KIRISH: zamonaviy ta'lim paradigmasida maktab o'quvchilarining ijodiy va vizual tafakkurini rivojlantirish muhim o'rin tutadi. Bu jarayonda illustrativ rasm ishlash ko'nikmalari o'quvchilarda matn va tasvir o'rtasidagi bog'liqlikni anglash qobiliyatini o'stiradi. Mazkur maqolada oliy ta'lim muassasalarida bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilarini ushbu jarayonga tayyorlashning didaktik imkoniyatlari tahlil qilinadi. MAQSAD: oliy badiiy pedagogik ta'lim tizimida talabalarni maktab o'quvchilarida illustrativ rasm ishlash kompetensiyalarini shakllantirishga tayyorlashning ilmiy-metodik va didaktik shart-sharoitlarini o'rganish, hamda innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqish. MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda pedagogik kuzatuv, amaliyot materiallarini qiyosiy tahlil qilish, modellashtirish hamda zamonaviy raqamli texnologiyalarni (grafik dasturlar va interfaol metodlarni) ta'limga integratsiya qilish usullaridan foydalanilgan. MUHOKAMA VA NATIJALAR: bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlashda an'anaviy dastgohli rangtasvir bilan bir qatorda zamonaviy illustratsiya (kitob grafikasi, raqamli illustratsiya) asoslarini o'qitishning integrativ modeli ishlab chiqildi. Talabalarning metodik tayyorgarligi o'quvchilarning yosh xususiyatlariga mos keladigan illustrativ topshiriqlar majmuasini yaratish orqali baholandi. XULOSA: bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilarini illustrativ rasm ishlash kompetensiyalariga o'rgatish kompleks didaktik yondashuvni talab etadi. Ta'lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va ijodiy-loyihaviy metodlarni joriy etish orqali maktab o'quvchilarining vizual savodxonligini yuksaltirishga xizmat qiladigan yetuk kadrlar tayyorlash mumkin.
INTRODUCTION: in the modern educational paradigm, the development of creative and visual thinking of schoolchildren plays an important role. This article analyzes the didactic possibilities of preparing future fine arts teachers in higher educational institutions for this process. AIM: to study the scientific, methodological, and didactic conditions for preparing future teachers to form illustrative drawing competencies in schoolchildren, and to develop innovative approaches. MATERIALS AND METHODS: the research used methods of pedagogical observation, comparative analysis, modeling, and the integration of modern digital technologies. DISCUSSION AND RESULTS: an integrative model for teaching the basics of modern illustration alongside traditional easel painting has been developed. CONCLUSION: teaching future fine arts teachers the competencies of illustrative drawing requires a comprehensive didactic approach.