ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

O‘rta Osiyo eneolit va bronza davri turar joy tadqiqotlari.

Abstract

Ushbu maqolada O’rta Osiyoning eneolit va bronza davri jamolarining turar joylari haqida ma’lumot beriladi.Maqolaning dolzarbligi arxeologik tadqiqotlar natijasida ochilgan yodgorliklar misolida yaqqol o’rganib berilgan.Shuningdek ahaloning turmush sharoiti ham dini ham batafsil yortilgan. Maqola yozishda aniq ma’lumotlar tayangan holda ma’lumot berilyabdi.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

O‘rta Osiyo eneolit va bronza davri turar joy tadqiqotlari.

G‘aniyev Muhammadjon Sagdullo o‘g‘li

(Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Tarix fakulteti

Arxeologiya yunalishi 2-bosqich magistranti)

Annotatsiya: Ushbu maqolada O’rta Osiyoning eneolit va bronza davri jamolarining turar joylari haqida ma’lumot beriladi.Maqolaning dolzarbligi arxeologik tadqiqotlar natijasida ochilgan yodgorliklar misolida yaqqol o’rganib berilgan.Shuningdek ahaloning turmush sharoiti ham dini ham batafsil yortilgan,Maqola yozishda aniq ma’lumotlar tayangan holda ma’lumot berilyabdi.

Kalit so’zlar: Nomozgoh, Sarazm, M.E. Vorones,A.Anarbayev,B.Matbabayev, Аmirobod madaniyati, Porson-2

O‘rta Osiyo sarhadlari eneolit va bronza davri jamoalari turar-joylari borasida Nomozgoh yodgorligi qazilmalari natijalari sermahsul bo‘ldi . Nomozgoh 1 davri uy joy qurilishida birinchi bor xom hisht ishlatilgan. Hona devorlari somonli loy bilan suvalgan. Uylar tor, kvadrat shaklida bo‘lib, maydoni 10 metr kvadratga yaqin bo‘lgan. Unga kiraverishda chap tomonda kvadrat shaklidagi hishtdan ishlangan o‘choq joylashgan. Honaning bir burchagida past devorchali g‘alla «omborchasi» bo‘lgan. Nomozgoh II davri jamoa a'zolari yashaydigan xonalar avvalgidek tor, maydoni 10 metr kvadratdan oshmaydi, ularning o‘chog‘i eshikdan kiraverishda, chap devor tagida joylashgan. Nomozgoh II uy- joylarining tuzilishi jihatidan uch gruppaga bo‘linadi: 1) o‘choqsiz to‘g‘ri burchak shaklidagi uylar; 2) o‘choqli to‘g‘ri burchak shaklidagi uylar; 3) dahlizli uylar. Bu esa, Nomozgoh 2 etapida ko‘p xonali uy-joy qurilishi sistemasining paydo bo‘layotganligidan guvohlik beradi.

Eneolit asrining so‘nggi etapi Nomozgoh III davriga oid 130 dan ortiq ko‘p xonali tutat-joy qoldiqlari ochilgan. Bular alohida xonadonlarga mo‘ljallangan xo‘jalik komplekslarini tashkil etgan. Ular asosan, dahlizli bo‘lib, yotoqxona o‘rtasida sandal o‘rni saqlangan. Bu ko‘p xonali uy tarkibida torroq kichik xona bo‘lib unda o‘choq yoki sandal uchramaydi. Bunday xonalar oila «ombori» sifatida foydalanilingan. Shunday qilib, qadimgi dehqon jamoalari tarixida Namozgoh 3 etapida ko‘p xonali xo‘jalik komplekslari keng rasmiylashadi, ular alohida mahallalarga birlashtiriladi, bu mahallalar bir-birlaridan tor ko‘chalar yoki hovli maydonlari bilan ajratiladi. Grajdan qurilishi tarixidagi bu o‘zgarishlar yirik qishloqlarning asta-sekin ilk shaharlar qiyofasiga o‘ta boshlaganligidan dalolat beruvchi eng dastlabki qadamlar edi. Eneolit davri jamoalarining turar-joylari haqida Yuqori Zarafshon vohasida tadqiq etilgan Sarazm makoni tadqiqotida muhim ma'lumotlar qo‘lga kiritilgan.Makonda qurilish-me’morchilik ishlarining rivojlanishini turar-joylar va yirik umum jamoa binolari misolida bilishimiz mumkin1. Tadqiqotlar ko’rsatishicha, makonda 4 ta qurilish taraqqiyoti bosqichi bo’lgan. Sarazm 1 qurilish bosqichi qishloqning shakllanishi jarayoni bilan bog’liq bo’lib, yonida ingichka o’lchamli dahlizlari bo’lgan 2 xonadan iborat bo’lgan uylarda odamlar yashashgan. Sarazm II qurilish bosqichiga kelib, odamlar endi ko’p xonali uylarda yashay boshlashgan. Hovlilari bo’lgan va ko’chalar orqali bir-birlari bilan bog’langan uylardan iborat yashash massivlari paydo bo’lgan. Aylana shakldagi o’choq-mehroblari bo’lgan oilaviy ibodatxonalar shakllangan. Sarazm 3 qurilish bosqichiga kelib, umum jamoaviy diniy urf–odatlar, sig’inish, topinish ishlari amalga oshiriladigan monumental imoratlar qurila boshlandi. Ko’p xonali aholi yashaydigan uylar ko’payadi, ularning hovlilari ham kengayadi. Uylarni bog’lovchi ko’chalar ham tizimlashgan. Sarazm IV qurilish bosqichiga kelib, makonda aholi soni kamayganligi holati kuzatiladi. Yashash uylari chaylasimon ko’rinish olib, bu haqda yer sathidan suyri shakldagi uy-joylar hamda uylardan topilgan ustunlar qoldiqlari ma’lumot beradi. Xullas, tadqiqotlar natijasida Sarazm makoni to’rttala rivojlanish bosqichlarida imoratlarning 4 ta tipi bo’lganligi aniqlangan: turar-joylar, xo’jalik ishlari bilan bog’liq bo’lgan imoratlar, diniy e’tiqod ahamiyatiga ega bo’lgan inshoatlar va jamoaviy-ma’muriy ahamiyatga molik binolar.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, Sarazm eneolit davri qurilishining xarakterli jihati bir tomondan janub o’troq dehqonchilik jamoalari qurilish an’analarini, ikkinchi tomondan mahalliy neolit jamoalari qurilishi an’analarini o’zida mujassamlashtirgani bilan izohlanadi.

O’rta Osiyo sarhadlari bronza davri jamoalarining moddiy madaniyatini o’rganishda Quyi Zarafshon vohasi va uning qadimiy o’zani bo’lgan Ho’jayli hamda Zamonbobo ko’li atroflarida tadqiq etilgan Zamonbobo madaniyatining ham alohida o’rni bor2. Bu yodgorlikning maydoni sathi chamasi 100-150 metr kvadratlardan iborat bo’lib, undan yarim yerto’la shaklida va yer sathiga karkas usulda chaylasimon 1 Исаков А.И. Саразм. Душанбе, 1991, С.!93. 2Гулямов А.Г., Исламов У., Аскаров А.А. Первобытная культура и возникновение орошаемого земледелия в низовях Зеравшана. Ташкент, 1966. ko’rinishli qurilgan turar-joylar qoldiqlari topilgan. Yerto’lalarning ichki qismidan ustunlar o’rnatilgan joylarning diametri 14-16 santimetr bo’lgan chuqurchalar izlari, somonli loy bilan shuvalgan xo’jalik o’ralar hamda o’choqlar qoldiqlari topilgan. Yer sathiga qurilgan turar-joylar chaylasimon ko’rinishli, karkas usulda qurilgan bo’lib, usti qamish bilan yopilgani aniqlangan3. Turar-joy yonidan kulolchilik xumdoni o’rganilgan.

O‘rta Osiyo bronza davri jamoalarining turar-joylari tadqiqotida Xorazm hududida tadqiq etilgan Suvyorg‘on va Tozabag‘yob madaniyatlari yodgorliklarining qazilmalari natijalari muhim ma'lumotlar bergan. Suvyorg’on madaniyati S.P.Tolstov yozishicha miloddan avvalgi II ming yillikning birinchi yarmida o’ng qirg’oq tomondagi Xorazm yerlarida Qamishli bosqichi nomi bilan shakllangan. Uning keyingi taraqqiyoti Bozor-II, Ko’kcha-II makonlari moddiy madaniyatida o’rganilib, S.P. Tolstov ko’rsatishicha, miloddan avvalgi II ming yillikning o’rtalarida tozabog’yobliklar bilan assimilyasiyalashib ketadi. M.A.Itina Tozabog’yob madaniyatiga oid ko’pgina makonlarda arxeologik qazishmalar olib borib, tozabog’yobliklarning yarim yerto’la va chaylalarda yashaganligi, ularning dehqonchilik xo’jaligi tez-tez o’z o’zanini o’zgartirib turadigan daryolar suvi bilan bog’liq ekanligi va nihoyat shu tufayli ular muqim o’troq xayot kechira olmay, balki toshqin suvlarning o’zgaruvchanligiga qarab, tez-tez ko’chib yurganliklari haqida ma’lumot beradi. Anqa-V, Qavat-III makonlaridan jamoalarning moddiy madaniyati xususida materiallar qo’lga kiritilgan. Tozabog’yob makonlaridan yarim yerto’la tipidagi kulbalar ochilgan. Ular to’g’ri to’tburchak shaklida bo’lib, ularning o’rtacha maydoni 120-180 m² gacha boradi. Ularning markazida o’choq joylashgan. Xo’jalik chuqurchalari, gulxanlar qoldiqlari, turli arxeologik materiallar kulba devorlari bo’ylab topilgan. Mutaxassislar ta’kidlashicha, bunday kulbalar bitta juft oila uchun emas, balki bir urug’ jamoasi a’zolarini birlashtirgan patriarxal oilaga mo’ljallangan4.

Farg’onaning sharqiy va shimoliy viloyatlarida ilk dehqonchilik madaniyati га оид Чуст маданияти тадқиқ этилган. Бу тадқиқотлар дастлаб M.E. Vorones 3Гулямов А.Г., Исламов У., Аскаров А.А. Первобытная культура и возникновение орошаемого земледелия в низовях Зеравшана. Ташкент, 1966, С. 127. 4Итина М.А. История степных племен Южного Приараля III — начала II тыс. до н.э. Москва, 1977, С.257. Yu.A.Zadneprovskiyлар, кейинчалик B.Matbabev, A. Anarboevlar tomonidan tadqiq etilgan5.

Chust madaniyati Farg’ona vodiysida o’rganilgan eng qadimgi dehqon jamoalari madaniyatidir. Chust madaniyatining quyi qatlamlarida guvala yoki xom g’ishtlardan qurilgan kulbalar uchratilmagan. Ular Chust madaniyatining ilk temir davriga tegishli bosqichida paydo bo’lgan. Dastlab, qadimgi Farg’onaning bobodehqonlari yarim yerto’la tipidagi kulbalarda istiqomat qilishgan.

Аmirobod madaniyati davrida (Хоразм ҳудуди) ziroatchi ajdodlarimiz yerto`lalarda yashab o`troq hayotga o`ta boshlagan. Uning Yakka Porson-II ёдгорлигиni qazish natijasida 20 ga yaqin uy-joy komplekslari – yertoʼla tipidagi kulbalar oʼrganildi. Аna shu kulbalar maydoni va atrofida gʼalla oʼtlari, xoʼjalik omborlari, oʼchoq va gulhan qoldiqlari hamda son-sanosiz sopol parchalari hisobga olindi. Bu yerdan tosh yorgʼuchoqlar bronzadan ishlangan bir tigʼli pichoqlar, oʼroq, bigiz va boshqa predmetlar va koʼplab xayvon suyaklari topilgan. Har bir kulbaning oʼrtasida oʼchoq boʼlib, bu uylarning har biri bir juft oilaga tegishli ekanligidan dalolat berаdi6.

Yuqorida biz imkoniyat darajasida O‘rta Osiyo miqyosida eneolit va jez davri jamoalari turmushida qo‘llanilgan turar-joylar haqida arxeologik qazilma ishlarida qo‘lga kiritilgan ma'lumotlarni keltirdik. Bu ma'lumotlar, ya'ni davr turar-joylari jamoalar moddiy, maishiy madaniyatini o‘rganishda birlamchi manba bo‘lib hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotalar ruyxati:

1. Гулямов А.Г., Исламов У., Аскаров А.А. Первобытная культура и возникновение орошаемого земледелия в низовях Зеравшана. Ташкент, 1966.

2. Заднепровский Ю.А. Чустская култьура Ферганы и памятники раннежелезного века Средней Азии. Автореф. д.и.н. Москва, 1978.

3. Исаков А.И. Саразм. Душанбе, 1991. 5Заднепровский Ю.А. Чустская култьура Ферганы и памятники раннежелезного века Средней Азии. Автореф. д.и.н. Москва, 1978, С.57. 6 Толстов С.П.Древний Хорезм. Москва, 1948.с. 97.

4. Итина М.А. История степных племен Южного Приараля III — начала II тыс. до н.э. Москва, 1977.

5. Толстов С.П.Древний Хорезм. Москва, 1948.

6. Хлопин И.Н. Энеолит Юго-Западного Туркменистана. Санкт-Петербург, 1997.

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.