ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK PALATASI VA SENATI O‘RTASIDAGI KELISHMOVCHILIKNI BARTARAF ETISH TARTIBI

Abstract

Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik Palatasi hamda Senati o‘rtasida qonun loyihasini qabul qilish yoki boshqa protseduraviy kelishmovchiliklar ortidan yuzaga kelgan ziddiyatlar, oqibatlari va  uni bartaraf  etish tartibi haqida to‘liq yoritadi. Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi va Senati o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kelishmovchilik asosan qonun qabul qilish jarayoni bilan bog’liq bo’lganligi sabab ushbu jarayonni to’liq yoritishga qaror qilindi.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

O‘RTASIDAGI KELISHMOVCHILIKNI BARTARAF ETISH TARTIBI

Sobirov Sardorbek Bahodir o‘g‘li Toshkent Davlat Yuridik universiteti, Jinoiy odil sudlov fakulteti 2-bosqich talabasi

sardorsobirov120502@gmail.com

Abdiqahhorov Davlatbek Muzaffar o‘g‘li

Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti 3-bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik Palatasi hamda Senati o‘rtasida qonun loyihasini qabul qilish yoki boshqa protseduraviy kelishmovchiliklar ortidan yuzaga kelgan ziddiyatlar, oqibatlari va uni bartaraf etish tartibi haqida to‘liq yoritadi. Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi va Senati o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kelishmovchilik asosan qonun qabul qilish jarayoni bilan bog’liq bo’lganligi sabab ushbu jarayonni to’liq yoritishga qaror qilindi.

Kalit so‘zlar: Qonun loyihasi, yuridik kuch, protsedura, kelishuv komissiyasi, Qonunchilik palatasi devon, Senat devoni.

ANNOTATION

This article fully covers the conflicts, consequences and the procedure for their elimination after the adoption of a draft law or other procedural disagreements between the Legislative Chamber and the Senate of the Republic of Uzbekistan. Since the possible disagreement between the Legislative Chamber and the Senate of the Oliy Majlis is mainly related to the process of adopting the law, it was decided to fully cover this process.

Key words: The draft law, legal force, procedure, agreement commission, office of the Legislative Chamber, office of the Senate.

Demokratiyamizning yorqin namunasi bo‘lib turgan Konstitutsiya 2023-yil 30-aprelda yangilangan holda qayta qabul qilindi va tabiiyki undagi o‘zgarishlar va yangilanishlar anchagina bisyor. Shuningdek, Oliy Majlis tomonidan qabul qilinadigan qonun loyihalari va uni qabul qilish protseduralarida ham yangi islohotlardan boxabar bo‘lishimiz mumkin. Avvalgi Konstitutsiyaning 84-moddasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi va Senati tomonidan qonun loyihasining qabul qilinishi haqida quyidagicha so‘z boradi, O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik Palatasiga qonun tashabusi subyektlari yohud o‘zining tashabbusi orqali kiritilgan qonun loyihasi qabul qilingach o‘n kundan kechiktirmay Oliy Majlis Senatiga yuborilishi va u tomonidan ma’qullangan va qabul qilingan qonun liyihasi o‘n kundan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborishi, so‘ng Prezident tomonidan qonun o‘ttiz kun ichida imzolanib rasmiy manbalarda e’lon qilingach yuridik kuchga ega bo’ladi. Ushbu jarayon Yangi Konstitutsiyada muddatlari o‘zgartirilgan holda keltirildi. Ya’ni, Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi tasdiqlagan qonun loyihasi Senatga uni ko‘rib chiqishi va ma’qullashi uchun oltmish kun va qabul qilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga o‘n kun muddat ichida taqdim etishi belgilandi. Oliy Majliz Senatiga qonun loyihasini ko‘rib chiqishi va ma’qullashi uchun muddat berilishi mavjud bo‘lgan vakolat oid ish hajmining ko‘pligi bilan bog’liq deb aytish mumkin. Chunki, Qonunchilik Palatasi qonun liyihasi qabul qilgunga qadar uni muhokama qilishi va kamchililkari bo‘lgan taqdirda to‘g‘irlashi uchun vaqt bo‘lgani kabi Senatga ham ma’lum muddat berish lozim deb topildi. Senat tomonidan ma’qullangan qonun Oliy majlis tomonidan ma’qullangan deb topiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga o‘n kundan kechiktirmay yuboriladi va Prezident qonunni oltmish kun ichida imzolaydi va e’lon qiladi.1

Qonun qabul qilish jarayonida Qonunchilik Palatasi tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan rad etilsa, qonun Qonunchilik Palatasiga qaytariladi. Qaytgan qonun Qonunchilik palatasi deputatlarining umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik tomonidan ma’qullansa, qonun loyihasi Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan deb hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi. Bundan tashqari, Qonunchilik Palatasi tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborilgan qonun beldilangan muddat ichida ma’qullanmagan yoki rad etilmagan bo‘lsa qonun Qonunchilik Palatasi tomonidan Prezidentga jo‘natiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti shu o‘rinda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni o‘z e’tirozlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli.

Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahririda tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari 1 1992-yil 8-dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 84-moddasi umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan ma’qullansa, qonun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o‘n to‘rt kun ichida imzolanishi va e’lon qilinishi kerak.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan Qonunchilik palatasi va Senat yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari orasidan tenglik asosida kelishuv komissiyasini tuzishi mumkin. Palatalar kelishuv komissiyasi takliflarini qabul qilganda qonun odatdagi tartibda ko‘rib chiqilishi kerak.2 Bu bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining 08.11.2005 yildagi 152-I, 112-I-sonli qarorlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining kelishuv komissiyasini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish tartibi joriy etilgan. Ushbu tartib O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi (30-31-moddalar), “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi (25-modda) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunlari, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi (16-modda), “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi (11-12-moddalar) O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti (137—144-moddalar) va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamentiga (28-modda) muvofiq ishlab chiqiladi. Unga ko‘ra, Senatning qonunni rad etish to‘g‘risidagi qarorida rad etish vajlari ko‘rsatilishi kerak. Unda bir vaqtning o‘zida qonunga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish zarurligi to‘g‘risidagi, shuningdek Senatdan kelishuv komissiyasiga a’zo etib saylangan senatorlarning familiyalarini aniq ko‘rsatgan holda kelishuv komissiyasini tuzish haqidagi takliflar bayon etilishi mumkin. Senatning qonunni rad etish to‘g‘risidagi qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida Qonunchilik palatasiga yuboriladi. Senat tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan Senat va Qonunchilik palatasi yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun Senat a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan tenglik asosida kelishuv komissiyasini tuzishi mumkin. Kelishuv komissiyasi tarkibiga nomzodlar yuzasidan Senat Raisi va Qonunchilik palatasining 21992-yil 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 99-moddasi Spikeri tomonidan o‘zaro maslahatlashuvlar o‘tkaziladi. Kelishuv komissiyasining majlislari komissiya a’zolarining xohishiga ko‘ra Qonunchilik palatasida yoki Senatda o‘tkaziladi. Kelishuv komissiyasining ishini tashkiliy, axborot, hujjatlashtirish jihatidan va boshqacha tarzda ta’minlash komissiya qayerda ishlashiga qarab, tegishincha Qonunchilik palatasi Devoni yoki Senat Devoni tomonidan amalga oshiriladi. Kelishuv komissiyasi qonunning yagona matnini ishlab chiqish maqsadida Senatning har bir e’tirozini alohida-alohida ko‘rib chiqadi. Kelishuv komissiyasi qonunning Senat e’tiroz bildirmagan ayrim moddalari tahririni o‘zgartirish to‘g‘risida, agar bunday o‘zgartirishni Senatning takliflari asosida ishlab chiqilgan qonun moddalarining tahriri taqozo etadigan bo‘lsa, qaror qabul qilishga haqli. Kelishuv komissiyasi ishining natijalari yuzasidan kelishmovchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni o‘z ichiga olgan xulosa qabul qilinadi. (O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi to‘g‘tisidagi qonun 30-moddasi).

Qonunchilik palatasi bilan Senat o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining normal faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib bo‘lmaydigan ixtiloflar yuz berganda, Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi bilan bamaslahat qabul qilgan qarori asosida tarqatib yuborilishi mumkin.

Xulosa o‘rnida shuni aytish joziki, har bir huquqiy ijtimoiy davlat o‘z ichki muammolarini xatto oliy davlat organlari ichida yuz bergan kelishmovchiliklarni qonun yo‘li va huquqiy tartibda yechim bera olishi davlat boshqaruvining irodaviy qobiliyatidan bir namuna bo‘la oladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. O.T.Husanov. Konstitutsiyaviy huquq. (darslik) – T.:“Yuridik adabiyotlar publish”.,2022-yil. 279-285-betlar

2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Toshkent2013., 22-b

3. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;

4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining Tartibi, 08.11.2005 yildagi 152-I-son;

5. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis to‘g‘risida”gi qonuni.

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.