MUSOBOQALARINING AHAMIYATI
Dustov Jonibek Amriddinovich
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini
oshirish instituti Samarqand filiali o‘qituvchisi
Annotatsiya. O‘quvchilarni estetik tafakkurini rivojlantirishda sport musoboqalarining ahamiyati haqida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar: sport,estetika, vosita, kasbiy, sifat, rivojlantirish, musobaqa, texnika, trxnologiya.
Аннотация. Приводится информация о значении спортивных соревнований в развитии эстетического мышления учащихся.
Ключевые слова: спорт, эстетика, средство, профессионализм, качество, развитие, соревнование, техника, технология.
Abstract. Information is provided on the importance of sports competitions in the development of students' aesthetic thinking.
Key words: sports, aesthetics, means, professionalism, quality, development, competition, technique, technology.
Bugungi kunda ijtimoiy borliq, institutitsional yangilanishlar va modernizatsiyalash inson organizmidan o‘zgarishlarga moslashib yashashni taqozo qilmoqda. Jismonan baquvvat va chaqqon organizm ijtimoiy yukka, o‘zgarishlar dinamikasiga moslashishi mumkin, aks holda stress va depressiya real voqelikka aylanadi, inson bu holatlarda uzoq qololmaydi. Maxsus tadqiqotlar ko‘rsatadiki, stress va depressiya holatlari kishilar bilan ishlovchi sohalarda, ayniqsa o‘qituvchilar, rahbarlar, boshqaruvdagi kadrlar orasida keng uchraydi1.
Intellektual faoliyat bilan shug‘ullanish inson organizmida psixologik zo‘riqishlarni keltirib chiqaradi, gipodinamiyani avj oldiradi. Texnika va texnologiyalar asri bo‘lgan hozirgi davr intellektual mehnatni qo‘llab-quvvatlar ekan, shu bilan birga ruhiy zo‘riqishdek stress va depressiyaga mubtalolikni avj oldirmoqda. Bu salbiy hodisalarning fojialarni keltirib chiqarmasligining eng samarali yo‘li mehnat turini almashtirib turish, ya’ni aqliy mehnatdan jismoniy mashqlarga, jismoniy mehnatdan aqliy izlanishlarga o‘tishdir. Intellektual rivojlanish bizning realligimiz, demak, ushbu reallikni jismoniy madaniyat bilan boyitish salomat yashashimiz va uzoq umr ko‘rishimiz kafoldatidir.
Milliy o‘yinlarga bolalarning chillak, varak uchirish, kim o‘zdi, kuch sinashish, bekinmachoq, oq terakmi ko‘k terak, besh tosh, arg‘imchoq uchish kabilar ham kiradi. Ular bolalarda chaqqonlikni tarbiyalaydi, mushaklarini chiniqtiradi, musobaqalarda qatnashish ko‘nikmasini shakllantiradi.
Sport ham oʻz jozibadorligi bilan jamiyat estetik ehtiyojlarini qondirib kelmoqda. “Sport bu faqatgina biologik funksiya emas, balki estetik tafakkur asosida tahlil qilinadigan madaniy hodisadir. Sport insoniyat madaniy sivilizatsiyasi davomida oʻz konsepsiyasini yaratib, jamiyatning muhim birlamchi faoliyati boʻlib ulgurdi”.
Qiziqarli tarixiy sport materiallari, sport hayotidan yorqin holatlar, sport mavzusidagi taassurot qoldiradigan san’at asarlari, voqealarni qamrab oluvchi kaleydoskop. Ushbu mavzudagi qiziqarli materiallar o‘smirlarning sport estetikasiga bo‘lgan qiziqishning manbai bo‘lishi mumkin.
“Jismoniy tarbiya darslari hamda sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘smirlarni estetik tarbiyalashning muhim shartlaridan biri ularda sport estetikasiga qiziqishni ehtiyoj darajasigacha ko‘tarishdir. Shu bilan birga o‘smirlar hayoti va faoliyati - ning barcha tomonlarini qamrab olish uchun ma’naviy - estetik va albatta jismoniy qobiliyatni rivojlantirish imkoniyatlari berilishi lozim. Zero, jismoniy tarbiya vositasida estetik tarbiyalash bir yoqlamalikni emas, balki barkamollikni shakllantirishga qaratilgan barcha omillarni ishga solishni nazarda tutadi.
Sport estetikasiga qiziqishni tarkib toptirish bir qator hissiy omillar - hissiy fon, hissiy muhit, hissiy bilish, materialni o‘smirlar shaxsining hissiy - bilish sohasiga ta’sir etishini, birinchi navbatda, ijtimoiy- shaxsni yo‘naltirilganligining hissiy motivatsion ta’sir etishini talab etadi.
Sport estetikasiga bo‘lgan qiziqish sportning istalgan turida sport estetikasini idrok etish va baholash, estetik ifoda elementlari bo‘yicha mashqlar, harakatlar bajarish, egallangan ko‘nikma va malakalrni qo‘llash bilan faollashtiriladi. Bu yerda ishtiyoq muayyan psixologik-pedagogik ta’sir ostida paydo bo‘lgan qiziqish sifatida faollashadi va barqarorlashadi.
Qiziqishni ma’no, psixologik va ijtimoiy tushuncha sifatida ko‘rib chiqish, uning xususiyatlari, mazmuni va tavsifi, turlari hamda funksionalligini o‘rganish asosida sport estetikasiga nisbatan tavsifni shakllantiramiz”.
Bu sportga yaxlit holda, jumladan, estetik qiziqish ob’ektni yanada chuqurroq o‘zlashtirishga, o‘zini namoyon etishga, qaror toptirishga bundan kuvonch va rohat olishga (hissiy - ijtimoy o‘zini namoyon etish) bo‘lgan tashkiliy - irodaviy intilishdir.
Hali jismoniy mashg‘ulotlarda, tanlagan sport turlarida egallagan mahorati sport bilimlar, ko‘nikma va malakalarni yanada oshirishga bo‘lgan ehtiyoj va qobiliyatning mavjudligi ham shaxsni o‘zining tashqi go‘zalligini oshirishga bo‘lgan ongli tarzda kechuvchi faoliyat turi sifatida sport estetikasining tasnifi tariqasida talqin etishlishi mumkin.
Ana shunday talqindan kelib chiqqan holda sport estetikasiga bo‘lgan qiziqishning asosiy ko‘rsatkichlari aniklandi:
hissiy-ijobiy, ijtimoiy — shaxsiy sabab;
topa olish - bilish;
baholovchi- yo‘naltirilgan;
ehtiyojli faoliyatli.
Sport estetikasiga bo‘lgan bunday qiziqish - o‘smirlarning nafaqat jismoniy madaniyati, balki umumiy madaniyatini ham rivojlantirish uchun muhimdir. Sport estetikasiga qiziqish ko‘rsatilgan ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish, usullarini qarab chikish, o‘smirlarni mashg‘ulotlar, lavhalar, qiziqish va qobiliyatga oid topshiriklarning variatlari bilan tanishtirish va faollashtirishdan iborat. Bunda aniq mazmunli, axborotlarga boy bo‘lgan ishontiruvchi suhbat hamda esda qoladigan ko‘rgazmali rasmli (illustratsiyali) material muhim ahamiyatga ega.
Jamiyat a’zolarini sportga boʻlgan qiziqish va unga hissiy munosabatlaridan kelib chiqib, ularni uch guruhga boʻlish mumkin: birinchi toifadagilar, shaxsiy manfaat va ehtiyojlari boʻyicha sport bilan bogʻliq boʻlgan tomoshabinlar. Bunday insonlar oʻyindan zavqlanish uchun kelmaydilar, balki musobaqalarning rasmiy jihatiga oʻz e’tiborlarini qaratadilar. Ular oʻz ixtiyorlari bilan kelmaydilar. Masalan, sport oʻyinlaridagi nazorat-xavfsizlik xizmati xodimlari. Ikkinchi toifadagilar esa, tashrif buyurgan tomoshabinlarning asosiy qismini tashkil qiladi. Ularning sport natijalariga boʻlgan qiziqishlari musobaqa tomon ixtiyoriy yetaklaydi. Uchinchi toifadagi tomoshabinlar sportning goʻzalligini anglab, estetik mohiyatini his qiladilar, undan ruhiy quvvat olib, ma’naviy ehtiyojlarini qondiradilar.
Sport musobaqalari turli ijtimoiy qatlam va yoshdagi insonlarni birlashtiruvchi ajoyib estetik hodisadir. Sport tomoshabinlar uchun maxsus strategiya va qoidalarga muvofiq amalga oshiriladigan faol harakatlar jamlanmasini oʻz ichiga oladi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, sport tomoshasidagi harakatlar oʻz jozibadorligi bilan bir-biridan ajralib, farqlanib turadi. J.Magnan aytganidek, sport oʻyinlari xotimasi, oʻziga ma’lum boʻlmagan dramani kuzatib turgan tomoshabinlar koʻz oʻngida hal qilinadi. Sport musobaqalari natijalarining oldindan nomalumligi va qanday hisob bilan tugashini aytish imkonsizligi ham tomoshabinlar qalbida hayajonli hissiyotlarni joʻshqinlantiradi. Sport jozibasi muhim darajadagi noaniqlik natijasidan iborat. Bu noaniqlik insonlarda ziddiyatli vaziyatlarga nafaqat oʻyinchi, balki muxlis sifatida ham qatnashishlariga ishtiyoq uygʻotadi. Faol harakat natijalarining oldindan ma’lumligi translyatsiya faoliyatining jozibadorligini yoʻqotadi. Sport musobaqalarini bevosita guvohi boʻlib, kuzatish sport estetikasini anglashga olib keladi.
Sport oʻyinlari boshqa tomosha turlaridan nafaqat oʻz estetik jozibadorligi bilan qolaversa, kommmunikativlik bajarishi bilan ham ajralib turadi. Sport oʻyinlari - tomoshabinlar oʻrtasidagi munosabat, aloqaviy bogʻliqlik, ya’ni, muloqot vazifasi malum. Sport faoliyati sohasidagi insonlarning axloqiy-madaniy muloqoti aksariyat hollarda musobaqalar jarayonida, ularni tomosha qilish davomida sodir boʻladi. Sportning tarixiy rivojlanishi davomida insonlarning muloqotiga “tashqi (madaniy mentalitet, ijtimoiy munosabatlar) va ichki (milliy an’analar, umumiy til birligi) omillarning roli nihoyatda muhim”2 boʻlib kelgan.
Ma’lum bir jamoa yoki sportchiga muxlislik qilayotgan insonlar, yo gʻalaba quvonchini, yoinki magʻlubiyat hamdardlagini birgalikda tahlil qiladilar. Ularni birlashtirib turuvchi umumiylik mavjud va bahsli suhbatlar mavzusi ham aniq boʻladi. Bundan tashqari sportchilarning oʻzaro va ular bilan tomoshabinlarning munosabatlari ham sportning kommunikativ vazifasiga taaluqli. Sport turlari, mexanizmlari, qadriyatlariga koʻra mikro va makro guruhlar shakllanadi hamda ular bir-birlari bilan muloqotga kirishadilar. Bellashish, raqobat va qarama-qarshiliklarsiz sportni tasavvur qilolmaymiz. Ammo sportdagi raqobat oʻzining sof koʻrinishi bilan insonlarni birlashtirib, muloqotga kirishini ta’minlaydigan eng samarali vositalardan biri boʻlib kelmoqda. Bu jarayon sport paydo boʻlishining dastlabki bosqichlaridayoq namoyon boʻlgan.
Qadimgi Yunon shahar-davlatlari Olimpiya oʻyinlari vaqtida hatto urushlarni ham toʻxtatganlar. Sportchilar va Olimpiya oʻyinlari tomoshabinlari esa dushman davlat hududidan bemalol oʻtib, musobaqaga borishlari mumkin boʻlgan. Dushman davlat fuqarolari yonma-yon turib musobaqalarni kuzatishgan, gʻalaba bilan birbirlarini qutlaganliklaridan kelib chiqib aytishimiz mumkinki sportning kommunikativlik vazifasi tarixdan muhim ahamiyat kasb etib kelgan.
Sport musobaqalari davomida qatnashchilarda kuzatiladigan gedonistik tuygʻular bilan estetik quvonch (gʻalaba quvonchi, takrorlanmas natijaning guvohi boʻlish)ni farqlash lozim. “Ma’lumki, qadimgi yunon olimlari Aristin va Elinur tomonidan asos solingan gedonizm (yunoncha nedone-lazzatlanish) lazzatlanib umr kechirish inson hayotining asl mazmunini tashkil etishi lozim, degan qarashga asos bo‘lgan g‘oya va turmush tarziga intilishni ifodalaydi. Gedonizmni mutlaqlashtirish inson hayotida moddiy boyliklar rolini oshirib, ma’naviy qadriyatlarga e’tiborni susaytirishga olib keldi.” Sport oʻyinlaridagi gedonistik xohish-istak yoshlarni ma’naviy-estetik tarbiyalashda oʻz salbiy ta’sirini koʻrsatadi. Chunki sport estetikasidan haqiqiy zavqni his qilish uchun inson ishtirokchi boʻladimi, tomoshabin boʻladimi “manfaatsiz maqsadga muvofiq” munosabatda boʻlishi lozim.
Sportning jozibadorligini his qilish, undagi vazifalarni bajarishning faol-ijodiy tabiati bilan bogʻliq. “Ma’lumki, estetik zavq bagʻishlaydigan mumtoz tomosha san’ati jamiyat ma’naviy hayotiga kulguli, axloqiy-intellektual obrazlari orqali ta’sir koʻrsatadi. Lekin qadimiyligiga qaramay bunday tomoshalarning qatnashchilari ham, muxlislari ham sport musobaqalarichalik emas.” Sport jamiyat kayfiyatiga oʻziga xos ta’sir koʻrsata oladigan, xatti-harakatlari bilan tomoshabinlarni hayratda qoldiradigan madaniy hodisadir. Jismoniy, ruhiy, ma’naviy, aqliy qobiliyatlarini rivojlantirib, sport musoboqalarida qatnashayotgan ishtirokchi oʻz empatiyasini oʻta samarali va yuqori darajada namoyon qiladi.
Sport oʻyinlarida qarama-qarshi ikkala tomonning qanchalik, tezkor, shiddatli harakat qilishlaridan qat’iy nazar, natija doimo “Sport qonuni” asosida belgilanadi. Sport qonuni – “eng kuchlilar gʻalaba qozonadi, ojizlar magʻlub boʻladi.” Bu oʻrinda nafaqat jismoniy kuch, balki ma’naviy-estetik quvvat garmoniyasi ham nazarda tutilgan. Ammo sportchining mavjud jismoniy va ma’naviy qobiliyatini hisobga olmasdan turilgan rejalar samara bermaydi. Yani teskari natija koʻrsatib xunuklikka aylanadi. Sport musobaqalarida harakatlar rejasining umumiy sxemasi mavjud: bu “kuzatish, dushmanni zarasizlantirish va hujumga oʻtish.” Ushbu sxema asosida boʻladiga toʻqnashuvlar ajoyib sport oʻyinlarini yaratadi va muxlislar olqishiga sabab boʻladi. Bu sxemaning har bir elementi oʻziga xos mantiqiy tuzilishga va makonzamondagi harakatlar dinamikasiga bogʻliq. Sxema umumiy xarakter kasb etsada, har bir sport turi boʻyicha farqlanadi.
Zamonaviy sport turlarining xilma-xilligi, ularga boʻlgan ommaviy qiziqishning kuchayib borishi musobaqalarni “dasturlash” va bunda tomoshabinlar ehtiyojlarini inobatga olish lozim. Buning uchun yetarlicha bilim va malaka talab qilinadi.
Lekin sport oʻyinlari esa teatr emas. Yani, sport inson hayotini aks ettirmaydi, balki u hayotning oʻzidir. Sport oʻyinlarini teatr tomoshalaridan faqr qiluvchi yana bir tomoni, ikkalasini ham bevosita kuzatuvchi tomoshabinlardin. Tomoshabinsiz teatr sahna koʻrinishlari bemanilikdir. Teatrda bevosita turib kuzatayotgan tomoshabinlar uchun sahna koʻrinishlari namoyish qilinadi. Ularsiz tomoshalar qoldiriladi. Sport oʻyinlari oʻtkazilayotgan vaqtda tomoshabinlarning boʻlish-boʻlmasligi ikkinchi darajali. Buni biz 2020-2021-yilarda koʻpgina davlatlarda belgilangan qat’iy karantin (COVID-19) paytida, tomoshabinlarsiz oʻtkazilgan sport musobaqalari misolida guvohi boʻldik.
Sport oʻyinlari va tomoshalarini tashkil etishda ham asosiy e’tibor musobaqalarni oʻtkazish uchun qulay boʻlgan shart-sharoitlarni yaratishga, keyingi navbatda esa kuzatuvchilar(tomoshabinlar) hamda ularning manfaatlarini koʻzlab yaratiladi. Teatrda buni teskarisi, asosiy e’tibor tomoshabinlarga va ularning manfaatlariga qaratiladi.
Bolalar rivojlanishini birinchi bo‘lib o‘yin faoliyati bilan boshlaydi. O‘yin faoliyatida milliy o‘yinchoqlar ta’lim-tarbiya vositasi sifatida nihoyatda keng qo‘llaniladi. Xalq azaldan bola tarbiyasida turli-tuman o‘yinchoqlardan, ularning ijobiy tomonlaridan unumli foydalanib kelgan. Shuning uchun ham xalq manbalarida milliy o‘yinlarni amalga oshirish uchun xalq o‘yinchoqlariga keng o‘rin berilgan. Oilada otaonalar, mahallalarda mahalliy hunarmandlar loy, yog‘och, jun, matolar va boshqa materiallardan bolalar uchun turli xil chiroyli, ularni qiziqtiradigan bezaklar bilan bezatilgan, bolalarni tezda o‘ziga rom qiluvchi o‘yinchoqlar yasaganlar. O‘yinchoqlar yashashning takomillashib borishi, bir necha avlodlarning ijodiy faoliyati natijasida o‘ziga xos, bejirim, takrorlanmas o‘zbek milliy o‘yinchoqlari vujudga kelgan. Bunday o‘yinchoqlar qatoriga oilalarda bolalarga yasab beriladigan turli o‘zbek milliy libosidagi qo‘g‘irchoqlar, ertaklarning qahramonlari, mahalliy uy hayvonlari, uyro‘zg‘or va maishiy xizmat buyumlari kabilarni ta’kidlash mumkin.
Xullas insonlarning jismonan sog‘lom bo‘lishi o‘zining ma’lum maqsad asosida olib borayotgan harakatlari, tabiat bag‘rida yoki chiroyli sport zallari va maydonlarida jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishi – bularning barchasi kishidagi estetik histuyg‘ularni, ideallarni, qarashlarni, didini tarbiyalaydi. Bu narsaga ko‘proq o‘quvchilar e’tibor beradi. Chunki o‘quvchilar jismoniy tarbiya darslarida o‘zining qiziquvchan, intiluvchan xislatlari orqali juda chiroyli jismoniy mashqlarni bajaradilar va undan zavq-shavqqa to‘ladilar. O‘qituvchi bolalarni faqatgina jismonan tarbiyalab qolmay, balki o‘quvchini estetik jihatdan ham tarbiyalaydi. Jismoniy tarbiyaning mohiyatini chuqur anglab yetgan kishi faqat o‘zining sog‘lom bo‘lishinigina emas, balki doimo xushchaqchaq, ochiqko‘ngilli, xushmuomalali, chiroyli, go‘zal bo‘lib yurishini ham ta’minlaydi. Sport insonni jismoniy chiniqtiradi, tarbiyalaydi, uni go‘zallikka va ezgulikka chorlaydi. Sportchilar ajoyib mashqlarni, harakatlarni bajarib muxlislarda katta estetik zavq-shavq uyg‘otadilar, ularga quvonch bag‘ishlaydilar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 11.04.2022 yildagi PQ-201-son. “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish” chora-tadbirlari to‘g‘risida. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 18.12.2018 yildagi PQ-4063-son. “Yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi, sogʻlom turmush tarzini qoʻllabquvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish” chora-tadbirlari toʻgʻrisida.Нурматова М. Шахс камолотида ахлоқий ва эстетик қадриятлар уйғунлиги. –Т.: Университет, 2009. – 128 б. 3. Самадов А., Эргашева М.Ҳ. Шахс эстетик идеали: шаклланиши ва ривожланиши муаммолари. –Т.: Zilol buloq, 306 б. 4. Ғайбуллаев О. Эстетик маданият. –Т.: Наврўз, 2020. – 310 б. 5. Mamarasulov U. о‘zbеkistоndа spоrt еstеtikаsini rivоjlаntirishning fаlsаfiy mаsаlаlаri. Falsafa фанлар доктори (PhD) диссертацияси dissertatsiyasi avtoreferati 2024. 46 б. 6. https://www.gazeta.uz/ru/2020/12/15/reading/
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.