AHAMIYATI
XoImirzayev Muhammadjon Ibrohim o’g’li, Umirqulova Feruza
Abdusamatovna
Termiz Iqtisodiyot va Servis universiteti, Termiz sh, Farovon massivi 4B-
uy, e-mail: muhamajonxoImirzayev@gmail.com
Annotatsiya
Na’matak-sentyabr oyining boshida pishib yetilgan mevalari bilan quvontiradigan ko’p yillik buta. Xalq orasida bu o’simlik «yovvoyi atirgul» deb ham ataladi. Uning gullari dorivor xususiyatlarga ega emas, ammo mevalari xalq tabobatida keng qo’llaniladi. Odatda tabobatda na’matak damlamasidan foydalaniladi. Shifokorlar shamollashning oldini olish va davolash uchun tavsiya etishadigan na’matak mevalarining damlamasi — askorbin kislotasi yoxud vitamin C`ning tabiiy manbai sanaladi.
Kalit so’zIar- dorivor, qon tomir, vitamin, buta, damIama, aIIergik, kamqonIik, kaIIoriya
БИОЛОГИЧЕСКИЕ ХАРАКТЕРИСТИКИ И МЕДИЦИНСКОЕ
ЗНАЧЕНИЕ НАМАТАКА
Хоймирзаев Мухаммаджан Ибрагима угли, Умиркулова Феруза Абдусаматовна.
Термезский университет экономики и сервиса, город Термез, Фаровонский массив 4Б, e-mail: muhamajonxoдmirzaev@gmail.com
Аннотация
Шиповник – многолетний кустарник, который радует спелыми плодами уже в начале сентября. В народе это растение еще называют «дикой розой». Его цветы не обладают лечебными свойствами, а вот плоды широко используются в народной медицине. Настойка наматака обычно используется в медицине. Врачи рекомендует при простуде профилактика получать и уход для рекомендация достаточно нет матак _ фруктов настойка - аскорбина кислота или витамин C _ естественный источник засчитывается.
Ключевые слова – лекарственный, сосудистый, витаминный, растительный, лекарственный, аллергический, анемический, калорийный.
BIOLOGICAL CHARACTERISTICS AND MEDICAL SIGNIFICANCE
OF NA'MATAK
Abstract
Namatak is a perennial shrub that pleases with its ripe fruits in early September. Among the people, this plant is also called "wild rose". Its flowers have no medicinal properties, but its fruits are widely used in folk medicine. Namatak tincture is usually used in medicine. Doctors catch a cold prevention get and treatment for recommendation enough no matak _ of fruits tincture - ascorbin acid or vitamin of C ` natural source is counted .
Key words - medicinal, vascular, vitamin, herbal, medicinal, allergic, anemic, caloric.
KIRISH.
Naʼmatak (Rosa) — raʼnodoshlar oilasiga mansub butalar turkumi. Boʻyi 3 m cha. Bargi tok, patsimon murakkab, poyada ketma-ket joylashadi. Guli xushboʻy, rangi har xil, yakka yoki 2—3 tadan oʻrnashgan. Mevasi shirali, shakli va rangi har xil, gul oʻrnidagi soxta meva ichida tukli, bir urugʻli yongʻoqchalar joylashgan. N. turlari bir-biridan mevasining shakli, katta-kichikligi, rangi, novda poʻstlogʻining rangi hamda novdadagi tikanlarning oz-koʻpligi va joylanishiga qarab farqlanadi. N. oʻrmonlarda ariq yoqalarida, butalar orasida, togʻ yon bagʻirlarida oʻsadi. Guli chiroyli turlari bogʻlarda, xiyobonlarda va koʻchalarda oʻstiriladi [1].
Itburun naʼmatak (R. canina) mevasida 4—6%, baʼzan 18% cha C, B2, K, B oilasi vitaminlari, 18 mg% cha karotin, 18% cha qand, 2% cha limon kislota, oshlovchi va boshqa moddalar boʻlib, tibbiyotda avitaminozning oldini olish va davolashda qoʻllanadi. N.ning manzarali turlari — atirgullardan olinadigan xushboʻy efir moyi (atirgul moyi), asosan, parfyumeriyada, undan tayyorlanadigan atirgul suvi (Aqua Rosae) farmatsevtikada dorilarning hidi va mazasini yaxshilash uchun ishlatiladi [2].
Na’matakning foydali ekanligi shubhasiz ko’rinsada, u har qanday dorivor o’simlik kabi, me’yorga amal qilinmasa organizmga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Shuning uchun, uning damlamasi bilan vitaminlanishdan oldin, insonga ko’rsatadigan ijobiy va salbiy ta’siri haqida bilib olish kerak.
Shifokorlar shamollashning oldini olish va davolash uchun tavsiya etishadigan na’matak mevalarining damlamasi — askorbin kislotasi yoxud vitamin C`ning tabiiy manbai sanaladi. Ushbu o’simlik mevalarida C vitamini ekzotik limon va apelsinga qaraganda 50 barobar, qora smorodina tarkibidagidan esa 10 barobarga ko’proq. Bundan tashqari, u bir qator foydali mikroelementlar, shu jumladan kaliy, magniy, kaltsiy va natriyni o’z ichiga oladi.
Shifokorlar kuz-qish davrida ichishni tavsiya etadigan damlama odam organizmiga qanday ta’sir qiladi? Bunday vositaning xususiyatlari quyidagilardan iborat:
• Organizmning himoya kuchlarini mushtahkamlaydi va kuchaytiradi;
• Qon tomirlarini mustahkamlaydi;
• Yurak ishini barqarorlashtiradi;
• Qon bosimini pasaytiradi;
• Hazm qilish tizimini me’yorga keltiradi;
• Xolesterin darajasini pasaytiradi;
• Organizmni hujayra darajasida intoksikatsiya qiladi (na’matak kuchli antioksidant ta’sirga ega);
• Barcha a’zolar regeneratsiyasini rag’batlantiradi.
Na’matak siropi yoki mevalardan tayyorlangan choy sovuq mavsumda juda samarali ichimlik sanaladi, ayniqsa viruslar faollashganda va immunitet darajasi pasayganda. Agar ushbu xalqona vosita muntazam ravishda qabul qilib boriladigan bo’lsa, unda shamollashdan saqlanish, shifo jarayonini tezlashtirish va kasallikdan keyin tezroq tiklanish mumkin bo’ladi.
Homiladorlik paytida na’matak alohida ahamiyatga ega. Na’matak damlamasi bo’lajak onalarga toksikoz xurujlarini yengishga, qizil qon tanachalarini yoxud eritrositlar shakllantirishni rag’batlantirishga, gemoglobinni ko’paytirishga va kamqonlik rivojlanishining oldini olishga yordam beradi [3].
Bunday damlamalar homilador ayollarda sezilarli darajada pasayagan immunitetni rag’batlantiradi. Shunday qilib, O’RVI yoki gripp bilan kasallanish xavfi kamayadi, agar bu sodir bo’lsa ham, unda kasallik oson va asoratlarsiz kechadi.
Damlama tayyorlash
Na’matak damlamasi tayyorlash uchun termosga uning 3 osh qoshiq quruq mevalari va bir litr qaynoq suv solinadi. Aralashma 12 soat davomida tindiriladi. Tayyor damlama ovqatdan 30-40 daqiqa oldin qabul qilinadi. Damlama tayyorlashdan oldin mevalarni yaxshilab yuvib, maydalash tavsiya etiladi. Bu holda vosita tezroq tayyor bo’ladi. Unga shakar qo’shish tavsiya etilmaydi, uning o’rniga asal qo’shish vositaning foydali xususiyatlarini yana oshiradi.
Oziqaviy qiymati
100 gr mahsulotning oziqaviy qiymati
Kaloriyasi 162 kkal
Yog’lar 0.3 g
Uglevodlar 38g
Oqsil 1,6 g
Nartiy 4 mg
Kaliy 429 mg
Temir 1,1 mg
Magniy 69 mg
Vitamin A 217 μg
Vitamin B6 0,1 mg
Vitamin C 426 mg
Zararlari va qarshi ko’rsatmalar
Na’matakdan shifobaxsh vosita sifatida foydalanish uchun ko’plab ko’rsatmalar mavjudligiga qaramay, u inson organizmiga salbiy ta’sir ko’rsatishi ham mumkin. Shu sababli uni qo’llashdan oldin mavjud bo’lgan qarshi ko’rsatmalar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi [4].
Na’matakni har qanday shaklda qabul qilish quyidagi hollarda tavsiya etilmaydi:
• Oshqozon sekretsiyasining oshishi (kislotalik darajasi ortishi);
• Gastrit rivojlanishiga moyillik yoki kasallik tashxislanganligi;
• Anamnezda pankreatit mavjudligi;
• Allergik (dermatologik) holatlarga moyillik;
• Tomirlarda tromblar shakllanishi, tromboflebit rivojlanishi;
• Endokardit (yurak mushaklarining yallig’lanishi).
Ba’zi holatlarda esa uni ehtiyotkorlik bilan qabul qilish tavsiya etiladi, chunki u:
• Tish emalining yupqalanishini tezlashtiradi;
• Spirtli tindirmasidan foydalanish qon bosimi ko’tarilishiga olib kelishi mumkin;
• Obstruktiv sariq kasallik rivojlanish ehtimoli mavjud;
• Safro sekretsiyasini sekinlashtiradi;
• Ich qotishiga sabab bo’ladi.
Na’matakdan profilaktika va davolash vositasi sifatida foydalanganda ushbu ogohlantirishlarni e’tiborsiz qoldirmaslik lozim. Yodda tutish kerakki, salbiy oqibatlar ko’pincha dori-darmonlarning dozasini noto’g’ri tanlash natijasida rivojlanadi. Ushbu o’simlikning odam uchun kundalik me’yori — 10 tagacha mevani tashkil qiladi. Bunda ularni maydalab, choyga qo’shish mumkin. Mevasi tarkibida askorbin kislotasi, glyukoza, fruktoza, uglevodlar, B guruh vitaminlari uchraydi. O‘simlik mevasining kimyoviy tarkibi, farmakologik xossalari va uni kompleks qayta ishlashni o‘rganish jarayonida sanoatda na’matakdan foydalanish texnologiyasini takomilalshtirish bo‘yicha yangi tahlillar amalga oshirdik. Ma’lumki, sanoatda na’matakni birlamchi qayta ishlash jarayonida multivitaminli konsentrat hosil bo‘ladi. Biroq ushbu konsentrat qayta ishlatilmaydi. Bunday chiqindilarda ko‘p miqdorda biologik faol moddalar, jumladan, vitaminlar uchraydi. Ultrasonik ishlov berish yo‘li bilan na’matak mevasi chiqindilariga qo‘shimcha ishlov berish orqali quruq ekstrakt va bir qator vitaminlar olish mumkin. O‘simlikning biologik faol moddalarini tabiiy tarkibida qo‘llash inson tana a’zolarini davolash uchun zarur bo‘lgan keng ko‘lamli farmatsevtik ta’sirlarni ta’minlaydi. Shuningdek, na’matakni birlamchi qayta ishlashda askorbin va 5 foizli sirka kislotasi ajratib olish mumkin.
Na’matakning kimyoviy tarkibi, farmakologik xossalarini o‘rganish natijasida olingan tahlillar na’matakning vitaminlarga boy, shifobaxsh o‘simlik ekanligini ko‘rsatadi. Shifokorlar shamollashning oldini olish va davolash uchun tavsiya etishadigan na’matak mevalarining damlamasi askorbin kislotasi va C vitaminining tabiiy manbai sanaladi. Bundan tashqari, u bir qator foydali mikroelementlar, shu jumladan kaliy, magniy, kaltsiy va natriyni o‘z ichiga oladi. Na’matak organizmning himoya kuchlarini mushtahkamlaydi va kuchaytiradi, qon tomirlarini mustahkamlaydi, yurak ishini barqarorlashtiradi, qon bosimini pasaytiradi. Hazm qilish tizimini me’yorga keltiradi.
Na’matak siropi yoki mevalardan tayyorlangan choy qish mavsumida viruslar faollashganda va immunitet darajasi pasayganda juda samarali hisoblanadi. Agar ushbu xalqona vosita muntazam ravishda qabul qilinadigan bo‘lsa, unda shamollashdan saqlanish, shifo jarayonini tezlashtirish va kasallikdan keyin tezroq tiklanish mumkin bo‘ladi. Na’matak damlamasi gemoglobinni ko‘paytirish va kamqonlik rivojlanishining oldini olishga, gepatit kasalligini davolashda yordam beradi. Na’matak tarkibidagi moddalar antioksidantlik xususiyatiga ega bo‘lib, qarish jarayonini sekinlashtirish xususiyatiga ega.
FOYDAIANIIGAN ADABIYOTIAR
1. O'. Pratov, Q. Jumayev. Yuksak o'simliklar sistematikasi. Toshkent - 2003
2. Q. Xaydarov, Q. Hojimatov. O'zbekiston o'simliklari. Toshkent "O'qituvchi"
3. Q. Hojimatov, M. Olloyorov. O'zbekistonning shifobaxsh o'simliklari va ularni muhofaza etish. Toshkent 1998 yil.
4. Toshkent Davlat Agrar Universiteti. Dorivor o'simliklarni yetishtirish texnologiyasi. Toshkent "Iqtisod-moliya"2018.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.