KIRISH: mazkur maqolada o‘zbek dramaturgiyasining qoraqalpoq teatri sahnasidagi o‘rni, tarixi va rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi. Xususan, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri misolida o‘zbek dramaturglari asarlarining sahnalashtirilishi, ularning badiiy va ma’naviy ahamiyati yoritib beriladi. Shuningdek, turli davrlarda sahnaga qo‘yilgan spektakllar asosida ijodiy hamkorlik, milliy va umuminsoniy g‘oyalarning uyg‘unligi tadqiq etiladi. MAQSAD: tadqiqotning maqsadi Qoraqalpoq teatrida o‘zbek dramaturgik asarlarini sahnalashtirish xususiyatlarini aniqlash hamda ularning milliy va madaniyatlararo badiiy an’analar rivojidagi ahamiyatini belgilashdan iborat. MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot materiali sifatida Berdaq nomidagi teatrda turli davrlarda sahnalashtirilgan pyesalar olindi. Tadqiqotda tarixiy-madaniy tahlil, qiyosiy yondashuv va tavsifiy metoddan foydalanilgan. NATIJALAR VA MUHOKAMA: tahlillar shuni ko‘rsatdiki, o‘zbek dramaturglarining asarlarini qoraqalpoq teatrida sahnalashtirilishi ijodiy hamkorlikka, madaniy aloqalarning mustahkamlanishiga hamda milliy va umuminsoniy g‘oyalarning uyg‘unlashuviga xizmat qilgan. Spektakllarning badiiy qiymati ularning tomoshabinga ma’naviy ta’siri va sahna san’ati an’analarini saqlab qolishdagi o‘rnida yaqqol namoyon bo‘ladi. XULOSA: xulosa qilib aytganda, o‘zbek dramaturgiyasi qoraqalpoq teatri rivojida muhim o‘rin tutadi. Uni sahnaga qo‘yish madaniy muloqotni rivojlantirishga, milliy qadriyatlarni asrashga va badiiy birlikning shakllanishiga hissa qo‘shadi.
INTRODUCTION: this article analyzes the role of Uzbek dramaturgy on the stage of the Karakalpak theater, its historical development and main stages. In particular, the productions of Uzbek playwrights are examined through the example of the Berdakh Karakalpak State Academic Musical Theater, highlighting their artistic and spiritual significance. The study also explores creative collaboration and the interaction of national and universal values based on performances from different periods. AIM: the aim of the study is to identify the features of staging Uzbek dramaturgical works in the Karakalpak theater and to determine their significance in the development of national and intercultural artistic traditions. MATERIALS AND METHODS: the research material consists of plays staged at different periods in the Berdakh Theater. The study employs historical-cultural analysis, comparative approach, and descriptive method. RESULTS AND DISCUSSION: the analysis revealed that staging Uzbek playwrights’ works in the Karakalpak theater contributed to creative collaboration, strengthening cultural ties, and harmonizing national and universal ideas. The artistic value of the performances is evident in their spiritual impact on the audience and in preserving the traditions of stage art. CONCLUSION: in conclusion, Uzbek dramaturgy holds an important place in the development of the Karakalpak theater. Its staging fosters cultural dialogue, preserves national values, and contributes to the formation of artistic unity.