ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

MILLIY G‘OYA, MA’NAVIYAT ASOSLARI TURKUMIGA KIRUVCHI FANLARNI O‘QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH USULLARI

Abstract

 Ushbu maqolada milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari turkumiga kiruvchi fanlarni o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanish orqali ta’lim samaradorligini oshirish haqida so‘z yuritiladi.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

USULLARI

Ametov Axmet Qulametovich Nukus davlat pedagogika instituti Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi

kafedrasi assistent o’qituvchisi

Annotatsiya. Ushbu maqolada milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari turkumiga kiruvchi fanlarni o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanish orqali ta’lim samaradorligini oshirish haqida so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar: innovatsiya, interfaol metodlar, aqliy hujum, debat, munozara, sinkveyn, blits savol, klaster.

Аннотация. В данной статье рассматривается повышение эффективности образования за счет использования интерактивных методов в преподавании предметов, относящихся к категории национальной идеи и основ духовности.

Ключевые слова: инновация, интерактивные методы, мозговой штурм, дебаты, дискуссия, синквейн, блиц-вопрос, кластер.

Abstract. This article examines improving the effectiveness of education through the use of interactive methods in teaching subjects related to the category of national idea and fundamentals of spirituality.

Key words: innovation, interactive methods, brainstorming, debate, discussion, cinquain, blitz question, cluster.

So‘nggi vaqtlarda Respublikamizning ta’lim tizimi sohasida ham yangidan yangi innovatsion o‘zgarishlar yuz berayotganligini yangi usullarning paydo bo‘lishini yaqqol ko‘rish mumkin. Ilmiy-texnik taraqqiyot XXI asrga kelib nafaqat ko‘plab ishlab chiqarish sohalarini texnologiyalashtirishga sabab bo‘ldi, balki madaniyat sohasiga, gumanitar bilimlar sohalariga ham kirib keldi. Hozirgi vaqtda ko‘pgina asosiy metodik innovatsiyalar o‘qitishning interfaol usullarini qo‘llashga yo‘naltirilgan.

Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari turkumiga kiruvchi fanlarni o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanish ta’lim sifatini yanada yuqori bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Interfaol o‘qitish - bu o‘zining amalga oshirilishi, o‘qituvchi - talaba, talaba - kompyuter ikkovining o‘zaro munosabatida bo‘lib o‘tadigan dialogik suhbat vaziyatida bo‘lish demakdir. Interfaol o‘qitish - inson bilish faoliyatining amalga oshirilishining alohida bir turidir.

Interfaol usullarning ancha keng tarqalgan va yaxshi natijalar beradiganlari ichida - "aqlga hujum" (mozgovoy shturm), bahs (munozara), organayzerlar to‘ldirish, klaster, aniqlovchi savollar, debatlar, munozara, sahna o‘yini, rol o‘ynash, sinkveyn, o‘yinlar, insert va hokazolar bor. Aqliy hujum - bu bir mavzu bo‘yicha mustaqil ravishda, dastlab hech qanday tanqidiy nuqtai nazarsiz, iloji boricha ko‘p sonli g‘oyaviy fikrlarni ta’kidlashdir. Bu usulning vazifasi - oz sonli guruhning kuchini, g‘oyaviy fikrlarni umumlashtirishga jamlash.

Debat - uning asosida darsni tashkil etishdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad muammoning yechimini topishda o‘quvchi o‘zlarini, o‘z fikrlarining to‘g‘riligiga ishontirish. O‘z fikrini aniq va faktlar bilan bayon qilish, buning uchun ishonchli dalillar va xulosalar topish ko‘nikmalarini shakllantirishda debatlar o‘tkazish samarali usuldir.

Metodik ko‘rsatmalar: Debatlar mavzuni aniq o‘zlashtirishlari uchun o‘quvchilarga sharoit yaratadi. Buning uchun esa, mavzuni rezolyutsiya tarzida tushuntirish kerak bo‘ladi. Mashg‘ulotlarda mahalliy mutaxassislardan (olim, jamoat arbobi, siyosatshunos, mutaxassis va h.k.) biri taklif etiladi.

Debat o‘tkazish usullari. Bahsli savollarni analitik-sintetik tahlil qilish va obyektiv fikr yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun ayrim usullardan foydalaniladi:

O‘quvchining o‘z fikrini erkin ifoda eta olishi.

O‘z fikrini aniqlashtirishi.

O‘quvchilar fikrlarining aniqligini tekshirish.

Boshqalarning fikrini o‘rganish.

O‘zining va boshqalarning fikrlarini tahlil qilish.

Muammo (mavzu, savollar) bo‘yicha qaror qabul qilish.

Bahs (Munozara) - Bu usul yordamida o‘quvchilarga ma’lum bir muammo bo‘yicha to‘liq axborotlar yetkazib berish, baxs uchun tanlangan mavzuni o‘quvchilar ayovsiz "shturm" qiladi va maqsadli natijada muammoga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni har tomonlama o‘rganadi.

Sinf (auditoriya) ning qarama-qarshi burchaklariga ikkita plakat osib qo‘yiladi. Ularning biriga "roziman," ikkinchisiga "rozi emasman" degan so‘zlarni yozib qo‘yadi. Plakatlarda ba’zi bir mavzularga oid savollar bo‘yicha bildirilgan qarama-qarshi fikrlar ham yozilishi mumkin.

Darsni tashkil etish qoidalari tahlil qilinadi.

O‘rganiladigan muammo bo‘yicha o‘z fikriga mos keladigan plakat yoniga borish va kerakli o‘quvchilar taklif etiladi.

Bo‘lingan o‘quvchilardan o‘z qarashlarining to‘g‘riligini asoslab berishlari so‘raladi. Bu vaqtda bir guruhdan ikkinchi guruhga o‘tishga ruxsat etiladi va shu tariqa o‘quvchilarning barchasi mavzuga jalb etiladi.

Muammo (mavzu, savol) bo‘yicha fikrlar bildirilgandan so‘ng, o‘quvchilar ichida bahs davomida o‘z nuqtai nazarini o‘zgartirganlar ham, boshqa guruhga o‘tkaziladi. Bunday hollarda ular o‘z o‘rnini o‘zgartirish sabablarini asoslab berishlari kerak.

Ishtirokchilardan opponentlar ichidan muammo yuzasidan eng ishonchli fikr bildirgan o‘quvchilarni aniqlash so‘raladi. Bahs jarayonida faol ishtirok etgan va o‘z fikrining to‘g‘riligiga ishontira olgan guruh baholanadi.

Intеrfаоl mеtоdlаrning turlаri «Sinkvеyn» mеtоdi Mеtоdning mаqsаdi: «Sinkvеyn» sо‘zi frаnsuzchа sо‘zdаn оlingаn bо‘lib, «bеsh misrаdаn ibоrаt shе’r» tаrjimаsini bеrаdi. Аmаliyоtdа «Sinkvеyn»: murаkkаb аxbоrоtlаrni sintеzlаsh qurоli vа tushunchаlаr zаhirаsini bаhоlаsh vоsitаsi;ijоdiy ifоdаlilik vоsitаsi sifаtidа judа fоydаlidir. «Sinkvеyn» tаyаnch kаsbiy tushunchаlаr vа аxbоrоtlаrni rеflеksiyаlаsh, sintеzlаsh vа umumlаshtirishdа tеzkоr vоsitа hisоblаnаdi.

Mеtоdni аmаlgа оshirish tаrtibi: «Sinkvеyn» tuzish qоidаsi quyidаgichа:

-birinchi qаtоrdа bir sо‘z bilаn mаvzu yоzilаdi-оdаtdа оt turkumidаgi оid sо‘z bilаn;

-ikkinchi qаtоrdа mаvzu ikki sо‘z bilаn tаsvirlаnаdi-sifаt turkumigа оid ikki sо‘z bilаn;

-uchinchi qаtоrdа ushbu mаvzu bо‘yichа xаtti-hаrаkаtlаr uch sо‘z bilаn tаsvirlаnаdi;

- tо‘rtinchi qаtоrdа mаvzugа аlоqаdоrlikni kо‘rsаtuvchi tо‘rttа sо‘zdаn ibоrаt gаp yоzilаdi;

- bеshinchi qаtоr mаvzu mоhiyаtini tаkrоrlоvchi bir sо‘zdаn ibоrаt sinоnim shаkllаntirilаdi.

“Blits-so‘rov” (ing. “blits” – tezkor, bir zumda) metodi berilgan savollarga qisqa, aniq va lo‘nda javob qaytarilishini taqozo etadigan metod sanaladi. Ta’lim muassasalarida ushbu metodga muvofiq savollar, asosan, o‘qituvchi tomonidan beriladi. Berilgan savollarga javoblar jamoaviy, guruhli, juftlik yoki individual tarzda qaytarilishi mumkin. Javob qaytarish shakli mashg‘ulot turi, o‘rganilayotgan mavzuning murakkabligi, talabalarning qamrab olinishiga ko‘ra belgilanadi.

«Blic– so’rov» savollari

Bir millatni o’zga millatlardan ustun qo’yishga undovchi ta’limot?

“Olam va odam ilohiy kuch, хudo tomonidan yaratilgan” dеgan g’oyani ilgari suruvchi ta’limot?

Kosmopolitizm qanday mafkura?

ХХ asrning 30 yillarida Italiya va Gеrmaniyada vujudga kеlgan va o’zida "oliy irq" g’oyasini ilgari surgan g’oya?

Hur fikrlilik qanday manoni bildiradi?

Muayyan jamiyatning ichki va tashqi tahdidlarga dosh bеrolmasligining sababi nimada?

Klaster (Tugun). Klasterlarga bo‘lish - bu fikrlashning xilma-xilligini, o‘rganilayotgan har qanday tushunchalarning o‘zaro aloqadorligini, munosabatini aniqlash qobiliyatini rivojlantirishni ta’minlaydi. Tushunchalar har qanday voqealarga, hodisalarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. "Klaster" so‘zi ingliz tilidan tarjima qilinganda "tugun," "bog‘lanish," "kurtak" ma’nolariga to‘g‘ri keladi. Klasterga bo‘lish usulini har qanday yangi mavzuni tahlil qilib o‘rganishdan oldin qo‘llanilgan samaraliroq hisoblanadi. Ular o‘quvchilarda ijtimoiy fikrni o‘zgartirishga ta’sir ko‘rsatish qobiliyatining paydo bo‘lishiga ishonch tug‘diradi va ularni rivojlantiradi.

G’oya

Milliy Ilmiy

Birlashtiradi Yo’naltiradi Boshqaradi Kelajakni potensial borliqning ko’rinishi

Qarash

Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari turkumiga kiruvchi fanlarni interfaol usullar har bir talabaning, o‘quvchining bilim olishga ishtiyoqini, topshiriqlarni bajarishda mas’uliyatini oshiradi, talabalarning juft-juft, guruhlarga bo‘linib birgalikda shug‘ullanishi, o‘qituvchi-talaba o‘zaro hamkorligida, ularda ijobiy his-tuyg‘ular uyg‘otadi va o‘quvchilarning aql-idroki bilan mustaqil tushunishi orqali yangi mavzuni ongli ravishda o‘zlashtirish ko‘nikmalarini shakllantiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Abdukadirov A. va boshq. Axborot texnologiyaları. T.: “Arnaprint” 2004. 2. Ангеловский К.Инновации и учителя. Москва, "Просвещение,"1991. 3. Суворова Н.. Интерактивное обучение: новые подходы Москва, 2001. 4. Ruzimurodov S. M., Sultanova N. THE ROLE OF THE FAMILY IN THE

UPBRINGING OF YOUNG PEOPLE AS A HARMONIOUS GENERATION

//Инновационные подходы в современной науке. – 2019. – С. 367-371. 5. MADATOVICH R. S. Aesthetic Features of the Formation of a Healthy Environment in the Upbringing of Children in the Family //JournalNX. – 2020. – Т. 6. – №. 04. – С. 88-90. 6.Рўзимуродов С., Юсупов М. ЎЗБЕКИСТОНДА ФАЛСАФИЙ ФИКРЛАР ИБТИДОСИ ХУСУСИДА //Проблеми та перспективи розвитку науки на початку третього тисячоліття у країнах СНД. – С. 253.

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.