KIRISH: mazkur maqolada o‘quv mashg‘ulot jarayonida futbolchilarning chidamliligini tarbiyalashning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. futbolchilarning umumiy va maxsus chidamliligini rivojlantirishda qo‘llaniladigan mashg‘ulot usullari, yuklama hajmi va intensivligini to‘g‘ri rejalashtirish masalalari yoritilgan. MAQSAD: tadqiqotning maqsadi — futbolchilarda umumiy va maxsus chidamlilikni rivojlantirishning samarali metodlarini ishlab chiqish, mashg‘ulot jarayonida yuklamani to‘g‘ri taqsimlash va o‘yin faoliyatida yuqori ish qobiliyatini ta’minlashdir. MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda pedagogik kuzatuv, jismoniy tayyorgarlik testlari, yuklama monitoringi va qiyosiy tahlil metodlari qo‘llanildi. mashg‘ulot jarayonida chidamlilikni rivojlantirishga qaratilgan maxsus mashqlar tizimi ishlab chiqildi. NATIJALAR VA MUHOKAMA: natijalar shuni ko‘rsatdiki, chidamlilikni rivojlantirish futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini oshiradi, o‘yin davomida yuqori ish qobiliyatini saqlab qolishga yordam beradi. mashg‘ulotlarda yuklama hajmi va intensivligini bosqichma-bosqich oshirish chidamlilik sifatini samarali shakllantiradi. XULOSA: futbolchilarning chidamliligini tarbiyalash o‘quv mashg‘ulotlarida strategik ahamiyatga ega bo‘lib, u sportchilarning jismoniy tayyorgarligi, o‘yin samaradorligi va kasbiy rivojlanishini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi.
INTRODUCTION: this article analyzes the theoretical and practical aspects of developing football players’ endurance during training sessions. it discusses methods of improving general and specific endurance, as well as issues of properly planning training volume and intensity. PURPOSE: the aim of the study is to develop effective methods for enhancing football players’ general and specific endurance, ensuring proper load distribution, and maintaining high performance during matches. MATERIALS AND METHODS: the study employed pedagogical observation, physical fitness tests, load monitoring, and comparative analysis. a system of specialized exercises aimed at endurance development was designed. RESULTS AND DISCUSSION: findings indicate that endurance development improves players’ physical fitness and helps maintain high performance throughout the game. gradually increasing training volume and intensity effectively shapes endurance qualities. CONCLUSION: fostering endurance in football players is of strategic importance in training, as it ensures physical preparedness, game efficiency, and professional growth.