KIRISH: bugungi kunda ta’lim tizimida yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash muhim masalalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, musiqa madaniyati darslari o‘quvchilarning estetik didini shakllantirish, milliy merosga hurmat ruhini tarbiyalash hamda ma’naviy-axloqiy fazilatlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbek xalq qo‘shiqlari xalqimizning ko‘p asrlik madaniy merosi, urf-odatlari, turmush tarzi va ma’naviy qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan bebaho san’at namunalaridir. Musiqa madaniyati darslarida o‘zbek xalq qo‘shiqlarini o‘rgatish orqali o‘quvchilarda milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish, musiqiy tafakkur va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish mumkin. Shu sababli xalq qo‘shiqlarini o‘qitish jarayonida pedagogik yondashuvlarni to‘g‘ri tanlash, zamonaviy metod va texnologiyalardan foydalanish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. MAQSAD: mazkur tadqiqotning maqsadi musiqa madaniyati darslarida o‘zbek xalq qo‘shiqlarini o‘rgatishning pedagogik imkoniyatlarini aniqlash hamda o‘quvchilarning musiqiy-estetik tarbiyasini rivojlantirishda ularning ahamiyatini ilmiy asosda yoritishdan iborat. Shuningdek, xalq qo‘shiqlarini o‘rgatish jarayonida samarali metod va usullarni aniqlash, o‘quvchilarning ijodiy faoliyati va musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladigan pedagogik sharoitlarni tahlil qilish ham tadqiqotning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. METODLAR VA MATERIALLAR: tadqiqot jarayonida pedagogika, musiqa ta’limi va san’atshunoslik sohasidagi ilmiy adabiyotlar tahlil qilindi. Shuningdek, kuzatish, taqqoslash, pedagogik tajriba, suhbat va tahlil metodlaridan foydalanildi. Material sifatida o‘zbek xalq qo‘shiqlari namunalaridan – marosim qo‘shiqlari, mehnat qo‘shiqlari, lirik qo‘shiqlar hamda bolalar folkloriga oid qo‘shiqlar o‘rganildi. Ularni musiqa madaniyati darslarida qo‘llash jarayoni tahlil qilinib, o‘quvchilarning qiziqishi va musiqiy faoliyatiga ta’siri o‘rganildi. Shuningdek, interfaol metodlar, jumladan, klaster, savol-javob, tinglab tahlil qilish, guruhlarda ishlash va ijodiy topshiriqlar berish usullari qo‘llanildi. Bu metodlar o‘quvchilarning dars jarayonidagi faolligini oshirish va xalq qo‘shiqlarining mazmunini chuqurroq anglashga yordam beradi. NATIJA VA MUHOKAMA: tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, musiqa madaniyati darslarida o‘zbek xalq qo‘shiqlaridan foydalanish o‘quvchilarning musiqiy idroki, estetik didi va milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmatini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Xalq qo‘shiqlarini o‘rganish jarayonida o‘quvchilar nafaqat qo‘shiq kuylashni o‘rganadi, balki uning mazmuni, tarixi va tarbiyaviy ahamiyatini ham anglab yetadi. Bundan tashqari, xalq qo‘shiqlarini o‘rgatishda interfaol metodlardan foydalanish o‘quvchilarning darsdagi faolligini oshiradi, ijodiy fikrlashini rivojlantiradi hamda jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantiradi. O‘quvchilar xalq qo‘shiqlarini ijro etish jarayonida milliy madaniyatga nisbatan qiziqish va hurmatni yanada chuqur his etadilar. XULOSA: xulosa qilib aytganda, musiqa madaniyati darslarida o‘zbek xalq qo‘shiqlarini o‘rgatish o‘quvchilarning musiqiy-estetik tarbiyasini rivojlantirishda muhim pedagogik imkoniyatlarga ega. Xalq qo‘shiqlari orqali o‘quvchilarda milliy o‘zlikni anglash, estetik didni shakllantirish va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish mumkin. Shu bois musiqa ta’limi jarayonida o‘zbek xalq qo‘shiqlaridan keng foydalanish, ularni zamonaviy pedagogik metodlar bilan uyg‘unlashtirib o‘qitish ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
INTRODUCTION: today, one of the important tasks of the education system is to educate the younger generation in the spirit of national values. Music culture classes play a significant role in shaping students’ aesthetic taste, fostering respect for national heritage, and developing their spiritual and moral qualities. Uzbek folk songs are invaluable examples of art that reflect the centuries-old cultural heritage of our people, their traditions, lifestyle, and spiritual values. Teaching Uzbek folk songs in music culture classes helps develop students’ national identity, patriotic feelings, musical thinking, and creative abilities. Therefore, selecting appropriate pedagogical approaches and using modern methods and technologies in teaching folk songs is one of the important and актуal issues in education. AIM: the purpose of this research is to identify the pedagogical opportunities of teaching Uzbek folk songs in music culture classes and to scientifically highlight their importance in developing students’ musical and aesthetic education. In addition, the study aims to determine effective teaching methods and techniques for teaching folk songs and to analyze pedagogical conditions that contribute to the development of students’ creative activity and musical abilities. METHODS AND MATERIALS: during the research process, scientific literature in the fields of pedagogy, music education, and art studies was analyzed. Methods such as observation, comparison, pedagogical experiment, interviews, and analysis were used. As research materials, examples of Uzbek folk songs were studied, including ritual songs, labor songs, lyrical songs, and songs related to children’s folklore. The process of applying them in music culture classes was analyzed, and their influence on students’ interest and musical activity was studied. In addition, interactive methods such as clustering, questionand-answer sessions, listening and analysis, group work, and creative tasks were applied. These methods help increase students’ activity during the lesson and enable a deeper understanding of the content of folk songs. RESULTS AND DISCUSSION: the results of the study showed that the use of Uzbek folk songs in music culture classes has a positive impact on students’ musical perception, aesthetic taste, and respect for national values. While learning folk songs, students not only learn to sing them but also understand their content, history, and educational significance. Moreover, the use of interactive methods in teaching folk songs increases students’ engagement in the classroom, develops their creative thinking, and forms teamwork skills. Through performing folk songs, students develop a deeper interest in and respect for national culture. CONCLUSION: in conclusion, teaching Uzbek folk songs in music culture classes has significant pedagogical potential in developing students’ musical and aesthetic education. Folk songs help foster national identity, shape aesthetic taste, and develop creative abilities among students. Therefore, the wide use of Uzbek folk songs in music education and their teaching through modern pedagogical methods contribute to increasing the effectiveness of the educational process.