O‘ZBEK TILIDA MAQSAD MA’NOSI SO‘ZLAR ORQALI IFODALANISHI
Mamaraximov Sirojiddin
GulDU stajyor-o‘qituvchisi
mamaraximov90@umail.uz
Annotatsiya. Ushbu maqolada maqsad ma’nosini ifodalovchi vositalar va ularning qo‘llanilish o‘rni va xususiyatlari yoritilgan bo‘lib, maqsad ma’nosini ifodalovchi leksemalarning umumiy ma’nosi ochib berildi, morfemalar va leksemalarning lisoniy mohiyatida kategorial, yondosh va hamroh ma’nolar yaxlitligi tavsiflanadi, morfemalar va leksemalar nutqiy voqelanishida lisoniy va nolisoniy omillar bir-biriga nisbatan o‘xshash va farqli jihatlari tahlil etildi.
Kalit so‘zlar: maqsad ma’nosi, leksema, maqsad ravishlari, ko‘makchilar, kelishiklar, fe’l mayllari.
Annotation. The reference "Article expressing this purpose" describes the place of use and its features, reveals the general meaning of lexemes expressing the meaning of the purpose, the category of morphemes and lexemes in the linguistic view, the integrity of adjacent and accompanying meanings. description, morphemes and lexemes were analyzed as similar and different in linguistic and non-linguistic speech.
Key words: purpose meaning, lexeme, purpose adverbs, auxiliaries, agreements, verb moods.
Turkiy tillarda so‘zlardagi ma’no nozikliklari leksemalarga qo‘shimcha qo‘shilgan holatlarda, asosdagi tovushlarning o‘zgargan holatida, asosga qo‘shimcha qo‘shilgan hollarda yuzaga keladi. Jumladan, o‘zbek tilshunosligida maqsad ma’nosining ifodalanishi bir qancha vositalarda ko‘zga tashlanadi.
O‘zbek tilshunosligida maqsad ma’nosi nafaqat morfemalar orqali, balki so‘zlar orqali ham ifodalanadi. Buni 1940-2000-yillar oralig‘ida nashr etilgan darslik, o‘quv qo‘llanma, risolalar va ilmiy maqolalar orqali o‘rganishimiz mumkin. Biroq bu boradagi yoqlangan dissertatsiyalar aynan maqsad ma’nosining ifodalanishini ilmiy asoslab bera olgan. Shular qatorida so‘z turkumlari tarkibidagi maqsad ma’nosini ifodalovchi holatlarni ko‘rib chiqamiz. Jumladan, olmoshlarning egalik affikslarini olib qo‘llanishida ayrim xususiyatlar mavjud: a) ot tipidagi so‘roq olmoshlari, bo‘lishsizlik, belgilash olmoshlari, shuningdek, o‘z olmoshi egalik affikslarini qabul qiladi; b) paytga nisbatan so‘roq bildiruvchi olmoshlar, sabab-maqsadni aniqlash uchun beriladigan so‘roq olmoshlari, I,II shaxs kishilik olmoshlari egalik affikslarini olmaydi; v) kelishikko‘rsatish olmoshi (u), qaysi, necha so‘roq olmoshlari, asosan otlashganda egalik affikslari bilan birga qo‘llanadi. Egalik affikslarining qo‘shilishida ayrim xususiyatlar bor: ko‘rsatish olmoshlarining I va II shaxs birlik va ko‘plik, shuningdek, III shaxs ko‘plik egalik affikslarini bir darajali qabul qiladi: bunim, shunimiz, uningiz kabi. Ko‘rsatish olmoshlarining III shaxs birlik formasida esa egalik affiksi ikki darajali bo‘lib keladi: u — unisi, shu — shunisi, bu — bunisi, kabi. Qaysi,necha so‘roq olmoshlari otlashib II va III shaxs birlik I, II, III shaxs ko‘plikda egalik affikslarini olib kelsa ham, I shaxs birlikda (garchi ular otlashgan bo‘lsa ham) egalik affikslarini olmaydi. Qaysi olmoshining o‘zagi, aslida qay bo‘lib, uning tarkibida egalik affiksi borday ko‘rinsa ham (qay-i-si, qay-u-si) hozirgi tilda yana bir egalik affiksi qo‘shib ishlatiladi: qaysisi.
So‘roq olmoshlari orqali so‘zlovchi nutq protsessida ishtirok etuvchilardan o‘ziga ma’lum bo‘lmagan narsani aniqlab bilishga intiladi.
So‘roq olmoshlari shaxsga (kim?), predmetga (nima?), belgiga (qaysi? qanday?), miqdorga (necha?, qancha?), vaqtga (qachon?), maqsad va sababga (nega?, nimaga?) va o‘ringa (qani?) munosabat anglatadi.
Nega (ne (nima)+ga) olmoshi voqea-harakatning sodir bo‘lishidagi sabab, maqsadni aniqlash uchun beriladigan so‘roqni bildiradi. Bu olmosh quyidagi xususiyatlarga ega:
- deyarli hamma vaqt ravish xarakteriga ega bo‘lib, bo‘lishli formadagi fe’llar oldida keladi va sabab, maqsadni aniqlash uchun beriladigan so‘roqni ifodalaydi: Nega kelding? Nimaga kechikding?
- bo‘lishsiz fe’li oldida kelib, deyarli hamma vaqt sababni bildiradi: Nega kuzatmadi? Nega men shunday qilolmayman? (S.Ahmad).
- nimagaki, negaki, nega desangiz, naki formalarida sabab bog‘lovchisi vazifasini boshqaradi: Oyqiz buning sabablarini surishtirmadi, negaki hozir boshqa brigadalarning boshliqlari ham kelishlari kerak edi. (Sh.Rashidov). Nega bunga Chittak, deb laqab qo‘ydilaring? - Nimagaki, shoxdan-shoxga sakrab yuradi (A.Qahhor);
- nega so‘zi -dir affiksining qo‘shilishi bilan modallik xarakteriga ega bo‘lib, voqea-hodisaning sodir bo‘lishi sababi so‘zlovchi uchun noma’lum ekanligini bildiradi: Yomg‘ir aralash qor yog‘ib turgan bo‘lsa ham, u negadir shoshilmas, xayol bilan band edi.
Maqsad ma’nosi, aynan boshqa so‘z turkumlaridan o‘sib chiqqan ravish so‘z turkumida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Maqsad ravishlari ish-harakatning qay maqsadda sodir bo‘layotganini yoki nima uchun yuzaga kelayotganini bildiradi: atay, ataylab, atayin, qasddan, jo‘rttaga, azza-bazza kabi: Siz odamlarga shunday ko‘rinish uchun jo‘rttaga shunday qilsangiz kerak. Yuksak binolar tomon, Bordik bizlar atayin (P. Mo‘min) [1,2,3,4].
Ko‘makchilar vosita, maqsad, sabab, vaqt, makon va shu kabi boshqa munosabatlar bildirish uchun qo‘llanadigan so‘z turkumidir.
Sintaktik tomondan ko‘makchilar quyidagi gruppalarga bo‘linadi: 1) bosh kelishikdagi ot va qaratqich kelishigidagi so‘zlarni boshqaradigan ko‘makchilar; 2) jo‘nalish kelishigidagi so‘zlarni boshqaradigan ko‘makchilar; 3) chiqish kelishigidagi so‘zlarni boshqaradigan ko‘makchilar.
Vosita, sabab, maqsad, qiyos-o‘xshatish munosabatlari ifodalash uchun qo‘llaniladigan bilan, uchun, kabi, chog‘li, qadar, sayin, bo‘yicha, orqali, sababli ko‘makchilari bosh kelishikdagi so‘zni yoki qaratqich kelishigidagi olmoshlarni talab qiladi.
Yo‘nalish, sabab, maqsad munosabatlarini ifodalash uchun qo‘llanadigan ko‘ra, qarshi, qarab, qaramasdan, qaramay ko‘makchilari jo‘nalish kelishigidagi so‘zni talab qiladi. Chog‘ishtirish, qiyos, ajralish munosabatlarini ifodalash uchun qo‘llanadigan so‘ng, boshqa, keyin, tashqari, beri, bo‘lak ko‘makchilari chiqish kelishigidagi so‘zni talab qiladi.
Maqsad ma’nosini ifodalaydi: Shifokorlar moskvalik hamkasblar oldiga juda zarur ish bilan, ya’ni shu sohada olib borayotgan diqqatga sazovor ilmiy ishlars bilan tanishish uchun ketdilar («Jurnaldan»). Muqimiy hayotida yana tinch-osoyishta kunlar boshlandi, kunduzlari ijod bilan mashg‘ul bo‘ldi (S. Abdulla). tinglovchilar ishlab chiqarishning turli sohalari bo‘yicha yangi texnika va ilg‘or texnologiya bilan tanishdilar («Jurnaldan»).
1. Maqsad ma’nosini ifodalaydi. Bunday chog‘da uchun ko‘makchisi ot, olmosh, shuningdek, harakat nomi va -sin, -lik affikslari bilan tugagan so‘zlardan keyin keladi: Buyuk kishilar doim insoniyat uchun qayg‘uradi. (Shuhrat). Shoir Nodimning hashamatli bir mehmonxonasi aziz mehmonlar uchun ajratildi (S.Abdulla). Yusufbek hoji ertalab choyni Otabek, bilan birga ichish uchun mehmonxonaga chiqdi (A.Qodiriy). Ahmadjon dushmanga omon bermaslik uchun tinimsiz o‘q uzdi (A.Qahor). Buvisi eshitsin uchunu qattiqroq so‘zladi. Qochoqni ibrat bo‘lsin uchun saf oldiga qo‘yib otib tashladilar (Shuhrat). Kun isib ketgan vaqtlarda dam olish uchun kichik-kichik qishloqlarda to‘xtar edilar (S.Abdulla).
Bog‘lovchi vazifasini bajaruvchi so‘zlar. Ba’zan boshqa so‘z turkumidagi so‘zlar bog‘lovchi vazifasida qo‘llanadi. Masalan: bilan, bordi-yu (bular haqida yuqorida aytilgan), deb (demoq fe’lidan, ravishdosh).
Deb so‘zi bog‘lovchi vazifasida kelganda ergash gaplarning ba’zilarini (shart, maqsad, sabab) bosh gapga bog‘laydi.
Bog‘lovchi vazifasidagi deb, aniqlik maylidagi fe’llarda keyin kelsa, aniqlik yoki sabab ma’nolari anglatadi: Majlis bo‘ladi deb vaqtli kelgan edim.
Bog‘lovchi vazifasidagi deb buyruq va istak fe’llaridan so‘z kelganda esa, maqsad ma’nosini anglatadi: Shofyor odamlar o‘tib ketsin deb xuddi mashinani o‘sha panjara eshigi yonida to‘xtatgan. (So‘zlashuv uslubidan).
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. Abdullayev F. O‘zbek tilshunosligining taraqqiyoti va A.K.Borovkovning ilmiy faoliyati // O‘zbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 1974. № 1. – B. 30.
2. Akbarovich, Axrorov Alisher. "MAQOLLARDA UMUMYASHIRIN
MA’NONING NAMOYON BO ‘LISH OMIL, VOSITA VA USULLARI." TA'LIM
VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI 3.4 (2023): 163-166.
3. Axrorov Alisher Akbarovich. (2022). The problem of the role of proverbs in the event of a speech act. Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching, 15, 49–53. Retrieved from
4. Axrorov, A. A. UDK: 811.512. 133 ROST VA YOLG‘ON SO‘ZLAMOQ
HAQIDA XALQ MAQOLLARI SHARHI. ILMIY AXBOROTNOMA, 57.
5. Dadaboyev H. “Devonu lug‘atit turk”ning til xususiyatlari. –Toshkent:
TDSHI, 2017. – 135 b.
6. Dadaboyev H.‚ Xamidov Z.‚ Xolmanova Z. O‘zbek adabiy tili tarixi. – Toshkent: Fan‚ 2007. – 163 b.
7. Doniyorovich, O. R. A. (2022). TOG‘AY MUROD ASARLARIDA
EVFEMIZMLAR. INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENCE AND
EDUCATION, 1(4), 38-42.
8. Ermatov Ikhtiyar. (2022). HYPERO-HYPONYMIC RELATIONS IN THE
TERMINOLOGICAL SYSTEM OF MORPHEMES AND WORD FORMATION
LEVELS OF UZBEKI. World Bulletin of Social Sciences, 16, 133-136. Retrieved from https://scholarexpress.net/index.php/wbss/article/view/1737
9. Jumanazar, A., & Lutfiniso, D. (2022). Inguistic Unity in Uzbek Linguistics Some Comments about the form. European Multidisciplinary Journal of Modern Science, 6, 688–692. Retrieved from
10. Khamrokulovna, T. Z. (2021, August). ISSUES RELATED TO
SOSIOLINGVISTIK ANALYSIS (ABOUT Qul-,-qul-COMPONENT NAMES).
In INTERNATIONAL CONFERENCE ON MULTIDISCIPLINARY RESEARCH
AND INNOVATIVE TECHNOLOGIES (Vol. 1, pp. 48-50).
11. Madvaliyev A. O‘zbek leksikogafiyasi tarixidan // O‘zbek tili va adabiyoti. – Toshkent: 2008. – №2. – B. 37-41.
12. Mamaraximov, S. (2022). MAQSAD MA’NOSINI IFODALOVCHI
DASTLABKI VOSITALAR. Academic research in educational sciences, 3(7), 376- 385.
13. Muxidillayev, F. (2022). LINGVOPOETIKANING O‘RGANILISHIGA
14. Nurmonov A. O‘zbek tilshunosligi tarixi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2002. 232 b.
15. Pardayeva, I., & Mahmudboyeva, F. (2022). ZARGARLIK
TERMINLARINING SINTAKTIK USUL BILAN YASALISHI. Gospodarka i
Innowacje., 24, 562-564.
16. Sharipov, F. G. (2021). Attitude to the plural affix in Uzbek language. Scientific reports of Bukhara State University,5(1), 50-64.
17. To‘xliyev B. Qadimgi turkiy til lug‘ati // Til va adabiyot ta’limi. – Toshkent, 2003. – № 3. – B. 73-79.
18. Yodgorov, H., & Zulayho, T. (2022). JOURNAL OF NORTHEASTERN UNIVERSITY. Journal of Northeastern University, 25(04).
19. Sh.Xudoyqulova. (2023). MAQOLLARDA SHEVAGA XOS SO‘ZLARNING QO‘LLANILISHI (A.Qodiriyning “Mehrobdan chayon” asari asosida). Journal of Universal Science Research, 1(4), 299–303. Retrieved from
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.