HOLATI VA NEVROLOGIK SIMPTOMATIKANING O‘RGANILISHI
Xolbo‘tayeva Aziza Baxtiyor qizi
Komiljonova Mohlaroy Qobil qizi
Toshkent tibbiyot akademiyasi 5- kurs talabalari
Dermatovenerologiya va kosmetologiya kafedrasi
Dermatovenerologiya va kosmetologiya kafedra
assissenti Ashrapxodjayeva N. M.
Kirish. Neyrosifilis – bu Treponema pallidum (bledo treponema) bakteriyasi sababli yuzaga keladigan surunkali infeksion kasallikning asab tizimi bilan bog‘liq og‘ir asoratidir. Bu kasallik kechki bosqichlarda markaziy nerv tizimini zararlab, bemor hayot sifatini 129ermen pasaytiradi va og‘ir nevrologik buzilishlarga olib keladi. Neyrosifilis klinik jihatdan turli shakllarda namoyon bo‘lishi, kech aniqlanishi va noaniq simptomlar bilan kechishi mumkinligi sababli, uning erta tashxislanishi dolzarb muammo hisoblanadi. Ayniqsa, likvor (orqa miya suyuqligi) tarkibidagi o‘zgarishlar va nevrologik simptomatikani tizimli tahlil qilish neyrosifilisni aniqlash va davolashda muhim 129ermentati mezon bo‘lib xizmat qiladi. Tadqiqot maqsadi. Ushbu tadqiqotning maqsadi – neyrosifilis bilan kasallangan bemorlarda likvorning tsitologik, biokimyoviy va 129ermentat ko‘rsatkichlari hamda nevrologik simptomatikani chuqur o‘rganish orqali kasallikni erta aniqlash, klinik shakllarini tasniflash va samarali davolash yo‘nalishlarini ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot materiali va uslublari. Tadqiqot doirasida 17 nafar neyrosifilis bilan kasallangan bemorlar (12 nafar erkak va 5 nafar ayol) kuzatuvga olingan. Ularning 129erme 25 dan 50 yoshgacha bo‘lgan. Barcha bemorlar uchun tashxis qonning 129ermentat reaksiyalari, klinik belgilari hamda likvor tekshiruvi asosida qo‘yildi. Serologik tekshiruvlar: KSR – klassik 129ermentat reaksiya, RIBT – bledo treponemalarni immobilizatsiya qilish reaksiyasi, RIF-200 va RIF-ABS – immunoflyuoresensiya reaksiyalari, Likvorda RIF-Ts – to‘liq likvor bilan olib boriladigan RIF reaksiyasi. Likvorologik tekshiruvlar: Likvor tsitologik, biokimyoviy va 129ermentat usullar orqali o‘rganilgan. Likvor holati Robustov G.V. klassifikatsiyasi bo‘yicha (Frishman M.P. tomonidan 1975 yilda takomillashtirilgan) baholangan. Klinik va nevrologik baholash: barcha bemorlar nevropatolog tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilgan, ularning subyektiv shikoyatlari va obyektiv nevrologik simptomatikasi batafsil qayd etilgan. Tadqiqot natijalari. Likvor tahlili natijalari: sitoz (likvordagi hujayralar soni): 15 bemorda – 1 mm³ da 10 tagacha hujayra, 2 bemorda – 13 tagacha hujayra. Umumiy oqsil miqdori: 14 bemorda – 1,0‰ gacha, 3 bemorda – 1,66‰ gacha. Oqsil koeffitsiyenti: 16 holatda – 0,2 gacha, 1 holatda – 0,3. Pandi reaksiyasi: 14 bemorda – (1+) darajada ijobiy, 3 bemorda – (2+) darajada. Nonne–Apelt reaksiyasi: 13 holatda – (1+), 3 holatda – (2+). KSR natijalari: barcha bemorlarda – (2+) dan (3+) gacha ijobiy natijalar. Maxsus 130ermentat reaksiyalar: RIBT: 1 bemorda – 40% gacha (shubhali), 3 bemorda – 41%–70%, 2 bemorda – 70%–100% ijobiy. RIF-Ts: 2 bemorda – shubhali, qolgan 12 bemorda – (3+) va (4+) darajada ijobiy. Likvor patologiyasining turlari: I tur – 8 bemor, II tur – 6 bemor, III tur – 3 bemor. Klinik simptomatika. Subyektiv shikoyatlar: bosh og‘rig‘I – 4 bemor, uyqusizlik – 1 bemor, bosh va quloqda shovqin – 3 bemor, ko‘rishning pasayishi – 3 bemor, asabiylik – 14 bemor, bosh aylanishi – 15 bemor, ko‘ngil aynishi – 3 bemor, ko‘zda ikki tasvir – 3 bemor. Nevrologik simptomlar: gorizontal nistagm – 3 bemor, yuz nervi parezi – 1 bemor, giperrefleksiya (reflekslarning kuchayishi) – 14 bemor, Yakobson–Laska simptomi – 4 bemor, Brisso simptomi – 5 bemor, Babinskiy simptomi – 3 bemor, Romberg holatida muvozanat buzilishi – 7 bemor. Klinik tashxislar: serebral leptomeningit, astenonevrotik sindrom bilan – 7 bemor, yengil meningeal sindrom bilan kechuvchi meningit – 5 bemor, meningovaskulit – 4 bemor, meningoensefalit – 1 bemor. Xulosa. Olib borilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, neyrosifilisning klinik belgilari va likvor holati o‘rtasida sezilarli bog‘liqlik mavjud. Sitozning oshishi, oqsil miqdorining ko‘payishi, 130ermentat testlarning ijobiy chiqishi va nevrologik simptomlar neyrosifilisning mavjudligini tasdiqlovchi muhim 130ermentati mezonlardir. Kasallik turli shakllarda – leptomeningit, meningovaskulit, meningoensefalit tarzida namoyon bo‘lishi mumkin. Shu bois, neyrosifilisda markaziy asab tizimini chuqur va tizimli o‘rganish kasallikni erta aniqlash, og‘ir asoratlarning oldini olish va davolash samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.