LAZER TERAPIYANING AHAMIYATI.
Nasirdinov Omadjon Adxamjon o’g’li, To’ychiboyev Sarvarjon Erkin o’g’li
Ilmiy rahbar: PhD. Nuraliyev.F.N.
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali. Urganch, O’zbekiston Maqsad: Onixokriptoz bilan kasallanga bemorlarda davaolash samaradorligini oshirish va davo muddatini qisqartirish uchun zamonaviy usullardan foydalanish. Tekshirish materiallari va usullari: Tekshirish ishlari asosan statistik, tarixiy, eksprimental,klinik va laborator usullar orqali Xorazm viloyat ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya tibbiy markaziga va Urganch tumanida joylashgan “ Medikon Medcentr” klinikasiga ambulator davolanishga murojaat qilgan bemorlar ishtirokida amalga oshirildi. Bemorlarda asosiy kasallik bosqichi sababli tirnoq yon tomonidagi zararlanish yurishda qiyinchiliklar tug’dirgani sabab murojat qilganlar. Natijalar: Biz murojat qilgan bemorlar bilan ishlash chog’ida ularning tirnoq yonboshi qizarib, shishib ketganligi, yallig’lanish boshlanganligi va kuchli og’riq borligi , kasallikning surunkali bosqichga o’tganini kuzatdik.Asosiy sabablari:Yassi oyoqlilik,onikomikoz,noto’g’ri poyabzal ,oyoqlarning valgus deformatsiyasi,tug’ma moyillik va jarohatlar bo’lib asosiy murojatchilar onikomikoz bilan murojat qilganlar.O’sib kirgan tirnoqni davolashda tirnoq plastinkasining o’sish darajasiva yallig’lanish bosqichidan kelib chiqqan holda konservativ va jarrohlik yo’li bilan davolash usullari orqali davolanar edi.Davolash yo’llari-steroid bo’lmagan yallig’lanishga qarshi dori vositalari,dezinfeksiyalovchi vannalar,dorivor kompressorlar,xlorgeksidin eritmasi,vishnevskiy malhami,ixtiol moyi konservativ chora sifatida amalga oshiriladi. Bunda davolanish muddati biroz uzoqroq va qaytalanish ehtimoli borligi davolash samaradorligini pasayishiga olib kelar yoki bemorning mehnat faoliyatining ma’lum vaqtga cheklanishiga sabab edi.Davo choralarida zamonaviy usullardan foydalanish orqali ushbu omillar ham bartaraf qildik.Zamonaviy davo chorasi sifatida lazerdan keng foydalandik va samaradorlik ko’rsatkichini ijobiy baholadik. Afzalliklari og’riqsiz, tez , kam qon ketadi,tez tiklanadi, qaytalanish xavfi past,va mehnat faoliyati 1-3 kunni tashkil qildi, samaradorligini yanada yaxshilash uchun fizioterapiya va ozon terapiyalaridan foydalandik. Xulosa: Zamonaviy usullardan foydalanish orqali biz bemorlardagi belgi va asoratlarni tez , samarali,sifatli davolash imkonini yaratib berdi.Bemorlarda esa bezovtalik ,mehnat faoliyatining cheklanishi,poyabzalardan doim foydalana olmaslik kabi holatlar endi bezovta qilmasligi keng etirof etildi. Oldini olishda esa gigiyena qoidalariga qatiy rioya qilish, poyabzal tanlashda oyoq o’lchamiga mos bo’lishiga ahamiyat berish kerakligi asoslandi .
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.