ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

NERV SISTEMASI TUZILISHI VA UNING VAZIFALARI

Abstract

Nerv sistemasi organizmni boshqaradi va barcha hujayralar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri va organlar ishini o‘zaro kuchayishini ta'minlaydi. Nerv sistemasi tuzilishi va ichki muhit ta'sirlarini qabul qiladi va ularga javob beradi. Nerv sistemasiga bog‘liq holda inson kasb-hunar o‘rganadi, ilm oladi, fikrlaydi, eslab qoladi, quvonchli, qayg‘usi va tuyg‘ularini ifodalaydi. 


Full PDF Document

Related Articles

Full text

NERV SISTEMASI TUZILISHI VA UNING VAZIFALARI

Jo‘rayeva Sevinch Choriyevna

sevinchijorayeva@gmail.com

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqolamizda nerv sistemasi tuzilishi va uning vazifalarini o‘rganish hamda tahlil qilish bo‘yicha so‘z boradi

Nerv sistemasi organizmni boshqaradi va barcha hujayralar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri va organlar ishini o‘zaro kuchayishini ta'minlaydi. Nerv sistemasi tuzilishi va ichki muhit ta'sirlarini qabul qiladi va ularga javob beradi. Nerv sistemasiga bog‘liq holda inson kasbhunar o‘rganadi, ilm oladi, fikrlaydi, eslab qoladi, quvonchli, qayg‘usi va tuyg‘ularini ifodalaydi.

Kalit so‘zlar: odam, nerv sistemasi, bosh miya, orqa miya.

Аннотация: В статье рассматриваются вопросы изучения и анализа строения нервной системы и ее функций. Нервная система управляет организмом и обеспечивает совместную работу всех клеток, а также органов, как напрямую, так и косвенно. Нервная система воспринимает и реагирует на структуру и воздействие внутренней среды. В зависимости от нервной системы человек осваивает профессию, приобретает знания, думает, помнит, выражает радость, грусть и эмоции. Ключевые слова: человек, нервная система, головной мозг, спинной мозг.

Abstract: This article discusses the study and analysis of the structure and functions of the nervous system. The nervous system controls the body and ensures the mutual reinforcement of the work of all cells, directly and indirectly. The structure of the nervous system perceives and responds to the effects of the internal environment. Depending on the nervous system, a person learns a profession, acquires knowledge, thinks, remembers, expresses joy, sadness and emotions.

Keywords: human, nervous system, brain, spinal cord.

Odam bu — abstract fikrlash, nutq, introspeksiya qobiliyatli yuksak rivojlangan miyaga egadirlar. Bunday miya bilan odamlar mehnat qurollari ishlatishni oʻrganib, boshqa tur hayvonlardan ilgʻorlashib ketdilar. Odam ijtimoiy mehnat asosida shakllangan tafakkur va nutqqa ega boʻlishi, mehnat qurollari yasashi va atrof muhitga faol taʼsir koʻrsata olishi bilan boshqa tirik mavjudotlardan farq qiladi.

Nerv sistemasi joylashuviga ko‘ra markaziy va periferik nerv sistemasiga ajraladi. Markaziy bo‘lim bosh va orqa miyadan, periferik bo‘limlardan chiqadigan nervlar va nerv tugunlaridan iborat. Markaziy va periferik bo‘lim bir-biriga bog‘liq holda ishlaydi. Bosh miya va orqa miya ham shunday shu kabi bir-biriga bog‘liq holda faoliyat yuritadi.

Nerv sistemasi — elektr impulslardan foydalangan holda tashqi muhitdan maʼlumot qabul qiladi, uni qayta ishlaydi va unga javob beradi.

Nerv sistemasi hujayralari — Neyronlarning oʻziga xos tuzilishi ularga tana boʻylab elektr impulslarini uzatish va qabul qilish imkonini beradi. Neyrogliya hujayralari neyronlarni oʻrab, tashqi muhitdan ajratib turadi va ularni himoyalaydi.

1-rasm

Barcha neyronlar odatda tuzilishi jihatidan hujayra tanasi, dendrit va aksonlardan iborat. Ularning bunday tuzilishi neyronlarning oʻzaro aloqasini taʼminlovchi elektr impulslar, yaʼni nerv impulslarini uzatishda muhim ahamiyatga ega. Neyronlar bajaradigan funksiyasiga koʻra quyidagi turlarga boʻlinadi: Sezgi (sensor) neyronlari koʻz va quloq singari sezgi organlaridan impulslarni qabul qiladi. Harakatlantiruvchi (motor) neyronlar muskul va bezlardan impulslarni qabul qiladi. Oraliq neyronlar sezgi va harakatlantiruvchi neyronlar va boshqa oraliq neyronlar boʻylab impulslarni uzatadi.

Qoʻzgʻalmagan neyronlarda natriy-kaliy nasosi orqali tartibga solinuvchi ionlar taqsimlanishi holati mavjud. Agar neyron kuchli signalni qabul qilsa, tinchlik potensiali holatidan chiqib qoʻzgʻalgan holatga oʻtadi va harakat potensiali deb ataluvchi elektr impulsini ishlab chiqaradi. Impuls boshlangandan soʻng, akson boʻylab uning terminal qismi tomon harakatlanadi.

Nerv sistemasi qismlari

Nerv sistemasi ikki qism: markaziy nerv sistemasi (MNS) va periferik nerv sistemasi (PNS)dan tashkil topgan.

Markaziy nerv tizimi bosh va orqa miyadan iborat. Tanaga beriladigan barcha buyruqlar bosh miyada hosil qilinadi, orqa miya esa bosh miyani tanadagi boshqa nervlar bilan bogʻlab turadi. Periferik nerv tizimi ikki qismga boʻlinadi: Somatik nerv tizimi (SNT) odam ixtiyoriga bogʻliq harakatlar, masalan, muskullar harakatini boshqaradi. Shuningdek, u qoʻl issiq plitaga tegganda undan qoʻlni tortib olish kabi harakat reflekslarini ham boshqaradi. Avtonom nerv tizimi (ANT) odam ixtiyoriga bogʻliq boʻlmagan harakatlarni boshqaradi va qarama-qarshi faoliyat koʻrsatuvchi ikki qismga boʻlinadi: simpatik va parasimpatik nerv sistemasi. Simpatik nerv tizimi “kurashish yoki qochish” javob reaksiyalarida aktivlashsa, parasimpatik nerv tizimi tinch holatlarda faol boʻladi.

2-rasm

Endokrin tizimi — nerv tizimi singari endokrin tizimi ham tananing boshqarilishida ishtirok etadi. Elektr signallar oʻrniga endokrin tizimi gormonlar deb ataluvchi kimyoviy signallardan foydalanadi. Ushbu gormonlar qon oqimi boʻylab harakatlanib, organ va hujayralarning faoliyatini boshqaradi.

3-rasm

Asosiy gormon va bezlar

Tiroksin Qalqonsimon bez Metabolizmni boshqaradi

Adrenalin

(epinefrin) Buyragusti bezlari “Kurashish yoki qochish” javob

reaksiyasida qatnashadi

Kortizol Buyragusti bezi

“Kurashish yoki qochish” javob

reaksiyasida qatnashadi, metabolizm va

immun sistemasini tartibga solib turadi

Estrogen Tuxumdonlar Asosan ayollarning jinsiy rivojlanishida

muhim ahamiyatga ega

Testosteron

Urugʻdonlarda, baʼzan

buyragusti bezi va

tuxumdonlarda

Asosan erkaklar jinsiy rivojlanishida

muhim rol oʻynaydi

Insulin Oshqozon osti bezi Qondagi qand miqdori va yogʻlarning

zaxiralanishini nazorat qiladi

Glyukagon Oshqozon osti bezi Qondagi qand miqdorini nazorat qiladi

Endokrin tizimining boshqarilishi

Endokrin tizimi gomeostazni taʼminlovchi manfiy qaytar bogʻlanish mexanizmlari orqali boshqariladi. Ushbu usul orqali gormonlar konsentratsiyasi va ularning organ sistemalariga taʼsiri tartibga solinadi. Masalan, qondagi qand miqdori oshqozon osti bezi tomonidan ishlab chiqariluvchi insulin va glyukagon gormonlari yordamida boshqariladi.

Agar qonda qand miqdori baland boʻlsa, oshqozon osti bezi insulin gormonini ishlab chiqaradi. Insulin qondagi glyukoza miqdoriga taʼsir qilib, uning meʼyordan ortib ketishiga yoʻl qoʻymaydi.

Agar qondagi qand miqdori kamaysa, oshqozon osti bezi glyukagon gormonini ishlab chiqaradi. Bu gormon taʼsirida glikogen zaxiralari parchalanib, qondagi glyukoza miqdorini normal darajagacha koʻtaradi.

4-rasm

Qondagi qand miqdori endokrin tizimi tomonidan ishlab chiqariluvchi insulin va glyukagon gormonlari taʼsirida manfiy qaytar bogʻlanish mexanizmi orqali boshqariladi.

Koʻp uchraydigan xatolar va notoʻgʻri tushunchalar

Garchi neyronlar nerv tizimidagi eng koʻp uchraydigan hujayralar boʻlsa-da, lekin yagona nerv hujayralari emas! Aslida neyrogliya hujayralari soni neyronlardan 10 barobar koʻproq. Neyrogliya hujayralari neyronlarni himoya qiladi va akson atrofidagi miyelin parda bilan taʼminlaydi.

5-rasm

Gormonlar faqat koʻpayish tizimi tarkibiga kirmaydi. Garchi testosteron yoki estrogen kabi gormonlar koʻpayish sistemasiga aloqador boʻlsa-da, ushbu sistemaga taalluqli boʻlmagan juda koʻp gormonlar mavjud. Koʻplab gormonlar tanadagi doimiy funksiyalar, masalan, ochlik yoki uyqu kabilarni boshqaradi.

Garchi nerv tizimi ham, endokrin tizim ham tanamizni boshqarsa-da, ular oʻrtasida baʼzi fundamental farqlar mavjud. Birinchidan, endokrin tizimi kimyoviy signallardan (bezlar ishlab chiqaruvchi gormonlar) foyadalansa, nerv tizimi elektr signallaridan (nerv impulslari) foydalanadi. Nerv tizimi orqali signallarning uzatilishi neyronlar oʻzaro bogʻlangani sababli juda tez, lekin ularning taʼsiri qisqa vaqt davom etadi. Endokrin tizimida signallarning uzatilishi nisbatan sekin boʻlib, bunda gormonlar qon oqimi boʻylab kerakli organga yetkaziladi. Lekin buning taʼsiri uzoq muddatli boʻladi.

XULOSA

Demak, nerv sistemasi inson organizmidagi muhim sistema hisoblanadi. U orqali inson organizmi o‘zini o‘zi boshqaradi. Va biz nerv sistemasitufayli tashqi va ichki muhit ta’sirlariga javob qaytaramiz. Nerv sistemasining vazifaviy tarkibiy birligi bu nerv hujayrasi bo‘lib, u o‘zidan chiqayotgan o‘simtalari bilan birga neyron deb ataladi. Nerv sistemasi markaziy va periferik bo‘limlardan iborat. Markaziy bo‘limga bosh miya va orqa miya kiradi. Bosh miya miya qutisi ichida joylashgan bo‘lib, u 2 ta yarimsharlardan iborat. Orqa miya esa umurtqa pog‘onasi nayida joylashgan. Periferik bo‘lim esam bosh miya va orqa miyadan chiqadigan nerv tolalari vanerv tugunlaridan iborat.

Foydalanilgan adabiyotlar 1. Mavlonov O., Tilalov T., Aminov B. Odam va uning salomatligi darsligi, Toshkent 2. Gadayev A., Mirsharapov U., Odam anatomiyasi, Toshkent 2017 3. Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo‘llanma. Toshkent, 2017., 404 b. 4. Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b. 5. Ibodullayev ensiklopediyasi © www.asab.uz 6. https://uz.khanacademy.org/

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.