FIKRLASHGA OʻRGATISH.
Nosirova Munisa
Qashqadaryo viloyat Koson tuman 5-maktabning ona tili fani oʻqituvchisi
Annotatsiya: Ta’lim tizimida oʻqituvchilar tomonidan noan’anaviy ta’lim metodlari joriy etilib, oʻqitishning zamonaviy shakllari va metodlari keng qoʻllanilmoqda. Zamonaviy metod va usullarini qoʻllash oʻqitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. An’anaviy oʻqitish jarayonida asosan oʻqituvchi darsni olib borsa, noan’anaviy oʻqitish jarayonida esa oʻquvchi shaxsiga erkinlik berish, uning mantiqiy fikrlashi, munosabatlarni demokratlashtirish asosida dars jarayonlari tashkil etiladi. Bunda ta’lim jarayonida oʻyinlardan foydalanish ham muhim oʻrin tutadi.
Kalit so’zlar: Pedagogik texnologiya, mahorat, mantiq, didaktik oʻyinli texnologiyalar, malaka, ko’nikma.
Ma`lumki, mustaqil fikrlashga o‘rgatuvchi, ijodiy tafakkurini rivojlantiruvchi usullarni qo‘llab, o‘quvchilarga chuqur bilim berish boshlang‘ich ta’limning asosiy vazifasidir. Mazkur vazifani amalga oshirish uchun yangi pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga olib kirildi. Yangi pedagogik texnologiyalar boshlang‘ich sinf o‘quvchisining aqlan rivojlanishi va kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagogik texnologiyalarni bugungi kunda eng ommaviylashgan turlaridan biri bu interaktiv metodlardir. Interaktiv metodlar o‘quvchi va o‘qituvchining birgalikdagi faoliyati bo‘lib, o‘quvchilarni ijodiy fikrlashga, zarur xulosalarga kelishga, tahlil qilish va olingan bilimlarni amaliyotga qo‘llashga o‘rgatadi. O‘qituvchining asosiy vazifasi esa, o‘quvchilarga aniq yo‘nalish berish, to‘g‘ri xulosalarni aytishdan iborat. Interaktiv metodlar yana shunisi bilan ahamiyatliki, o‘qituvchi o‘quvchining fikrini hech qachon keskin rad etmaydi, faqatgina to‘g‘ri xulosani aytadi, natijada o‘quvchi o‘z xatosini tushunib, fikrlashdan to‘xtamaydi va ular o‘rtasidagi doimiy faollik ta’minlanadi.
Shuni unutmaslik kеrakki, topshiriqlarda barcha o’quvchilar oldiga qo’yilgan talab bir xil, ammo o’quvchilarning saviyasi bir xil emas. Tabiiyki, topshiriqlarni hamma bir xilda to’g’ri bajara olmaydi. Bunday holda qo’shimcha topshiriqlar bеrish orqali mashq shartini soddalashtirish yo’li bilan o’quvchilarni qiziqtirish mumkin. O’quvchilarning tafakkurini rivojlantirishda ular nutqini narsa va shaxslarni bildirgan so’zlar bilan boyitish ham muhim rol o’ynaydi. Birinchi sinfda narsa va shaxsni bildirgan so’zlar haqida tushuncha bеrishda o’quvchilar faolligiga asoslanish lozim. Chunki ular narsa va shaxs nomlarini bildirgan so’zlarni o’zlashtirishga savod o’rgatish jarayonida tayyorlangan. Prеdmеtlarga qarab ularning nomlarini aytishgan. Bundan tashqari o’qituvchining ―Bu nima?,Bu kim, ―Kim ishdan qaytdi?, ―Kim ertalab maktabga yo’l oldi? kabi savollaridagi «kim», «nima» so’roq so’zlari o’rniga shaxs, narsa nomlarini qo’yib javob bеrishgan. Shuning uchun ham savod o’rgatish jarayoni prеdmеt bildirgan so’zlar ustida ishlashning birinchi bosqichi sanaladi.
Agar oʻquvchi va uning tildan bajargan ishlari koʻzda tutilsa, nutq oʻstirish deganda tilni har tomonlama (talaffuzi, lugʻati, sintaktik qurilishini, bogʻlanishli nutqni) faol amaliy oʻzlashtirish tushuniladi. Agar oʻqituvchi koʻzda tutilsa, nutq oʻstirish deganda, oʻquvchilarning tilning talaffuzi, lugʻati, sintaktik qurilishi va bogʻlanishli nutqni faol egallashlariga yordam beradigan metod va usullarni qoʻllash tushuniladi. Shuning uchun ham Milliy oʻquv dasturiga koʻra oʻquvchilarda nutqiy kompetensiyani shakllantirishga e’tibor beriladi va sinflar kesimida amalga oshiriladi.
Nutq faoliyati uchun, shuningdek, oʻquvchilar nutqini oʻstirish uchun bir necha shartga rioya qilish zarur:
1. Kishi nutqining yuzaga chiqishi uchun talab boʻlishi kerak. Oʻquvchilar nutqini oʻstirishning metodik talabi oʻquvchi oʻz fikrini, nimanidir ogʻzaki yoki yozma bayon qilish xohishini va zaruriyatini yuzaga keltiradigan vaziyat yaratish hisoblanadi.
2. Har qanday nutqning mazmuni, materiali boʻlishi lozim. Bu material qanchalik toʻliq, boy, qimmatli boʻlsa, uning bayoni shunchalik mazmunli boʻladi. Shunday ekan, oʻquvchilar nutqini oʻstirishning ikkinchi sharti nutqqa oid mashqlarning materiali haqida boʻlib, oʻquvchi nutqi mazmunli boʻlishi uchun gʻamxoʻrlik qilish hisoblanadi.
3. Fikr tinglovchi tushunadigan soʻz, soʻz birikmalari, gap, nutq oborotlari yordamida ifodalansagina tushunarli boʻladi. Shuning uchun nutqni muvaffaqiyatli oʻstirishning uchinchi sharti − nutqni til vositalari bilan qurollantirish hisoblanadi. Oʻquvchilarga til namunalarini berish, ular uchun yaxshi nutqiy sharoit yaratish zarur. Nutqni eshitish va undan oʻz tajribasida foydalanish natijasida bolalarda ta’lim metodikasi asoslanadigan ongli ravishda “tilni sezish” shakllanadi
Nutq oʻstirishning metodik sharti nutqiy faoliyatning keng tizimini yaratish, ya’ni, birinchidan, yaxshi nutq namunasini idrok etish, ikkinchidan, oʻrgangan til vositalaridan foydalanib, oʻz fikrini bayon etish uchun sharoit yaratish hisoblanadi.
Oʻquvchilar nutqini oʻstirish oʻz metodik vositalariga ega, oʻzining mashq turlari bor. Bulardan eng muhimlari bogʻlanishli nutq mashqlari hisoblanadi. Nutq oʻstirishda izchillik toʻrt shartni, ya’ni mashqlarning izchilligi, istiqboli, xilma-xilligi, xilma-xil mashq turlarini umumiy maqsadga boʻysundirish koʻnikmasini amalga oshirish bilan ta’minlanadi. Har bir yangi mashq oldingisi bilan bogʻlanadi va keyingisiga oʻquvchilarni tayyorlaydi, umumiy maqsadga boʻysungan holda yana qandaydir yangilik qoʻshadi. Maktabda oʻquvchilar nutqini oʻstirishga ona tili oʻqitishning asosiy vazifasi deb qaraladi. Nutq oʻstirish faqat ona tili va oʻqish darslarininggina emas, balki oʻquv rejasidagi barcha fanlar (tabiiy fanlar, matematika, texnologiya, tasviriy san’at, musiqa darslari)ning, shuningdek, sinfdan tashqari oʻtkaziladigan tadbirlarning ham vazifasidir. Oʻquvchilar nutqini oʻstirish boshqa oʻquv predmetlaridan oʻtkaziladigan mashgʻulotlar bilan ham uzviy ravishda bogʻlanadi. Ona tili darslarida oʻquvchilar til yordamida tabiat va kishilar hayoti haqida bilim oladilar; ular kuzatishni, oʻylashni va koʻrganlari, eshitganlari, oʻqiganlari haqida toʻgʻri bayon qilishni oʻrganadilar. Ona tili darslari bolalar lugʻatini boyitishga samarali yordam beradi, nutqni toʻgʻri tuzishni oʻrgatadi.
Xulosa:Pedagogning mahorati ta’sir etishning toʻgʻri yoʻlini tanlashdir. Bola uchun qulay psixologik iqlim yaratish, uning individual xususiyatini rivojlantirish, ijtimoiy minosabatlarni shakllantirish va mustahkamlash yosh avlodni kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki pedagog yoshlarga ta’lim berib tarbiyalaydi, tarbiyalab ta’lim beradi. Xulosa qilib aytganda, o‘qituvchi bunday texnologiyani puxta bilishi, hamda uni amaliyotda o‘rganiladigan til materiallarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda uni to‘g‘ri qo‘llay olishi lozim. Darsning samarali shakllari qanchalik ko‘p qo‘llansa, o‘quvchilarning ona tili faniga qiziqish darajasi ham shunchalik yuqori bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. G.Ernazarov. Ona tili oʻqitish metoikasi. –Toshkent, 2017 yil
2. “Pedagоgika”. Tоshkent, “Oʻqituvchi”, 2013 yil
3. “Ona tili” kitobi, 1-4--sinf, Toshkent, 2017 yil
4. Fuzayilov S, Xudoyberganova M, Yo‘ldosheva Sh. 3-sinf uchun ona tili darslikToshkent: ―O‘qituvchi‖ , 2019.-152bet
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.