ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

O‘QUVCHILARNI MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYALASH SHAROITIDA MAKTAB–OILA HAMKORLIGI ZANJIRINI TIZIMLI TASHKIL ETISHNING ZAMONAVIY USULLARI

Abstract

KIRISH: axborot oqimlarining kuchayishi, ommaviy madaniyat va virtual muloqot ta’siri maktab hamda oilaning integratsiyalashgan hamkorligini zamonaviy usullar asosida tashkil etishni talab etadi. MAQSAD: maktab–oila hamkorligini tizimli tashkil etishning nazariy asoslarini aniqlash va pedagog hamda ota-onalarning hamkorlikka tayyorgarligini baholash mezonlarini ishlab chiqish. MATERIALLAR VA METODLAR: falsafiy va psixologik-pedagogik manbalar tahlil qilindi. Anketa, intervyu, kuzatuv va o‘zini baholash metodlari qo‘llanilib, kognitiv, motivatsion-qiymatli va kommunikativ-faoliyatli mezonlar asosida diagnostika o‘tkazildi. MUHOKAMA VA NATIJALAR: natijalar ota-onalarning ma’naviy-ma’rifiy faoliyati va hamkorlik amaliyoti yetarli darajada emasligini ko‘rsatdi. Maktab–oila hamkorligini yagona tizim sifatida loyihalash, interaktiv texnologiyalar va monitoring mexanizmlarini joriy etish samaradorlikni oshirishi aniqlandi. XULOSA: globallashuv sharoitida maktab va oila hamkorligini tizimli tashkil etish ma’naviy-axloqiy tarbiya sifatini oshiradi. Diagnostik mezonlar hamkorlik darajasini aniqlash va ta’sirchan pedagogik texnologiyalarni tanlashga imkon beradi.


INTRODUCTION: intensified information flows and mass culture influence require modern forms of cooperation between teachers and parents. AIM: to define theoretical foundations and diagnostic criteria for systematic school– family interaction. MATERIALS AND METHODS: scientific sources were analyzed, and surveys, interviews, and observation were applied. Diagnostics were based on cognitive, motivational-valued, and communicative-activity criteria. DISCUSSION AND RESULTS: the findings show insufficient parental involvement and limited integration of family educational potential. Systematic cooperation design and interactive technologies enhance effectiveness. CONCLUSION: structured school–family cooperation is essential for improving spiritual and moral education outcomes.

Full PDF Document

Related Articles

Full text

HAMKORLIGI ZANJIRINI TIZIMLI TASHKIL ETISHNING ZAMONAVIY USULLARI

Avlaev Avloqul Bayonovich — Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti mustaqil izlanuvchi, Qashqadaryo viloyati Kitob tumani 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, Qarshi, O‘zbekiston.

Annotatsiya

KIRISH

axborot oqimlarining kuchayishi, ommaviy madaniyat va virtual muloqot ta’siri maktab hamda oilaning integratsiyalashgan hamkorligini zamonaviy usullar asosida tashkil etishni talab etadi.

MAQSAD

maktab–oila hamkorligini tizimli tashkil etishning nazariy asoslarini aniqlash va pedagog hamda ota-onalarning hamkorlikka tayyorgarligini baholash mezonlarini ishlab chiqish.

MATERIALLAR VA METODLAR

falsafiy va psixologik-pedagogik manbalar tahlil qilindi. Anketa, intervyu, kuzatuv va o‘zini baholash metodlari qo‘llanilib, kognitiv, motivatsion-qiymatli va kommunikativ-faoliyatli mezonlar asosida diagnostika o‘tkazildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

natijalar ota-onalarning ma’naviy-ma’rifiy faoliyati va hamkorlik amaliyoti yetarli darajada emasligini ko‘rsatdi. Maktab–oila hamkorligini yagona tizim sifatida loyihalash, interaktiv texnologiyalar va monitoring mexanizmlarini joriy etish samaradorlikni oshirishi aniqlandi.

XULOSA

globallashuv sharoitida maktab va oila hamkorligini tizimli tashkil etish ma’naviy-axloqiy tarbiya sifatini oshiradi. Diagnostik mezonlar hamkorlik darajasini aniqlash va ta’sirchan pedagogik texnologiyalarni tanlashga imkon beradi.

Kalit so‘zlar: axborot oqimlarining tiniqmasligi, ommaviy madaniyat, yot g‘oyalar tarqalishi, milliy qadriyatlarning qadrsizlanish xavfi, virtual muloqotning jonli munosabatlari.

СОВРЕМЕННЫЕ МЕТОДЫ СИСТЕМНОЙ ОРГАНИЗАЦИИ ЦЕПОЧКИ

ВЗАИМОДЕЙСТВИЯ «ШКОЛА – СЕМЬЯ» В УСЛОВИЯХ ДУХОВНО-

НРАВСТВЕННОГО ВОСПИТАНИЯ УЧАЩИХСЯ

Авлаев Авлокул Баёнович, независимый соискатель Национального института педагогики воспитания имени Кори Ниёзия, директор средней общеобразовательной школы №4 Китабского района Кашкадарьинской области, Карши, Узбекистан.

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ

усиление информационных потоков и влияние массовой культуры требуют современных форм сотрудничества педагогов и родителей.

ЦЕЛЬ

определить теоретические основы и диагностические критерии системной организации взаимодействия школы и семьи.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ

проведен анализ научных источников, применены анкетирование, интервью и наблюдение. Диагностика строилась на когнитивных, мотивационно-ценностных и коммуникативно-деятельностных критериях.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ

выявлена недостаточная активность родителей и слабая интеграция воспитательного потенциала семьи. Системное проектирование сотрудничества и внедрение интерактивных технологий повышают эффективность.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ

системная организация сотрудничества школы и семьи является важным условием повышения качества духовно-нравственного воспитания.

Ключевые слова: неустанность информационных потоков, массовая культура, распространение чуждых идей, опасность обесценивания национальных ценностей, живые отношения виртуального общения.

MODERN METHODS FOR THE SYSTEMATIC ORGANIZATION OF THE “SCHOOL–

FAMILY” COOPERATION CHAIN IN THE CONTEXT OF STUDENTS’ SPIRITUAL AND

MORAL EDUCATION

Avlaev Avloqul Bayonovich — Independent Researcher at the Qori Niyoziy National Institute of Pedagogy of Upbringing, Principal of Secondary School No. 4 of Kitab District, Kashkadarya Region, Karshi, Uzbekistan.

Annotation

INTRODUCTION

intensified information flows and mass culture influence require modern forms of cooperation between teachers and parents.

AIM

to define theoretical foundations and diagnostic criteria for systematic school– family interaction.

MATERIALS AND METHODS

scientific sources were analyzed, and surveys, interviews, and observation were applied. Diagnostics were based on cognitive, motivational-valued, and communicative-activity criteria.

DISCUSSION AND RESULTS

the findings show insufficient parental involvement and limited integration of family educational potential. Systematic cooperation design and interactive technologies enhance effectiveness.

CONCLUSION

structured school–family cooperation is essential for improving spiritual and moral education outcomes.

Keywords: the insatiability of information flows, mass culture, the spread of foreign ideas, the danger of devaluation of national values, the lively relationship of virtual communication.

Zamonaviy jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy rivojlanish xususiyatlari, siyosiy, ijtimoiy va millatlararo keskinlikning kuchayishi va faol rivojlanishi o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash sifatini oshirishning yangi mazmuni, shakllari va metodlarini izlash muammosini dolzarblashtirmoqda. XXI asr – globallashuv jarayonlarining jadallashuvi, raqamli texnologiyalarning hayotning barcha jabhalariga chuqur kirib borishi bilan tavsiflanadigan murakkab davrdir. Bu jarayonlar yosh avlod uchun mislsiz imkoniyatlar eshigini ochish bilan birga, ularning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga jiddiy xavf soluvchi yangi chaqiriqlarni ham keltirib chiqarmoqda. Axborot oqimlarining tinimsizligi, “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi turli yot g‘oyalarning tarqalishi, milliy qadriyatlarning qadrsizlanish xavfi, virtual muloqotning jonli munosabatlarni cheklashi kabi holatlar o‘quvchilarning ma’naviy qiyofasi shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va Uchinchi Renessans poydevorini yaratishga qaratilgan ezgu maqsadlar yosh avlodni har tomonlama barkamol, yuksak ma’naviyatli, vatanparvar, o‘z milliyligini anglagan va ayni paytda zamonaviy dunyoga ochiq shaxslar etib tarbiyalashni taqozo etadi. Bu jarayonda an’anaviy tarbiya institutlari – oila va maktabning o‘rni beqiyosdir. Biroq globallashuv sharoitida faqat ularning alohida sa’yharakatlari yetarli bo‘lmayapti. Shu bois, o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashdek muhim vazifani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun maktab va oila o‘rtasidagi hamkorlikni zamon talablariga mos ravishda, tizimli va ilmiy asoslangan tarzda tashkil etish dolzarb ijtimoiy-pedagogik ahamiyat kasb etmoqda.

Jahonda informatsion va g‘oyaviy kurashlar jarayoni keskinlashgan murakkab davrda maktab o‘quvchilarini ma’naviy-axloqiy tarbiyasini shakllantirish dolzarb bo‘lib turibdi. Rossiya, AQSH, Fransiya, Xitoy, Yaponiya, Hindiston kabi rivojlangan davlatlar ta’lim muassasalarida kreativ texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish orqali o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy kompetensiyasini shakllantirish, ta’lim va tarbiya jarayonlarini loyihalashtirish, yangi ta’lim standartlarini yaratish va joriy etish, ta’lim paradigmalarini va texnologiyalarini integratsiyalash jarayonlarini raqamli texnologiyalarning konseptuallik, tizimlilik, boshqaruvchanlik va samaradorlik talablariga moslashtirish bo‘yicha yirik loyihalarni amaliyotga tatbiq etishga doir keng ko‘lamli tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Jahonning yetakchi OTMlarida o‘quvchilarni tarbiyalashning innovatsion va pragmatik muammolari, zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonlarini raqamlashtirish, axborotlarni qabul qilishning pedagogik va psixologik asoslari hamda ta’limni globallashuv muhitida o‘quvchilarning ijtimoiy-ma’naviy kompetensiyasini shakllantirish, masofaviy ta’limni amalga oshirish, raqamli ta’lim texnologiyalarining didaktik va tarbiyaviy imkoniyatlarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. O‘quvchilarning media savodxonligini va ta’lim muassasalarining standart media ta’minotini rivojlantirish, ularning Web-brauzerlar, ilmiy matn bilan ishlash kompetentligini takomillashtirish, raqamli ta’lim texnologiyalari vositasida boshqaruv xodimlarining ijtimoiy-ma’naviy kompetensiyasini shakllantirishga doir masalalar yechimini hal etilishi bilan bevosita bog‘liqdir.

Ta’limni rivojlantirish uchun globallashuv muhitida o‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalash umumiy tizimi doirasidagi turli jihatlari pedagogik jamoatchilik va olimlar tomonidan tobora ko‘proq e’tibor ob’yektiga aylanayotgani bejiz emas. Falsafiy, psixologik va pedagogik adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, fanda maktabning ta’lim muhitida o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash muammosini o‘rganish uchun katta nazariy-metodologik asoslar yaratilgan. Shaxsni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash muammosiga pedagogika va psixologiya sohasidagi ko‘plab mahalliy olimlarning ishlari bag‘ishlangan: Ye.I. Artamonova, M.V. Boguslavskiy, B.S. Bratus, V.P. Zinchenko, V.V. Znakov, I.F. Isayev, B.T. Lixachev, A.I. Mishchenko, N.D. Nikandrov, V.A. Slastenin, G.I. Chijakova, Ye.N. Shiyanov, N.Ye. Shchurkova va b.

Shunday qilib, biz tadqiq qilayotgan muammoning nazariy va amaliy jihatdan yetarlicha ishlab chiqilganligiga qaramay, bugungi kunda maktabda zamonaviy o‘quvchini globallashuv muhitida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash muammosini hal qilishning tizimli tajribasi mavjud emasligini qayd etish mumkin. Yuqorida bayon etilganlarning barchasi o‘quvchini globallashuv muhitida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash muammosini o‘rganishda kuzatiladigan ziddiyatlarni aniqlash imkonini berdi:

• Asosiy umumiy ta’limning Davlat ta’lim standarti tomonidan bitiruvchining ijtimoiy kompetensiyalari, fuqarolik yo‘nalishlari, shaxsiy tavsiflarining shakllanganlik darajasiga qo‘yiladigan yuqori talablar bilan maktab ta’lim jarayonida globallashuv muhitida o‘quvchilarni (o‘smirlarni) ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning nazariy asoslari va ilmiymetodik ta’minoti yetarlicha ishlab chiqilmaganligi o‘rtasida;

• Globallashuv muhitidagi mavjud aksiologik salohiyat bilan uning maktab ta’lim amaliyotida yetarlicha foydalanilmasligi o‘rtasida;

• Maktab ta’limining kichik o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga yo‘naltirilganligi bilan maktab o‘quvchilarining ma’naviy-axloqiy tarbiyaga bo‘lgan ehtiyoji o‘rtasida.

Aniqlangan ziddiyatlar tadqiqot muammosini belgilash imkonini berdi, uning mohiyati globallashuv muhitida o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash sharoitida maktab-oila hamkorligini tizimli tashkil etishni amalga oshirishning nazariy-amaliy asoslarini ishlab chiqish zaruratidan iborat.

Globallashuv muhitida o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash sharoitida maktab va oila o‘rtasidagi hamkorlikni tizimli tashkil etishning nazariy-metodologik asoslarini ishlab chiqish, uning pedagogik modeli va texnologiyasini yaratish hamda tajriba-sinov ishlari orqali samaradorligini aniqlash.

Shuningdek, vazifalari quyidagilardan iborat: – O‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga oid falsafiy, psixologik-pedagogik yondashuvlarni, maktab va oila hamkorligining nazariy asoslarini tahlil qilish. – Globallashuv jarayonlarining O‘zbekiston sharoitida o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga va maktab-oila hamkorligiga ta’sirining o‘ziga xos jihatlarini aniqlash. – Globallashuv muhitida o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda maktab-oila hamkorligini tizimli tashkil etishning pedagogik modelini (maqsad, vazifalar, tamoyillar, mazmun, bosqichlar, metodlar) ishlab chiqish va nazariy asoslash. – O‘qituvchilar va ota-onalarning o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda o‘zaro hamkorlikka tayyorligini diagnostika qilish mezonlari, ko‘rsatkichlari va darajalarini aniqlash hamda tegishli metodikalarni ishlab chiqish. – Ishlab chiqilgan pedagogik model va texnologiyani shakllantiruvchi tajriba doirasida amaliyotga joriy etish. – Nazorat tajribasi orqali taklif etilgan model va texnologiyaning samaradorligini tajriba va nazorat guruhlari natijalarini qiyosiy tahlil qilish asosida baholash. – Tadqiqot natijalari asosida ilmiy xulosalar chiqarish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston sharoitida o‘ta dolzarb muammo – globallashuv jarayonlarining murakkab va ziddiyatli ta’siri ostida o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash samaradorligini oshirishda maktab va oila hamkorligini tizimli tashkil etishning nazariy-metodologik asoslarini ishlab chiqish va uning samaradorligini tajriba-sinov yo‘li bilan tekshirishdan iboratdir.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrdagi O‘RQ-637-sonli “Ta’lim

to‘g‘risida”gi Qonuni. www.lex.uz

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi “Professional

ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar

to‘g‘risida”gi PF-5812-sonli Farmoni. www.lex.uz

3. “Maktab — ota-ona — mahalla” hamkorligi uzviy tashkil etiladi — O‘zbekiston Milliy

axborot agentligi, rasmiy xabarlar, tezkor yangiliklar, tahliliy-tanqidiy materiallar,

qonun hujjatlari, foto va videoreportajlar; sana so‘nggi murojaat: 11 aprel 2025,

etiladi_567716

4. Ilyin I.A. O vospitanii natsional‘noy eliti. M.: Zhizn’ i mysl’, 2001. 509 s.

5. Kabachenko N.A. Vospriyatie televizionnoy reklamy det’mi raznykh vozrastnykh

grupp // Vestnik MGOU. 2011. № 4. S. 76–80.

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.