ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA JURNALISTLAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Abstract

Mazkur maqolada bugungi kunda mamlakatimizda jurnalistikaning tutgan o’rni va roli, ushbu sohada amalga oshirilatyotgan chora-tadbirlar, hamda Jahonda va O’zbekistonda olib borilayotgan faoliyatlar va ular o’rtasidagi farqlar, shuningdek jurnalistika sohasidagi bir qancha muammolar va yechimlari haqida so’z yuritiladi.


In this article, the place and role of journalism in our country today, the measures implemented in this field, and the activities carried out in the world and in Uzbekistan and the differences between them, as well as a number of problems and solutions in the field of journalism. z is maintained.

Full PDF Document

Related Articles

Full text

HIMOYA QILISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Abdusalomova Zarifabonu Abdishukur qizi

Qurbonov Dadabek Farhod o’g’li

Jo’rayev Jaloliddin Ixtiyor o’g’li

Ismoilov Furqat Yigitali o’g’li

Termiz Davlat Universiteti Yuridik Fakultet Talabalari

Annotatsiya: Mazkur maqolada bugungi kunda mamlakatimizda jurnalistikaning tutgan o’rni va roli, ushbu sohada amalga oshirilatyotgan choratadbirlar, hamda Jahonda va O’zbekistonda olib borilayotgan faoliyatlar va ular o’rtasidagi farqlar, shuningdek jurnalistika sohasidagi bir qancha muammolar va yechimlari haqida so’z yuritiladi.

Kalit so’zlar: Jurnalistika, Obyektivlik, Integratsiyalashgan platforma, Jurnalistlar murojaatlarini tezkor, samarali va sifatli ko’rib chiqish va qarorlar qabul qilish mexanizmi, anonimlik funksiyasi, talablar va takliflar.

IMPROVING JOURNALISTS' RIGHTS PROTECTION MECHANISMS IN

THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

Abstract: In this article, the place and role of journalism in our country today, the measures implemented in this field, and the activities carried out in the world and in Uzbekistan and the differences between them, as well as a number of problems and solutions in the field of journalism. z is maintained.

Keywords: Journalism, Objectivity, Integrated platform, mechanism for quick, efficient and quality review and decision-making of journalists' appeals, anonymity function, requirements and proposals.

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ МЕХАНИЗМОВ ЗАЩИТЫ ПРАВ

ЖУРНАЛИСТОВ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН

Аннотация: В данной статье рассматриваются место и роль журналистики в нашей стране сегодня, меры, реализуемые в этой сфере, и деятельность, проводимая в мире и в Узбекистане и различия между ними, а также ряд проблем и решений. в сфере журналистики сохраняется.

Ключевые слова: Журналистика, Объективность, Интегрированная платформа, механизм быстрого, эффективного и качественного рассмотрения и принятия решений по обращениям журналистов, функция анонимности, требования и предложения.

«Ommaviy axborot vositalari so‘zda emas, amalda «to‘rtinchi hokimiyat»

darajasiga ko‘tarilishi zarur. Bu — zamon talabi, islohotlarimiz talabi».1

Shavkat Mirziyoyev.

KIRISH

Hozirgi kunda, ommaviy axborot vositalarini ko‘pincha «To‘rtinchi hokimiyat» degan atama bilan atashadi, bu abstrakt va lirik tushuncha. Negaki, ommaviy axborot vositalarida kimningdir qilgan xato va kamchiliklarini tuzatish uchun qo‘llanadigan buyruq mexanizmi yoki vakolati yo‘q. Misol uchun, qaysidir tashkilot odamlarning oylik ish haqini bermayotgan bo‘lsa, mehnat kodeksidan chetga chiqib ketgan bo‘lsa yoki kimdir qonunni buzayotgan bo‘lsa uni jazolay olmaydi, xato va kamchilikni tuzatish uchun buyruq ham bera olmaydi. Lekin muammoga, masalaga yoki qandaydir voqeaga qonunchilik hokimiyati, ijro hokimiyati, sud hokimiyatining diqqatini jalb qilishga matbuotning haqqi bor.

“«To‘rtinchi hokimiyat» atamasi jamiyatdagi ijtimoiy fikrga matbuotning qanchalik ta'sir ko‘rsata olishini ifodalaydigan abstrakt va lirik atama hisoblansa-da, ommaviy axborot vositalari jamiyatimizda bo‘layotgan siyosiy-ijtimoiy jarayonga nisbatan jamoatchilikning diqqatini jalb qilib, unda daxldorlik tuyg‘usini uyg‘ota oladi, bu uning vazifasi va bunga haq-huquqi ham yetarli darajada mavjud. Aynan mana shu egallab turgan haq huquqi evaziga davlat boshqaruv tizimidagi uch hokimiyatni o‘ziga, ya'ni matbuotga qaram vaziyatda ishlashini talab qiladi. Agar, aksincha matbuot uch hokimiyatga qaram vaziyatda bo‘lsa, unda davlatda hech qanday rivojlanish bo‘lmaydi. 1 https://kun.uz/64142721?q=%2Fuz%2F6414272 Bu ahvolda davlat tizimi korrupsiya botqog‘idan chiqa olmay, parokanda bo‘lishi mumkin.”2

Metodologiya

Masalaning nozik tomoni ham bor. “Chegara bilmas muxbirlar” xalqaro nodavlat tashkilotining ma’lumotiga ko’ra 2023-yilda O‘zbekiston matbuot erkinligi indeksida dunyoning 180 ta davlati ichida 137-o‘rinni egallagani takidlangan. Bu esa mamlakatimiz matbuot erkinligi bo’yicha yaxshi ko’rsatgichda emasligini ko’rsatadi. “Chegara bilmas muxbirlar” xalqaro nodavlat tashkiloti har bir mamlakat yoki hudud uchun matbuot erkinligi holatini baholash uchun beshta quyidagi ko'rsatkichdan foydalanadi.

Bular: Siyosiy kontekst, ijtimoiy-madaniy kontekst, iqtisodiy kontekst, huquqiy baza, xavfsizlik. Bu xalqaro nodavalat tashkilot O’zbekistondangi matbuot erkinligini ham yuqoridagi besh ko’rsatkichlar bo’yicha baholab, o’zlarining quyidagi mulohazalarini aytib o’tishgan.

“Chegara bilmas muxbirlar” xalqaro nodavlat tashkilotining ma’lumotiga ko’ra – “O'zbekistonda xususiy televideniye tarmog'i mavjud emas. Davlat radiosi rasmiy tashviqotni uzatadi, xususiy radiostansiyalar yopilishidan qo'rqib har qanday tanqiddan tiyiladi va yozma matbuot davlat manfaatlariga xizmat qiladi. Faqat 15 ga yaqin onlayn ommaviy axborot vositalari, ularning ba'zilari chet elda joylashgan bo'lib, sifatli tarkibni nashr etadi. Ular orasida Ozodlik Radiosi,Amerika ozod Yevropa, Ozodlik radiosi,mamlakatda bloklangan. Matbuotning uchdan bir qismi rus tilida efirga uzatiladi”.

Rasmiylar asosan ommaviy axborot vositalarini, shuningdek, hukumat bilan yaqin aloqada bo'lgan bir qator bloggerlarni nazorat qiladi degan fikrlarini bildirishgan.

Ijtimoiy-madaniy kontekstga keladigan bo’lsak, 37 million aholining oltmish foizi 30 yoshgacha. Bu kuchli yoshlik mavjudligi, shuningdek, internet qamrovining kengayishi ijtimoiy tarmoqlar, ayniqsa Odnoklassniki, Facebook va Telegram nima uchun jadal rivojlanayotganini tushuntiradi. Ushbu platformalardagi ba'zi guruhlar rasmiy ommaviy axborot vositalari zo'rg'a yoritadigan korrupsiya masalalari bo'yicha ma'lumot almashishga imkon berishi ma’lum bo’lgan.

Iqtisodiy kontekst. 2 https://kun.uz/64142721?q=%2Fuz%2F64142721

“Chegara bilmas muxbirlar” xalqaro nodavlat tashkilotining ma’lumot berishicha - Rasmiylar iqtisodiy bosim o'tkazishdan yoki jurnalistlarni buzishga urinishdan tortinmaydi. Mustaqil ommaviy axborot vositalarining rivojlanishi, asosan, ularni moliyalashtirishni cheklovchi qonunlar, ayniqsa, erkin matbuotni qo'llabquvvatlovchi xorijiy tashkilotlar tomonidan to'sib qo'yilgan.

Huquqiy baza.

Rasmiylar ommaviy axborot vositalariga qarshi repressiv qonunlarni tugatish uchun zarur bo'lgan islohotlarni hali amalga oshirmagan. Kuzatuv va senzura keng tarqalgan. O'z mustaqilligini saqlab qolish uchun ba'zi mahalliy onlayn nashrlar nashr qilgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilish va katta jarimaga tortilish xavfi ostida OAV sifatida rasman ro'yxatdan o'tishdan qo’rqishadi.

Xavfsizlik.

Ayrim jurnalistlar qamoqqa olingan va ozod qilinganidan so’ng qariyb 20 yil o’tgan bo’lsada, hali hanuz reabilitatsiya qilinmagan. YouTube ijtimoiy tarmog’idagi “Xalq fikri” kanali asoschisi Otabek Sattoriy singari bloggerlarga hamon tahdid qilinmoqda yoki hibsga olinmoqda. U 2021 yil may oyida tuhmat va tovlamachilik jinoyati bo'yicha olti yarim yilga qamalgan edi. Uning ishtirokidagi sud jarayonini yoritishga uringan jurnalistlar hujumga yoki asossiz jinoiy ta'qibga uchrashdi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining mustaqilligini qo‘llab-quvvatlovchi namoyishlarni yoritgan jurnalistlarga nisbatan hukumatning barcha muxoliflarga nisbatan “ovozini o‘chirish” va “bostirish” prinsipi qat’iy qo’llandi.

Jahon tajribasi.

Jurnalistlar huquqlarini himoya qilish bo'yicha integratsiyalashgan platformalardan biri Amerika Qo'shma Shtatlariga tegishli bo’lgan "Press Freedom Tracker" platformasi hisoblanadi.

"Press Freedom Tracker" (Matbuot Erkinligi Kuzatuvchisi) Amerika Qo'shma Shtatlarida jurnalistlar va media xodimlarining xavfli muhitda faoliyat ko'rsatishi va matbuot erkinligi bilan bog'liq holatlarni kuzatish maqsadida yaratilgan onlayn platformadir.

Bu platforma jurnalistlar va media tashkilotlari uchun xavfli muhitda faoliyat ko'rsatishdagi qiyinchiliklarni kuzatib boradi va ularga yordam beradi. "Press Freedom Tracker", jurnalistlarning huquqiy himoyalari, ozodliklari va xavfsizligini ta'minlash bilan shug'ullanadi. Shuningdek, bu platforma jurnalistlar va media tashkilotlari o'rtasida bir-birini qo'llab-quvvatlash, ma'lumot almashish va ko'rishlarini o'zlashtirish imkoniyatini yaratadi.

Shu sababdan ham Amerika Qo'shma Shtatlari"ning jahon matbuot erkinligi reytingida 45-o’rinni egallagani bejizga emas.

To’g’ri AQSH 2023-yilda 2022-yilga qaraganda 3 pog’ona pastlagan lekin bunga sabab qilib Prezident saylovlarida o’z nomzodlarini qo’ygan siyosiy partiyalar o’rtasidagi kurash va bu kurash orqali jurnalistlarga qilingan tazyiqlar sabab bo’lishi mumkin.

NATIJALAR.

AQSH tajribasidan olib, shuni takidlash kerakki, O’zbekistonda jurnalistlar huquqlarini himoya qilish uchun integratsiyalashgan platforma yaratish dolzarb masala hisoblanadi. Bu integratsiyalashgan platforma orqali jurnalistlar huquqlari sezilarli darajada himoya qilinishi mumkin.

Bu qanday bo’lishi kerak?

1. Integratsiyalashgan Platforma

Inson huquqlari boʻyicha vakil (ombudsman), bosh prokuratura, ichki ishlar vazirligi, va axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi oʻrtasida huquqlari buzilgan jurnalistlar muammolarini yechish uchun integratsiyalashgan platforma yaratish muhimdir. Bu platforma jurnalistlar murojaatlarini tezkor va samarali koʻrib chiqish, xabarlarini qonuniy tartibotka muvofiq hisobga olgan holda tez hal etish, va huquqiy himoyaga olishda muhim rol o’ynaydi.

Bu integratsiyalashgan platforma, jurnalistlar uchun xavfsiz va ishonchli bir muhit yaratishga yordam beradi, ularning huquqiy himoyasini oshiradi va huquqiy tartibotda adolatni taʼminlaydi. Bu platforma orqali jurnalistlar murojaatlari sababli yetkazilgan xabar hamda muammolarni aniqlab, ularga javob topishlari va muammolarni hal etish uchun koʻmaklashadi. Buning natijasida, jurnalistlar uchun ozodlik va obyektivliklarini oshirish va faol media faoliyatini davom ettirishga imkoniyati paydo bo’ladi.

2. Tezkor, Samarali va Sifatli Koʻrib Chiqish Mexanizmi

Jurnalistlar murojaatlarini tezkor, samarali va sifatli koʻrib chiqish va qarorlar qabul qilish mexanizmini takomillashtirish lozim. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va integratsiyalashgan platformalar jurnalistlarning murojaatlarini tezda qabul qilib, huquqiy nazarotga olish va ularga qarorlarini tezda eʼlon qilish uchun xizmat qilishi kerak.

3. Anonimlik Funksiyasi

Jurnalistlar qonunbuzarliklar haqida tazyiqlarsiz xabar berishini taʼminlash uchun platformada anonimlik funksiyasini joriy etish, hamda ularning ozodlik va huquqlarining himoyalanganliklarini kuchaytirish uchun muhim bir vosita boʻlib xizmat qiladi. Anonimlik funksiyasi jurnalistlarga xavfsizlik va himoya hissini beradi.

Buning natijasida, anonimlik funksiyasini joriy etish, jurnalistlar va ularning xabarlari bilan ishlashdagi huquqiy xavflar kamayadi va ularni maqbul media muhitida faol ishtirok etishga ilhomlantiradi.

4. Amalga Oshirilgan Ishlarni Oʻrganish va Sohani Tartibga Solish

Jahon sudi amaliyoti va davlat boshqaruvi tomonidan jurnalistlar huquqlarini himoya qilish boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni oʻrganish va sohani tartibga solish juda muhim omil hisoblanadi. Bu esa,davlatning jurnalistlarni huquqiy himoya qilish sohasidagi qadamini oʻrganish, qonuniy manbai boʻyicha takliflar ishlab chiqish va jurnalistlarning obyektivligini va ozodligini taʼminlashga intiladi.

Ushbu yaratilayotgan platforma tarkibida Jurnalistlar uchun qonuniy yordam bo’limi tashkil etilishi va malakali huquqshunoslarni jalb etgan holda jurnalistlarga qonuniy masalalarda yordam berish mexanizmi yaratilishi zarur.

Bu bo’lim orqali jurnalistlar o’zlari uchun tushunarsiz bo’lgan holatlar yuzasidan huquqiy yordam olishlari mumkin bo’ladi.

Huquqlari buzilayotgan jurnalistlarning murojaatlarini ko’rib chiqish bo’yicha inson huquqlari vakili(Ombudsman), Prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi o’rtasida yaxlit platforma yaratish matbuot erkinligi va inson huquqlarini himoya qilishning birlamchi yechimi bo’ladi desak mubolag’a bo’lmaydi.

Ushbu platformani yaratishda e’tiborga olinishi kerak bo’lgan ba’zi asosiy qadamlar mavjud bo’lib bular quyidagilar:

1.Markazlashtirilgan tizimni o’rnatish:

Jurnalistlarga o’z huquqlarining buzilishi bo’yicha o’z murojaatlarini yuborish imkonini beruvchi markazlashtirilgan tizimni ishlab chiqish zarur. Jurnalistlar har qanday voqea-hodisalar to’g’risida osongina xabar berishlari uchun ushbu tizim qulay va foydalanuvchilar uchun oson bo’lishi kerak.

2.Agentliklar o’rtasidagi muvofiqlashtirish:

Jurnalistlardan kelib tushadigan murojaatlarnin tezkorlik bilan hal etish bo’yicha inson huquqlari vakili, Prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Axborot va kommunikatsiyalar agentligi o’rtasida samarali hamkorlikni ta’minlanlash lozim. Ushbu muvofiqlashtirish jarayonni tartibga solishga yordam beradi va xabar qilingan qonunbuzarliklarga o’z vaqtida javob beradi.

3.Standartlashtirilgan protseduralar:

Jurnalistlarning murojaatlarini ko’rib chiqishning stabdartlashtirilgan tartiblarini ishlab chiqish, shu jumladan tergov, hal qilish va keyingi harakatlar uchun protokollar tuzish zarur. Bu tartib-qoidalar orqali jurnalistlar huquqlarini himoya qilishni birinchi o’ringa qo’yish va har qanday huquqbuzarlik uchun javobgarlik ta’minlanishi kerak.

4.O’qitish va salohiyatni oshirish:

Tegishli idoralar xodimlarining matbuot erkinligi, inson huquqlari va jurnaslistlar huquqlarini tartibga soluvchi qonunchilik asoslari haqidagi tushunchalarini oshirish dasturlarini taqdim etish lozim. Bu ularning jurnalistlar murojaatlarini samarali hal etish va huquqlarini himoya qilish qobiliyatini yaxshilashga yordam beradi.

5.Shaffoflik va hisobdorlik:

Jurnalistlarning murojaatlarini ko’rib chiqish jarayonida shaffoflikni ta’minlash va tegishli idoralar tomonidan amalga oshiririlgan barcha harakatlar uchun javobgarlik saqlanishi kerak. Murojaatlar holati va tergov natijalari to’g’risida fuqarolarga muntazam xabar berib borish jurnalistlar va jamoatchilik o’rtasida ishonchni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Muhokama

Yuqorida qayd etilgan asosiy idoralar o’rtasida yaxlit platforma yaratish orqali jurnalistlar huquqlarini himoya qilish, matbuot erkinligini ta’minlash va inson huquqlari me’yorlarini qo’llab-quvvatlashning yanada mustahkam mexanizmini yaratish mumkin bo’ladi.Ushbu hamkorlikdagi yondashuv tizimli muammolarni hal qilishga va kelajakda buzilishi mumkin bo’lgan inson huquqlari va jurnalistlar huquqlarining himoya qilinishiga yordam beradi va natijada jurnalistika hamda so’z erkinligi uchun yanada qulay muhit yaratilishiga hissa qo’shadi.

XULOSA.

Xulosa qilib aytganda, Jahon amaliyoti va davlat boshqaruvi tomonidan jurnalistlar huquqlarini himoya qilish bo’yicha amalga oshirilgan va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni o’rganish va sohani tartibga solish juda muhimdir.Bu davlatning jurnalistlarni huquqiy himoya qilish sohasidagi qadamini o’rganish, qonuniy manbaalar bo’yicha takliflar ishlab chiqish va jurnalistlarning obyektivligini va ozodligini ta’minlashga intiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. https://rsf.org/en/country/uzbekistan

2. https://rsf.org/en/2023-world-press-freedom-index-journalismthreatened-fake-content-industry?year=2023&data_type=general

3. https://kun.uz/64142721?q=%2Fuz%2F64142721

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.