O`ZBEKISTON QISHLOQ XO`JALIGI
Olimqulov Yashnar Maxmadamin o`g`li
Termiz Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya ta’lim yo`nalishi
talabasi
Xudoyshukurova Zuxro Ashur qizi
Termiz Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya ta’lim yo`nalishi
talabasi
Narziyev Furqat Fayzullo o`g`li
Termiz Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya ta’lim yo`nalishi
talabasi
Xudoyqulova Sabohat Islom qizi
Termiz Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya ta’lim yo`nalishi
talabasi
Annotatsiya: Mazkur maqolada O’zbekiston respublikasi yer resurslari, hususan Surxondaryo viloyatining yer resurslari haqida so’z boradi. Yer resurslarida foydalanishning bugungi kundagi holati, yerlarga agrotexnik ishlov berishda e’tibor qaratilishi lozim bo’lgan jihatlar yoritilgan. Shuningdek qishloq xo’jaligi maqsadlarida foydalaniluvchi yerlar tumanlar kesimida sarhisob qilingan.
Kalit so’zlar: Yer, resurs, O’zbekiston, agrotexnologiya, tumanlar, Surxondaryo, oziq-ovqat, dehqonchilik.
Annotation: This article discusses the land resources of the Republic of Uzbekistan, in particular the Surkhandarya region. The current state of land use, aspects of agrotechnical tillage should be taken into account. Agricultural land is also summarized by district.
Key words: Land, resource, Uzbekistan, agricultural technology, regions, Surkhandarya region, food, agriculture.
O’zbekiston qishloq xo’jaligi sohasining rivojlanishi va ixtisoslashuvi Qishloq xo’jaligi iqtisodiyotning eng qadimgi tarmoqlaridan biri. U hozirgi kunda jahon, milliy va mintaqaviy iqtisodiyot tarkibida yetakchi o’rinlarni egallaydi. Biroq, ushbu makroiqtisodiyot tarmog’ining rivojlanishi turli mamlakatlarda turlicha kechadi; rivojlanayotgan davlatlarda qishloq xo’jaligi, xususan dehqonchilik ko’proq ekstensiv xususiyatga ega bo’lsa, yetakchi mamlakatlarda u intensiv rivojlanib bormoqda. Shunga mos holda, agroiqtisodiyotning samaradorligi, mehnat unumdorligi ham geografik jihatdan farqlanadi. Odatda, qishloq xo’jaligi deganda, asosan, uning ikki tarkibi, ya’ni dehqonchilik va chorvachilik tushuniladi. Bu iqtisodiyot fani nuqtai nazardan to’g’ri, ammo iqtisodiy geografik jihatdan esa, uni qishloq aholisining mashg’uloti, xo’jaligi ma’nosida ham e’tirof etish mumkin.
Qishloq xo’jaligi rivojlanishi va hududiy tashkil etilishining quyidagi xususiyatlari mavjud:eng qadimgi, an’anaviy xalq mashg’uloti; mavsumiy xususiyatga egaligi;qishloq xo’jaligining rivojlanishi ob-havo, iqlim sharoitlariga bog’liq;qishloq xo’jaligining holati, o’z navbatida, sanoatga, ayniqsa yengil oziq-ovqat sanoati rivojlanishiga kuchli ta’sir ko’rsatadi; ushbu tarmoqning hududiy tashkil etilishi areal xususiyatga ega (sanoat nuqta shaklida, transport chiziqsimon, tasmasimon); qishloq xo’jaligining mehnat unumdorligi sanoatga nisbatan past; qishloq xo’jaligi aholini iste’mol mollari bilan, sanoatni xom ashyo bilan ta’minlaydi;qishloq xo’jaligi korxonalari uchun xom ashyo kerak emas, uning asosi agroiqlimiy resurslar, ya’ni harorat, namlik va tuproq hisoblanadi. Qishloq xo’jaligining yuqoridagi xususiyatlari ushbu tarmoqning asosiy iqtisodiy va iqtisodiy geografik ko’rsatkichlarini, rivojlanishi va joylanishini belgilab beradi.
O’zbekiston milliy iqtisodiyotida qishloq xo’jaligi yetakchi o’rinlardan birini egallaydi Uning ulushiga yalpi ichki mahsulotning 1/6 qismiga yaqini to’g’ri keladi. So’nggi yillarda respublikamizda iqtisodiyotni sanoatlashtirish dasturini amalga oshirish natijasida qishloq xo’jaligining nisbiy ko’rsatkichlari, ya’ni ulushi pasayib borish tendentsiyasiga ega. Shu asosda mamlakatimiz iqtisodiyoti agrar- industrial shakldan tobora, asta-sekin industial-agrar yo’nalish kasb etmoqda. Sobiq Ittifoq davrida respublika qishloq xo’jaligi asosan paxtachilikka ixtisoslashgan, markaziy hududlar sanoatini xom ashyo bilan ta’minlovchi monoko’ltura ko’rinishidagi rayon edi. Mustaqillikka erishgach, bu sohada tub islohotlar o’tkazildi, qishloq xo’jaligi deyarli to’liq nodavlat sektoriga o’tkazildi, fermer va dehqon xo’jaliklari tashkil etildi, paxta yakka xokimligiga barham berildi, don (g’alla) mustaqilligiga erishildi va xokazo. Ayni vaqtda, noto’g’ri siyosat olib borish oqibatida maydonlari keskin qisqarib ketgan uzumchilik va bog’dorchilik tarmoqlari tiklanmoqda.2009-yilda qabul qilingan “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi” Davlat dasturida qishloq joylarda agroiqtisodiyot sohasi bilan bir qatorda transport, ta’lim, sog’liqni saqlash, moliya, sport kabilarni rivojlantirishga, uy-joy qurilishiga katta ahamiyat berilgan.Qishloq xo’jaligi, yuqorida ko’rsatilgan jihatlaridan kelib chiqqan holda, yillar davomida bir xil yoki barqaror rivojlanib bormaydi. Bunga ijtimoiy-siyosiy omillar bilan birga iqlim sharoitlari ham katta ta’sir ko’rsatadi. Mavjud ma’lumotlarga ko’ra, qishloq xo’jalik mahsulotlarining o’sish darajasi o’tgan 20 yil mobaynida umumiy yalpi ichki mahsulot ko’rsatkichlariga nisbatan gox past (1991,1994,1996,2005,2010 yy.), gox yuqori (asosan qolgan yillarda) bo’lgan. Demak, xuddi shu yillarda agroiqtisodiyotning milliy iqtisodiyot o’sishiga ta’siri ham har xil ko’zatilgan. Ko’rilayotgan davrda sanoat ishlab chiqarishi va qishloq xo’jaligi rivojlanishidagi nisbat ham o’ziga xos. Masalan, sanoatning o’sish ko’rsatkichi 1991, 1993, 1994, 1996, 1999-2002 va 2004-2010-yillarda yoki 20 yildan 15 yilda ustuvorroq bo’lgan. Eng muhimi shundaki, xususan So’nggi 10 yilda qishloq xo’jaligining nisbiy rivojlanish darajasi sustroq kechgan. Bu esa, o’z navbatida, iqtisodiyotni sanoatlashtirishdan darak beradi.
Alohida ta’kidlash lozimki, qishloq xo’jaligiga yo’naltirilgan investitsiya hajmi makroiqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga qaraganda ancha past. Qolaversa, uning ulushi yildan-yilga kamayib bormoqda. Hozirgi vaqtda agroiqtisodiyotga respublika jami investitsiya hajmining taxminan atigi 3 foizi to’g’ri keladi, xolos. Vaholanki, bu ko’rsatkich sanoatda 35-37%, transport va qurilishda 25% va hokazo. Qishloq xo’jaligiga kiritilgan mablag’ning 1/5 qismidan ko’progi respublika byudjetidan, yarmiga yaqini bank kreditlari va zayom vositalaridan qoplanadi. Xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi esa 14-15% atrofida.
Yer fondi, tarkibi va undan foydalanish. O’zbekiston Respublikasining umumiy yer maydoni 44896,9 ming ga, shundan 44410,3 ming gektari yoki 98,9 foizi turli xil korxona, tashkilot va muassasalar, fermer xo’jaliklari va fuqarolar foydalanadigan yerlar bilan band. O’z navbatida, bu yerlarning 4313,3 ming gektarini (9,7 %) sug’oriladigan yerlar tashkil qiladi. Yer fondi, qaysi maqssadda foydalanishiga qarab, 8 toifaga bo’linadi, ularning eng asosiysi qishloq xo’jaligida foydalanadigan yerlar hisoblanadi. Ushbu toifadagi yerlar mamlakatimizda 25258,5 ming ga bo’lib, u jami yer fondining yarmiga teng. Miqdor jihatidan keyingi o’rinlarda zahira yerlar (23,4 %) hamda o’rmon fondi yerlari ajralib turadi (19,5%). Jami ekin yerlar respublikada 4071,0 ming ga. U qishloq xo’jaligida foydalanadigan yerlarning 18,3 foiziga teng, shundan sug’oriladigan yerlar 3313,1 ming ga. Shuningdek, mamlakatimizda, xususan Qashqadaryo Jizzax va Samarqand viloyatlarida tabiiy holda sug’oriladigan yoki lalmi (bahorikor) yerlar ham bor. Ular nisbatan kam miqdorda bo’lsada, Surxondaryo, Navoiy va Toshkent viloyatlarida ham bor. Lalmikor yerlarning umumiy maydoni 758 ming gektar. Odatda, bunday hududlarda yog’in-sochin miqdori yiliga kamida 200 mm dan ortiq va ular asosan bahor oylariga to’g’ri keladi. Qishloq xo’jaligida foydalanadigan boshqa yerlar orasida yaylov va pichanzorlar ajralib turadi. Ularning maydoni 20756 ming ga yoki qishloq xo’jaligida foydalanadigan yerlarning 82,2 foizini tashkil etadi. Ko’p yillik daraxtzorlar 351 ming ga, bo’z yerlar 80,5 ming ga.
Mavjud ma’lumotlarga qaraganda, o’tgan 20 yil mobaynida O’zbekiston qishloq xo’jaligiga muljallangan yerlar miqdori biroz qisqargan. Agar bunday yerlar 1990-yilda 28080,4 ming gektarga teng bo’lgan bo’lsa, 2012-yilda ular 25258,5 ming gektarga tushib qolgan. Bunga boshqa turdagi yerlarning birmuncha ko’payishi sabab bo’lgan. 2013-yil 1- yanvar holatiga ko’ra qishloq xo’jalik yerlari respublika umumiy yer maydonining 57,0 foiziga teng. Qolgan qismi o’rmonlar, bo’tazorlar, va boshqa yerlardan iborat. Bu ko’rsatkich mamlakat miqyosida Qoraqalpog’iston Respublikasi 32,3 foizdan, Navoiy viloyatidagi 81,3 foizgacha farq qiladi. Nisbatan yuqori ko’rsatkichlar Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida (76-77%), pastlari esa Farg’ona, Toshkent, Xorazm, Namangan viloyatlarida (45-55%) qayd etilgan.
Raqamlarga murojaat qilaylik; Jizzax viloyatida 2000- yilda sug’oriladigan ekin yerlar 256,6 ming ga, 2012-yilda esa 264,5 ming ga; shunga mos holda, Qashqadaryoda 417,7 va 424,1 ming ga; poytaxt viloyatida 298,9 va 305,1 ming ga. Ko’rinib turibdiki bu mintaqalarda o’sish qayd etiladi. Nisbatan ko’proq qisqarish ko’zatilgan viloyatlarda, jumladan, Samarqandda yuqoridagi ko’rsatkichlar 261,9 va 253,9, Surxondaryoda 245,6 va 241,7, Farg’onada 256,3 va 249,3, Xorazmda 212,5 va 205,4 va hokazo. Eng oz sug’oriladigan ekin yerlarga ega bo’lgan Navoiy viloyatida ham qisqarish qayd etiladi: 92,1 va 91,0 ming ga. Umuman olganda, sug’oriladigan ekin yerlar maydoni bo’yicha Qashqadaryo (424,1 ming ga), Qoraqalpog’iston Respublikasi (423,6) va Toshkent viloyati (305,1 ming ga) oldinda. Shu qatorda Jizzax Surxondaryo hamda Samarqand viloyatlari ham biroz yuqori ko’rsatkichlarga ega (250-265 ming ga). Navoiy viloyatini hisobga olmaganda, qolgan mintaqalarning har birida bunday yerlar 200 ming gektardan kam emas. Nisbiy ko’rsatkichlarda, Qashqadaryo viloyati respublika jami ekin maydonlarining 16,8 foizini, Jizzax 11,9 foizini, Samarqand 10,7 foizini, Qoraqalpog’iston 10,4 foizini, Toshkent viloyati 8,4 foizini o’z ida mujassamlashtiradi. Keyingi o’rinlarda Surxondaryo, Sirdaryo hamda Farg’ona viloyatlari turadi. Eng past raqam esa Navoiy viloyatiga tegishli.
Qoraqalpog’iston Respublikasi hamda Andijon, Buxoro, Namangan, Sirdaryo, Farg’ona va Xorazm viloyatlarida ekin yerlarning 100 foizi sug’oriladigan yerlardan iborat. Bu borada katta farq Qashqadaryo Jizzax va Samarqand viloyatlarida ko’zatiladi. Shu o’rinda yerdan samarali foydalanish darajasi yoki koeffitsienti to’g’risida so’z yuritish mumkin. Bu ko’rsatkich qishloq xo’jaligiga muljallangan yer turlarining umumiy yer maydoniga nisbati, bevosita qishloq xo’jaligida foydalanadigan yerlarning, xususan sug’oriladigan yerlarning jami yer fondiga nisbati orqali aniqlanadi. Albatta, bunday ko’rsatkichlar viloyatlarning tabiiy sharoiti, ayniqsa suv resurslari bilan ta’minlanganligiga qarab, ancha geografik tafovut yoki farqlarga ega. Masalan, Qoraqalpog’iston Respublikasida yuqoridagi ko’rsatkich qishloq xo’jaligi yer turlari bo’yicha 3,2, ekin yerlar bo’yicha 0,26, sug’oriladigan yerlar ham shu darajada. Navoiy viloyatida u, mos ravishda, 8,1; 1,0 va 0,8. Buxoro viloyatida ham, uning yuqoridagi hududlar singari cho’l tabiatli bo’lganligi sababli, mazkur ko’rsatkichlar ancha past.
Vodiy va vohalarda esa ko’rilayotgan koeffitsient yuqori bo’lib, bu ularda yerdan agroiqtisodiy jihatdan samarali foydalanish, qishloq xo’jaligining ko’proq yoki nisbatan intensiv rivojlanishidan dalolat beradi. Chunonchi, Andijon viloyatida umumiy qishloq xo’jaligier turlari uning jami maydonini 60,2 foizini, ekin yerlar 47,4, sug’oriladigan ekin yerlar ham shuncha foizga barobar. Ma’lumki, Sirdaryo viloyati asosan sug’orma yerlarni o’zlashtirish negizida tashkil etilgan. Binobarin, bu mintaqada yuqoridagi ko’rsatkichlar ancha katta, mos holda, 67,7; ekin yerlar 58,6 %. Shuningdek, Xorazm viloyati ham bu borada birmuncha yuqoriroq ko’rsatkichlarga ega. Xususan, uning eng sohil, ya’ni Xazorasp tumanining cho’l qismi hisobga olinmasa, mintaqa hududi qadimdan o’ta yuqori darajada o’zlashtirilganligi, sug’oriladigan yerlarning ko’pligiga ko’ra respublikada ancha oldingi o’rinlarda turadi. Mamlakatimiz qishloq xo’jalik yerlari turlari tarkibida pichanzor va yaylovlar ham katta maydonlarni egallaydi Bu xususda Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasi keskin ajralib turadi. Bu esa, chorvachilikni, eng avvalo, uning go’sht, jun-go’sht yunalishini rivojlantirishga zamin yaratadi. Shu bilan birga, qishloq xo’jaligining bunday yer turlari Andijon, Sirdaryo va Farg’ona viloyatlarida juda oz, Namanganda ham bu ko’rsatkichlar uncha yuqori emas. Umuman olganda esa, respublika bo’yicha pichanzor va yaylovlar jami qishloq xo’jaligida foydalanadigan yerlarning 66,4 foizini tashkil qiladi.
Hozirgi vaqtda Qoraqalpog’iston Respublikasi sug’oriladigan yerlarining 1/3 qismini meliorativ holati yomon; bu ko’rsatkich Jizzax viloyatida - 11,5%, Navoiyda10,8%, Sirdaryoda-9,9%, Buxoroda 7,2%, Qashqadaryo viloyatida 6,8% va hokazo. Respublika umumiy qishloq xo’jaligi maqsadida ajratilgan yerlarning 35,2 foizi birgina Navoiy viloyatiga to’g’ri keladi; ikkinchi o’rinda Qoraqalpog’iston Respublikasi (20,7 %), uchinchi va to’rtinchi o’rinlarda Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari (12,8 foizdan) turadi. Ushbu turt mintaqaga O’zbekistonni jami qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlarning 81,5 foizi mos tushadi. Ekin yerlar bo’yicha Qashqadaryo Jizzax Samarqand viloyatlari hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi yetakchilik qiladi. Ularning har birida respublikada qishloq xo’jaligiga foydalanadigan yerlarning 10 foizidan ko’progi mujassamlangan. Eng kichik ko’rsatkich Navoiy (atigi 2,7%), shuningdek, Namangan, Andijon va Buxoro viloyatlarida qayd etiladi. Qizig’i shundaki, bu viloyatlar umumiy yer fondi bo’yicha bir-biridan keskin farq qiladi. Agrogeografiya nuqtai nazaridan, sugoriladigan yerlarning hududiy tarqalishi (taksimlanishi) katta mazmun kasb etadi. Sug’oriladigan yerlar maydoni bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi va Qashqadaryo viloyati yetakchi: ularning har birida mamlakat jami sug’oriladigan yerlarining 12 foizi mavjud. Shuningdek, Toshkent viloyati bu xususda biroz ko’zga tashlanadi - 9,2 %. Ayni vaqtda Navoiy viloyatida, avval ta’kidlaganimizdek, bunday yerlar juda oz. Cho’l hududlarida tashkil etilgan ma’muriy birliklar, ya’ni Qoraqalpog’iston Respublikasi, Navoiy va Buxoro viloyatlarida pichanzor va yaylovlar ko’p. Qishloq xo’jaligi, sug’oriladigan dehqonchilik rivojlangan Andijon, Farg’ona, Namangan, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida bunday yerlar ulushi juda past. Xuddi shunday, qishloq xo’jaligida foydalanmaydigan yerlarning respublika umumiy yerlaridagi hissasi asosan yuqorida nomlangan hududlarda ancha oz, eng yuqori ko’rsatkich Qoraqalpog’iston Respublikasida – O’zbekiston bo’yicha qishloq xo’jaligida foydalanmaydigan yerlarning asosiy qismi ayni shu mintaqada o’rin olgan. Navoiy viloyati ham bunday qishloq xo’jaligida foydasiz yerlarning 12,2 foizini egallaydi Mamlakatimiz qishloq xo’jalik geografiyasining shakllanishida hududlarning yer fondi, uning tarkibi bilan bir qatorda agroiqlimiy resurslar, ya’ni namlik (suv), tarorat va tuproq, mehnat resurslari, ularning ish malakalari kabi omillar mukim rol uynaydi.
Respublikamizda issiq kunlar ko’p, vegetatsiya davri o’zoq, binobarin, ba’zi qishloq xo’jalik mahsulotlarndan bir yilda 2-3 hosil olish mumkin. Umumiy tarzda, tuproq eroziyasi, uning sho’rlanishini oldini olishda, mamlakatimiz tuproqlari ham (asosan bo’z yoki sur tuproq ham ko’p tarqalgan) agroiqtisodiyot rivojlanishiga qo’laylik yaratadi. Biroq, bu ‘‘uchlikning” eng muammolisi suv resurslaridir. Mavjud ma’lumotlarga qaraganda, respublikamiz hududida uning suv resurslarinn taxminan 10 foizi shakllanadi, xolos. Qolgan qismi muhim gidrologik manbalar, ya’ni Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon transchegaraviy xususiyatga ega bo’lib, ular asosan qo’shni davlatlar Tojikiston va Qirg’iziston hududidan boshlanadi. Demak, mavjud suv resurslaridan unumli foydalanish, sug’orma dehqonchilikda yangi texnologiyalarni joriy qilish, qo’shni mamlakatlar bilan o’z aro, xalqaro me’yor va qoidalardan kelib chiqqan zolda, suv resurslarinn oqilona taqsimlash respulikamiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng dolzarb muammosidir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Rahbariy adabiyotlar:
1. Mirziyoyev. Sh.M. “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi ” O‘zbekiston. 2017 y
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” to‘g‘risidagi Farmoni (Xalq so‘zi 2017 yil, 8 fevral
3. I.A.Karimov O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida. T. «O`zbekiston» 1995 y
Ilmiy adabiyotlar:
4. ,, SANOAT GEOGRAFIYASI’’ U.EGAMBERDIYEVA TOSHKENT-2020
5. ,,MINTAQAVIY IQTISODIYOT’’ A.E. Ishmuhamedov, M.R. Rahimova
TOSHKENT-2010
6. ,,O’ZBEKISTON GEOGRAFIYASI’’ A.Soliyev TOSHKENT-2014
7. “IQTISODIY GEOGRAFIYA” O.L.Muxamedov SAMARQAND-2021
8. ,,O`zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi’’ Mavlonov BUXORO-2008
9. ,,SANOAT VA QISHLOQ XO`JALIGI ASOSLARI’’ Ma’ruzlar matni
M.Qodirova NAVOIY-2008
10. «O’ZBEKISTON GEOGRAFIYASI» fanidan Ma’ruzalar matni Utarbayev.K.A. Nukus-2017
Internet sahifalari
1. www.hozir.org
2. www.google.uz
3. www.uz.wikipedia.org
4. www.geografiya.uz
5. www.stat.uz
6. www.ziyonet.uz
7. www.stat.uz
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.