SHAKLLANTIRISH
Saidova Parvina Mirzo qizi
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o’qituvchisi
psaidova@dtpi.uz +998 99 459 29 99
Annotatsiya. Ushbu maqolada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda yoshlar tarbiyasining dolzarb muammolari, o‘quvchi-qizlarning ta’limtarbiyasi, ularda ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish, o’quvchi-qizlarimizning kamoloti va odob-axloqini yoshlikdan boshlab tarkib toptirish haqida so‘z yurutilgan.
Kalit so‘zlar: iroda, matonat, tirishqoqlik, xushmuomalalilik, did-farosat, oilaparvarlik, mehribonlilik, kamtarlik, orastalilik, hayo, pokizalik hissi, nafosat.
FORMATION OF SPIRITUAL AND MORAL QUALITIES IN PUPILS-GIRLS
Saidova Parvina Mirzo kizi
Denau Institute of Entrepreneurship and Pedagogy
Annotation. This article talks about the current problems of youth education in the reforms implemented in our country, the education of female students, the formation of moral and moral qualities in them, the development of the maturity and morals of our students from a young age.
Key words: perseverance, diligence, politeness, taste, family, kindness, modesty, modesty, modesty, sense of purity, sophistication.
ФОРМИРОВАНИЕ ДУХОВНО-НРАВСТВЕННЫХ КАЧЕСТВ У
ШКОЛЬНИКОВ-ДЕВОЧЕК
Саидова Парвина Мирзо кизи
Денауский институт предпринимательства и педагогики
Аннотация. В данной статье говорится о современных проблемах воспитания молодежи в условиях реализуемых в нашей стране реформ, воспитании студенток, формировании у них морально-нравственных качеств, развитии зрелости и нравственности наших студентов с юных лет.
Ключевые слова: воля, настойчивость, трудолюбие, вежливость, вкус, семья, доброта, скромность, скромность, скромность, чувство чистоты, утонченность.
Kirish. O‘zbekistonda yoshlar tarbiyasini zamonaviy asosda ilmiy-texnologik isloh qilish borasida olib borilayotgan ishlar uni bugungi kun ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan tayanch kompetensiyalar, fazilatlar asosida shakllantirishni talab etmoqda. Tarbiyaga yangicha, tizimli yondashuv, bolada tayanch fazilatlarni kafolatli shakllantirishda oila, maktabgacha ta’lim, umumiy ta’lim, o‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari, mahallalarning ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlarini to‘liq yuzaga chiqarishni va ular orasida ilmiy-metodik uzviylikni yangi darajaga ko‘tarishni taqozo etadi1. Bugungi kunda ayrim o’quvchi-qizlarda yuksak maqsadlarning shakllanmaganligi, o‘zini o‘zi o‘qishga safarbar qilish, iroda, matonat, tirishqoqlik, harakat fazilatlari yetarli rivojlanmaganligi ta’lim sifatiga ham zarar ko‘rsatmoqda. Shuning uchun o’quvchi-qizlarning ta’lim-tarbiyasiga pedagogikpsixologik tomondan yondashib ushbu jihatlarni o’rganish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Asosiy qism. Axloqiy fazilatlar o’quvchi-yoshlarning ongida nazariy tushunchalar sifatida qolib ketgani holda uning tabiatida amaliy odatlarga aylanmayapti. Buning oqibatida ularning ushbu fazilatlar haqidagi so‘zlari bilan amallari orasida tafovut namoyon bo‘lmoqda, bu esa har yili mustaqil hayotga kirib kelayotgan yigit-qizlarning hayotda o‘z o‘rinlarini topishlarida bir qator muammolarni yuzaga keltirmoqda.
Mamlakatimizda xotin qizlarga har tomonlama imkoniyatlar yaratish, ularni jamiyatda o’zining munosib o’rinlarini belgilashlarida yaqinda yordam ko’rsatilmoqda. Ayniqsa, o’sib kelayotgan yosh avlod ya’ni, o’quvchi-qizlarimizning kamoloti va odob-axloqini yoshlikdan boshlab tarkib toptirish oldimizda turgan eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ushbu maqsadlar doirasida bu masalalar qonunchilik hujjatlarimizda ham alohida e’tirof etilgan. Xususan, “Uzluksiz ma`naviy tarbiya 1 Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1059-son qarori (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.01.2020-y., konsepsiyasi”da qiz bolalarda egallanishi lozim bo’lgan quyidagi axloqiy fazilatlarga urg’u berilgan (1-rasm):
QIZ BOLALARDAGI AXLOQIY FAZILATLAR
1. ona Vatanga muhabbat 12. mehribonlik 2. milliy g‘oyaga sadoqat 13. rahmdillik 3. mehnatsevarlik 14. kamtarlik 4. jonkuyarlik 15. ziyraklik 5. oilaparvarlik 16. mehmondo‘stlik 6. ibo 17. bolajonlik 7. hayo 18. murosalilik 8. nafosat 19. orastalik 9. did-farosat 20. saranjomlik 10. qanoat 21. xushmuomalalik 11. vafodorlik 22. pazandalik va h.k.lar
1-rasm. Qiz bolalarda shakllantirilishi lozim bo‘lgan axloqiy fazilatlar.
O`quvchi-qizlarning axloqiy tarbiyasi bilan shug’ullanish har doim muhim masala bo’lib kelgan. Azaldan xalqimiz qiz bolalarning tarbiyasiga alohida e’tibor qaratgan, oilalarda onalar tomonidan pokiza, oqil, dono, kata hayotiy tajribaga ega ayollarni o’z qizlariga enaga etib tayinlagan va ularga qizlar tarbiyasini ishonib topshirganlar. Xalqimiz oilada qizlarning axloqiy tarbiyasini tashkil etish borasida asriy tajribaga ega. Mazkur tajriba mazmuni milliy mentalitetimizga xos bo’lgan odob, axloqiy fazilatlar, hayo, pokizalik hissi bilan yo’g’rilgan pand-nasihatlar, mutafakkirlarning qarashlari, ilmiy-nazariy va amaliy g’oyalaridan tashkil topgan. Uzoq yillar davomida oilaviy munosabatlarni yo’lga qo’yishda, qizlarning axloqiy fazilatlarini shakllantirishda ana shu tajribaga tayanib ish ko’rmoqda.
Oilada qizlar tarbiyasi nozik qadriyatdir: o‘zbek oilalarning aksariyati o‘zining serfarzandligi bilan ajralib turadi. Shunga ko‘ra, ota-onalarning xoh o‘g‘il, xoh qiz, xoh to‘ng‘ich, xoh kenja farzand bo‘lmasin, ularga teng va odil munosabatda bo‘lishi, erkalatmasligi, kattalar namunasi orqali kuchlilikni tarbiyalashi ajobiy hodisadir. Bunday xususiyatlar qizlar uchun alohida ahamiyatga egadir. Qizlarga sharqona muloqot odobini tarbiyalashda oilada albatta onalar ibrat-namunadir. Oilalarda qiz bolalari kam bo‘lgan ota-onalar, o‘z farzandlarini ortiqcha erkalaydilar, qiz bola oilaning tanho ovunchog‘iga aylanib qoladi. Natijada shunday qizlar erka, o‘jar, tantiq, shaxsiyatparast, kibrli va manman bo‘lib voyaga etishi mumkin.
Oilada qat’iy intizom va kun tartibining bo‘lishi qiz bolalar tarbiyasiga ijobiy ta’sir qiladi. Qiz bolalarning bilim olishdagi yutug‘i, axloqi, or-nomusi, ibo-hayosi, tejamkor va oqila bo‘lishi, salomatlik darajasi ko‘p jixatdan oilada qaror toptirilgan oqilona tuzilgan oila rejimga bog‘lik. Shuning uchun ota-onalarning o‘zlari ham bu borada ibrat-na’muna ko‘rsatishlari darkor. Chunki, u katta bo‘lgach, nihol kabi boshqa uyga ko‘chib o‘tadi – oila quradi.
Oilada qizlar, bo‘lajak onalar alohida o‘z o‘rinlariga ega bo‘lishi va oilani boshqarishda yetakchi kuch ekanini unutmasligimiz lozim.
Oilada ota – fayz-baraka, ibrat timsoli, ona – mehr-muhabbat, tarbiya o’chog’i, frazand esa, go’zal tarbiya merosxo’ridir. Oilalarda nuroniy bobo va buvilarning borligi to’kin sochinlik, shod-u xurramlik, o’zaro hurmat va totuvlikni mustahkamlaydi. Bunday muhitda voyaga yetgan farzand munosib tarbiya topadi. Oilalar kamoli oziroqibat jamiyat farovonligiga munosib hissa qo’shadi. Abdurauf Fitratning “Bolalar axloqiy tarbiyani muhitdan oladilar, boshqacha qilib aytganda, bolalar suvga o’xshaydilar, suv idishning shaklini olganidek, baolalar ham muhitning odob-axloqini qabul qiladilar”2. Ushbu fikrlardan ko’rinib turubdiki, ota-onalar tomonidan berilgan go’zal axloq o’g’il-qizlarning tarbiyasiga jilo baxsh etadi. Ayniqsa, qizlarning tarbiyasiga onalar mas’ul hisoblanadi. Tarixga nazar tashlasak, Temuriy shahzodalarning tarbiyasi asosan ularning momolari zimmasida bo’lgan. Xususan, Saroymulkxonim Shohruh Mirzo, Muhammad Sulton, Xalil Sulton, Mirzo Ulug’beklar tarbiyasi bilan shug’ullangan3. Qadim o’tmishimizga nazar solsak bu kabi fidoyi ayollarimiz, oqila va dono buvijonlarimiz hamisha oz’ bilimi, tajribasi, aql0u zakovati bilan komil o’g’il-qizlarfni jamiyatimizga yetishtirib berganlar.
Bugungi kunda yoshlarga o‘rtasida ma’naviy-axloqiy fazilatlarni singdirish bugungi ota-ona, o‘qituvchi-murabbiy va tarbiyalanuvchilarning burchi hisoblanadi.
Kuzatishlarimiz davomida biz 9-10-sinf o’quvchilari uchun mo’ljallangan “Tarbiya” darsliklarini o’rganib chiqdik. Darsliklarda keltirilgan o’quvchi-qizlarning axloqiy fazilatlari haqidagi ma’lumotlarni jamlab chiqdik. Ma’lumotlar mavzular 2 N.Ismatova, Z.Zamonov va b. “Tarbiya” (8-sinf). Respublika ta’lim markazi. 2021 yil 15-bet. 3 N.Ismatova, Z.Zamonov va b. “Tarbiya” (8-sinf) . Respublika ta’lim markazi. 2021 yil 11-bet. ibrat-namuna vositasida misollar keltirib o’tilgan. O’rta va yuqori sinflar (9-10-sinf) uchun mo’ljallangan “Tarbiya” darsligida biz tadqiqotimizga taalluqli quyidagi ma’lumotlarni aniqlab chiqdik. O’quvchilarning fazilatlarni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, qat’iy fe’l-atvorga erishish uchun to’rt qadam4 maqsadlar zinapoyasi keltirilgan (1-rasm):
1.2. 1-rasm. Qat’iy fe’l-atvorga erishish uchun to’rt qadam.
Yuqorida keltirilgan va tavsiya etilayotgan ushbu tavsiya haqiqatdan ham o’quvchilar ongi va tafakkuridagi beqarorlikni oldini olishda muhim ta’sir ko’rsatish usuli sifatida talqin etiladi. Ushbu tavsiya orqali o’quvchi-qizlarning ijtimoiylashuvidagi jarayonlarda axloqiy fazilatlarni egallash o’rni alohida ahamiyatga ega hisoblanadi. Belgilangan ushbu maqsadlar orqali hayotda kerakli bo’ladigan puxta bilimlarga ega bo’lish imkoniyatini tug’diradi.
Xulosa. Yuqoridagi kletirilgan mulohazalarni umumlashtirgan holda, “Tarbiya” fani darsligida keltirilgan “Katta o’zgarishlar qiluvchi kichik odatlar” nomli qismda aytilgan gaplar diqqatimizni tortdi: “Amalga oshirilgan barcha vazifalarni yozib boring. Shunda natijalardan paydo bo’ladigan xursandchilik ham yuzaga chiqadi. Majburiy 4 SH.Sattorov, D.Ro’ziyeva, Z.Islomov va boshq. “Tarbiya”.(9-sinf) “Ozbekiston”, NMIU, 2020 yil 65 bet
Qiziqishingizni aniqlang.
rivojlantiring, mustahkamlang. Siz
uchun nima mumkinligini aniqlab
oling: qiziqishlaringiz haqiqatga mos
kelsa, ularni rivojlantirish uchun
zarur bilimlarni o'zlashtiring.
Qobiliyatlaringizdan amaliyotda
foydalaning. Iqtidoringizdagi ojiz
jihatga diqqat qiling; shu jihatingizni
yengmasdan turib, g'alaba yo'qliginini
tushuning; bor kuch va diqqatni
maqsadga yo'naltiring.
Ishonch-e'tiqodingizni
mustahkamlang. Harakat bilan
ezgu maqsadlarga erishish
mumkinligiga ishoning; dunyoga
ijobiy nigohda qarng; o'zingizga
bo'lgan ishonchni yuqotmang.
Maqsadlaringizni aniqlang. Maqsadingiz
haqida batafsil o'rganing; vaziyatni jiddiy
va qat'iyat bilan qabul qiling; siz
qilayotgan ish o'zingiz va
boshqalarhayotini qanchalar yaxshilashini
o'ylang; mehnatingiz orqali hurmat-e'tibor
qozonishga harakat qiling. harakatlardan voz keching. O’zingizni qiynamaslikka harakat qiling. Harakatni kichik vazifalarni bajarishdan boshlang, rejangizni amalga oshirishdan to’xtamang”. Ana shunday har bir shaxsni harakatga undovchi bu rag’batlantiruvchi so’zlar orqali bugungi kunning o’quvchi-qizlari ham o’zlarida axloqiy fazilatlarni rivojlantirish lozimligini alaohida ta’kidlashimizga yana bir bor sababchi bo’ladi. Chunki bizni harakatga keltiruvchi bu kuch har doim yuksak natijalarga olib keladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1059-son qarori (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.01.2020-y.,
2. N.Ismatova, Z.Zamonov va b. “Tarbiya” (8-sinf). Respublika ta’lim markazi. 2021 yil 15-bet.
3. SH.Sattorov, D.Ro’ziyeva, Z.Islomov va boshq. “Tarbiya”.(9-sinf) “Ozbekiston”, NMIU, 2020 yil 65 bet
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.