ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

MTT RAHBARLARI TOMONIDAN QOʻLLANILADIGAN INNOVATSION BOSHQARUV USLUBLARI VA ULARNING KOʻRINISHLARI

Abstract

Ushbu maqolada Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish va rejalashtirish bugungi kunning dolzarb vazifalardan sanaladi. Maqolada maktabgacha taʼlim tashkilotlarida innovatsion boshqarishning usullari toʻgrisida fikrlar bildirilgan


Full PDF Document

Related Articles

Full text

--⊱⊱ 365 ⊰⊰--

BOSHQARUV USLUBLARI VA ULARNING KOʻRINISHLARI

Karimboyeva Adolat Farhodovna

Qoraqolpogʻiston Respublikasi

Beruniy tumani 40-son DMTT

Annatatsiya: Ushbu maqolada Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish va rejalashtirish bugungi kunning dolzarb vazifalardan sanaladi. Maqolada maktabgacha taʼlim tashkilotlarida innovatsion boshqarishning usullari toʻgrisida fikrlar bildirilgan.

Аннотatsiя: В статье рассматривается управление и планирование в дошкольных образовательных организациях как одна из актуальных проблем. Представлены идеи инновационных методов управления в дошкольных образовательных организациях.

Abstract: This article discusses the management and planning of preschool educational organizations as one of the current challenges. The article presents ideas on innovative management methods in preschool educational organizations.

Kalit soʻzlar: rahbar, maktabgacha taʼlim tashkilotlari, boshqaruv, taʼlim tizimi, metodik boshqarish,innavatsion faoliyat, pedagogik jarayon.

Ключевые слова: лидер, дошкольные образовательные организatsiи, менеджмент, образовательная система, методическое руководство, инновatsiонная деятельность, педагогический процесс.

Key words: leader, preschool educational organizations, management, educational system, methodical management, innovative activity, pedagogical process.

Maktabgacha taʼlim tizimi jadal oʻzgarayotgan zamon talablari, raqamli transformatsiya, pedagogik innovatsiyalar va taʼlim sifatiga qoʻyilayotgan yangi mezonlar asosida rivojlanmoqda. Bu jarayonda MTT (maktabgacha taʼlim tashkiloti) rahbarlarining roli yanada kuchayib bormoqda. Zamonaviy rahbar nafaqat tashkiliy jarayonlarni boshqaradi, balki jamoani motivatsiya qiladi, innovatsion muhit yaratadi, pedagogik jarayonni takomillashtiradi va taʼlim sifatini doimiy ravishda nazorat qilib boradi.

Zamonaviy globallashuv sharoitida taʼlim tizimi oldiga qoʻyilayotgan talablar keskin oʻzgarib bormoqda. Bu jarayon maktabgacha taʼlim sohasiga ham bevosita taʼsir koʻrsatmoqda. Chunki aynan maktabgacha taʼlim bosqichi inson shaxsining dastlabki intellektual, ijtimoiy, psixologik va madaniy poydevori shakllanadigan eng muhim davr hisoblanadi. Shuning uchun MTTning samarali faoliyati koʻp jihatdan rahbar xodimlarning boshqaruv madaniyati, innovatsion fikrlashi, liderlik salohiyati, oʻzgarishlarga moslasha olishi va zamonaviy boshqaruv uslublaridan foydalanish koʻnikmalariga bogʻliq.

Hozirgi zamonda MTT rahbarligining mazmuni faqat maʼmuriy boshqaruv yoki buyruqbozlik bilan chegaralanib qolmaydi. Aksincha, rahbar zamonaviy pedagog, strateg, psixolog, lider, innovator va motivator sifatida faoliyat yuritishi zarur. Jahon tajribasi shuni koʻrsatadiki, maktabgacha taʼlim muassasalari faqatgina ilgʻor boshqaruv uslublari, raqamli texnologiyalar, jamoaviy hamkorlik va motivatsion yondashuvlar bilan boshqarilgandagina yuqori samaradorlikka erishadi.

--⊱⊱ 366 ⊰⊰--

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida innovatsion boshqaruvning joriy etilishi bir necha omillar

bilan izohlanadi:

➢ Jamiyat va taʼlim tizimining raqamli transformatsiyasi: elektron boshqaruv, AKT, raqamli monitoring, elektron portfoliolar, onlayn nazorat vositalari paydo boʻlishi rahbarlardan yangicha yondashuvlarni talab qilmoqda.

➢ Pedagogik jarayonning murakkablashuvi: kompetensiyaviy yondashuv, individual taʼlim trayektoriyalari, inklyuziv taʼlim, STEAM va loyihaviy oʻqitish kabi innovatsiyalarni boshqarish zarurati.

➢ Inson omilining ahamiyati ortishi: rahbarning jamoani boshqarish, pedagoglarni qoʻllabquvvatlash, motivatsiya va psixologik muhit yaratish koʻnikmalariga boʻlgan ehtiyoj kuchaydi.

➢ Ota-onalar va jamoatchilik bilan hamkorlikning kengayishi: ochiq boshqaruv, shaffoflik, raqamli kommunikatsiya vositalari rahbar faoliyatining ajralmas qismiga aylandi.

➢ Milliy taʼlim siyosatining modernizatsiyasi: MTT rahbarlarining innovatsion boshqaruv kompetensiyasini shakllantirish davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan.

Bunday uslublar doirasiga transformatsion liderlik, raqamli boshqaruv, kreativ-innovatsion yondashuv, demokratik va servis boshqaruv modellari, strategik boshqaruv uslublari, kompetensiyaga asoslangan menejment kabi zamonaviy boshqaruv turlari kiradi. Ularning har biri taʼlim jarayonini takomillashtirish, pedagoglar faoliyatini samarali tashkil etish, bolalar rivojlanishi uchun qulay va rivojlantiruvchi muhit yaratishda oʻziga xos ahamiyatga ega.

Jumladan, rahbarlarga ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish, maktabgacha taʻlim sifatini oshirish, maktabgacha taʻlim tashkilotlarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, taʻlim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qoʻllaniladigan zamonaviy taʻlim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish, maktabgacha taʻlim tashkilotlariga pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish mexanizmini takomillashtirishdan iborat dolzarb vazifalar qoʻyildi. Boshqaruvning uch xil vositalari boʻlib, brinchisi, tashkilot, boshqaruv ierarxiyasidir, Bu yerda asosiy vosita - bu odamga yuqoridan taʻsir qilish (faoliyatni ragʻbatlantirish, rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilish, shuningdek taqsimlashning asosiy funksiyalaridan foydalanish) boylik va boshqalar.). Ikkinchisi - boshqaruv madaniyati, bularga jamiyat, tashkilot, odamlar guruhi tomonidan ishlab chiqilgan va tan olingan qadriyatlar, ijtimoiy normalar, munosabatlar, xattiharakatlar majmuyi. Uchinchisi esa – bozor, bozor munosabatlari, bular. mahsulot va xizmatlarni sotish va sotib olishga, sotuvchi va xaridor manfaatlari balansiga asoslangan boshqaruvdir.

Kuzatishlarimiz bugungi kunda maktabgacha taʻlim taʻlim tashkilotlarini ilmiy-metodik asosda boshqarishda:

➢ uzluksiz taʻlim bosqichlari orasida uzviylikning toʻla taʻminlanmaganligi;

➢ rahbar kadrlarning kasbiy, ilmiy-metodik tayyorgarligi taʻlim mazmuni va uning metodik taʻminotidan orqada qolishi;

➢ aksariyat MTT direktorlari ijodiy va ijtimoiy faollik, gʻoyaviy-siyosiy yetuklik talab darajasida emasligi;

➢ MTT direktorlari tayyorlash tizimining ilmiy-nazariy hamda metodik jihatdan yetarlicha asoslanmaganligi,

--⊱⊱ 367 ⊰⊰--

➢ bu jarayonda zamonaviy pedagogik, axborot va innovatsion texnologiyalardan foydalanish uchun zarur boʻlgan metodik bilim, koʻnikma va malakalarni egallashga eʻtibor berilmaslik kabi nuqsonlar mavjud ekanligi tasdiqdanmoqda.

Taʻlim tashkilotlari direktorlarining kasbiy-pedagogik tayyorgarligi bu ularning ilmiy-nazariy, psixologik-pedagogik, ilmiymetodik tayyorgarligi, gʻoyaviy-siyosiy va maʻnaviy-axloqiy yetukligidan iborat. Kasbiy-pedagogik tayyorgarlikning tarkibiy kismlari bir-birini toʻldiradi, oʻzaro uzviy ravishda shakllanib, rivojlanadi, rahbarning mazkur tarkibiy qismlar boʻyicha egallagan bilim, koʻnikma va malakalari pedagogik faoliyatda qoʻllaniladi. Shu sababli MTT direktorlirining ilmiymetodik tayyorgarligi kasbiy-pedagogik tayyorgarlikning tarkibiy qismlari ichida asosiy oʻrinni egallaydi. Amaldagi meʻyoriy hujjatlarda belgilangan taʻlim sohasidagi davlat siyosatining tamoyillaridan kelib chiqqan holda taʻlim muassasalarida oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish va uni takomillashtirish hamda rahbarlik faoliyatini rivojlantirish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Hozigi tez oʻzgarayotgan bir davrda MTT boshqaruv kadrlari har tomonlama intelektual salohiyatli, oʻz faoliyatiga jiddiy qaraydigan, har bir bajarayotgan vazifasiga ijodiy yondashadigan rahbar sifatida faoliyat olib borishini davrning oʻzi taqozo etmoqda. Chunki, rahbarning teran tafakkuri va keng dunyoqarashi, zamon talabiga javob beradigan, pedagogika, psixologiya, boshqaruv ilmidan xabardorligi, ijodiy fazilat va xislatlarga, iymon-eʻtiqodga, muomala madaniyatiga ega, ijtimoiy faol, tashkilotchi va tadbirkorligi u boshqarayotgan taʻlim tashkilotining kelgusidagi samarali faoliyatini belgilaydi. Zamonaviy taʻlimni rivojlantirish va uni isloh qilish vazifalarini belgilashda uning sifatini taʻminlash masalalari ustuvor oʻrin tutadi. Taʻlim tizimida innovatsion faoliyatini rejalashtirishning oʻzi ham bir qator tamoyillarga muvofiq amalga oshiriladi.

Pedagogik adabiyotlarda taʻlim tashkilotlarini boshqarish ancha toʻliq va aniq belgilab berilgan va tavsiflangan. Maktabgacha taʻlimga kelsak, biz uni bir qismi deb hisoblaymiz mumkin. Demak, boshqaruv fanining barcha asosiy qoidalari, pedagogik menejment jumladan maktabgacha taʻlim tashkilotlarini boshqarish uchun ham qoʻllaniladi. Shu bilan birga, maktabgacha taʻlim tizimining rivojlanish tarixining xususiyatlari va koʻp qirraliligi, ichki fazilatlari va xususiyatlarini ham maksimal darajada hisobga olish muhimdir. "Natijaga asoslangan boshqaruv" tushunchasining oʻzi tashkilotning barcha aʻzolari tomonidan belgilangan va kelishilgan natijalarga erishadigan boshqaruv va rivojlanish tizimi sifatida belgilanishi mumkin. Har bir rahbar oʻz maktabgacha taʻlim muassasasini rivojlantirishning asosiy maqsadlarini belgilab, pedagogik jamoa bilan birgalikda butun pedagogik jarayonni tashkil qiladi, yaʻni u doimiy ravishda olingan natijalarni rejalashtirilgan natijalar bilan taqqoslaydi. Bu vaziyat boʻyicha aniq natijalar uchun tezkor qarorlar qabul qilishni talab qiladi. Natijaga asoslangan boshqaruv, dastlab jamoaga maqsadga erishish uchun barcha resurslar bilan taʻminlangan haqiqiy berilgan deb taxmin qilanadi. Bunday resurslarga odamlar, vaqt, moliya, moddiy-texnika bazasi, texnologiyalar, usullar va boshqalar kiradi.

Xulosa qilib aytganda, MTT rahbarlarining zamonaviy boshqaruv uslublaridan foydalanishi maktabgacha taʼlim tizimini modernizatsiya qilishning muhim omillaridan biridir. Innovatsion boshqaruv yondashuvlari rahbarning strategik fikrlashini, liderlik salohiyatini va boshqaruv samaradorligini oshiradi. Bunday uslublar jamoada kreativlikni ragʻbatlantiradi, taʼlim sifatini yaxshilaydi, zamonaviy raqamli infratuzilma bilan uygʻunlashtirilgan boshqaruv tizimini shakllantiradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 iyundagi PQ-5144-son qarori.

--⊱⊱ 368 ⊰⊰--

2. F.R.Qodirova, Sh.Q.Toshpoʻlatova, N.M.Kayumova, M.N.Aʼzamova Maktabgacha pedagogika T-“Maʼnaviyat” 2018y.

3. Tretyakov P.I. "Maktabgacha taʼlim muassasasi: natijalarga koʻra pedagogik jarayonni boshqarish", M., UTs "Perspektiva", 2010y.

4. Рахматуллаева, П. М., & Маҳкамова, М. А. (2022). Yoshlar taʼlim sifatini oshirishda motivatsiyaning oʻrni yoxud ulkan maqsadlar sari dastlabki qadam. Central Asian Research Journal

5. Karimova N.Q “Maktabgacha taʼlim muassalari boshqaruvining dolzarb muammolari”3- 4B(2021)

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.