita bog‘liqligi aniqlangan..
Xulosa: Olingan natijalardan quyidagi xulosalarga kelish mumkin: Antibiotiklarni faqat shifokor ko‘rsatmasiga binoan va to‘liq kurs bilan iste’mol qilish, profilaktika, sanitariya va gigiyenaga qat’iy amal qilish, yangi
antimikrob dorilar ishlab chiqish ustida ilmiy izlanishlarni kuchaytirish, mikrobiologik monitoring va nazorat tizimlarini kuchaytirish, aholining tibbiy savodhonligini oshirish.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.