O‘zbekiston ta’lim tizimidagi innovatsiyalar
Mirzo Ulug‘bek nomidagi
O‘zbekiston Milliy universiteti
Ingliz tilshunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi
Abdulxayeva Malika Maratovna
Mirzo Ulug‘bek nomidagi
O‘zbekiston Milliy universiteti
Xorijiy filologiya va tillarni o‘qitish ingliz tili yo‘nalishi 1-kurs talabasi
Obitova Jasmina Jo‘rabekovna
Annotatsiya
Ushbu maqolada yangilanayotgan O‘zbekistonda ta’limning ahamiyati va undagi o‘zgarishlar, shuningdek ta’lim tizimidagi islohotlar haqida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar: ta’lim tizimi, elektron ta’lim, MOOC, AI, “Yosh pedagog” dasturi.
Инновации в системе образования Узбекистана
Аннотация
В данной статье говорится о важности образования и изменениях в Узбекистане, а также реформах в системе образования.
Ключевые слова: система образование, электронный обучение, MOOC, искусственный интеллект,” молодой педагог” программа.
Innovations in the education system in Uzbekistan
Annotation
This article refers the importance of education and its changes in modern Uzbekistan, as well as reforms in the education system.
Key words: system education, electronic education, MOOC, artificial intellect, the program of “young teacher”.
“Hammaga ayonki, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatning qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu - ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir” - deb bejizga prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlamadilar. Chunki marifati jarlikka qulayotgan millatga faqatgina ilm to‘g‘ri yo‘l bo‘la oladi. Ertangi kunimiz, yurtning yorug‘ ravnaqi istiqboli uchun ta’lim tizimi va yoshlarga berilayotgan tarbiya bir-biriga chambarchas bog‘liq. Zamonaviy hayotni bugun ilm-marifat va ta’limning taraqqiyotisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Buning isboti sifatida jahonning yetakchi davlatlarida ta’limni rivojlantirish asosiy vazifa sifatida belgilanishi ham bejiz emas. Sababi, mamlakatning kelajakdagi ravnaqi aynan yoshlar qo‘lida va faqatgina bilimli yoshlar o‘z bilimlari orqali yurtga manfaat keltiradilar. O‘zbekistondagi ta’lim tizimi so‘nggi yillarda sezilarli darajada o‘zgargan va innovatsiyalar bilan boyitilib, yoshlar uchun zarur sharoitlar yaratilib berilmoqda. Ta’lim tizimida yangi yondashuvlar, raqamli texnologiyalar va zamonaviy pedagogik metodikalar kiritilishi o‘quvchilarning sifatli bilim olishiga va ta’lim tizimining global miqyosda raqobatbardosh bo‘lishiga imkon yaratmoqda.
O‘zbekistonda ta’lim tizimi ko‘plab islohotlarga duch kelmoqda. 2017-yilda prezident Shavkat Mirziyoyevning ta’lim tizimini modernizatsiya qilishga qaratilgan farmoni ta’lim sohasida jadal va sezilarli o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Shu va shu kabi farmonlar ta’limni sifatli, adolatli va raqamli texnologiyalarga asoslangan tarzda takomillashtirishga yo‘naltirilgan edi. Yurtimizda maktab ta’limi, shuningdek, oliy ta’lim va kasb-hunar ta’limiga e’tibor kuchaytirilib, zamonaviy talablar asosida yangi o‘quv dasturlarini va o‘quv metodikalarini joriy etilishi ta’lim sifatining yaxshilanayotganidan ham darak beradi.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda raqamli texnologiyalarining rivojlanishi ta’lim sifatini oshirishga katta hissa qo‘shdi. Maktablarda interaktiv ta’lim platformalari, smart ta’lim vositalari va onlayn kurslar keng tarqalmoqda. Bu islohotlarga misol qilib “Elektron ta’lim” tizimining joriy etilishi orqali o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida interaktiv aloqalarni o‘rnatishga sabab bo‘la oldi. Shuningdek, “Maktab” elektron tizimi orqali o‘quvchilar o‘z bilimlarini baholash, dars jadvalini kuzatish va o‘quvchilar bilan aloqada bo‘lishga erishildi. Bunday islohotlar orasida bugungi yoshlar orasida tanilib ulgurgan onlayn ta’lim platformalari, “Ziyonet” va “O‘qituvchi.uz” kabi resusrlar, o‘quvchilarga darslarni masofadan turib ta’lim olish imkonini ham yarata oldi. Bu tashabbus esa chekka hududlarda yashaydigan ilmga chanqoq o‘quvchi yoshlar uchun katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga, oliy ta’lim muassasalarida MOOC (Massive Open Online Course) formatidagi kurslar, yoshlar uchun xalqaro platformalarga ulanish imkoniyatini yarata oldi. Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini, albatta, oliy ta’lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi mazkur sohadagi yangi islohotlar uchun poydevor vazifasini bajarib beradi. Ushbu Konsepsiya intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash sifatida fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish singari vazifalar bugun yurtimiz ravnaqini yanada oshirish uchun xizmat qilmoqda. Shuningdek, oliy o‘quv yurtlarida qamrov darajasini kengaytirish hamda ta’lim sifatini oshirish, raqamli texnologiyalar va ta’lim platformalarini joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini shakillantirish va tijorat darajasiga ko‘tarish va xalqaro e’tiroflarga erishish bugungi kunda ta’limning asosiy prinsipga aylanib ulgurdi.
O‘zbekistonda ta’lim metodikalari ham sezilarli darajada rivojlanganligini ta’lim sohasidagi yutuqlardan ham sezish mumkin. Bunga misol tariqasida aktiv ta’lim metodlarini ya’ni (problem-based learning, inquiry-based learning, cooperative learning) keng qo‘llanilmoqda. Bu metodlar o‘quvchilarga nafaqat bilim olishni, balki, bilimlarini tahlil qilish va yanada izlanishlari bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. O‘zbekistonning ta’lim tizimini rivojlantirish va bilimli yoshlarni yaratish uchun malakali o‘qituvchilarning o‘rni beqiyosdir. Shuning uchun ham o‘qituvchilarni tayyorlash va ularning bilimlarini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Hozirda ko‘plab o‘qituvchilar uchun innovatsion metodlarni o‘rganish va yangi pedagogik yondashuvlarni qo‘llash bo‘yicha treninglar, suhbatlar va seminarlar tashkil etilmoqda. Ta’lim sifatini oshirish uchun O‘zbekistonning ta’lim markazlari, shu jumladan, o‘qituvchilarni malakasini oshirish markazi va Pedagogik institutlar o‘qituvchilarni yangi metodlar va metodologiyalar bilan tanishtirishni davom ettirmoqda. Shu jumladan, “Yosh pedagog” dasturi orqali yosh o‘qituvchilarni malakali kadrlar sifatida tayyorlash ham dolzarb masala bo‘lib bormoqda. O‘qituvchilarni xalqaro malaka oshirish kurslarida qatnashish imkoniyatlari kengaymoqda ya’ni professor-o‘qituvchilarning xorijda oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot maskanlarida malaka oshirishini ta’minlovchi tizim yaratildi. Bu jarayonlar o‘qituvchilarning ta’limga bo‘lgan yondashuvlarini yangilash va o‘z bilimlarini doimiy ravishda oshirib borishga yordam beradi. Innovatsion dasturlar orqali yurtimizda “Ustoz- shogird” dasturi, xorijiy universitetlar bilan hamkorlikdagi ta’lim dasturlar ham albatta yaxshi va sifatli ta’lim uchungina xizmat qiladi. O‘qituvchilarning 70% dan ortig‘i yangi pedagogik texnologiyalar bo‘yicha qayta tayyorgarlikdan o‘tmoqdalar. Sun’iy intellekt va robotlashtirish yurtimiz ta’lim tizimiga o‘z ta’sirini ko’rsatmay qolmadi. Sun’iy intellekt (AI) va robototexnika ta’lim jarayonini samarali tashkil etishda muhim rol o‘ynaydi. Bu bilan esa, ta’lim sharoitini yaxshilash kreativ, iqtidorli yoshlarni robototexnika bilan ham shug‘ullana olishlariga zamin yaratadi. Demak, xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash kerakki, ta’lim tizimidagi islohotlar ham bugungi kunda o‘zining dolzarbligi hamda amaliy ahamiyati bilan boshqa sohalardan aslo qolishmaydi. Chunki ushbu sohadagi islohotlarni yanada keng ko‘lamda davom ettirish faqatgina yurt uchun ya’ni O‘zbekiston taraqqiyoti uchun xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim Vazirligi rasmiy hisobotlari. 2024.
2. O‘zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi ma’lumotlari. 2024.
3. Jahon Banki hisobotlari. 2024.
4. UNESCO. “Global Education Monitoring Report.” 2024.
5. Toshkent Axborot Texnologiyalar Universiteti ilmiy markaziy tadqiqotlari. 2024.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.