ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

O‘ZBEKISTON FLORASI VA FAUNASINI MUHOFAZA QILISH HAMDA ULARNING ISTIQBOLLI RIVOJLANISH YECHIMLARI

Abstract

Ushbu ilmiy ishda O‘zbekiston Respublikasi hududida tarqalgan o‘ziga xos flora va fauna turlarining holati, ularni saqlab qolish va qayta tiklash bilan bog‘liq muammolar hamda bu boradagi istiqbolli yo‘nalishlar tahlil qilingan. Tadqiqotda biologik xilma-xillikni muhofaza qilishning dolzarb jihatlari, zamonaviy yondashuvlar va xalqaro tajriba asosida ishlab chiqilgan takliflar asosida ekologik barqarorlikni ta’minlash masalalari yoritilgan.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

UDK:140.8

QURYAZOV IZZAT RAJABOVICH

MUMINBAYEVA DILNOZA RASULBEK QIZI

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, “Agronomiya”

kafedrasi, katta o’qituvchisi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, “Ekologiya va atrof

– muhit muhofazasi” yo’nalishi, 2 – bosqich talabasi

Annotatsiya: Ushbu ilmiy ishda O‘zbekiston Respublikasi hududida tarqalgan o‘ziga xos flora va fauna turlarining holati, ularni saqlab qolish va qayta tiklash bilan bog‘liq muammolar hamda bu boradagi istiqbolli yo‘nalishlar tahlil qilingan. Tadqiqotda biologik xilma-xillikni muhofaza qilishning dolzarb jihatlari, zamonaviy yondashuvlar va xalqaro tajriba asosida ishlab chiqilgan takliflar asosida ekologik barqarorlikni ta’minlash masalalari yoritilgan.

Tayanch iboralar: Biologik xilma-xillik, ekologik muhofaza, genofond, antropogen omillar, muhit degradatsiyasi, muhofaza ostidagi hududlar, ekologik barqarorlik, bioekologik monitoring, ekotizim xizmatlari.

Аннотация: В данной научной работе анализируется состояние уникальных видов флоры и фауны, распространенных на территории Республики Узбекистан, проблемы, связанные с их сохранением и восстановлением, и перспективные направления в этом направлении. В исследовании рассматриваются актуальные аспекты охраны биоразнообразия, вопросы обеспечения экологической устойчивости на основе современных подходов и предложений, разработанных с учетом международного опыта.

Ключевые слова: Биологическое разнообразие, охрана окружающей среды, генофонд, антропогенные факторы, деградация окружающей среды, особо охраняемые природные территории, экологическая устойчивость, биоэкологический мониторинг, экосистемные услуги.

Annotation: This scientific work analyzes the state of unique flora and fauna species distributed in the territory of the Republic of Uzbekistan, the problems associated with their preservation and restoration, and promising directions in this regard. The study covers current aspects of biodiversity protection, issues of ensuring ecological stability based on modern approaches and proposals developed on the basis of international experience.

Key words: Biodiversity, ecological protection, gene pool, anthropogenic factors, environmental degradation, protected areas, ecological stability, bioecological monitoring, ecosystem services.

Ishning vazifalari: O‘zbekistonning florasi va faunasiga oid mavjud holatni ilmiy asosda o‘rganish;

Yo‘qolib borayotgan va muhofaza ostiga olinishi zarur bo‘lgan turlarni aniqlash;

Muhit degradatsiyasining flora va faunaga ta’sirini baholash;

Zamonaviy ekologik muhofaza strategiyalarini o‘rganish va takliflar ishlab chiqish;

Ijtimoiy ong va ekologik madaniyatni oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish.

Materiallar va uslublar: Tadqiqot davomida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan taqdim etilgan statistik ma’lumotlar, ilmiy adabiyotlar, Qizil kitob ma’lumotlari asosida tahlil ishlari olib borildi. Ekologik monitoring, geobotanik kuzatuvlar, populyatsion tahlil va sotsiologik so‘rov uslublari qo‘llanildi. Hududiy taqqoslash va ekologik risklarni baholash metodlaridan foydalanildi. Muhofaza ostidagi tabiiy hududlar (biosfera qo‘riqxonalari, milliy bog‘lar)da olib borilgan dala tadqiqotlari asosida emperik ma'lumotlar yig'iladi[1,2]. Tadqiqot ishida O‘zbekistonning turli geografik hududlarida (Tyan-Shan tog‘ tizmasi, Qizilqum cho‘li, Amudaryo vodiysi, Zarafshon vodiysi, Hisor tizmasi va janubiy dasht zonalari) uchraydigan flora va fauna turlariga oid ma’lumotlar asos qilib olindi. Quyidagi manbalar va usullar asosida ilmiy tahlillar olib borildi:

Manbalar: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya va Botanika institutlarining ilmiy ishlanmalari;

Qizil kitob (O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi – 2019-yil nashri);

Ekologik monitoring hisobotlari (Ekologiya vazirligi, FAO, UNDP hamkorligidagi hisobotlar);

Geoinformatsion tizim (GIT) va masofaviy zondlash ma’lumotlari;

O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent Davlat Agrar universiteti va boshqa oliy ta’lim muassasalarining tadqiqot ishlari [2,4,5].

Tadqiqot uslublari: Geobotanik kuzatuvlar: O‘simliklar tarkibi, fenologiyasi va tarqalish xarakterini aniqlash maqsadida joylarda kuzatuv olib borildi.

Populyatsion tahlil: Noyob va yo‘qolib borayotgan hayvon va o‘simlik turlarining soni, ko‘payish tezligi, yashash muhiti o‘zgarishlari baholandi.

Bioindikatorli baholash: Mahalliy ekotizim holatini aniqlashda ayrim hayvon va o‘simlik turlari indikator sifatida o‘rganildi.

Sotsiologik so‘rovlar: Mahalliy aholi va ekolog-mutaxassislar o‘rtasida so‘rovnomalar orqali ekologik madaniyat va muhofaza masalalariga munosabat o‘rganildi.

Qonunchilik tahlili: O‘zbekiston va xalqaro darajadagi ekologik muhofazaga oid qonun-hujjatlar o‘rganilib, ularning amaliyotda qo‘llanish samaradorligi tahlil qilindi.

Geoinformatsion tahlil: GIS texnologiyasi yordamida muhofaza ostidagi hududlarning maydoni, biologik xilma-xillik zichligi, antropogen bosim ko‘lami va o‘zgaruvchanlik dinamikasi vizual xaritalarda aks ettirildi.

Ushbu metodologik yondashuvlar yordamida O‘zbekistonning flora va faunasini samarali muhofaza qilish strategiyalarini ishlab chiqishga yordam beradi [6,7,8,9].

Xulosa: O‘zbekiston Respublikasining boy flora va fauna resurslari mamlakatning ekologik barqarorligi va biologik xavfsizligini ta’minlovchi asosiy tabiiy omillardan biri hisoblanadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, so‘nggi yillarda tabiiy resurslardan ortiqcha foydalanish, sanoat va qishloq xo‘jaligining intensiv rivojlanishi, urbanizatsiya, iqlim o‘zgarishi hamda aholi sonining keskin ortishi tufayli ko‘plab o‘simlik va hayvon turlari yo‘qolib borish xavfi ostida qolmoqda. Flora va faunaning mavjud holatini chuqur o‘rganish, ularning yashash muhiti va ekotizim funksiyalariga baho berish, ayniqsa, noyob va endemik turlarni muhofaza qilish bugungi kunda strategik ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan muhofaza ostidagi hududlar – biosfera qo‘riqxonalari, milliy bog‘lar, davlat qo‘riqxonalari va buyurtmaxonalar ushbu vazifani bajarishda muhim rol o‘ynaydi, biroq ularning salohiyatini yanada kuchaytirish zarur. Tadqiqot natijalari asosida quyidagi xulosalarga kelindi: 1. Biologik xilma-xillikni saqlashda zamonaviy yondashuvlar – masalan, raqamli monitoring, GIS texnologiyalar, mahalliy jamoalarni jalb etish samaradorlikni oshiradi. 2. Tabiiy resurslardan foydalanishda barqarorlik va ehtiyotkorlik tamoyillariga asoslangan yondashuv zarur. 3. Ekologik ta’lim va ommaviy axborot vositalari orqali aholining ekologik madaniyatini oshirish flora va faunani asrashning uzoq muddatli kafolati hisoblanadi. 4. Davlat va nodavlat ekologik tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari va xalqaro hamkorlik aloqalarini kuchaytirish muhim ahamiyatga ega.Shunday qilib, O‘zbekistonning noyob bioxilma-xilligini saqlab qolish va uni keyingi avlodlarga yetkazish uchun ilmiy asoslangan, tizimli va ko‘p tomonlama yondashuvlarni amalga oshirish muhim vazifa bo‘lib qolmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi. I tom – O‘simliklar va zamburug‘lar. II tom – Hayvonlar. – Toshkent: “Chinor ENK”, 2019. 2. Karimov Sh. & Tojiboev K. “O‘zbekiston florasi: tizimli-geografik tahlil”. – Toshkent: Fan, 2017. 3. Rasulov Sh. “Biologik xilma-xillik va uni muhofaza qilishning ekologik asoslari”. – Toshkent: TDPU nashriyoti, 2020. 4. Gapparov F.S. “Ekotizimlar ekologiyasi”. – Toshkent: O‘zMU nashriyoti, 2021. 5. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining yillik ekologik hisobotlari, 2020–2023. 6. FAO (2022). The State of the World’s Biodiversity for Food and Agriculture. – Rome: FAO Publications. 7. UNDP Uzbekistan (2021). Biodiversity Conservation and Sustainable Use in Uzbekistan. – UNDP Environmental Programme Report. 8. Babajanova, S. Y., Matkarimov, N. B., & Ibadullyeva, S. M. (2019). The influence offertilizer standardson the grain quality of fresh and perspective wheat sort. Central Asian Problems of Modern Science and Education, 4(2), 110-117. 9. Jumaniyazova, S. I., & Mambetullaeva, S. M. (2021). Xiva tumanidagi gauk ko'li maydonining yillar davomida o'zgarib borishini monitoring qilish. Вестник Хорезмской Академии Маъмуна, (3), 24.

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.