SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY-FALSAFIY ASOSLARI
Botirov Zafar Saydullayevich
Alfraganus universiteti “Ijtimoiy fanlar” kaferdasi o‘qituvchisi
Annotatsiya. Mazkur maqolada mamlakatimizda ijtimoiy davlat konsepsiyasining shakllanishi va rivojlanish jarayoni ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil etilgan bo‘lib, unda ijtimoiy davlat tushunchasining mohiyati, uning insonparvarlik, adolat, tenglik va mas’uliyat kabi asosiy tamoyillari ijtimoiy-falsafiy jihatdan yoritiladi.
Kalit so‘zlar: huquqiy asoslar, ijtimoiy falsafa, insonparvarlik, adolat, fuqarolik jamiyati, huquqiy madaniyat, konstitutsiyaviy islohotlar, ijtimoiy himoya, davlat va jamiyat munosabatlari.
Аннотация. В данной статье с социально-философской точки зрения анализируется процесс формирования и развития концепции социального государства в нашей стране. В ней раскрывается сущность понятия социального государства, а также с социально-философской позиции освещаются его основные принципы, такие как гуманизм, справедливость, равенство и ответственность.
Ключевые слова: правовые основы, социальная философия, гуманизм, справедливость, гражданское общество, правовая культура, конституционные реформы, социальная защита, взаимоотношения государства и общества.
Abstract. This article analyzes the process of formation and development of the social state concept in our country from a socio-philosophical perspective. It reveals the essence of the social state concept and illuminates its fundamental principles, such as humanism, justice, equality, and responsibility, from a socio-philosophical standpoint.
Key words: legal foundations, social philosophy, humanism, justice, civil society, legal culture, constitutional reforms, social protection, state-society relations.
Insoniyat taraqqiyotining asrlar davomida shakllanib borgan murakkab ijtimoiysiyosiy tajribasi bugungi zamonaviy davlat konsepsiyasining paydo bo‘lishiga zamin yaratdi. Davlat degan tushuncha faqatgina hokimiyat, nazorat va tartib timsoli bo‘libgina qolmay, ayni damda jamiyatdagi adolat, tenglik va inson sha’nini e’zozlashning huquqiy va axloqiy kafolati sifatida ham namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, ijtimoiy davlat modeli bugungi global siyosiy-falsafiy tafakkurda chuqur ildiz otib, insonparvarlik tamoyillari asosida davlat va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarning sifat jihatdan yangi shaklini ifodalaydi.
Bu haqda mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev “...avvalo, inson, uning haq-huquqlari va baxt-saodati davlat siyosati, barcha davlat organlari faoliyatining eng ustuvor maqsadi boʼlishi lozim. Jamiyat qurilishi va davlat siyosati ana shu gʼoyaga tayanishi hamda “Davlat - inson uchun” tamoyili asosida tashkil etilishi darkor”1 – deb taʼkidlaydi. Shu o‘rinda ijtimoiy munosabatlar nafaqat huquqiy me’yorlar, balki axloqiy va diniy me’yorlar, shuningdek, jamiyatda shakllangan axloq va an’analar bilan tartibga solinganligi sababli, huquqiy normalar boshchiligidagi ijtimoiy normalarning o‘zaro bog‘liqligi uyg‘un munosabatlarni yaratish uchun asosdir.
O‘zbekistonda ijtimoiy davlatning huquqiy asoslarini huquqiy madaniyat tizimli ravishda oqilona rivojlanish, rag‘batlantirish va ijobiy ijtimoiy tarbiyani talab qiladi. Huquqiy madaniyatni shakllantirish va rivojlantirishning ijtimoiy-madaniy mexanizmi - bu ijtimoiy va madaniy vositalar tizimi bo‘lib, ular yordamida huquqiy madaniyat tasvirlari shakllanadi va uzatiladi. Shaxs va turli-tumаn ijtimоiy subektlаr ishtirоk etаdigаn ijtimоiy-аmаliy fаоliyаt judа rаng-bаrаngdir. Ijtimоiy vа shаxsiy mаnfааtlаrning bir jаbhаdаn bоshqа jаbhаgа о‘tishi muhim ijtimоiy jаrаyоndir. Shаxsiy mаnfааt dоim insоn ishtirоk etuvchi ijtimоiy-аmаliy fаоliyаt vоsitаsidа jаmiyаt mаnfааti bilаn bоg‘lаnаdi vа аksinchа, ijtimоiy mаnfааtlаr jаmiyаtdа mаvjud аmаliyоt оrqаli аyrim shаxs mаnfааtlаri bilаn uzviy bo‘liqdir. Bоz ustigа, jаmiyаtning rivоjlаnish dаrаjаsi qаnchа yuqоri bо‘lsа, shаxsiy vа ijtimоiy mаnfааtlаr о‘rtаsidаgi о‘zаrо аlоqа shunchа serqirrа tus оlаdi.
Shаxs ijtimоiy vа mаdаniy tаjribаning tа‘siridа rivоjlаnаdi. Shuning uchun hаm jаmiyаtdа shаxs vа ijtimоiy-siyоsiy institutlаrning о‘zgаrishi mаsаlаsi ijtimoiy davlat uchun eng muhim mаsаlа hisоblаnаdi. Shu o‘rinda davlat, shaxs va jamoaning manfaatlarini birlashtirishda, jamiyatda barqarorlikni saqlashda muhim funktsiyalarni bajaradi. “Zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto”da ham mehnat huquqi, fuqarolik huquqi masalalariga alohida to‘xtalinib, ijtimoiy munosabatlarning asosiy jihati sifatida ezgulik, insonlarqadr-qimmati, xalq manfaati masalalari turgan”2. 1 Мирзиёев Ш.М. Янги Ўзбекистон стратегияси. Тошкент “Ўзбекистон” нашриёти. 2021. –Б. 464. 2 «Авесто» тарихий-адабий ёдгорлик Асқар Маҳкам таржимаси. - Тошкент: Шарқ, 2015.
Shaxs erkinligi - ijodkorlik, shaxsiy qarorlar qabul qilish va o‘z faoliyatini o‘rganish imkoniyatidir. Ijtimoiy davlatning maqsadlaridan biri shaxs erkinligini rivojlantirishdan iboratdir. Ijtimoiy davlatda amaldagi qonunlar va normalar shaxsning erkinligi va huquqlarini himoya qilishi, individning ijtimoiy hayotda erkin va mas'uliyatli ravishda qatnashish imkonini berishi muhimdir. Ijtimoiy institutlar - davlat, oilalar, nodavlat tashkilotlari, jamiyatning o‘ziga xos ijtimoiy tuzilmalaridir. Ushbu institutlar shaxslarning ijtimoiy hayotida muhim rol o‘ynaydi va ularning massa sifatida birlashishiga yordam beradi. Ijtimoiy davlat doirasida bu institutlarning shakllanishi va rivojlanishi ham o‘z-o‘zidan rasmiy va norasmiy strukturalarning o‘zaro munosabatlariga bog‘liqdir.
Ijtimoiy institutlar, shuningdek, qadriyatlar, urf-odatlar va ijtimoiy amaliyotlar orqali, shaxslar o‘rtasida aloqalarni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, demоkrаtiyа shаrоitidа pаrtiyаlаrning liderligi xаlq mаnfааtlаrini ifоdа etuvchi g‘оyаlаrni ishlаb chiqishginа emаs, bаlki аhоlidа, fuqаrоlаrdа siyоsiy fаоllikni, siyоsiy mаdаniyаtni shаkllаntirishdаn hаm ibоrаtdir. Pаrtiyаlarning bu funksiyаsi uning zimmаsigа fuqаrоlаrni ijtimоiy-siyоsiy jаrаyоnlаrning subektlаrigа аylаntirish vаzifаsini qо‘yаdi.
Bugungi kunda O‘zbekiston yangi taraqqiyot bosqichiga qadam qo‘yayotgan bir davrda, mamlakatimizda ijtimoiy davlat tamoyillarini mustahkamlash, uni huquqiy asoslar bilan boyitish va jamiyat ongida ushbu yondashuvning mohiyatini shakllantirish masalalari dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. “Bizning fikrimizcha, umumе’tirof еtilgan inson huquqlari atamasi хalqaro hujjatlar ahamiyatini хalqaro standartlar atamasidan kam bo‘lmagan darajada aks еttiradi, chunki ular davlatlararo darajada ishlab chiqiladi, davlatlararo hamkorlikni tartibga solishga mo‘ljallanadi, o‘z yurisdiksiyasi doirasida inson huquqlariga hurmatni ta’minlab bеra olmaydigan ahvolda qolgan, o‘z хalqi va хalqaro hamjamiyat oldida inson huquqlariga rioya еtish yuzasidan javobgarlikka tortiluvchi davlatga nisbatan yo‘naltiriladi”3.
Davlat va jamiyat o‘rtasidagi mas’uliyatli hamkorlik, inson huquq va erkinliklarini ustuvor qadriyat sifatida e’tirof etish, ijtimoiy himoya tizimini samarali tashkil etish orqali ijtimoiy davlat konsepsiyasi real hayotga tatbiq qilinmoqda. Ijtimoiy davlat - bu nafaqat siyosiy-huquqiy tuzilma, balki axloqiy yondashuv, insonparvarlik tamoyillari va adolatli jamiyat sari intilishning oliy bosqichidir. Bu g‘oya, eng avvalo, 3 Саидов А. Международное право прав человека: Учебное пособие / Отв.ред. акад. Б.Н.Топорнин. М., «МЗ Пресс», 2002. — С. 80. davlatning o‘z fuqarolari oldidagi axloqiy majburiyatini anglatadi: har bir inson uchun munosib turmush darajasini ta’minlash, uning qadr-qimmatini e’tirof etish va uni hayotda faol ishtirok etishga undash. Shuning uchun ijtimoiy davlatni shakllantirish yo‘lidagi har bir huquqiy islohot, har bir qonunchilik tashabbusi o‘z mohiyatida inson sha’nini ulug‘lashga, adolatli ijtimoiy tuzumni barpo etishga qaratilgan bo‘ladi.
Yangilanayotgan O‘zbekistonda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar, xususan, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning qabul qilinishi bilan ijtimoiy davlat tamoyillari huquqiy jihatdan mustahkamlanmoqda. Konstitutsiyaviy islohotlar orqali davlatning fuqarolar oldidagi ijtimoiy mas’uliyati yanada aniq belgilab berildi: ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya, bandlik va boshqa muhim sohalarda fuqarolarga barqaror va adolatli xizmat ko‘rsatish majburiyati davlat zimmasiga yuklatildi. Bu esa O‘zbekistonni zamonaviy ijtimoiy huquqiy davlat sifatida shakllantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Shuningdek, ijtimoiy davlat qurilishi jamiyatdagi chuqur strukturaviy o‘zgarishlarni, inson ongi va ijtimoiy mas’uliyat darajasining yuksalishini ham talab qiladi. Bu borada huquqiy ong va huquqiy madaniyatning oshirilishi, fuqarolik jamiyati institutlarining faollashuvi, davlatning xalq bilan ochiq va samimiy muloqotga intilishi asosiy omillardan hisoblanadi. Chunki ijtimoiy davlatning barpo etilishi - bu faqat davlat va hukumatning tashabbusi emas, balki butun jamiyatning, har bir fuqaroning bu yuksak maqsad sari intilishi natijasidir. O‘zbekiston ana shu murakkab zamon ostonasida ijtimoiy adolat va huquqiy tartibotni o‘z taraqqiyot yo‘lida bosh mezon sifatida tanlagani bilan o‘zining istiqbolli yo‘lini belgilab oldi. Har bir fuqaroning ijtimoiy farovonligi, huquqiy kafolatlar bilan mustahkamlangan erkin yashashi va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Albatta, ijtimoiy davlatning huquqiy asoslarini yaratish bir kunlik ish emas. Bu - izchil qonunchilik islohotlari, faol fuqarolik pozitsiyasi, demokratik institutlarning mustahkamlanishi va eng muhimi, jamiyatda huquqiy madaniyatning yuksalishi bilan chambarchas bog‘liq uzviy jarayondir. Bu yo‘lda har bir fuqaroning huquqiy ongini uyg‘otish, uni ijtimoiy mas’uliyatga chorlash, shuningdek, davlat idoralarining halollik, ochiqlik va shaffoflik asosida faoliyat yuritishini ta’minlash zarur. Shundagina ijtimoiy davlatning amaliy modelini barpo etish mumkin bo‘ladi.
Bugungi kunda ijtimoiy davlat qurish yo‘lida aholining zaif qatlamlariga ko‘maklashuvchi ijtimoiy himoya tizimi barpo etilishi muhim omildir. So‘nggi yillarda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”, “Temir daftar” kabi mexanizmlar orqali ijtimoiy yordamlar aniq ehtiyojmandlarga yo‘naltirilmoqda. Ushbu tizimlarning huquqiy asoslari mustahkamlanib, aholining real ehtiyojlariga moslashgan mexanizmlar ishlab chiqilmoqda. Bundan tashqari, “Ijtimoiy himoya to‘g‘risida”gi qonun loyihasi orqali ijtimoiy xavfsizlik va muhofaza mexanizmlarining izchil va tizimli asosda ishlashini ta’minlovchi normativ-huquqiy baza yaratilmoqda. Bu huquqiy poydevor fuqarolarning ijtimoiy himoyaga oid huquqlarini yanada aniq va samarali kafolatlash imkonini beradi.
Ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlarining huquqiy takomillashtirilishi har qanday ijtimoiy davlatning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. O‘zbekistonda bu tizimlarni rivojlantirishga qaratilgan bir qator huquqiy hujjatlar - Prezident farmonlari, qarorlari, hukumat dasturlari, sohaga oid qonunlar qabul qilindi. Masalan, “Ta’lim to‘g‘risida”, “Davlat tibbiy sug‘urtasi to‘g‘risida”, “Aholini sog‘liqni saqlash to‘g‘risida”gi qonunlar zamonaviy ijtimoiy davlat modeliga mos holda yangilanmoqda. Bular orqali aholining barcha qatlamlari uchun sifatli ta’lim va tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati kengaymoqda. Ayniqsa, davlat tomonidan imtiyozli toifalarga bepul ta’lim va davolanish kafolatlari belgilanishi ijtimoiy adolat prinsipining real ifodasidir.
Xulosa qilib aytganda O‘zbekistonda ijtimoiy davlat tamoyillarini huquqiy jihatdan mustahkamlash nafaqat hozirgi, balki kelajak avlodlar uchun ham mustahkam ijtimoiy poydevor yaratadi. O‘zbekistonda yangi tipdagi jamiyat iqtisodini tarixan qisqa davrda shakllantirishda qator bosqichlar bosib o‘tildi. Mamlakatimizda ijtimoiy davlatni shakllanishi jarayoni jamiyat barcha sohalarida tub o‘zgarishlar bilan birga insonlarning huquqiy ongi va madaniyati shakllandi. Ijtimoiy davlatni barpo etish - nafaqat huquqiy, balki falsafiy va ma’naviy qadriyatlarni uyg‘unlashtirgan strategik yo‘ldir. Bu yo‘l orqali O‘zbekiston kelajagi adolatli, farovon va insonparvar jamiyat sari dadil qadam tashlamoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Мирзиёев Ш.М. Янги Ўзбекистон стратегияси. Тошкент “Ўзбекистон” нашриёти. 2021. 2. «Авесто» тарихий-адабий ёдгорлик Асқар Маҳкам таржимаси. - Тошкент: Шарқ, 2015. 3. Саидов А. Международное право прав человека: Учебное пособие / Отв.ред. акад. Б.Н.Топорнин. М., «МЗ Пресс», 2002. 4.Рўзимуродов С., Юсупов М. ЎЗБЕКИСТОНДА ФАЛСАФИЙ ФИКРЛАР ИБТИДОСИ ХУСУСИДА //Проблеми та перспективи розвитку науки на початку третього тисячоліття у країнах СНД. – С. 253. 5. MADATOVICH R. S. Aesthetic Features of the Formation of a Healthy Environment in the Upbringing of Children in the Family //JournalNX. – 2020. – Т. 6. – №. 04. – С. 88-90. 6. Ruzimurodov S. M., Ruzimurodov O. M. The Role of the Neighbourhood in the Healthy and Harmonious Education of Young People in the Global Environment //Indiana Journal of Humanities and Social Sciences. – 2021. – Т. 2.–№. 12. – С. 1-3. 7. Ruzimurodov S. M., Sultanova N. THE ROLE OF THE FAMILY IN THE
UPBRINGING OF YOUNG PEOPLE AS A HARMONIOUS GENERATION
//Инновационные подходы в современной науке. – 2019. – С. 367-371.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.