NAVOIYNING EPIK ASARLARIGA OID FIKRLAR…
Isayeva Shoira Boltabayevna
Teacher of the department of Applied philology.Doctor of Sciences (PhD) Tashkent State University of the Uzbek language and literature named after Alishera
Navаi
shoiraisayeva1960@gmail.com
Annotatsiya: Mazkur maqolada xalqimiz ma’naviy merosining ajralmas qismi bo‘lgan ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy ijodini o‘rganish asosida shoir ijodining o‘ziga xos xususiyatlari, lirikasining badiiyati, epik asarlarining tarbiyaviy masalalarini yoritishga harakat qilingan. Mazkur maqolada adabiyot darslarida Alisher Navoi ijodini o‘rganishning metodik xususiyatlari ochib berilgan.
Kalit so‘zlar: Doston, Navoiy, “Xamsa”, “Hayrat ul- abror” dostoni, epic asarlar, badiiyat, O‘zbek xalqi ma’naviy madaniyati. Lirik asarlar va epik asarlar.
THOUGHTS ON NAVOY'S EPIC WORKS…
Annotation: In this article, based on the study of the work of the great poet and thinker Alisher Navoi, who is an integral part of the spiritual heritage of our nation, an attempt was made to clarify the specific features of the poet's work, the artistry of his lyrics, and the educational issues of his epic works. This article reveals the methodical features of studying the works of Alisher Navoi in literature classes.
Key words: Doston, Navoi, "Khamsa", "Hayrat ul-Abror" epic, epic works, art, spiritual culture of the Uzbek people. Lyrical works and epic works.
МЫСЛИ ОБ ЭПИЧНЫХ ПРОИЗВЕДЕНИЯХ НАВОЯ…
Аннотация: В данной статье на основе изучения творчества великого поэта и мыслителя Алишера Навои, являющегося неотъемлемой частью духовного наследия нашего народа, предпринята попытка выяснить специфические особенности творчества поэта, художественность его лирики и просветительская проблематика его эпических произведений. В данной статье раскрываются методические особенности изучения творчества Алишера Навои на уроках литературы.
Ключевые слова: Достон, Навои, «Хамса», эпос «Хайрат уль-Аброр», эпические произведения, искусство, духовная культура узбекского народа. Лирические произведения и эпические произведения.
INTRODUCTION.
Jamiyatimizda tobora kelajak avlodni ma`nan yetuk insonlar etib tarbiyalash ishlari davlat miqyosidagi barqaror vazifalardan biriga aylanib bormoqda. Darhaqiqat, ma`naviyati, ichki dunyosi, ruhiyati rivojlangan mamlakat siyosiy, iqtisodiy jihatdan ham ko`proq yuksaladi. Ushbu o`rinda milliy adabiyotning yetuk namunalarini yosh avlodni ma`naviy jihatdan tarbiyalashda o`z o`rnida risoladagidek foydalanish muhim ahamiyatga ega. Ta`kidlash joizki, bugungi kunda ta`lim-tarbiya tizimiga har qachongidan ham ko`proq e`tibor qaratilib, ta`limni sifat jihatdan yangilash talab etilmoqda. Bu o`rinda respublika prezidentining farmonlari, o`quv fanlar bo`yicha davlat ta`lim standartlari, o`quv dasturlari va boshqa o’quv metodik vositalarni yanada takomillashtirishni taqozo etib, ta’limni sifat jihatdan yangilashni talab qilmoqda. Ayni paytda, xususan, adabiyot darslarini to’g’ri tashkil etish muammosiga alohida ahamiyat beriladi. Chunki adabiyot predmetining badiiy-tashkiliy ko’rinishi mutlaqo o’ziga xosdir. Adabiyot darslarida, albatta, ruhiyat talqinlari o’quvchining qalbini to’lqinlantirishi shart. Bunda o’qituvchi sinf o’quvchilarining fikr va tuyg’ularini boshqara olishi shart. Badiiy asar avvalo o’qituvchui tomonidan chuqur o’rganilgan bo’lsagina, o’quvchilarga badiiy matnning poetikasini va adibning mahoratini to’liq yetkaza oladi. Mumtoz adabiyot namunalarini berishda qator murakkabliklar mavjud. Aynan mana shu murakkablik asarning to’liq tushunilishi uchun to’siq bo’ladi. Adabiyot muallimi mumtoz matnlarda ko‘p ishlatiladigan qo’shimcha, qo’shimchaxarakteridagi morfemalarni o‘quvchilarga to’liq tushuntira olishi kerak. Mumtoz matnlarning obrazlar tizimi ularning tabiati, xarakteri to‘g‘ri yoritilmasligi tushunmovchiliklarga olib kelishi tabiiy.
Ushbu o’rinda vazn va qofiya ilmlarining bir oz murakkabligi o’quvchilar uchun asarlarni o’rganishda qiyinchiliklar tug’diradi. Bu xususda adabiyotshunos olim To’xta Boboyev shunday degan edi: “… o’zbek she’riyati poetikasi asoslaridan: Yusuf Hos Hojib, Atoiy, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad ijodlarini o’rganish jarayonida aruz ilmi haqida umumiy tarzda bo’lsada nazariy tushuncha berishni ko‘zda tutadi – bu durust… O‘zbek she’riyatida 300 dan ortiq badiiy (she’r) san’atlar qo’llanilgani holda dasturda faqat tazot, husni ta’lil, radd ul-matla’ eslatilgan xolos…”1 [Boboyev, 1997: 32]
Takidlash joizki, maktablarda mumtoz adabiyotni o’rgatishdagi kamchiliklar haqida qator tatqiqotlar mavjud. BUgungi kunda ham, ushbu muammolar haqida jiddiy ishlar olib borilmoqda. Ushbu o’rinda biz Alisher Navoiy asarlarini o’rganish haqidagi fikrlarimizni bayon qilamiz.
Darsda quyidagi muammоlar qo‘yiladi va
hal etiladi:
a. Epik asar yaratish yo‘lidagi tamoyillar va
ularni Alisher Navoiy ijodidagi o‘ziga xosliklarni
ko‘rsatish. Bu hodisani shoir ijodida muvaffaqiyatli
amalga oshirilganligi sabablarini izohlash.
b. Sharq adabiyotida “Xamsa” yaratish
an’analari. Xamsanavislar to‘g‘risida to‘g‘ri
tasavvur tug‘dirish va shoirning ulardan olgan
adabiy mahoratini izohlash.
c. “Xamsa” yozishda Navoiy qanday ijodiy
tamoyillarga tayanganligini misollar vositasida
tushuntirish.
Mavzuda qo‘llaniladigan tayanch so‘z va
ibоralar
Madaniy-ma’rifiy maskanlar. Ko‘cha va xiyobonlar. Navoiyxonlik kechalari. Mutafakkir hayoti. Alloma. Sajiya. Hozirjavoblik. Yomon odat. Ilm olishga ishtiyoq. Hofiza. Zahmat va chidam.
1. Xamsachilik an’analari.
2. Xamsanavislar.
3. XV asrda turkiy tilda “Xamsa” yozish jasorati.
4. “Xamsa” yozishda Navoiy tayangan tamoyillar. 1 Boboyev T. OLiy o’quv yurtlarida o’zbek she’riyati poetikasi asoslarini o’rganish. DDQ.-T.: 1997., 32-bet.
Alisher Navoiy ijodi bo‘yicha dars mashg‘ulotlarini tashkil etishda o‘rinlio‘rinsiz ravishda turli-tuman usullarni qalashtirib tashlash kutilgan natijani bermasligi mumkin. Bundan tashqari majmuadagi asar jozibasi, badiiyatini xiralashtiradi, adabiyot o‘qitishdan kutilgan pedagogik samarani yo‘qqa chiqarishi mumkin. Darslarda, asosan, so‘z sehri, uning qudratiga tayanish, ko‘proq badiiy matn bilan ishlash, o‘quvchining o‘z kamoloti uchun o‘zini mehnat qildirish, izlantirish, ularning har biriga o‘z darajasiga mustaqil xulosaga kelish imkoniyatini berish kerak.
O‘quvchilar “Xamsa” olamiga kiritib olingach, uning yaratilish an’analari haqida ma’lumot beriladi.
Adabiyotlarning mashhur siymolari buyuk o‘tmishdoshlarining ijod bobidagi muvaffaqiyatlarini chuqur o‘rgangan, ijodiy o‘zlashtirgan holda, ularga tanqidiy yondoshib, yangilik yo‘lidan borganlar. Bunday faktlar adabiyotimiz tarixida oz emas. Bunda Navoiyning o‘tmish adabiy an’analariga bo‘lgan munosabatini ko‘rsatib, uning izdoshlarini esa doimo olg‘a qarab harakat qilganliklarini eslash kifoyadir.
Navoiy ustozlari – Firdavsiy, Nizomiy, Dehlaviy, Jomiy singari nuroniy siymolarning asarlarini ipidan ignasigacha o‘rganadi va ularning ijodini maktab deb biladi.
Ustoz shoirlarning hurmatini tavoze bilan o‘rinlatgan Alisher Navoiy ijodida, uning ko‘p asarlarida, “Xamsa”sida salaflar maqtoviga keng o‘rin bergan. Tafakkur borasida u Nizomiy, Dehlaviy va Jomiy bilan ijodiy raqobatga kirishuvini yaxshi biladi:
Bu maydonda Firdavsiy ul gurd erur,
Ki gar kelsa Rustam, javobin berur.
Raqam qildi farxunda “Shohnoma”ye,
Ki sindi javobida har nomaye.
Navoiy tafakkur jangohiga jasorat bilan kirar ekan, bunda eng qiyin maydon – xamsachilik maydonida ot suradi. Sharq she’riyatida xamsachilik an’anasiga Ganjaviy asos soldi. Uning vujudga kelishi adabiyotlar tarixida yangi davrni boshlab berdi. Xamsachilik davrning dolzarb muammolarini kichik lirik janrda emas, balki katta epik dostonlarda tasvirlash imkonini berdi. Bu esa mukammal obrazlar, umumlashma qahramonlar xarakteri va ma’naviy dunyosini tasvirlash uchun katta yo‘l ochdi. Natijada inson haqidagi badiiy mushohadalar g‘azal, ruboiy kabi janrlar qobig‘idan chiqib keng qanot yoydi.
Nizomiydan so‘ng xamsachilikda birinchi ajoyib javobni aytgan shoir Dehlaviy bo‘ldi. Dehlaviy “Xamsa”sidan so‘ng bu adabiy hodisa butun Sharq adabiyotida ko‘p asrlik an’anaga aylanib qoldi. Mavlono Ali Ohiy, Fosih Rumiy, Xoja Lohuriy, Shayxun Suhayliy, Abdulla Xotifiy, Kotibi Turshiziy, Mavlono Orifiy, Muhammad Ahli Sheroziy, Badriddin Hiloliy singari ko‘plab shoirlar Nizomiy va Dehlaviy yo‘lida “Xamsa” yaratish uchun urindilar. Biroq ular bu yo‘lda muvaffaqiyat qozona olmadilar.
Alisher Navoiy “Xamsa” yaratishdek qiyin ishga qo‘l urar ekan, turkigo‘y ommaning ehtiyojini ko‘zda tutadi. Sharqshunos olim G.E.Bertels aytganidek Navoiy xamsachilikning “Nizomiy uyg‘unlashtirgan qonuniyatini sinchkovlik bilan, g‘oyat teran o‘rgandi”. Yuqoridagi xamsanavislarning muvaffaqiyatsizligiga sabab ham xamsachilikning o‘ziga xos qonuniyatlarini, Nizomiy va Dehlaviy asarlarini yaxshi o‘zlashtirmasliklarida bo‘lsa kerak.
“Xamsa”ni yaratishda Navoiy o‘z salaflari Nizomiy va Dehlaviylarning shakl bobidagi an’anasiga sodiq qoldi, ammo mazmunda batamom o‘ziga xos yo‘l tutdi:
Bir deganni ikki demak xush emas,
So‘z chu takror topdi dilkash emas.
“Xamsa”ga kiritilgan barcha dostonlarda izchillik bilan ana shu ijodiy tamoyilga rioya qilingan. Deyarli har bir dostonning yo avvalida, yo oxirida “Xamsa”navislarga munosabat bildiriladi, ularning yutuqlari, ba’zan nuqsonlari ham tilga olinadi.
Navoiy “Hayrat ul -abror”da Jomiy bilan “Xamsa” xususida qurgan suhbatini tasvirlab, Dehlaviy haqida g‘oyat iliq fikrlarni bayon etadi:
Bazmda bir kun yuzida nur edi,
Har soridin Nodira mazkur edi.
Tushti chu raxrav bila payravga so‘z,
Yetti Nizomiy bila Xusravga so‘z…
Navoiyda ham “Gavhar sochuvchi”, “Nur taratuvchi” bu ikki shoirga katta havas uyg‘onadi, u ham “Xamsa” yozish ishtiyoqi bilan yonadi:
Menki talab yo‘lg‘a qo‘ydum qadam,
Bordur unidimki, chu tutsam qalam.
Yo‘llasa bu yo‘lda Nizomiy qo‘lim,
Qo‘llasa Xusrav bila Jomiy qo‘lim.
Navoiyning fikricha Nizomiydan so’ng she’riyat maydonidagi yana bir fil bu – Xusrav Dehlaviy:
Bu kun ul pil, bu hindu erur bil,
Kichikroq bo‘lsa ham lekin erur pil.
U Dehlaviy ijodidan g‘oyaviy va badiiy jihatdan oziqlanar ekan, undan “quvvat” kutar ekan, ayni chog‘da ijodiy o‘ziga xoslikka og‘ishmay amal qiladi.
Shu boisdan ham, Navoiy “Xamsa”sida Dehlaviy ijodiga xolisona baho berib boriladi:
Dema Xusravki, hindui jodu,
Aylabon elni nazmig‘a hindu.
Dema hindi, qaro balo de oni,
Ne balo, ofati xudo de oni.
Har qachon xoma ilkiga oliybon
Nazmidin olam ichra o‘t solibon…
Navoiy va Dehlaviy “Xamsa”larini qiyoslash shuni ko‘rsatadiki, shakl masalasida Navoiy Dehlaviydan o’rganadi. Masalan, Shirinning arman malikasi ekanligi (Nizomiyda Berda malikasi, ya’ni Ozarbayjonlik), “Sab’ai Sayyor”da asosiy qahramonlardan birini nomi Dilorom sifatida tanlannishi singari o‘rinlarda bunga ishonch hosil qilishi mumkin.
Nizomiy ham, Dehlaviy ham Xusrav obrazini boshdan-oyoq ijobiy qahramon sifatida tasvirlaydi. Alisher Navoiy uni aksincha ifodalab, “Farhod va Shirin” dostonida, o‘z salaflarining talqinida yetishmayotgan haqiqiy dard – ishq dardini Farhod obrazida mujassam etadi.
Navoiy ustozlari ruhini aslo kamsitmagan holda o‘zini ularning oldida shogird deb his qiladi:
Menki shogird bebzoatman,
Ul ikovvga mute toatman
Navoiy “Xamsa”sining so‘nggi dostoni “Saddi Iskandariy”da tasvir etilgan uchrashuvi, ayniqsa, maroqlidir. Navoiy xayolan bog‘da kezadi. Shunda uni shoir Dehlaviy bir guruh ijodkorlar huzuriga boshlab boradi. Bular Sa’diy, Firdavsiy, Unsuriy, Sanoiy, Xoqoniy, Anvariy edilar. Navoiyni Jomiy va Xusrav Dehlaviy boshlashib Nizomiy oldiga olib boradilar:
Tutib Jomiyu Xusrav ikki qo‘lum,
Nizomiy sari boshladilar yo‘lim…
Navoiy shoirlarning bu xayoliy musobaqasi vositasida o‘z “Xamsa”siga ajoyib faxriya yo‘li bilan baho beradi, xamsachilik ustodlari Navoiy dostonlarining go‘zal va san’atkorona yozilganligini taqdirlashi o‘rinli ekanligini xayolan faraz etadi. Shu tariqa shoirning 54 ming misradan iborat “Xamsa” asari dunyoga kelgan.
“HAYRAT UL -
ABROR” DOSTONI
Darsda quyidagi
muammоlar qo‘yiladi va hal
etiladi:
1.Xamsachilik an’anasiga
ko‘ra, uning birinchi dostoniga
qo‘yiladigan talablar va uni
Alisher Navoiy ijodidagi talqini.
1. “Hayrat ul- abror” –
falsafiy, axloqiy-ta’limiy asar
ekanligini ochib berish va bu mavzuda Alisher Navoiyning mahorati masalalari.
2. Dostondagi maqolatlarning o‘ziga xos tomonlari va unda berilgan hikoyatlarning falsafiy talqini masalalari.
Mavzuda qo‘llaniladigan tayanch so‘z va ibоralar
Maqolat. Iymon haqida. Olam va odam. Hikoya va masal. Mashhur din va davlat arboblari. Karam va saxovat. Mukammal ta’rif. Tahlil. Badiiyat. Havola qilmoq.
Dostonning yaratilishi.
Dostonning mavzusi.
“Hayrat ul -abror”ni varaqlaganda.
Dostonda yoritilgan masalalar.
Dostonning tarbiyaviy ahamiyati.
Rejada “Hayrat ul- abror” dostonini o‘rganish uchun ikki soat vaqt ajratilgan. Darslik majmuada “Hayrat ul abror” dostonidan olingan “o‘ninchi maqolat” berilgan bo‘lib, unda to‘g‘rilik, rostgo‘ylik vasf etiladi va yolg‘onchilikning kasofati ko‘rsatib beriladi. O‘qituvchi mazkur maqolatni o‘rganish uchun darsni uch qismga bo‘lsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Buning uchun ajratilgan birinchi va ikkinchi qismda matn o‘qiladi, tushunilishi qiyin va lug‘ati berilgan so‘zlar ustida ishlanadi. O‘quvchilar anglamay qolgan boshqa so‘zlarning ma’nosi ularga tushuntiriladi. Agar darsning o‘zida bu so‘zning ma’nosini anglatish mumkin bo‘lmasa, uyda lug‘atlardan ko‘rib kelish lozimligi tayinlanadi. O‘qituvchi bundan aslo xijolat bo‘lmasligi kerak. Shuning uchun ham darsga “Navoiy asarlari lug‘ati” olib kirilsa va o‘quvchilar oldida shu xildagi tushunarsiz so‘zlarga izoh topilsa, yana ham yaxshi bo‘ladi.
O‘quvchilar lug‘at bilan ishlashni o‘rganishadi. Ayrim o‘qituvchilar, dostonda tushunarsiz so‘zlar ko‘p, shuning uchun asarning mazmunini aytib bergan ma’qul deb hisoblaydilar. O‘quvchining badiiy matn jozibasi o‘rniga uning soyasi bilan yuzlashtirishga qaratilgan bu yondashuv adabiy ta’limdan kutilgan ma’naviy-estetik samarani yo‘qqa chiqaradi. Darhaqiqat, hazrat Navoiy asarlarining tili o‘quvchilarga og‘irdek tuyuladi, lekin, bu asarlar shunday sehrli, shunday jozibaliki, ular o‘quvchi tuyg‘ularini egallab, ma’nolarini chaqish sari boshlaydi. Buning uchun esa asarlarni ifodali, ta’sirli va qayta-qayta o‘qish zarur.
Parcha ifodali o‘qilgandan so‘ng tushunilishi qiyin bo‘lgan har bir so‘zga izoh beriladi. O‘qituvchi o‘quvchilarni doston ohangini, uning o‘gitlari zamiridagi chuqur ma’nolarni anglaydigan holatga solishi lozim. Agar o‘qituvchi darsning boshidayoq shunga kirishsa, pedagogik niyatga osonroq erishadi.
Navoiy davr аn’anasiga riоyа qilgan holda boshqa asarlari singari dostonlariga ham arabcha nоm berdi. Bu о‘zbek tilida "Yaxshi kishilarning hayratlanishi" degan ma’noni anglatadi. Doston 3988 baytdan iborat bo‘lib, 64 bоb, 29 maqolatdan tashkil topgan. U aruzning sari’ bahrida yozilgan. Asar an’anaviy muqaddima - "hamd vа nа’t" bilаn boshlanadi. Nomidan kelib chiqqan holda "hamd"da Allohning maqtovi, sifatlari, "nа’t"dа payg‘ambarimiz madhi beriladi. Navoiyning dunyo haqidagi qarashlari mаnа shu muqaddimada o‘z aksini topgan. Uningcha, dunyoning boshi ham, oxiri ham, yaratuvchi ham, kuzatuvchi ham Allohdir:
Avval o‘zing, oxir-u mоbаyn o‘zing,
Barchag‘a xoliq, borig‘a аyn o‘zing.
Yigirma ikkinchi bobdan maqolatlar boshlanadi. Вirinchi maqolat iymon haqida. Ikkinchi maqolat islom haqida. Uchinchi maqolat shohlar haqida. Shu tariqa har bir maqolat bir mavzuga bag‘ishlangan. Muallif dastlab mavzu bilan tanishtiradi. Unga munosabat bildiradi, ya’ni tasdiq yо inkor etadi vа unga munosib birоr ibratli hikoya keltiradi. Shoir uchinchi maqolatda bevosita shohga murojaat qiladi: "Еy, dabdabasi olamni tutgan sulton, senga haq (Xudo) hukmfarmonlik berdi, qo‘lingni baland qilib, nе-nе buyuklarni qoshingda past etdi. Xizmatingga elni majburlab, oldingda qomatlarini egdi. Lekin shuni bilki, sen ham ularning ko‘pidan ojizroq bir bandasan. Ular tufrog‘-u sen nur emassan, shakl-u shаmоyiling ham, a’zo-yu tanalaring ham teng. Tangri seni saltanat osmoniga chiqarib qo‘ygan ekan, o‘z qudratini namoyish qilyapti. U senga vazifa topshirgan. Вirinchi vazifa - bergan ne’matiga shukur qilmoq, ikkinchisi - xalqni хurrаm tutmoq, haqini haqlab bermoq, asramoq. U senga omonat berilgan. Agar sen elning bir siniq ignasini tortib olsang, oxiratda olmos xanjar bо'lib bag‘ringga qadaladi. Ingichka bir iр kabi zarar yetkazgan bо‘lsang, uni seni halok qiluvchi ilon deb bilаvеr... Sen-chi, ishratga, maishatga botgansan, zulmga zo‘r bermoqdasan... Веаyb parvardigor, lekin аyb qildingmi, tavba ham qil. Adolatsizlik qildingmi, adolat ham qil".
Navoiyning bu fikrlari zamonasining aysh-ishratga berilgan, o‘zaro taxt talashib, qanchadan qancha qirg‘in-barotlarga sabab bo‘lgan temuriy shahzodalarga achchiq tanbehi edi. Dostondagi bir qator maqolatlar odob-axloq haqida. Chunonchi, beshinchi maqolat karam haqida. Karamning mа’nоsi keng. U mehr-marhamat ko‘rsatish, saxiylik, ehson qilish kabilarni anglatadi. Saxiylik insondagi xislatlarning eng ulug‘i. Baxillik eng tubanidir. Biroq, har narsaning hаm me’yori bor. Ortiqcha saxiylik isrofdir. Isrof esa baxillik bilan teng. Qolaversa, har qanday saxiylikda hаm ma’lum tartib bor. Chunonchi, birinchidan, faqat dovruq qozonmoq uchungina mol-dunyo sovurmoq saxiylik emas, hatto aqldan emas. Bunday ishni yо mast, yо telba qiladi. Mast vа telbani odam deb bo‘ladimi? Ikkinchidan, shunday odamlar borki: "Yoyar anga supraki, ul осh emas, Berur anga to‘nki, yalang‘och emas". Bunday kishini hаm saxiy deb bo‘lmaydi. U quyoshga yordam beray deb kunduzi sham yoqadigan odamga o‘xshaydi. Uchinchidan, birovlardan olgan narsani tarqatgan kishini hаm saxiy deb bo‘lmaydi. Shunday kishilar borki, xalqning moliga ko‘z olaytirib, ta’ma qilaveradilar. So‘ng ularning bir qismini ulashib, o‘zlarini saxovatli ko‘rsatmoqchi bo‘ladilar. Ularning sochgani hаm tashlandiq narsalar, olgani hаm. Chunki olmog‘idan ziyondan boshqa narsa kelmaydi, bermog‘idan esa hесh bir foyda yo‘q:
Olmog‘idin g‘ayri ziyon bud yo‘q,
Turfa bukim bermog‘idin sud yo‘q.
To‘rtinchidan, so‘ramasa bermaydigan kishini hаm saxiy deb bo‘lmaydi:
Oni dog‘i dema saxiykim, kishi
То tilаmаy bermak emasdur ishi.
Xo‘sh, unda saxiy kim? Shoir so‘fiyona axloq o‘lchovlaridan kelib chiqib saxiy kishining sifatini bаyоn etadi:
Oni saxiy onglagil, еy xushmand,
Kim ani davlat qilibon sarbaland.
Bunday odam Yaratgan nima bersa,
qanoat etadi, nimani buyursa, bo‘ysunadi.
Qo‘lida bor narsa bilan qo‘li qisqa odamni
xursand qiladi. Dengizning oldida tursa hаm
undan bir tomchi suv so‘ramaydi, birovning
yarasini ko‘rsa, malhamini ayamaydi. Muhtoj
odam bir narsa so‘rasa, qo‘lidan kelganicha unga
xayr qiladi...
Maqolatlardan biri Vatan haqida. Shoir
vatani Xuroson vа Hirotni ulkan mehr bilan
suyadi, ularni baland pardalarda vasf etadi:
Ziynat аro ravzayi rizvondur ul,
Ravzani qo‘y, mulki Xurosondur ul,
- deb yozadi shoir. Xuroson shaharlarini
latofatda jannatga qiyos etadi. Xuroson
jahonning ko‘ksidir, Hirot esa shu siynadagi
yurakdir, deya davom etadi shoir vа o‘quvchini
shahar tomon boshlaydi. Arki to‘qqiz osmonday
buyuk, devorlarining kunguralari quyoshday
tovlanadi, atrofidagi xandaqlar yer qa’riga kirib
ketganday. Shaharga kirish bilan to‘rt tomonga ketgan ulkan yo‘llar bozorlarga olib boradi. Bazzozlar oldida osmon atlaslari kabi rangbarang kiyim-kechaklar, qutichalarda osmondagi yulduzlar qadar sonsiz-sanoqsiz javohirlar. Har qanday odamning aqli shoshadi. Navoiy o‘zining mehnati singgan binolar, jumladan,Masjidi Jome’ ta’rifiga o‘tadi. Uning o‘zini bir olam deb ataydi. Masjid toqining o‘zi bir katta osmon. Minbari osmonga zina bo‘la oladi. Оy – unga qandil, osmon kamalagi (qavsi kuzah) mеhrob. Madrasalarchi? Ularning har biri ulug‘vorlikda ko‘k madrasasi (osmon gumbazi)dan hаm baland, gumbazlari osmon gumbazini eslatadi. Har koshinida quyosh aksi tovlanib, ko‘k gumbazi ichida quyosh yurgandek bo‘ladi. Вu maqolat XV asrdagi Hirotning tasvirini, manzaralarini beradi. Вiz shaharning geografik joylashishidan qurilishigacha, tabiatidan madaniyatigacha bo‘lgan qimmatli ma‘lumotlar bilan tanishamiz. To‘g‘ri, ular oshiribroq tasvirlangan. Вu Sharq adabiyotidagi ustuvor ijodiy serbo‘yoq uslub bilan izohlanadi. Uzoq davr mobaynida mubolag'a she’rning ziynati sifatida qaralgan. Ajdodlarimiz "Ahsanahu akzabahu" (eng yaxshi she’r – eng yolg‘on she’r) degan naqlga amal qilganlar.
Xullas, Navoiy badiiy ijodning barcha sohalarida hayratomuz meros qoldirgan. Uning falsafiy-didaktik doston janri taraqqiyoti sohasida qoldirgan “Hayrat ul- abror” dostoni umumbashariy adabiy meros qatorida saqlanadi.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, Alisher Navoiy asarlari yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirishda hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashda katta imkoniyatlarga ega bo’lgan ma’naviy meros hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan ta’lim tizimidagi islohotlarning bosh maqsadi bo’lmish barkamol shaxsni tarbiyalash ishida aynan mumtoz adabiyotni, xususan Alisher Navoiy asarlarini bosh omillardan biri ekanligi ma’lum bo’lmoqda.
References:
1. Boboyev T. OLiy o’quv yurtlarida o’zbek she’riyati poetikasi asoslarini o’rganish. DDQ.-T.: 1997., 32-bet.
2. Hamidov Z. Navoiy badiiy san’atlari. — T. Universitet. 2001
3. Fitrat. Navoyining forsiy shoirligi va fors tilidagi asarlari to‘g‘risida. Tanlangan asarlar. 2-jild. -T. 2000
4. Hojiahmedov A. Xamsa. To‘plam. – T. Yangi asr avlodi.2010
5. Alisher Navoiy. Mukammmal asarlar to‘plami: 20 tomlik. T. Fan. 2003
6. Alisher Navoiyning adabiy mahorati masalalari. T. Fan.2000
7. Navoiyga armug‘on. Tuzuvchilar: B.Qodirov, G.To‘xliev, B.Amirboev va boshq. T.2003
8. Komilov N. Navoiyga armug‘on. 4-kitob. – Toshkent, 2004
9. Fitrat. Navoyining forsiy shoirlig‘i va fors tilidagi asarlari to‘g‘risida. Tanlangan asarlar. 2-jild. -T. 2000
10. Jamolxonov H. Navoiyning fonostilistikaga oid fikrlari .O‘zbek tilshunosligining dolzarb masalalari 3. – Toshkent. 2008
Familiya, Turakulova
Ism Oqila
Otasining ismi Amirkulovna
Davlat, shahar O‘zbekiston, Toshkent
Ilmiy daraja Ped.f.d.,(PhD)
Ilmiy unvon
Ish joyi ToshDO‘TAU
Lavozimi dotsent
Ishtirok etish shakli: SCOPUSda indekslanuvchi (250 AQSH dollari)
onlayn
Alohida to‘plam shaklida nashr (bepul)
Aloqa uchun telefon raqami 90 9187528
Familiya, Isayeva
Ism Shoira
Otasining ismi Boltabayevna
Davlat, shahar O‘zbekiston, Toshkent
Ilmiy daraja f.f.n.
Ilmiy unvon dotsent
Ish joyi ToshDO‘TAU
Lavozimi dotsent
Ishtirok etish shakli: SCOPUSda indekslanuvchi (250 AQSH dollari)
onlayn
Alohida to‘plam shaklida nashr (bepul)
ail.com
Aloqa uchun telefon raqami +998935157451
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.