ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

O’ZBEKISTON RANGTASVIRIDA QISHLOQ HAYOTI MAVZUSINING AKS ETISHI

Abstract

Maqolada O’zbekiston rangtasvir janrida qishloq hayoti mavzusining aks etishi, jamiyat hayotiga ta’siri va asosiysi yoshlar, ijod ahli nigohida u qanday ahamiyatga ega ekanligi to’g’risida. Qolaversa, qishloq hayoti mavzusining bugungi kundagi tasviriy ifodasiga bag’ishlanadi. Rangtasvir san’atining yosh avlod tarbiyasidagi o’rni ulkan va beqiyos, bu borada qishloqlar hayotining hozirda ancha takomillashgani va yetarlicha e’tiborda ekanligi rassomlar nigohida  va inson obrazini tasviriy san’atda timsol sifatida yaratish, hozirgi kunda ham qiziqarli va dolzarbdir


Full PDF Document

Related Articles

Full text

MAVZUSINING AKS ETISHI

Abdumuminova Madinabonu

MRDI 1- bosqich magistranti

Annotatsiya. Maqolada O’zbekiston rangtasvir janrida qishloq hayoti mavzusining aks etishi, jamiyat hayotiga ta’siri va asosiysi yoshlar, ijod ahli nigohida u qanday ahamiyatga ega ekanligi to’g’risida. Qolaversa, qishloq hayoti mavzusining bugungi kundagi tasviriy ifodasiga bag’ishlanadi. Rangtasvir san’atining yosh avlod tarbiyasidagi o’rni ulkan va beqiyos, bu borada qishloqlar hayotining hozirda ancha takomillashgani va yetarlicha e’tiborda ekanligi rassomlar nigohida va inson obrazini tasviriy san’atda timsol sifatida yaratish, hozirgi kunda ham qiziqarli va dolzarbdir.

Kalit so’zlar: rangtasvir, tasviriy san’at, zamonaviylik, “Obod qishloq” qishloq hayoti, tarbiya, lirika, yosh avlod, jamiyat, yoshlar, psihologik, portret, mustaqillik, ijodkor, go’zallik,shaxsiy shakllanish,qahramon.

So‘nggi uch yilda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 1500 dan ortiq qishloq va mahallalardagi yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislikkommunikatsiya tarmoqlari hamda ijtimoiy soha obyektlarida qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi, xizmat ko‘rsatish shoxobchalari tashkil etildi, shuningdek, ularda istiqomat qilayotgan aholining turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi1. Ma’lumki, tasviriy sa’at azaldan inson ongiga tezda ta’sir etib, unda ezgu hislar uyg’otadigan, uning ma’naviy olamini boyitadigan san’at turlaridan biridir. Shu bilan birga, tasviriy san’at inson ongi va tafakkurining kenggayishi, shaxsiy shakllanishi va kamolga yetishiga yordam beradigan tarbiyachi hamdir. Shu jihatdan ham qishloq hayotining zamon talablariga mos tarzda imkoniyatlar kengayishi va ijtimoiy hayotining yaxshilanish jarayoni bevosita tasviriy san’atda ham o’z ifodasini topmoqda. Yosh avlodni madaniy didini oshirishda xususan, umumiy o’rta ta’lim maktablari va oliy o’quv yurtlari vakillari har jihatdan barkamol insonlar qilib tarbiyalashida tasviriy san’atning ham o’z o’rni bor. Ijodkor rassom atrofidagi rivojlanayotgan hayot ichidagi turli insonlardan qahramonlar qidiradi, ular obrazini tasviriy san’atga o’z chizgilari bilan ifodalab beradi. San’atkor azaldan soddalikni tasvirlashni yaxshi ko’radi, ayniqsa, beg’ubor qishloq hayotini o’z 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 18.03.2022 yildagi PQ-172-son. asarlarida voqea va hodisalar, turli holatlarning ma’lum bir ko’rinishlarini qiziqarli ifodalab, tasvir orqali ichki mohiyatni ochib, kishilarning ma’naviy qiyofasi, ruhiy holatini, ijobiy va salbiy tomonlarini ifodolovchi obrazini tasvirlaydi.

Tasviriy san’at ma’lumki, yurtimizda juda qadim zamonlarda, mehnat jarayonining taraqqiyoti natijasida paydo bo’ldi. Jamiyat hayotida qishloq turmush tarzini yanada yaxshilash borasidagi keng ko’lamli ishlar, omma orasidan yetishib chiqqan iste’dodli ijodkorlar, mehnatkash xalq orasidan ular talablari va o’zlarining go’zallikka bo’lgan muhabbbati sababli o’sha davr insonlar qiyofalarini, ya’ni qishloq hayoti qahramonlarining orzu-istaklarini, ularning go’zallik va xudbinlik, oliyjanoblik va insonparvarlik haqidagi tushunchalarini ifoda etuvchi asarlarni yaratdilar. Xalqning turmushi, xulq va odatlari, yutuq va mag’lubiyatlari ularning asarlarida o’z ifodasini topdi. Har bir davrda mavjud bo’lgan ana shunday san’at hayot go’zalliklarini tasvirlab, odamlarda yuksak xislat va fazilatlarni kamol toptirdi, ularni tenglik, ozodlik, birodarlik, yorqin kelajakka intilishga undadi.

San’at insonni ma’naviy yuksaltirishning kuchli vositasi bo’lib, uning estetik madaniyatini rivojlantiradi. Yosh avlod nigohida esa o’zgacha bir joziba kasb etadi.

Bugungi tinch va osoyishta zamonda, o’tmishda sodir bo’lgan jarayonlar, ayniqsa san’at, xususan tasviriy sana’t sohalarida bo’lgan o’zgarish va burilishlar, uning tanazzul va rivojlanish bosqichlari haqida o’ylash, tafakkur qilish haqida ham o’ylashimiz kerak. Shu o’rinda qishloqlarning tasviriy san’atda tasvirlanishi, XX asr oxiri va XXI asr boshlarida O’zbekistonda tasviriy san’at va uning o’ziga xos tomonlari, bu davrda ijod qilgan rassomlar hayoti va faoliyati haqida fikr yuritish muhim ahamiyat kasb etadi deb o’ylaymiz. XX asrning 20—30-yillariga kelib O’zbekiston tasviriy san’ati o’ziga xos shakl-shamoyiliga ega bo’la boshladi.2 Bunda A. Volkov, P. Kuznetsov, M. Kurzin, S. Finkelshteyn, N. Karaxan, V. Ufimsev, Usta Mo'min (A. Nikolayev), N. Kashina, O. Tatevosyan, P. Benkov, S. Kovalevskaya, I. Ikromov, O’. Tansiqboyev, Ch. Ahmarov, kabi mo’yqalam ustalarining ijodiy namunalari e’tiborga molik bo’ldi. Shu o’rinda ustoz san’atkor, rangtasvirchi rassom Rahim Ahmedov O’zbek tasviriy san’atida o’chmas iz qoldirgan. Buyuk musavvir nomi barcha tasviriy san’at ihlosmandlari uchun birdek qadrli va hurmatlidir. U yashab

2 Oydinov N. “O’zbekiston tasviriy san’atidan lavhalar” Toshkent, O’qituvchi. 1997 yil. 55-b. ijod etgan davrda yaratgan ko’plab asarlaridagi rang-barang obrazlarini realistik uslubda va psihologik yechim topgan holatda san’at ixlosmandlariga namoyish etdi. Akademik R.Ahmedov о‘z portretlarida epik kenglik va teranlikka o’z ranglari va chizgilari orqali erishadi. Uning qahramonlari oddiy insonlar, qishloqning sodda kishilari bо‘lib, aynan, ularda musavvir donolik va donishmandlikni, ma’naviy poklikni, yuksak axloqiy qoidalarni gavdalantiradi (“Jizzaxlik ayol”, 1992 y.; “Nigina” 1993 y.) Masalan, uning “Ona o’ylari”(1956) asari haqiqiy soda qishloq hayotining qahramon onasi obrazi desak bo’ladi. Qolaversa, uning “Tong. Onalik”, “Qahramon ona”(1949), “Cho’pon”(1952), “Nigora”(1971), kabi bir qator obrazlari tasvirlangan asarlarini misol keltirsak bo’ladi.

O’zbekiston rangtasvir san’atiga o’zining lirik obrazlari bilan bebaho meros yaratib qoldirgan buyuk rassomlarimizdan biri bu Chingiz Ahmarovdir. Uning yaratgan asarlari, go’zal badiiy merosi hozirgi zamon san’ati rivojiga ham hissa qo’shib kelmoqda. Uning ijodida ham o’sha davr soda qishloq qahramonlari obrazini ko’plab uchratish mumkin. Masalan: “Qiz portreti”, “Akam portreti” va yana ko’plab qoralama va eskizlarini misol keltirish mumkin. U o’z davridagi teatr va kino uchun obrazlar yaratgan, qolaversa juda ko’plab monumental asarlar ya’ni devoriy rangtasvir asarlarini lirik obrazlar orqali ifoda etgan.

1945—1970 yillar davomida О’.Tansiqboyev, A. Abdullayev, R. Ahmedov, Y. Yelizarov, K. Karaxan, M.Saidov, S. Abdullayev kabi rassomlar zо’r shijoat bilan ijod qilib, shuhrat qozondilar. Ularning hammalari “O’zbekistan xalq rassomi”, “О’zbekistonda xizmat kо’rsatgan rassom” degan yuqori unvon va e’tiroflarga sazovor bо’ldilar. Bu rassomlar tomonidan yaratilgan asarlar orasida Y.Yelizarovning qishloq hayotining qahramonlari obrazlarini ko’plab yaratgan portretlarida ko’rishimiz mumkin. “Onalik” 1957 y.; “Ochilov portreti” 1958 y.; “Doya Matakubova” 1983 y.; kabi asarlaridagi obrazlarni o’zbek soda qishloq ichidan yetishib chiqqan obrazlarini psihologik holatlari bilan uyg’un holda tasvirlagan. Y. Yelizarov qishloq hayotining qahramonlari obrazini yaratishda o’zgacha muhabbat bilan yondoshgan.. Yuqoridagi rassomlardan R.Axmedovning “Surxondaryolik ayol”, A.Abdullayevning “Jiyan Shahlo” (1960) portretlari Moskvadagi Tretyakov galereyasi tomonidan sotib olingan. Rangtasvir ustasi Abdulhaq Abdullayev ham o’z davridagi qishloq hayotining ko’plab obrazlarini yaratib boy ijodiy meros qoldirgan. Jumladan: “Jiyan Shaxlo” (1960), “Xalq qahramoni N. Niyozov portreti” (1949), “Buvi va nabira” (1960) kabi asarlarida qishloq hayoti obrazlarini mohirona tasvirlagan. U yaratgan “ Buvi va nabira” asarida rassom oddiy mexribon buvi va uning nabirasini psixologik holatini tomoshabinga yetkazib berishga harakat qilgan. Abdulhaq Abdullaеv birinchi o’zbеk portrеtchi rassomlardan biri bo’lib, portrеt sohasida salmoqli ijod qildi. U o’z zamondoshlari, ziyoliylarni, olimlarni adabiyot va san’at namoyondalarini, portrеtlarini yaratib katta muvafaqqiyatlarga erishdi. “Baxri portreti”, “Uyg’urcha raqs” hamda yozuvchi “Oybеk” portrеti rassomning shox asarlaridan bo’lib, Baxri portretida qizaloqning sodda, shoshib boqishi, gavdasi huddi tezda hozir qochib ketadigangandek holati portrеtga ko’tarinkilik ruxini baxsh etgan. Unda qizning yuz ifodasi psixologik xolati moxirona tasvirlangan.

Bugungi kunda ham O’zbekiston rangtasvir san’atida rassomlar o’z asarlarida qishloq hayotiga murojaat qilishmoqda. Shunday rassomlardan biri professor Muhammadiyor Toshmurodov hisoblanadi. “G’ilonda ish kuni”, “G’ilonda tong” asarlarida rassomning qishloq hayotini haqchil va tabiiy holatda aynan o’sha “G’ilon” qishlog’idagi insonlar orqali asarlar yaratgani e’tirof etish joiz. Bugungi kunda samarali ijod qilib kelayotgan zamonamiz rangtasvir ustalari xususan M. Toshmurodov, A. Ikromjonov, S. Rahmetov, J. Umarbekov, D. Azizov kabi rassomlar ijodida ham qishloq hayotining turli tuman obrazlardagi ifodasini ko’plab misol keltirish mumkin.

Shuning uchun bugungi zamonaviy hayotimizda azaliy ilhom beruvchi qishloq hayoti mavzusi qahramonlar obrazi oddiy qishloqdoshimiz yoki xalq qahramonlari ham bo’lishlari mumkin va ular obrazi orqali tomoshabinga badiiy-estetik zavq berishimiz mumkin bo’ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Oydinov N. “O’zbekiston tasviriy san’atidan lavhalar” Toshkent, O’qituvchi. 1997 yil.

2. uz.m.wikipedia.org

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.