O‘zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi kursida metodlardan foydalanishning
ahamiyati
Sobirov Javoxir Xayrulla o‘g‘li
Urganch davlat universiteti 4-bosqich talabasi
Annotatsiya: Ushbu tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasini tahlil qilishda qo‘llaniladigan usullarning ahamiyatini ta’kidlashdir. Tadqiqotda geografik axborot tizimlari, statistik tahlil, xaritalash usullari va boshqa metodologiyalardan foydalanish ko‘rib chiqiladi. Bu usullarni to‘g‘ri qo‘llash mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy tuzilmasini yaxshiroq tushunishga va kelajakda yanada samarali siyosiy qarorlar qabul qilishga yordam beradi. Ushbu tadqiqot O‘zbekiston iqtisodiyoti va ijtimoiy geografiyasini chuqur o‘rganishga hissa qo‘shishdan iborat.
Kalit so‘zlar: iqtisodiy-ijtimoiy geografiya, metodik tamoil, innovatsiya, muzyorar metodi, geografik axborot tizimlari, statistik tahlil, xaritalash usullari.
Аннотация: Целью данного исследования является подчеркнуть важность методов, используемых при анализе экономической и социальной географии Узбекистана. В исследовании будет рассмотрено использование географических информационных систем, статистического анализа, методов картографии и других методологий. Правильное использование этих методов поможет лучше понять экономическую и социальную структуру страны и принимать более эффективные политические решения в будущем. Целью данного исследования является содействие углубленному изучению экономики и социальной географии Узбекистана.
Ключевые слова: экономическая и социальная география, методический принцип, инновация, метод ледокола, геоинформационные системы, статистический анализ, методы картографирования.
Abstract: The purpose of this study is to emphasize the importance of the methods used in the analysis of the economic and social geography of Uzbekistan. The research will consider the use of geographic information systems, statistical analysis, mapping methods and other methodologies. The correct use of these methods will help to better understand the economic and social structure of the country and make more effective political decisions in the future. This study aims to contribute to the in-depth study of the economy and social geography of Uzbekistan.
Key words: economic and social geography, methodical principle, innovation, ice-breaker method, geographic information systems, statistical analysis, mapping methods.
Yangilangan ta’lim tizimini joriy etishda har bir o‘kituvchining o‘z faniga va barkamol avlod ta’lim-tarbiyasiga oid yangiliklarni muntazam o‘rgana borib, ularni o‘z mehnat faoliyatida izchil ko‘llay bilish mahoratiga ega bo‘lishi bugungi kunning muhim talabidir.
Innovatsion ta’lim texnologiyalarining mohiyati, turlari va nazariy asoslari. Lug‘aviy jihatdan “innovastiya” tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda (“innovation”) “yangilik kiritish” degan ma’noni anglatadi. “Innovastiya” tushunchasi mazmunan aniq holatni ifodalaydi.
“O‘zbekiston Milliy enstiklopediyasi”da ko‘rsatilishicha, innovastiya quyidagicha mazmun va tushunchalarga ega: “Innovastiya (ingl. “innovationas” – kiritilgan yangilik, ixtiro) 1) texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni ta’minlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablag‘lar; 2) ilmiy-texnika yutuqlari va ilg‘or tajribalarga asoslangaan texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qo‘llanishi” [11]
A.I.Prigojinning fikriga ko‘ra, innovastiya maqsadga muvofiq ravishda muayyan ijtimoiy birlik-tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga nisbatan munosabatga yangicha yondashish, bu munosabatni bir qadar turg‘un elementlar bilan boytib borish tushunilishi lozim. Bu o‘rinda anglanadiki, muallifning qarashlari bevosita ijtimoiy munosabatlar, ularga nisbatan innovatsion yondashish mohiyatini ifodalaydi. Shundan kelib chiqqan holda har bir shaxs fuqaro, mutaxassis, rahbar, xodim, qolaversa, turli ijtimoiy munosabatlar jarayonining ishtirokchisi sifatida o‘ziga xos innovator faoliyatni tashkil etadi.
Amerikalik psixolog E.Rodjers o‘z tadqiqotlarida innovatsion xarakterga ega ijtimoiy munosabatlarning ijtimoiy-psixologik jihatlari, ijtimoiy munosabatlarga yangilik kiritish, bu jarayonda ishtirok etuvchi shaxslarning toifalari, ularning yangilikka bo‘lgan munosabatlari, yangilikni qabul qilish, mohiyatini anglashga bo‘lgan tayyorlik darajasi hamda muayyan shaxslar toifalari o‘rtasidagi innovatsion xarakterga ega ijtimoiy munosabatlarning tasnifi masalalarini o‘rgangan.[13]
Har bir pedagogik texnologiyalar o‘quvchilarni ilm olishiga xizmat qiladi. Quyida innovatsion pedagogik texnologiyalarni ba’zilari bilan tanishib chiqamiz.
“Muzyorar metodi”-Metod o‘quvchilarni faollashtiruvchi, ma’lum faoliyatga jalb qiluvchi mashq bo‘lib, ularning o‘zaro tanishishlari va jamoada ishchanlik muhitini yaratish maqsadida qo‘llanadi. Uning asosiy vazifasi o‘quvchilarni o‘zaro muloqotga chorlashdir.
Ko‘pchilik notanish muhit (yangi jamoa, sinf, maktab, kurs)da o‘zini noqulay sezadi va shu sababli jamoa bilan qo‘shilib ketolmaydi. Chunki ular hali jamoa, unda qaror topgan muhitdan xabardor emas. Bu esa ularning jamoa a’zolari bilan yaqindan munosabatda bo‘lishlari, muloqotni tashkil etishlari yo‘lidagi eng jiddiy to‘siq sanaladi. Bordi-yu, jamoaga yaqinda kelgan shaxs uning loaqal bir nafar a’zosi bilan tanish bo‘lsa, bunday holatda uning yangi muhitga moslashishi oson kechadi.
1-rasm. “Muzyorar” metodini ta’lim jarayonini qo‘llash tartibi.
Shu bois o‘qituvchi (yoki boshlovchi) yangi sharoitda o‘quvchilarga o‘zlarida ishonch hissini yuzaga keltiradigan do‘stona muhitni, butun diqqatni jalb etadigan yoki ijodiy kayfiyatni ifodalay oladigan vaziyatni yaratib berishi kerak. “Muzyorar” metodi ana shu maqsadda qo‘llaniladi. Metod o‘qituvchi va o‘quvchi (talaba)lar o‘rtasidagi “muz”ni eritish, “devor”ni yo‘qotishga xizmat qiladi.
O‘qituvchi o‘quvchi (talaba)larni
metodning mohiyati bilan tanishtiradi
O‘qituvchi o‘quvchi
(talaba)larni 6 (7, 8 yoki
9) nafardan iborat kichik
guruh yoki juftliklarga
biriktiradi
Kichik guruh yoki
juftliklar muhokama
jarayonida savollarga
qaytariladigan javoblar
mohiyatini yorituvchi
tayanch tushunchalarni
ajratib, ularni ta’riflaydi
Kichik guruh yoki
juftliklar belgilangan
muddat (3 daqiqa
ichi)da berilgan
savollar bo’yicha
muhokama tashkil
etadi
O‘qituvchi kichik guruh
yoki juftliklarga yangi
mavzuni o‘rganishdan
avval unga oid bir necha
savollar bilan murojaat
qiladi
Izoh: O‘quvchilar ta’riflarni yozma holda ifodalashlari lozim.
Izoh: Kichik guruhlar topshiriqni bajarish jarayonida mavzu yuzasidan material, dalil, fikrlarini tasdiqlovchi ko‘rgazmali-didaktik vosita, imkoni bo‘lsa, videofilm, maqola, ihtibos va boshqalarni tayyorlaydi.
“Skarabey” texnologiyasi. “Skarabey” (“Qo‘ng‘iz”) texnologiyasi o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash qobiliyatini, xotirani, shuningdek, muayyan muammoni hal qilishda o‘z fikrini ochiq, erkin ifodalash malakasini rivojlanishiga xizmat qiladi. O‘quvchi texnologiyani qo‘llash jarayonida bilimlarining sifati, darajasini xolis baholash, o‘rganilayotgan mavzu haqidagi tasavvuri ko‘lamini aniqlash imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Texnologiya, shuningdek, turli g‘oyalarni ochiq, erkin, mantiqan ifodalash, ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlashda ham samarali sanaladi.
Uning yordamida o‘quvchilarda quyidagi sifatlarni shakllantirish, rivojlantirishga erishish mumkin: mustaqil ishlash; muloqatga erkin kirisha olish; xushfe’llik, o‘zgalar fikrini hurmat qilish; faollik; faoliyatga ijodiy yondashish; faoliyatining samarali bo‘lishiga qiziqish; o‘z-o‘zini baholash.
Undan darsning muayyan bosqichlarida turli maqsadlarda foydalanish mumkin. Ya’ni:
2-rasm. “Skarabey” texnologiyasi darsning muayyan
bosqichlarida foydalanish.
Texnologiya o‘quvchi tomonidan oson qabul qilinadi. Zero, u shaxsga xos fikrlash, bilish xususiyatlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan.
Darsning doshida
Darsning o‘rtsida
Darsning oxirida
O‘quvchining o‘quv faoliyatini rag‘batlantirish
O’quv materialining mohiyati, mazmuni va
tuzilishini belgilash
O‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan bilimlarni
mustahkamlash va mashg‘ulotni yakunlash
1.6-rasm. “Charxpalak” texnologiyasini amalga oshirish tartibi.
O‘qituvchi o‘quvchilarni texnologiyani qo‘llash tartibi bilan tanishtirib,
ularni guruhlarga ajratadi
Guruhlarga tarqatmali materialla va ular asosida topshiriqlar beriladi
Topshiriqni bajarish uchun vaqt hajmi (10-15 daqiqa) belgilanadi
A’zolar guruh tarkibida individual ravishda tarqatmali materialda
ko‘rsatilgan vazifani bajaradi(bajarilgan ishning o‘ng burchagiga
guruhning raqami, chap burchagiga esa o‘ziga tegishli bo‘lgan biror
Belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach, tarqatmali materiallar boshqa
guruhlar bilan “Charxpalak aylanmasi”yo‘nalishida almashtiriladi
Har bir guruh tomonidan yangi material mazmuni o‘rganiladi va
o‘zgartiriladi
Belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach, tarqatmali materiallar yana bir bor
boshqa guruhlar bilan “Charxpalak aylanmasi” yo‘nalishida almashtiradi
(guruhlar o‘rtasida materiallarning o‘zaro almashtirish ularning soniga
ko‘ra takrorlanadi)
Guruhlar (ularning har bir a’zosi) o‘z yechimlarini bitta qutiga yig‘adi
Materiallar so‘ngi bor almashtirilgandan keyin har bir guruh (har bir
o‘quvchi)o‘zi bajargan yechimni (guruh raqami va o‘ziga tegishli belgi
asosida)tanlab oladi
Har bir guruh va uning a’zolari o‘zlarining yechimlarini boshqa guruhlarning
ishlari bilan tsqqoslab, tahlil qiladi
O‘qituvchi jamoa yordamida to‘g‘ri javoblarni aniqlaydi
Tahlil asosida har bir guruh va o‘quvchilarning faoliyati baholanadi (bir
vaqtning o‘zida o‘qituvchilar ham o‘zini-o‘zi baholaydi)
“Charxpalak” texnologiyasi. Texnologiya o‘quvchilarda o‘rganilgan mavzularni yodga olish, ular yuzasidan mantiqiy fikrlash, savollarga mustaqil, to‘g‘ri javob berish, o‘z-o‘zini baholash malakalarini shakllantirish, o‘qituvchi tomonidan qisqa vaqtda o‘quvchilarning bilimlarini baholash imkoniyatini yaratadi. Uning maqsadi o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash, o‘z fikrlarini mustaqil, erkin bayon qilish, o‘z-o‘zini baholash, individual, juftlik, guruh va jamoada ishlash, boshqalar fikrini hurmat qilish, mavjud fikrlar orasidan muhimini tanlab olish ko‘nikma, malakalarini rivojlantirishdan iborat. Texnologiyadan barcha turdagi o‘quv mashg‘ulotlarida, mashg‘ulotning boshi yoki oxirida, muayyan bo‘lim (bob) yakunida, o‘tilgan mavzuni takrorlash chog‘ida foydalanish mumkin. Shu bilan birga texnologiya o‘quvchilarning bilimlarini mustahkamlash, o‘rganilgan mavzularning o‘quvchilar tomonidan qay darajada o‘zlashtirilganligini aniqlash va baholashda ham samarali sanaladi.[3,12]
O’qituvchi o’quvchilarni metodni qo’llash tartibi bilan tanishtiradi
O’rganiladigan mavzu yoki mavzular yuzasidan ma’lum masala tanlanadi
O’quvchilarga tanlangan masalaning mohiyati tushuntiriladi
O’quvchilar kichik guruhlarga biriktiriladi (imkon qadar guruhlarning soni juft
raqamlarni tashkil etishi lozim)
Bajarish uchun har bir guruhga bittadan topshiriq beriladi
Guruhlar topshiriqlarni bajaradi
Guruhlar topshiriqlarni bajarib bo’lgach, tartib raqamlariga ko’ra ikki
guruhlar o’zaro birlashadi (ya’ni, 1- vа 2-guruh; 3- vа 4-guruh tarzida)
Guruhlar topshiriqlarni bajaradi
Yangidan shakllangan guruhlarda kichik guruhlarda bajarilgan topshiriqlar
o’rganiladi
Jamoa katta guruhlarda o’rganilgan masalalarni muhokama qiladiама.
Topshiriqlar yuzasidan umumiy xulosaga kelinadi
4-rasm. “Yumaloqlangan qor” metodini amalga oshirish tartibi.
“Yumaloqlangan qor” metodi. Metod mavzuni muayyan qismlarga bo‘lgan holda o‘zlashtirish imkonini beradi, o‘quvchilarda guruh va juftlikda ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Uni qo‘llashda o‘quvchilar juftlik, guruh yoki jamoa bo‘lib ishlari mumkin.
Mashg‘ulotlarda metodni qo‘llash yuqoridagi tartibda amalga oshiriladi:
“Yumaloqlangan qor” metodidan muayyan bo‘lim yoki boblar o‘zlashtirilgan nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash maqsadida foydalanish samaralidir.
O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablaridan biri ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, dars o‘tishning yangi zamonaviy metodikasini yaratish, talabaning ma’lum bir faoliyatga bo‘lgan qiziqishini orttirish, muloqot madaniyatini rivojlantirish, o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishning yangi usullarini ishlab chiqish hisoblanadi. Jumladan quyidagilar: Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o‘z mohiyatiga ko‘ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to‘laqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishni nazarda tutadi. [1,12]
Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o‘zida mujassam etmog‘i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo‘g‘inlarini o‘zaro bog‘langanligi, yaxlitligi.
Faoliyatga yo‘naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o‘quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo‘naltirilgan ta’limni ifodalaydi.
Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o‘quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o‘z-o‘zini faollashtirishi va o‘zo‘zini ko‘rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.
Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi.
Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni obyektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo‘llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi. Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo‘llash - yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llash.
O‘qitishning usullari va texnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta’lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyihalash usullari, amaliy ishlar.
O‘qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o‘zaro o‘rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh.
O‘qitish vositalari: o‘qitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni) bilan bir qatorda – kompyuter va axborot texnologiyalari.
Kommunikasiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o‘zaro munosabatlar.
Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blis-so‘rov, oraliq va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o‘qitish diagnostikasi.
Boshqarish usullari va vositalari: o‘quv mashg‘uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko‘rinishidagi o‘quv mashg‘ulotlarini rejalashtirish, qo‘yilgan maqsadga erishishda o‘qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat sinf mashg‘ulotlari, balki sinfdan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.
Monitoring va baholash: o‘quv mashg‘ulotida ham butun kurs davomida ham o‘qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi. “O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi” fanini o‘qitish jarayonida kompyuter texnologiyasidan, “Pover point” dasturidan foydalaniladi. Ayrim mavzular bo‘yicha o‘quvchilar bilimini baholash test asosida va kompyuter yordamida bajariladi. “Internet” tarmog‘idagi rasmiy iqtisodiy ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi, tarqatma materiallar tayyorlanadi, test tizimi hamda tayanch so‘z va iboralar asosida nazoratlar o‘tkaziladi.[4,8]
Ilmiy ishimizning keyingi qismlarida innovatsion pedagogik texnologiyalardan kurs mavzulari misolida ko‘rib chiqishga harakat qilamiz.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta’kidlanganidek, “Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq atvorning andozalarini o‘zgartirish Respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi, umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir”.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1.Безруков А. Певоварова Г Занимательная география Москва «АСТ –ПРЕСС», 2001 г 2. Даринский А.В.Методика преподавание географии-Просвещение,Mосква1975 г. 3. Крылов О.В. Интересный урок географии Москва, Просвещение, 1988 г 4. Maksimov N.A. Tabiiy geografiyadan metodik qo‘llanma –Toshkent, O‘qituvchi1991 y. 5. Матрусова И.С Методика обучения географии в средней школе Москва Просвещение 1985г 6. Мусаев П, Қурбонниёзов Р Ўқувчиларда географиядан билим кўникма малакаларини аниқлашнинг шакл ва усллари. Тошкент.- 1993 7. Мусаев П, Мусаев Ж Ўзбекистоннинг иқисодий ва ижтимоий географияси «Шарқ». Тошкент.- 2014. 8. Мўминов О. Замонавий география дарсларига қўйиладиган талаблар Тошкент“Ўқитувчи”- 1987. 9 Қурбонниёзов Р. География ўқитиш методикаси. Урганч- 2001. 10. Қурбонниёзов Р. Ўзбекитон географияси қизиқарли машқ ва масалалар Тошкент- «Ўқитувчи» -1997 й. 11.Farberman B. A., Musina R.G., Jumaboeva F.A. “Oliy o‘quv yurtlarida o‘qitishning zamonaviy usullari”. – Toshkent- 2002 12.Ishmuhamedov R va boshq.Ta’limda innovastion texnologiyalar.Toshkent-2010. 13. Ishmuhamedov R.va boshq.Tarbiyada innovastion texnologiyalar.T:.2008
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.