ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AHOLI BANDLIGINI OSHIRISH MASALALARI

Abstract

Maqolada O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni barqarorlashtirish sharoitida mehnat bozorini takomillashtirish, aholi bandligini oshirish, ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklif asosida bandlikni ta’minlashning ijtimoiy munosabatlari to‘g‘risida bayon etilgan.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

MASALALARI

Оrtiqov Shavkat Muxammadi o`g`li

Termiz davlat universiteti ortiqovsh@tersu.uz

Annotasiya: Maqolada O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni barqarorlashtirish sharoitida mehnat bozorini takomillashtirish, aholi bandligini oshirish, ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklif asosida bandlikni ta’minlashning ijtimoiy munosabatlari to‘g‘risida bayon etilgan.

Kalit so‘zlar: Aholi bandligi, mehnat bozori, iqtisodiy faol aholi, ishsizlik darajasi, iqtisodiy nofaol aholi.

O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy, iqtisodiy va ma'naviy sohalarda taraqqiyotning yangi bosqichiga shahdam qadamlar bilan ko‘tarilib bormoqda. Respublikaning bozor munosabatlariga o‘tishi iqtisodiyotni tubdan yangilanishiga zamin hozirladi. Ushbu o‘zgarishlar dastlab mehnat munosabatlari orqali namoyon bo‘lib, mehnat bozorini shakllantirish va rivojlantirish zaruriyatini keltirib chiqardi. Iqtisodiy munosabatlar tizimida mehnat bozori muhim o‘rin egallaydi. Iqtisodiy munosabatlar tizimining muhim tarkibiy bo‘g‘ini bo‘lib hisoblangan ishchi kuchi bozori ma'lum qonuniyatlar asosida shakllanadi va amal qiladi. Ushbu bozor faoliyatini rivojlanishi aholining ish bilan bandlik muammolarini yechishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugungi kunda aholining ish bilan bandligini ta'minlash muammosi jamiyat ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishining eng muhim makroiqtisodiy xususiyatlaridan biri bo‘lib iqtisodiyotda alohida ahamiyatga ega. Shuningdek, mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tashabbusi bilan qabul qilingan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonida “Fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambag‘allikni qisqartirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilanib, aholini yangi ish o‘rinlari va kafolatli daromad manbai, malakali tibbiy va ta'lim xizmatlari, munosib yashash sharoitlari bilan ta'minlash sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish.”[3] asosiy vazifa sifatida belgilangan .

Bu borada mamlakatimizda mehnat bozorini shakllantirish jarayonida “Aholining ish bilan bandligi to‘g‘risida”gi qonun [1] hamda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi [2] muhim huquqiy asos hisoblanadi. Keltirib o‘tilgan me'yoriy hujjatlar aholi turmush farovonligini oshirishda ularning bandligini ta'minlashning muhim asosini tashkil etadi.

Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Olib borilgan tadqiqot ishlari xamda adabiyotlar tahlili asosida ularni uch guruhga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiqdir:

1) Klassik nazariya maktabi vakillari asarlari nashr qilingan adabiyotlar,

2) Mustakillik yillarida amalga oshirilgan tadqiqotlar, nashr etilgan adabiyotlar,

3) Mavzuga oid xorijda chop etilgan adabiyotlar.

Klassik nazariya maktab vakili bo‘lgan A.Smit «Xalqlar boyligi tabiati va sabablari to‘g‘risida tadqiqot» asarida ish bilan bandlik odamlarning faoliyati va intilishlari ularning shaxsiy iqtisodiy manfaatlari orqali belgilanishini ta'kidlaydi [7].

Akademik Q.X.Abdurahmonov “Ish bilan bandlik – fuqarolarning qonun hujjatlariga zid kelmaydigan o‘z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan, ularga ish haqi va daromad keltiradigan faoliyatidir” degan ta'rifni beradi [4].

Iqtisodchi olimlarimizdan A.O‘lmasov va A.Vahobovlar fikricha “Bandlik mehnat qobiliyatiga ega bo‘lgan va mehnat qilishga ishtiyoqi bor kishilarni ishga joylashib, foydali mehnat bilan mashg‘ul bo‘lishlaridir” [9].

A.G.Gryaznov bandlikni ish joy bilan ta'minlash va xo‘jalik faoliyatida ishtiroki bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar to‘plami deb ataydi. Uning fikricha, bandlik moddiy omillar ishlab chiqarishga taalluqli iqtisodiy faol aholini tasvirlaydi. Bandlikda jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi hamda iste'mol qiluvchi kuchlari o‘zi namoyon qiladi. Chunki, undagi ishlab chiqarishning ob'ektiv sharoitiga munosabat, jami aholining takror ishlab chiqarish sharoiti hisoblanuvchi mehnatkashlar yashashlari uchun mablag‘lar olish vositasi bo‘lib xizmat qiladi[11].

V.A. Pivlenkov ta'rifi bo‘yicha, aholi bandligi – bu qonunda belgilangan yoshga yetgan va hozirgi paytda moddiy yoki pul shaklida daromadlar olib keladigan faoliyat bilan shug‘ullanuvchi fuqarolardir [6].

E.R.Saruxanov tomonidan boshqacha ta'rif berilgan. Bandlik - xodimlar ishtirok etadigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardir, ya'ni ular moddiy ne'matlar ishlab chiqarish va takomillashtirishda insonlar faoliyatini amalga oshiradilar [8].

L.A Kostin fikriga asoslanadigan bo‘lsak, bandlik - barcha iqtisodiy formasiyalarga xos bo‘lgan universal iqtisodiy kategoriyadir. Bandlik - bu mehnatkashlarning o‘zaro hamkorlikdagi ijtimoiy munosabatlaridir [5].

Bandlik, deb yozadi Ye. V. Shuvaeva, mehnat munosabatlari tizimining eng muhim unsuridir. Bunda uning umumbashariy xarakterdaligi boshqalardan farq qiluvchi jihatidir. Chunki, u ixtiyoriy ishlab chiqarishga xos va unda muhim omil sifatida namoyon bo‘ladi hamda ishlab chiqarish kuchlari rivojlanish va faoliyat ko‘rsatish sharti hisoblanadi. Bandlik yollanma ishchi kuchi yoki mehnat bozori paydo bo‘lmasdan ancha oldin shakllangan [11].

Aholi bandligi - ijtimoiy ishlab chiqarishning muhim tarkibiy qismi sifatida yuzaga keluvchi murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisa sifatida, aholini ish joyi va bir vaqtning o‘zida insonni yashashi uchun zaruriy mablag‘ bilan ta'minlovchi ijtimoiy munosabatlar sifatida jamiyatning asosiy ishlab chiqarish kuchlari shakllanishini ta'minlaydi[10].

Bu yerda muallif ishlatgan ehtiyoj bu bir vosita, mehnat – insonning birdan-bir maqsadi emas, balki u bekamu-ko‘st yashashi uchun buyumlarga zaruriati borligi tushuniladi. Inson o‘ziga zarur bo‘lgan ne'matlarga ega bo‘lish uchun mehnat qiladi.

XXI asr boshiga kelib, Xitoy bandlik bilan qator muammolarga duch kelmoqda. Jumladan, iqtisodiyoti rivojlangan barcha mamlakatlariga xos bo‘lgan muammo - aholining “keksayishi”, yoshlar o‘rtasida bandlik darajasi pasayish tendensiyasi, mutaxassislar yetishmasligi va hokazo[12].

Tahlilva natijalar. Aholining ish bilan bandligi sohasi tarkibiga mehnat bozoridan tashqari aholining o‘zini-o‘zi ish bilan ta'minlashi, ularning uy xo‘jaliklari tarkibidagi faoliyatlari, kadrlarni tayyorlash va ishga joylashtirish maqsadli dasturlari ham kiradi. Ya'ni, ish bilan bandlik sohasi mehnat bozori tushunchasidan kengroqdir. Mehnat bozorini tartibga solish ish bilan bandlikning bir qismi hisoblanadi.

(1-jadval)

Hududlar ishsizlik darajasi, %1

T/r Hududlar 2018 2019 2020 2021 2022

Respublika bo’yicha: 9.3 9.0 10.5 9.6 8.9

1 Qoraqalpog‘iston

Respublikasi 9.5 9.1 10.5 10.1 9.1

2 Andijon 9.6 9.2 10.9 9.9 9.1 1 O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari.

3 Buxoro 9.0 8.9 10.6 9.8 8.8

4 Jizzax 9.4 9.2 11.0 10.1 9.3

5 Qashqadaryo 9.7 9.3 11.1 10.2 9.3

6 Navoiy 8.7 8.5 9.4 8.8 8.0

7 Namangan 9.5 9.1 10.6 9.7 8.9

8 Samarqand 9.7 9.3 11.0 9.9 9.3

9 Surxondaryo 9.5 9.3 11.1 10.2 9.3

10 Sirdaryo 9.6 9.3 11.0 10.2 9.3

11 Toshkent 9.0 8.9 10.5 9.4 8.8

12 Farg‘ona 9.7 9.3 10.9 10.0 9.2

13 Xorazm 9.5 9.1 10.9 9.9 9.0

14 Toshkent sh 7.9 7.4 8.0 7.0 6.5

O‘zbekistonda 2022 yil holatida ishsizlik darajasi 8,9 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,7 foizga kamaygan.

2022 yil holatida mehnat resurslari soni 19 517,5 ming kishini tashkil etib, 2021 yilning shu davriga nisbatan 0,9 foizga yoki 172,5 ming kishiga oshgan. Iqtisodiyot tarmoqlarida band bo‘lganlar soni 13 706 ming kishini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,23 foizga (167,1 ming kishiga) oshgan.

(2-jadval)

Mehnat resurslarining iqtisodiy faol va nofaol aholi bo‘yicha taqsimlanishi (ming kishi).2

Ko‘rsatkichlar 2018 2019 2020 2021 2022 2 O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari. Jami mehnat resurslari 18829,6 18949,0 19158,2 19345,0 19517,5 shahar 10032,5 10052,7 10471,7 10609,2 10394,1 jamiga nisbatan foizda 53.3 53.1 54.7 54.8 53.3 qishloq 8797,1 8896,3 8686,5 8735,8 9123,4 jamiga nisbatan foizda 46.7 46.9 45.3 45.2 46.7 iqtisodiy faol aholi 14641,7 14876,4 14797,4 14980,7 15038,9 shahar 7682,0 7838,2 8189,8 8406,1 7945,3 jamiga nisbatan foizda 52,5 52.7 55.3 56.1 52.8 qishloq 6959,7 7038,2 6607,6 6574,6 7093,6 jamiga nisbatan foizda 47.5 47.3 44.7 43.9 47.2 iqtisodiy nofaol ahol 4187,9 4072,6 4360,8 4364,2 4478,6 shahar 2350,5 2214,5 2281,9 2203,0 2448,8 jamiga nisbatan foizda 56.1 54.4 52.3 50.5 54,7 qishloq 1837,4 1858,1 2078,9 2161,2 2029,8 jamiga nisbatan foizda 43.9 45.6 47.7 49.5 45,3

2022 yil holatida mehnat resurslari soni 19517,5 ming kishini tashkil etib, 2021 yilning shu davriga nisbatan 0,89 foizga yoki 172,5 ming kishiga oshgan, 2018 yilga nisbatan 3,65 foizga oshgan. Iqtisodiyot tarmoqlarida band bo‘lganlar soni 13,7 million kishini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,24 foizga yoki 167,1 ming kishiga oshgan.

Shuningdek, 2022 yil holatiga ko‘ra, rasmiy sektorda band aholi soni 6 milliondan ortiq kishini tashkil qilib, 2021 yilning shu davriga nisbatan yuridik shaxslardan band bo‘lganlar soni 4,1 foizga yoki 240,6 ming kishiga oshgani kuzatilgan.

Norasmiy sektorda band bo‘lganlar soni 5,69 million kishini tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 8,2 foiz yoki 507,5 ming kishiga kamaygan.

Tahlillarga ko‘ra, ishga muhtoj bo‘lganlarning umumiy soni 1,326 million kishini, ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholi orasida 8,8 foizni tashkil etmoqda. 16-30 yoshgacha bo‘lganlar orasida ishsizlik darajasi 14,5 foiz, ayollar orasida ishsizlik darajasi esa 12,8 foizga yetgan. Bundan tashqari, ishlashni xohlamaydigan yoki darhol ishga joylashishga imkoniyati yo‘qlar o‘tgan yilga nisbatan 183,6 ming kishiga kamaygan bo‘lsa, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qiyotgan talabalar hamda tug‘ruq ta’tilidagi ayollar soni 222,4 ming kishiga oshgan.

Xulosa. Xulosa qilib aytganda, ish bilan band bo‘lganlar sonining kamayishi, iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan bandlik tarkibining jiddiy ravishda o‘zgarishi, ish bilan norasmiy bandlik ko‘lamlarining kengayishida o‘z ifodasini topadi. Ushbu jarayonlar shakllanishining qonuniyatlarini aniqlash ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollarini belgilash, ekonometrik modellar tizimi yordamida ishchi kuchini samarali taqsimlash mexanizmini takomillashtirish, aholining ish bilan bandligini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish dasturlarini ishlab chiqishda nihoyatda muhimdir. Keltirilgan vazifalarni amalga oshirilishi o‘z navbatida mamlakat aholisi bandligini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Ўзбекистон Республикаси “Аҳолини иш билан таъминлаш тўғрисида”ги Қонуни. (янги таҳрирда). –Т., 1998. 4-10 б.

2. Ўзбекистон Республикаси Меҳнат кодекси, Тошкент, Адолат, 1996, 256 бет

3. “2022 — 2026 Yillarga mo`ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot stranegiyasi to`g`risida”gi O‘zbekiston Prezidentining PF-60-son Farmoni 28.01.2022 y

4. Абдурахмонов Қ.Х. Меҳнат иқтисодиѐти (дарслик). -Т.: Меҳнат. - 2009. -512 б.

5. Костин Л.А., Зущина Г.М., Султанова Р.М. Рынок туда и теория занятости: учебное пособие. М.: АТиСО, 1997.- 424 с.

6. Павленков В.А. Рынок труда. Занятость. Безработица. М.: МГУ, 2004.- 584 с.

7. Смит А. Исследование о природе и причинах богатства народов. В 2 т. М.: Наука, 1993. –570 с.

8. Саруханов Э.Р. Проблемы занятости в период перехода к рынку. СПб.: СПбУ. ЭФ, 2001.-254 с. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 4, iyul-avgust, 2019 yil 4/2019 (№ 00042) http://iqtisodiyot.tsue.uz 89

9. Olmasov A., Vahobov A. Iqtisodiyot nazariyasi.Darslik. – T.:Iqtisod-moliya, 2014.- 424 b.

10. Холмўминов Ш.Р. Меҳнат бозори ривожланишининг таҳлили. Жамоавий монография. Т.: Fan va texnologiya. 2016.- 137 б.

11. Шуваева Е. В. Занятость как важнейший элемент трудовых отношений // Актуальные вопросы экономических наук : Материалы международ. науч. конф. — Уфа: Лето, 2011.

12. Khatamov O. K., Ortikov S. M. Use from the international experiences in employment the population in Uzbekistan //Theoretical & Applied Science. – 2019. – №. 11. – С. 364-371.

13. O ‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari.

14. Mukhammadiyevich O. S. Experiences in the study and analysis of population employment in foreign countries //International Multidisciplinary Journal for Research & Development. – 2023. – Т. 10. – №. 12.

15. Muhammadiyevich O. S. Main problems of population employment and ways to solve them //American Journal of Science on Integration and Human Development. – 2023. – Т. 1. – №. 4. – С. 10-13.

16. Ortikov S. M. Experience in statistical study and analysis of employment in foreign countries //Thematics Journal of Business Management. – 2021. – Т. 10. – №. 7.

17. Ismatov S. A., Ortikov S. M. The population bandhini tamines, turmus of regine oshirildi humiliation tagirova and using Uzbekistana characteristic.(foreign experience in providing employment, improving well-being and its specifics for uzbekistan) //Theoretical & Applied Science. – 2020. – №. 11. – С. 521-526.

18. Хатамов О., Ортиков Ш. Аҳоли бандлигини таъминлаш моделлари ва ундан Ўзбекистон шароитида фойдаланиш имкониятлари //Экономика и инновационные технологии. – 2019. – №. 4. – С. 48-59.

19. Xatamov O. Q., Ortiqov S. M. Models of employment of the population and opportunities for its use in the conditions of Uzbekistan //Economics and Innovative Technologies. – 2019. – Т. 2019. – №. 4. – С. 8.

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.