ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

O‘QIB TUSHUNISH KOMPETENSIYASI VA UNING BOSHLANG‘ICH SINFLARDA AHAMIYATI

Abstract

Ushbu maqolada o‘qib tushunish kompetensiyasining mazmuni, tarkibiy qismlari va boshlang‘ich sinflardagi ahamiyati sun’iy intellekt texnologiyalari bilan bog‘liq holda tahlil qilinadi. O‘qib tushunish kompetensiyasi o‘quvchining matnni ravon o‘qishi, mazmunini anglay olishi, asosiy fikrni ajratishi, ma’lumotlar orasidagi bog‘liqlikni tushunishi, xulosa chiqarishi va o‘qilgan matnga munosabat bildira olishi bilan belgilanadi. Boshlang‘ich ta’limda ushbu kompetensiyani shakllantirish keyingi fanlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirish uchun poydevor vazifasini bajaradi. Maqolada o‘qib tushunishning nazariy asoslari, dars jarayonida qo‘llaniladigan metodlar, matn bilan ishlash bosqichlari hamda sun’iy intellektning individual topshiriqlar yaratish, savollar tuzish, o‘quvchi javoblarini tahlil qilishdagi imkoniyatlari yoritiladi. Shu bilan birga, AI o‘quvchi o‘rniga fikrlamasligi, balki tushunish jarayonini qo‘llab-quvvatlovchi yordamchi vosita sifatida qo‘llanishi zarurligi ta’kidlanadi


Full PDF Document

Related Articles