AHAMIYAT
Shononova Qurbonoy Nurfayiz qizi
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
2 - kurs talabasi
Kalit so‘z: tarbiya, millat, qadriyat, insoniylik, odob - axloq, xalq, nutq, meros, jamiyat, ta'lim - tarbiya, xalq maqollari.
Anatatsiya: Ushbu mavzu nutqning o‘ziga xos xususiyatlarini uning inson tarbiyasi va madaniyati rivojiga qo‘shadigan ulkan ta'sirini o‘rganishga qaratilgan. O‘zbek xalq maqollari, qadimiy va zamonoviy tafakkur sintizini aks ettirgan holda, insonni axloqiy va estetik jixatdan tarbiyalashda muhum vosita hisoblanadi. Har bir maqol o‘zida nafaqat zamon va jamiyatning hikmatlarini balki insoning ichki dunyosini shakillantiruvchi, uning aql va tafakkurini rivojlantiruvchi kuchga ega. Nutqni rivojlantirish va axloqiy qadriyatlar o‘rgatishda maqollarninig o‘rni beqiyosdir. Shuningdek inson nutq madaniyati va axloqiy tarbiyasida maqollarning tutgan o‘rnini chuqur tahlil qilishni nazarda tutadi. O‘zbek xalq maqollari nafaqat mantiqiy va aqlli fikirlarni ifodalash vositasi balki, jamiyatning tarbiyaviy qadriyatlari va etik me'yorlarini jamlagan boy merosdir. Maqollar, ularning qisqalik va ta'sirchanligi orqali, insonlarni to‘ģri fikirlashga va ehtiyotkorlikka, mehir - oqibatga va boshqalar bilan hurmatli munosabatta bo‘lishga o‘rgatadi. Nutqning rivoji va tarbiyaning shakillanishida maqollarning ahamiyat shundaki, ular nafaqat axloqiy bilimlarni uzatishda balki, tafakkur va muloqat madaniyatini shakillantirishda ham beqiyos vosita hisoblanadi.
Ushbu maqola orqali xalq maqollarining tarbiyaviy, ilmiy va madaniy ahamiyatini tahlil qilib, nutqning rivojlanishiga qanday hissa qo‘shishini ko‘rib chiqamiz. Shuningdek inson nutq madaniyati va axloqiy tarbiyasida maqollarning tutgan o‘rnini chuqur tahlil qilishni nazarda tutadi.
Kirish: Maqol - xalq oģzaki janiri; qisqa va lo‘nda obrozli, grammatik va mantiqiy tugal ma'noli hikmatli ibora, chuqur mazmunli janr. Muayyan ritmik shakilga ega. Maqollarda avlod - ajdodlarning hayotiy tajribalari jamiyatga munosabati, tarixi, ruhiy holati, etik va estetik tuyģulari, ijobiy fazilatlari mujassamlashgan. Asrlar moboynida xalq orasida sayqallanib, ixcham va sodda poetik shakilga kelgan. Har bir tilimiz ko‘rkini, nutqimiz nafosatini, aqil-farosat va tafakkurimiz mantiqini hayratomuz bir qudrat bilan namoyish etgan va eta oladigan bunday baddiyat qadriyatlari xalqimizning ko‘p asrlik hayotiy tajribalari va maishiy turmush tarzining bamisoli bir oynasidir. Bu baddiy oynada uning hayotiga, tabiatiga, inson, oila va jamiyatga munosabati ijtimoiy - siyosiy, manaviy - marifiy, ahloqiy - estetik va falsafiy qarashlari qisqasi o‘zligi va o‘zi to‘la namoyon bo‘lgandir. Shuning uchun ham maqollar ģoyatda keng tarqalgan bo‘lib, asrlar davomida jonli so‘zlashuv va o‘zaro nutqiy munosabatlarda, baddiy, tarixiy va ilmiy asarlarda, asosiy va publisistik adabiyotda doimiy ravishda qo‘llanilib kelgan va qo‘llanilmoqda.
Xalqimiz boy merosining ajralmas bir bo‘lagi sifatida yashab kelayotgan maqol, matal va iboralarni o‘rganish ularda aks etgan xalq hayotini insoniy tuyģular tasvirini ko‘rsatish ham dolzarblik kasb etib kelgan. Bizga ma'lumki xalq oģzaki ijodi o‘z ichiga dostonlarni, afsonalarni, maqollarni va matallarni oladi. O‘zbek millatining manaviy qiyofasini, o‘zligini ko‘rsatib beradigan xalq oģzaki ijodining namunasi maqollar ayniqsa muhum ahamiyatga egadir. Maqollarni o‘rgatish va o‘rganish yoshlarimiz manaviyatida o‘z millatiga nisbatan hurmatni qalbida faxir tushunchasini beradi. Xalqimiz turmush tarzi ifodalangan manbalardan biri sifatida xalq oģzaki ijodi, deb qarashimiz mumkun. Maqollar esa xalq oģzaki ijodining yirik namunasidir. Maqollarni o‘rganish o‘z tilimizga nisbatan, xurmatni yoshlarimiz ongiga singdirib ularda qadriyatlarimizga nisbatan faxir tuyģusini rivojlantirishga katta yordam beradi. Shu bilan birga maqollarimizni chet el maqollari bilan taqqoslash ularni o‘rganish tilimizga nisbatan hurmatni, uni yoshlarimiz ongiga singdirib ularda qadriyatlarimizga nisbatan faxir tuyģusini rivojlantirish katta yordam beradi.
Xalq maqollari asrlar davomida sayqal topib, mumtoz qiyofa va mazmun kasb etgan nutqda faol ishtirok etuvchi paramik birlik sifatida xalq qadriyatlari urf odat va an'analar, tarix va madaniyat, ta'lim va tarbiya, odob - ahloq masalalari talqini va tavsifini umuman millat mentalitetini to‘la namoyon eytuvchi ko‘p qirrali hodisadir. Xalq oģzaki ijodi tomonidan yaratilgan maqollarning mavzu doirasi keng va rang - barangdir ayniqsa maqollar sheriyat va didaktizim bilan qadimdan mashhur bo‘lib tematik jixatdan, shu qadar keng, shu qadar boy, shu qadar rang - baranki ularda ijtimoiy hayotning eng murakkab muommolaridan tortib, oilaviy hayotning eng kichik urf - odatlarigacha, oliy ahloqiy me'yorlardan tortib kishilar harakteridagi mayda chuyda nuqsonlargacha, falsafiy dunyoqarashdan tortib eng kichik jinoyatlarning xususiyatigach o‘z inikosini topgan. Qisqasi tabiat va jamiyat hoyotining biror - bir soxasi yo‘qki u maqolda o‘z aksini topmagan bo‘lsa. Maqollar o‘z navbtida pedagogika sohasida, ya'niy ta'lim va tarbiya jarayonida bizga eng kerakli vaqt sinovidan o‘tgan ishonchli manba bo‘lib xizmat qiladi. Albatta biz ulardan o‘z o‘rnida unumli va o‘rinli foydalansak maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Asosiy qisim: O‘zbek folklor shunosligida maqolga adabiy nuqtaiy nazardan qiziqosh, asar baddiyligini oshirish va baddiy til ravonligini taminlash uchun undan foydalanish hamma zamon so‘z san'atkorlarining diqqat markazida bo‘lgan. Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy, Rabģo‘ziy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur, Abulģozi Bahodirxon, Munis, Ogahiy, Nodira, Muqumiy, Furqat, Avaz, Hamza, Sadriddin Ayniy, Fitrat, CHo‘lpon, Abdulla Qodiriy, Oybek, Ģafur Ģulom va boshqa o‘nlab ijodkorlarning asarlari sinchiklab o‘rganilsa ularning tarkibida qanchadan - qancha maqollar ba'zan aynan ba'zan o‘zgargan holda mavjudligiga ishonch hosil qilamiz.
Mashxur ingiliz folklorchisi Mayder maqolni quyidagicha izohlaydi, Maqollar juda keng ko‘lamda qo‘llanilib uni qo‘llashda chegara yo‘q. Maqollar bizning dalilimizni mustaxkamlash, umumiy va aniq fikrimizni ifodalash boshqa insonlarni boshqarish yoki ularga ta'sir o‘tkazish, jamiyatdagi illatlarni ifodalash. Albatta maqollar bizning fikrimizga dalil vazifasini o‘taydi, O‘zbek xalq maqollarini ko‘piroq biz insoniyatga to‘ģiri yo‘lda yurishi uchun tarbiya vositasi deyishimiz mumkin, sababi o‘zbek maqollarida asosiy etibor ta'lim - tarbiya to‘ģirisida. “So‘z qalbning oynasi” ushbu maqol Nutqning inson qalbi va fikirlashiga ta'sirini ifodalaydi. Maqollar yordamida odamlar o‘z xis tuyģulari, orzu umidlari va ahloqiy qadriyatlarini ifoda etadilar.
“Aqliy mehnat - eng buyuk boylik” nutq va fikirlashning rivoji shu jumladan maqollarning, tarbiyaviy ahamiyati. Insoning aqliy rivojlanishiga xizmat qiladi. Maqollar insonlarni tafakkur qilishga, to‘ģiri va oqilona fikir yuritishga o‘rgatadi.
“Har kim o‘ziga yarasha so‘z aytadi” bu maqol nutqning shaxsiyat va ijtimoiy muhit bilan boģliqligini ko‘rsatadi. Maqollar o‘ziga xos, xalq madaniyatini aks ettiradi va odamlar orasida axloqiy meyorlarni tarģib qiladi.
“Ko‘z bilan ko‘r, quloq bila eshit” nutqni rivojlantirish va unga ahamiyat berish orqali insonlar o‘z atrof - muhitini va boshqalarni yaxshiroq tushinishlari mumkin. Maqollar eshitishga, o‘rganishga va muloqat qilishga tarģib qiladi.
“So‘zda kuch bor” maqollar va ularning ta'siri kuchli bo‘lib, odamning dunyo qarashi va axloqi bilan boģliq. So‘z orqali tarbiyalash, o‘rgatish va axloqiy qadriyatlarni mustaxkamlash mumkin.
Malumki tarbiya ko‘piroq ta'lim jarayonida berib boriladi. Bolalarga maktabga kelgan, kunidan boshlab bilim olishga havas tuyģusi shakillantiriladi. Ularda asta- sekin bilim olishga ehtiyoj paydo bo‘ladi va bu orqali o‘quvchilar manaviy ozuqa ola boshlaydilar. Bu bilan bolada kelajakka intilish, orzu - havas, mehnatga chanqoqlik, xayru ehsonda, sofdillik, ona vatanga mehir- muhabbat, fidoiylik, milliy ģurur, matonat, mehir - oqibat, do‘stlik, ezgulik kabi yuksak hislar paydo bo‘ladi. Albatda bu jarayonda xalq maqollarining o‘rni beqiyosdir. Maqollarni hayot qomusi, xalq oģzaki ensklapediyasi o‘ziga xos bir baddiy - tarixiy salnoma deyish mumkin. Ular insonlar aqlini o‘tkirlashtiradi, nutqini ravshan va tasirchan qiladi, hayotda to‘ģri yo‘lni tanlay bilishga, hayotiy jumboqlar va muommolarni to‘ģri yechishga o‘rgatadi. Shuningdek maqollar, o‘z ijodkori bo‘lmish xalqning dunyo qarashini, madaniy, maishiy hayotini, tafakkur hazinasini jamlovchi eng kichik oģzaki ijod namunalari sifatida juda qadimiydir.
Maqollar dunyo xalqlarining yillar davomida to‘plangan dono hikmatlari namunalaridir. Maqollardan insonlar tarbiyaviy masalalarga xos bo‘lgan tushunchalarni, ota bobolardan qolgan eng muhum boylik hisobida e'zozlab foydalanib kelishadi. Til, falsafa va baddiy ijodning o‘ziga xos hodisasi sifatida yuzaga kelgan xalq maqollari folklorning ixcham shakil, ammo teran mazmunga ega bo‘lgan bir janrdir. Maqollar xalqning, bir necha avlodlarining aql- u, farosati hamda turmush tarbiyasinig yakuni, ular donishmandligining mahsulidir bola ta'lim tarbiyasida maqollarning o‘rni muhumdir. Ular ona vatanni sevishga, uning har bir qarich yeri uchun krashishga, mard, sadoqatli, qo‘rqmas bo‘lishga o‘rgatadi. “Yurt qo‘risang o‘zasan qo‘rimasan to‘zasan”, kasb hunar egasi bo‘lishga “Yigit kishiga yetmish hunar oz”, ahil bo‘lib mehnat qilishga “ko‘pchilik qo‘lida unum ko‘p”, to‘ģiri so‘z va halol kishilar bo‘lib kamol topishga “boshinga qilich kelsa ham rost so‘zla”, yaxshi odobli va oliyjanob, xulqli bo‘lishga “odob bozorda sotilmas”, “yalqovlik ohiri xo‘rlik” kabi maqollar bolalarni tarbiyali, farosatli bo‘lishga chaqiradi.
Ona yurting omon bo‘lsa,
Rangu ro‘ying samon bo‘lmas.
Mehnatsiz rohat yo‘q.
Egri - ozadi, to‘ģri - o‘zadi.
Talim tarbiya jarayonida maqol va matallarning ham o‘rni muhimdir. Inson tomonidan yaratilgan maqollarning ma'nosi keng va rang - barangdir, ayniqsa maqollar sheriyat va didaktikamiz bilan qadimdan mashxur bo‘lib mano jixatdan shu qadar boy va shu qadar keng va shu qadar rang barangki ularda ijtimoiy hayotning eng murakkab muommolaridan tortib oilaviy hayotning eng kichik urf - odatlarigacha oliy, ahloqiy meyordan tortib kishilar xarakteridagi mayda - chuyda nuqsonlargacha falsafiy dunyo qarashdan tortib eng kichik jonivorlarning xususiyatigacha o‘z ifodasini topgan. Qisqasi tabiat va jamiyat hayotning biron bir sohasi yo‘qki u maqollarda o‘z aksini topmagan bo‘lsa. Maqollar o‘z navbatida pedagogika sohasida, ta'lim va tarbiya jarayonlarida bizga eng kerakli vaqt sinovidan o‘tgan ishonchli manba bo‘lib hizmat qiladi.
Xulosa: O‘zbek xalq maqollari, avvalo, ulkan xalq an'analarini va qadriyatlarini o‘zida aks ettiruvchi xalq merosidir. Ular nafaqat o‘zbek boyligi va nutqning rivojiga xizmat qilgan baki, ijtimoiy va axloqiy tarbiya vositasi sifatida ham muhum ahamiyat kasb etgan. Har bir maqol, uning o‘ziga xos qisqacha ifodalanishida, hayotiy saboq va muxum axloqiy qadriyatlarni mujassam etadi. O‘zbek xalq maqollari, farzandlarni mehnatsevarlik, samimiyat, poklik va adolat kabi yuksak fazilatlar bilan tarbiyalashda o‘zining ulkan rolini o‘ynaydi. Maqollar, odamlarni tarbiya qilishda nafaqat ularning axloqiy saviyasini oshoradi balki madaniyatini saqlash, nutqni rivojlantirish va hayotga to‘ģri qarashni shakillantirishda muhum vosita hisoblanadi. Shu bilan birga bu maqollar xalqning hikmatini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, ulardan foydalanish insonlarni faqatgina inteliktual emas, balki manaviy jihatdan ham rivojlantirishga yordam beradi. O‘zbek halq maqollarining kuchli tarbiyaviy ta'siri ularning har bir so‘zida hayotga oid chuqur ma'nolarni jamlaganligi bilan boģliqdir.
O‘zbek xalq maqollari, tarix davomida avloddan - avlodga o‘tib, nafaqat so‘z san'atini, balki milliy madaniyatni, axloqiy qadriyatlarni, hayotiy tajribani ham o‘zida mujassam etgan. Maqollar kishilarga ko‘plab saboqlarni ulashar ekan, har birining ortida yuksak axloqiy me'yorlar, ijtimoiy hayotga oid maslahatlar va insoniy fazilatlar mujassamdir. Nutq rivojiga katta ta'sir ko‘rsatadigan bunday maqollar, har bir shaxsni nafaqat yaxshi so‘zlashga, balki atrofdagilarni tushunishga, hurmat qilishga, samimiy bo‘lishga ham o‘rgatadi. Xalq maqollari o‘zining qisqalik va aniq ifodalanishi bilan murakkab hayotiy haqiqatlarni va inson pisixologiyasini aks ettiradi. Ular odamlarga hayotda qanday yo‘l tutish, qanday qiyinchiliklarga tayyor turish, qanday vaziyatlarda to‘ģri qaror qabul qilish kerakligini ko‘rsatadi. Bu esa, yosh avlodni yuksak axloqiy va ijtimoiy me'yorlarga o‘rgatishda katta ahamiyatga ega. Maqollar tarbiya vositasi sifatida faqat bolalarni emas, balki kattalarni ham o‘zgartirishi, jamiyatda ijtimoiy birlikni saqlashga yordam berishi mumkin. Shu bilan birga xalq maqollari o‘zining ramziy va metaforik mazmuni bilan turli yoshdagi insonlarni o‘ziga jalb etadi va ular orqali kelajak avlodlarga milliy til va madaniyatni uzliksiz yetkazishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Bu maqollar til boyligini oshirish, so‘zlashuvda o‘zaro tushunishni mustahkamlash va jamiyatda madaniy va axloqiy normani shakillantirishda asosiy ro‘l o‘ynaydi. Shuningdek, ular hayotiy muammolarni o‘z vaqtida hal qilishda, sabir toqat va qatiyatlilikni oshirishda ham muhim ro‘l ynaydi. Xulosa qilib aytganda o‘zbek xalq maqollari nafaqat nutqni rivojlantirishning ajralmas vositasi, balki har bir insoning dunyo qarashini shakillantirishda, ijtimoiy va axloqiy saviyasini oshirishda ham katta ahamiyatga ega. Bu qadimiy xalq boyligi bizga milliy madaniyatni saqlash, uni kelajak avlodlarga yetkazish hamda hayotda muvaffaqiyatlarga erishish uchun zarur bo‘lgan asosiy tamoillarni o‘rgatadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Mirziyayev T., Musaqulov A. “O‘zbek xalq maqollari” - T.: 2005.
2. Abduaziz A, Sodiqov A, Bashakov N. Umumiy tilshunoslik N, 1979. 100 b
3. “Milliy tarbiya” Muallif: Muhammadjon Quronov, Hammuallif: I.Daminov, O. Bozorov, SH. Akramov.
4. O. Madayev, T. Sobitova. Xalq oģzaki poetik ijodi. “Sharq” nashriuoti, Toshkent - 2010.
5. Rahmatullayev SH. O‘zbek tilining izohli farazeologik luģati. T, 1978. 87 b
6. Tursunov U. Muxtorov J. Hozzirgi o‘zbek adabiy tili. - T. 1979. 120 b
7. O‘zbek xalq maqollari, Tuzuvchi: Hosiyotxon Suvonqulova.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.