MISOLIDA
Axatova Guljahon Xakimovna
1. Kimyo international university in Tashkent (KIUT) «Tibbiy-biologik
fanlar» kafedrasi assistenti Dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirliging tahlil natijalari va ilmiy nashir ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda har yili 60 mingdan ortiq insult ( bosh miya qon aylanishning o‘tkir buzulishi) holatlari ro‘yxatga olinadi. Shu bilan birga insultdan keyingi nogironlik 83,3 foizni, kasalxonalar o‘lim foizi esa 17,7 foizni tashkil etadi. Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda insult o‘lim sabablari orasida uchinchi o‘rinda, ikkinchi o‘rinda faqat yurak qon-tomir kasalliklari va onkologik kasalliklar turadi. Maqsad. Insult bilan kasallangan bemorlarning ba’zi ijtimoiy ko‘rsatkichlar tahlili. Tadqiqodning materiali va metodlari. Toshkent Davlat Tibbiyot Unversiteti ko‘p tarmoqli klinikasi nevrologiya bo‘limida yotib davolangan 339 ta bemor kasallik tarixi oldindan tuzilgan savolnoma asosida tahlil qilindi. Olingan natijalar. Tekshirilgan bemorlarning 221 ta erkak va 118 ta ayol, yosh bo‘yicha 40 yoshdan 80 yoshgacha bo‘lgan bemorlar kasallik varaqasi o‘rganildi. Tahlilga ko‘ra bosh miya insulti bilan eng ko‘p 60-69 yoshda kasallanadi(47,7 foiz), eng kam kasallanish 40-49 yoshda ko‘zatiladi( 9,7foiz). Yil kesimi bo‘yicha guruhlarga taqsimlangan bemorlar orasida kasallikning yangi holati qo‘yidagi natijalarni ko‘rsatadi: eng ko‘p ksallanish 1 yildan 3 yilgacha bo‘lib(75,2 foiz) ekam ko‘rsatkich esa 5 yildan 10 yilgacha. Ijtimoiy guruh bo‘yicha kasallanish tahlili unga ko‘ra nafaqadagi kishilar insult bilan eng ko‘p kasallanadilar (70,7 foiz), xizmatchilar esa eng kam kasallanadilar(7,1 foiz). Insult bilan kasallangan bemorlardagi hamroh kasalliklar eng ko‘p gipertoniya ekanligi(84 foiz), qandli diabed( 10,5 foiz) va anemiya (5,0 foiz) eng kam ko‘rsatkichni tashkil etadi. Xulosa. Shunday qilib 339 ta tibbiy karta retrospektiv tahlil qilish natijalari asosida qo‘yidagi xulosalarga kelish mumkin:
1. Bosh miya insult kasalligi uning alomatlari turlicha bo‘lishi tavsiflanadi.
2. U qo‘yidagi omillarga bog‘liq bo‘ladi; yosh, ijtimoiy ko‘rsatkichlar,
kasallikning davomiyligi, hamroh kasalliklar.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.