NERV TO'QIMASI
Xudoynazarov Xasan Yusuf o’g’li
Xasanxudoynazarov63@gmail.com
Bekmirzayev Eshquvvat Ro’ziyevich
eshquvvatbekmirzaev@gmail.com
Termiz Iqtisodiyot va Servis Universiteti, Termiz Shahar farovon massivi 43- B Annotatsiya: Ushbu maqolani yozishdan maqsad nerv to’qimasining shakllanishi tuzulishi va inson hayotidagi ahamiyati.Shu jumladan nerv to'qimasining inson organizmidagi vazifalari masalan axborotni qabul qilish, uzatish, va unga javob qaytarish bundan tashqari bilim olish, eslab qolish, tajriba to'plash funksiyalari ham nerv to’qimasi orqali amalga oshiriladi va bularni hosil qiluvchi to’qima va hujayralar vazifasi ham muhimlidir. Kalit so'zlar: Nerv to’qimasi, akson, miyelinsiz, dentrit, axborot uzatish, glial hujayralar, neyron,sinaps, neyrositlar, neyron sitoplazmasi, neyrofibrillalar, nerv toj hujayralari. Аннотация: Целью написания данной статьи является изучение формирования и строения нервной ткани, а также ее значения в жизни человека. В том числе функции нервной ткани в организме человека, такие как прием, передача и реагирование на информацию, также осуществляются посредством нервной ткани, а также важны функции тканей и клеток, которые ее образуют. Ключевые слова: Нервная ткань, аксон, немиелинизированный, дендрит, передача информации, глиальные клетки, нейрон, синапс, нейроциты, цитоплазма нейрона, нейрофибриллярные клетки, клетки нервного венца. Abstract: The purpose of writing this article is to study the formation and structure of nervous tissue and its importance in human life. Including the functions of nervous tissue in the human body, such as receiving, transmitting, and responding to information, are also carried out through nervous tissue, and the functions of the tissues and cells that form them are also important. Keywords: Nervous tissue, axon, unmyelinated, dendrite, information,transmission, glial cells, neuron, synapse, neurocytes, neuronal cytoplasm, neurofibrillar cells, nerve crown cells
Kirish:
Nerv toʻqimasi — nerv sistemasining asosiy toʻqimasi. Organizmda taʼsirotni qabul qilib, qoʻzgʻalishni oʻtkazib beradi. Nerv sistemasi organizmning funksiyalari va faoliyatini tartibga soladi hamda nazorat qiladi. U ikki qismdan iborat: bosh va orqa miyani oʻz ichiga olgan markaziy nerv sistemasi (CNS) va ulardan chiqadigan periferik nervlarni oʻz ichiga olgan periferik nerv sistemasi (PNS). U impulslarni qabul qiluvchi va uzatuvchi nerv hujayralari deb ham ataladigan neyronlardan va nerv impulsining tarqalishiga yordam beruvchi hamda neyronlarni oziq moddalar bilan taʼminlaydigan glial hujayralar yoki glia deb ham ataladigan neyrogliyalardan iborat]. Nerv toʻqimasi tarkibiga kiruvchi neyron turlari xilma-xil boʻlib, ularning barchasi oʻzida akson deb nomlanuvchi oʻsimta saqlaydi. Akson bir hujayradan keyingi hujayraga harakat potensialini uzatuvchi "yoʻl" vazifasini bajaradi. Akson toʻplamlari PNSdagi nervlarni va markaziy asab tizimidagi yoʻllarni tashkil qiladi. Nerv toʻqimasi organizmning barcha a’zolarini oʻzaro aloqada boʻlishini hamda organizmni tashqi muhit bilan bogʻlanishini ta’minlab turadi. Nerv hujayrasi uchun xos birliklar: Oʻsimtalar (dendrit,akson), xromatofil substansiya yoki tigroid modda (Nissl moddasi), neyrofibrillalar. Tigroid modda Nissl tomonidan 1889-yilda aniqlangan, hujayraning sitoplazmasi (erkin ribosomalar va DET joylashgan sohalarda koʻproq) va dendritlarida joylashadi. Neyritlarda (aksonda) esa bu modda boʻlmaydi. Tigroid modda maxsus vazifalar uchun zarur oqsillarni sintezlaydi. Tigroid modda miqdori hujayra funksional holati bilan bogʻliq: hujayra zoʻriqib yoki uzoq ishlaganda (stress) va jarohatlarda (butunligi buzilishi, kislorodning yetishmasligi, zaharlanish) modda eriydi (xromatoliz/tigroliz) va yoʻqoladi. Hujayra narmal hayotga qaytsa tigroid modda qayta tiklanadi. Yuqorida aytilgan oʻsimtalar ikki turli bo’ladi: dendrit va akson (neyrit). Dentritlar uzun bo’lmaydi va ta’sirotlarni qabul qilish vazifasini bajaradi. (axborot qabul qilgandan keyin unga ishlov beruvchi qism hamdir.) Dendritlar miqdori turli neyronlarda turlicha bo’lishi mumkin, biz biladigan sezgi retseptorlari aynan dentritlarning maxsus turlaridir. Dentritlar sonining qanchalik koʻp boʻlishi (tarmoqlanishi) hujayraning axborot qabul qiluvchi sathini oshiradi. Aksonlar deyarli butun uzunligi bo’ylab diametri bir xil boʻlsa, dendritlar tarmoqlangan sari ingichkalashadi. Ney ron hujayra sitoplazmasi yuqori darajada funksional sintetik hususiyatga ega bo‘lgan neyronlar maxsuslashgan plazmolemmaga ega, ulami sitoplazmasi organellalarga boy. Neyron hujayra sitoplazmasi boshqa hujayralar sitoplazmasidan farqli o‘laroq, ta’sirotni o‘tkazish xususiyatiga ham ega. Yuqorida aytilgan so‘zlarga hulosa qilib shuni aytish kerakki, fibrilyar strukturalar (neyrofibrillalar, mikronaychalar, mikrofelamentlar) bular birgalikda hujayra sitoplazmasida tayanch — qisqarishni va moddalanu nerv tolalariga tashiydi. Donador endoplazmatik to‘rda oqsil sintezi kuchli kechadi. Uni bu borada oqsil ishlovchi bezlar bilan taqqoslash mumkin. Funksional holatning o‘zgarishiga qarab, Nissl substansiyasida oqsil sintezi o‘zgarib turadi. Patologik holatda endoplazmatik to‘r bilan bog‘liq bo‘lgan ribosomalar soni kamayib, aksincha, erkin ribosomalar soni ko‘paysa, buni nerv hujayrasining patologik indeksi deyiladi. Nishonlangan aminokislotalar yordamida neyronlardagi oqsillaming aylanish vaqti (sirkulyatsiyasi) aniqlangan. Shunga ko‘ra nerv hujayrasi tanasidagi oqsillar ikki guruhga: tez va sekin aylanadigan oqsillarga bo‘linadi. Neyronlarda tez aylanadigan oqsillar bir kun, sekin aylanadigan oqsillar 15 kun saqlanar ekan. Sekin aylanadigan oqsillar neyron tanasining asosiy oqsillari bo‘lib hisoblanadi. Nerv hujayrasi faqatgina quruvchi oqsillamigina sintez qilib qolmasdan, balki hujayraning normal ishlash faoliyati uchun ham kerak boMgan oqsillarni sintezlaydi. Nerv hujayrasining sitoplazmasida ko‘p sonli mitoxondriyalar bo£lib, ular oqsilning chiqish joyida, retseptorlar va neyronlararo sinapslar sohasida ko‘proq joylashgan bo‘ladi. Mitoxondriyalar tashqi ekstremal omillarga, ayniqsa kislorod yetishmasligiga va kimyoviy zaharli moddalar ta’siriga boshqa organellalarga nisbatan sezuvchandir. Mitoxondriyalar hujayralarni birgina energiya bilan ta’minlabgina qolmasdan, balki sekret hosil qilishda, metaboliya jarayonlarida ham ishtirok etadilar. Neyron hujayrasining sitoplazmasida ko‘p miqdorda har xil kattalikda (0,3-2,0 mkm) joylashgan lizosoma bor. Bu lizosoma o‘zida ko‘pgina parchalovchi gidrolitik fermentlami tutadi (asosan kislotali gidrolaza). Bu organella boshqa hujayralardagi kabi nerv hujayralarida ham fagositarlik vazifani bajaradi. Neyrosekretor hujayralar neyromediator biologik faol moddalami sintezlash xususiyatiga ega. Ulami sekretor neyronlar 9 yoki neyrosekretor hujayralar, deb aytiladi. Ularda neyrosekret tigroid modda bilan bog‘liq holda sintezlanadi. Neyrosekretor hujayralaming o ‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: neyrosekretor hujayralaming akson va dendritlarini bir-biridan farq qilish qiyin, sekretor donachalar aksondan tashqari hujayraning hamma joyiga tarqalgan va nihoyat hujayra organellalari yaxshi rivojlangan. Neyrosekret Golji apparatida donador ko‘rinishda shakllanadi, bundan tashqari polisaxaridlar bilan to^yinishi ham mumkin. Yetilgan sekretor mahsulotlar aksonlar bo‘ylab suriladi va o‘simtalaming oxirlaridan qonga yoki miya suyuqligiga ajraladi.
Dendritlar — qalinligi bir tekis bo‘lmagan, sitomembranadan ko‘plab turtib chiquvchi bo‘rtmalar— tikanaklar tutadi. Tikanaklarda sinapslar hosil boMganligi uchun ular dendrit yuzasining 40 foizini tashkil etib, sinaptik maydonni kengaytiradi. Neyrositlardagi dendritlar soni bittadan bir necha mingtaga boradi. Dendrit neyroplazmasi mikronaychalar, kam miqdorda neyrofilamentlar va boshqa doimiy organellalami tutadi. Dendritlar - impulslami nerv hujayrasiga yo‘naltiruvchi hisoblansa, aksonlar esa impulsni nerv hujayrasi tanasidan tashqariga olib chiqadilar. Dendritlaming oxirlarida do‘mboqchalar bo‘lib, bu do‘mboqchalar sinapslami hosil qiladi. Aksonlar yoki neyritlar shoxlanmaydi va bo‘rtmalar, tikanaklar tutmaydi. Akson — “axsis” o‘q so‘zidan olingan. Neyrositlarda bitta neyrit bo‘ladi. Neyritlar neyrosit tanasidan akson do‘mboqchasi boMib, biroz kengaymahosil qilib boshlanadi. Akson aksolemma bilan qoplangan bo‘lib, uning sitoplazmasi aksoplazmadeyiladi. Akson keyinchalikgliyaqobig‘i bilanqoplanib, nerv tolasini hosil qiladi. Akson do‘mboqchasi tigroid modda tutmaydi. Akson neyroplazmasida ko‘p sonli mikronaychalar orasida, neyrofilamentlar joylashadi. Bu yerda endoplazmatik to‘r va cho‘zinchoq shakldagi mitoxondriyalar ham mavjud. Nerv tolalari. Nerv tolalari tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: 1. Miyelinsiz nerv tolalari; 2. Miyelinli nerv tolalari. Miyelinsiz nerv tolalari vegetativ nerv tizimida ko‘proq uchrab, asosan ichki a’zolarga boruvchi nervlar tarkibida boiadi va juda ko‘p sezuvchi nervlami hosil qiladi. Miyelinsiz nerv tolalari o‘zida2-3, ba’zan20tagachao‘q silindr tutib, neyrolemmositlardan iborat qobiq bilan qoplangan. Bunda o‘q silindr neyrolemmosit sitoplazmasiga invaginat (invaginatsiya so'zidan olingan) sifatida botib kiradi. Lemmosit qobig‘ining burmalari o‘q silindr ustida birikadi va shu birikish sohasi mezakson (juftlashgan membrana) deb nomlanadi. Hujayradagi mezaksonlar soni neyrolemmositlardagi o‘q silindr soniga bog‘liq bo‘ladi. Miyelinli nerv tolalarida neyron o‘simtasi ustidan miyelinli qobiq o‘rab turadi. Organizmda ko‘p tarqalgan bu tolalar uzun ipsimon tuzilishga ega boiib, miyelinsiz tolaga nisbatan qalinroq bo‘ladi. Miyelinli nerv tolasi ikki qismdan: ichki — ancha qalin, tashqi - yupqaroq qismdan iborat, osmiy kislotasi bilan bo‘yalganda miyelin qismi to‘q jigar rangga bo'yaladi. Chunki uning tarkibida lipid va oqsil moddalar bo’ladi.
Nerv oxirlari - nerv tolasining oxirgi qismi. Funksional jihatdan nerv oxirlari: sezuvchi (retseptor), harakatlantiruvchi (efTektor) nerv oxirlariga bo‘linadi. Retseptorlar sezgi ta’sirotlarini qabul qilsa, effektorlar qo‘zg‘alishni ichki a’zolarga, mushak to‘qimasiga yetkazadi. Uchinchi xil nerv oxirlarini sinapslar (neyronlararo sinapslar) tashkil qiladi. Ular bir neyron oxirini ikkinchi neyron bilan bog‘laydi. Retseptorlar ular ta’sirlanuvchi maxsus (neyroepitelial, neyrogliya) hujayralardan, sezuvchi nerv hujayrasi va dendrit o‘simtalavi uchlaridan iborat. Tashqi ta’sirotni qabul qiluvchi retseptorlar - ekstraretseptorlar, ichki ta’sirotni qabul qiluvchilari esa intraretseptorlar deb ataladi. Sezuvchi nerv oxirlari qabul qiladigan ta’sirotining turiga qarab turli guruhlarga bo‘linadi: taktil retseptorlar (hissiyotni qabul qilish), termoretseptorlar (sovuq va issiq haroratni sezish), baroretseptorlar (bosimni sezish), xemoretseptorlar (kimyoviy moddalar ta'sirini sezish), mexanoretseptorlar (mexanik ta’sirotni sezish), algoretseptorlar (og‘riqni sezish) va boshqalar.
XULOSA
Nerv to’qimasi- bu organizmda ma’lumotlarni tezkor uzatish va qayta ishlash vazifasini bajaruvchi murakkab va juda muhim to’qimadir. U neyronlar orqali elektr impulslari shaklida signallarni tezda uzatadi, bu orqali tananing turli qismlari o’rtasida tezkor aloqa o’rnatiladi. Nerv to’qimasi markaziy nerv tizimi (miya va orqa miya) hamda periferik nerv tizimining asosini tashkil qiladi.Bu to’qima yordamida organizm atrof muhitdagi o’zgarishlarga moslashadi, reflekslar hosil bo’ladi va murakkab harakatlar boshqariladi.Shuningdek nerv to’qimasi organizmning ichki muhitini nazorat qilib, uyg’unlik va barqarorlikni ta’minlaydi. Nerv to’qimasi samarali ishlashi uchun neyronlar va glial hujayralarning o’zaro hamkorligi muhimdir, chunki glial hujayralar neyronlarni himoya qilib ,ularning faoliyatini qo’llab quvvatlaydi. Umuman olganda, nerv to’qimasi hayot faoliyatining asosi bo’lib, har qanday hayotiy jarayonning boshqarilishi va muvofiqligini ta’minlaydi.
FOYDANILGAN ADABIYOTLAR
1.Q.R. To xtayev Gistologiya sitologiya embriologiya.Il gism/ F.X. Azizova, M.A. Abduraxmanov, E.A. Tursunov, K.I. Rasulev, M.X. Raxmatova/. Darslik. - Toshkent: "INNOVATSIYA ZIYO",, 2024- 444 bet. 2. "Topografik anatomiyadan darslik" - R. D. Sinelnikov Yurak va gon tomirlarning joylashuvi, tuzilishi va o'zaro bog'ligligini batafsil tushuntiradi. 3."Inson anatomiyasi" - M. R. Sapin Asosiy darsliklardan biri bo lib, yurak tuzilmasi va qon aylanish sistemasi hagida keng qamrovli ma'lumot beradi. 4."Normal fizielogiya" - N. Te'xtasinova O'zbek tilide yuralk va gon aytanish tizimi faollyati hagida yaxshi tushuntiravehi kitob. Tibbiyot institutiart uchun anatomiya va fialologiya darsllttani - O'abekiaton SSV tasdiglagan darsliklar. 5. Ross & Pawlina - Histology: A Text and Atlas Till: inglizche Afzalligi: Har bir tizim boyicha mikroskopik tuzilma + klinik korrelyatsiyalar bilan boyitilgan. Yurakdagi mushak tolalari, o tkazuvchi sistema va gon tomiriarning histologiyasi juda yaxshi tasvirlangan. 1. Бекмирзаев Эшкувват Рузибоевич, Абдуназаров Миржалол Худойшукур угли, Тогаев Азизбек Алиёр угли, & Ашурова Шахноза Ортик кизи. (2023). Витамин А . Лучшие интеллектуальные исследования, 10(3), 92–94. Retrieved from 2. Бекмирзаев Эшкувват Рузибоевич, Абдуназаров Миржалол Худойшукур угли, Тогаев Азизбек Алиёр угли, & Ашурова Шахноза Ортик кизи. (2023). Мочевина . Лучшие интеллектуальные исследования, 10(3), 85–87. Retrieved from 3. Bekmirzayev , E. R., Xalilov , D. B., & Aminova , M. N. qizi. (2023). Bugungi kundagi transport vositalarining atmosferaga kimyoviy chiqindi gazlarini tarqatishining dolzarb muommolari. Golden brain, 1(2), 325–328. Retrieved from 4. Bekmirzayev , E., & Allaberdiyev , H. (2024). Kaliforniya qizil chuvalchangidan olingan ekstraktining tarkibi, xususiyati va odam terisiga ta’sir mexanizmini o’rganish. Synapses: Insights across the Disciplines, 1(4), 275–279. Retrieved from 5. Нарзиева , Ф., Saidov , J., & Bekmirzayev , E. (2024). Невро-онкология: мия ўсмалари, уларни даволаш ва уларга қарши курашда замонавий ёндашув. ACUMEN: International Journal of Multidisciplinary Research, 1(4), 281– 287. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/aijmr/article/view/63599 6. Xolmurodov , I., Bekmirzayev , E., & Tilloyev , S. (2024). Bakteriyalarning bioplenkasi. ACUMEN: International Journal of Multidisciplinary Research, 1(4), 210– 216. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/aijmr/article/view/63585 7. Ахмадова, Д. К. к., & Бекмирзаев, Э. Р. (2023). Морфология желчного пузыря и желчного сфинктера при верхней дуоденоеюнальной обструкции. Scholar, 1(18), 189–195. Retrieved from 8. ДК кизи Ахмадова, ЭР Бекмирзаев. SCHOLAR 1 (18), 189-195, 2023. 2023. БИЛИРУБИН. ИР Бекмирзаев. PEDAGOGS jurnali 32 (2), 27-31, 2023. 2023. Muscle Biochemistry.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.