O’ZBEKISTONDA IXTIYORIY SUG’URTAGA BO’LGAN ISHONCH
Xaydarova Durdona Shuxratjon qizi
Guliston davlat universiteti qoshidagi raqamli iqtisodiyotva innovatsiyalar
instituti “Buxgalteriya xisobi va moliya” kafedrasi, stajior-o’qituvchisi
durdona19991995@gmail.com
Achilboyeva Sevinch O’tkir qizi
Guliston Davlat Universiteti talabasi
sevinchachilboyeva8@gmail.com
To’xtayeva Moxinur To’raboy qizi
Guliston Davlat Universiteti talabasi
mohinurtoxtayeva843@gmail.com
Annotatsiya. Ushbu maqola bugungi kunda O’zbekistonda qanday sug’urta turlari borligi to’g’risida va ular qanday amal qilayotgani va majburiy va ixtiyoriy sug’urtaning amal qilinish darajalri to’grisida ma’lumotlar berilgan. Sug’urta O’zbekistonda qanday rivojlanganligi, bu borasida qanday ishlar amalga oshirilgnligi yoritilgan.
Kalit so’zlar: sug’urta, tibbiy sug’urta, majburiy sug’urta, mulkiy sug’urta, hayot sug’urtasi, avtotransport sug’urtasi, risk
Аннотация.В данной статье представлена информация о том, какие виды страхования существуют сегодня в Узбекистане и как они реализуются, а также об уровнях внедрения обязательного и добровольного страхования. Как развивалось страхование в Узбекистане, какая работа проведена в этом направлении, объясняется.
Ключевые слова: страхование, медицинское страхование, обязательное страхование, страхование имущества, страхование жизни, страхование автотранспортных средств, риск.
Abstract. This article provides information about what types of insurance exist in Uzbekistan today and how they are implemented, as well as the levels of implementation of mandatory and voluntary insurance. How insurance has developed in Uzbekistan, what work has been done in this regard is explained.
Key words: insurance, medical insurance, compulsory insurance, property insurance, life insurance, motor vehicle insurance, risk.
Kirish
Sug’urta tabiiy ofatlar, har xil baxtsiz hodisalar roʻy berishi natijasida koʻrilgan zararni qoplash va boshqa pul qoplamalari toʻlash uchun maqsadli pul jamgʻarmalarini tashkil etish va undan foydalanish bilan bogʻliq iqtisodiy munosabatlar tizimi. Ilk sug’urta dengiz sug’urtasi bo’lgan. Dengiz sugʻurtasining mavjudligi miloddan avvalgi 300-yilda Rimdagi qadimiy qonun bilan tan olingan. Keyinchalik sug’urtaning boshqa turlari va sug’urta bilan shug’ullanadigan tashkilotlar vujudga kelgan. Sug’urta inson ehtiyojlariga qarab, turlarga bo’linadi. Bular majburiy sug’urta, avtotransport sug’urtasi, hayot sug’urtasi, fuqarolik mas’uliyatini sug’urtalashdan iborat. Har qanday yuridik yoki jismoniy shaxs o’ziga tegishli bo’lgan mulkni sug’urtalasa, mulkiy sug’urtani amalga oshirgan hisoblanadi. Agar har qanday shaxs o’zining hayoti, sog’lig’i, mehnat qobiliyatini sug’urtalasa, shaxsiy sug’urtani amalga oshirdan hisoblanadi. Transport egalarining fuqarolik javobgarligini, kredit oluvchilarning bank oldidagi kreditni oʻz vaqtida qaytarish javobgarligini sugʻurtalash, javobgarlik sug’urtasini amalga oshirgan hisoblanadi.
Adabiyotlar tahlili
Yuqorida ta’kidlangadek, sug’urtaga insonlarning ishonchsizligi to’g’risida Jahongir Abdurasulov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining videokonferensiya tarzida o‘tkazilgan yig‘ilishida Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan yangi tahrirdagi «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi qonun loyihasi muhokama qilgan. Bu qonun loyiha sug’urta faoliyatini tartibga solish, xalqaro tajribalarni joriy etish va iste’molchilarni huquqlarini qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan.
X.M.Shennayev ham o’zining sug’urta to’g’risidagi kitobida sug’urtaning turlari,sug’urta faoliyati to’g’risida ma’lumot berib o’tgan. Unga ko’ra, sug’urta bozori va uning infratuzilmasirespublika iqtisodiyotining rivojlanishiga xizmat ko’rsata boshlashi aytilgan. Moliya tizimining ajralmas tarkibiy qismi bo’lgan sug’urta ning milliy iqtisodiyot raqaobatbardoshligini va barqarorligini ta’minlashdagi o’rni muhim ahamiyatga ega[1].
Shu sababli, O’zbekistonda sug’urta bozorini shakllantirish va uni rivojlantirishga hukumatimiz tomonidan katta e’tibor berilmoqda. Xususan, sug’urta tashkilotlariga soliq imtiyozlari berilmoqda. Natijada sug’urta bozorida faoliyat yuritayotgan sug’urta tashkilotlarining soni ortib bormoqda. Hozirgi kunda kunda 30 dan ortiq sug’urta tashkilotlari davlat ro’yxatidan o’tgan[2].
Natijalar:
Bugungi kunda sug’urta munosabatlarini rivojlantirish asosida sug’urta bozorining ko’lamini kengaytirish, uzoq qishloq joylarida sug’urta tashkilotlari filial va bo’linmalarining ochilishi , sug’urta bozoriga yangi xizmatlar taklif etish , sug’urta qonunchiligini takomillashtirish dolzarb masalalar bo’lib qolmoqda.
Sug’urta tizimini rivojlantirish uchun sug’urta sohasini yaxshi biluvchi malakali kadrlarni tayyorlash uchun bugungi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shuni inobatga olgan holda, u o’zining qo’llanmasida sug’urta ishining nazariy va amaliy jihatlarini aks ettirgan.
Sug’urta amalga oshirish shakllariga ko’ra majburiy va ixtiyoriy sug’urta shakllariga bo’linadi.
Majburiy sugʻurta - davlat su-gʻurtasi shakllaridan biri, qonun asosida belgilangan shartlarga binoan, davlat sugurta tashkilotlari tomonidan oʻtkaziladi.
Ixtiyoriy sug’urta – bu fuqarolar sug’urta turlaridan ixtiyoriy ravishdan sug’urtani amalga oshirishi hisoblanadi[3].
O’zbekistonda ham sug’urtaning deyarli barcha turlari mavjud. O’zbekiston Respublikasi1991-yil mustaqillikka erishgandan so’ng sug’urta organlari tashkil etildi. 1993-yil 6-may kuni “ Sug’urta to’g’risida”gi qonun qabul qildi. Ilk sug’urta kompaniyasi ham aynan shu qonundan so’ng tashkil etilgan “O’zagrosug’urta” kompaniyasi. Keyinchalik “Madad”, “Kafolat”, “O’zbekinvest” kompaniyalari ham tashkil etilgan va bu kompaniyalari sug’urtaning barcha sug’rta turlari bo’yicha sug’urtani amalga oshirishadi. O’zbekistonda ham sug’urtani amalga oshrish majburiy va ixtiyoriy hisoblanadi va bugungi kunga kelib O’zbekistonda majburiy sug’urtani amalga oshirish yuqori ko’rsatkichni ko’rsatadi. Ixtiyoriy sug’urta esa majburiy sug’urtaga nisbatan pastroq ko’rsatkichni ko’rsatadi. Bunga asosiy sabab fuqarolar orasida sug’urta to’g’risida to’liq informatsiya va savodxonlik yetarli emas. Fuqarolar sug’urta shartnomasiga ega bo’lishgandan so’ng qanday imkoniyatlarga ega ekanliklari to’g’risida axborotlarga to’liq ega emas. Shuning uchun ham fuqarolar ixtiyoriy ravishda o’zlarini turli xil risklardan moliyaviy himoyalay olishmaydi. Aynan sug’urtaning insonlar o’rtasida ishonchsizligini yuqoriligi to’g’risidagi mavzuda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Jahongir Abdurasulov o’zining nutqida aytib o’tgan va bu bo’yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi va nazorat qilinishini ta’kidlagan[4].
2022-yilning yanvar-avgust oylarida sug‘urta xizmatlari hajmi 3701,6 mlrd.. so‘mni tashkil etdi
Hududlar boʻyicha sugʻurta xizmatlari hajmi, mlrd. soʻm:[5]
O‘zbekiston Respublikasi 3 701,6
Qoraqalpog‘iston Respublikasi 200,6
Andijon 105,8
Buxoro 101,1
Jizzax 45,0
Qashqadaryo 91,6
Navoiy 78,2
Namangan 102,1
Samarqand 93,3
Surxondaryo 52,2
Sirdaryo 47,6
Toshkent 106,0
Farg‘ona 113,9
Xorazm 85,4
Toshkent shahri 2 478,8
Muhokama
Yuqorida ko’rsatilgan jadvalda 2022-yildagi sug’urta xizmatlarining hajmi keltirilgan, bunda eng katta hajmi Toshkent shahrida 2 478,8 mlrd. so‘m darajasida qayd etgan. Bunga sabab Toshkent shahrida sug’urta kompaniyalarining asosiy ofislari joylashgan, aholi uchun sug’urta to’g’risida yetarli axborotlar reklamalar orqali yetkazilgan. Aholi orasida sug’urta haqida tushuncha mavjud va Toshkent shahrida juda ko’p xususiy tashkilotlar ko’pligi ham sabab bo’la oladi. Toshkent shahrida juda ko’p mamlakatdan korxona va tashkilotlar filiali joylashgan, biz bilamiz rivojlangan mamlakatlarda sug’urta xizmati YaIM da sezilarli darajada, shuning uchun ham sug’urta xizmati Toshkent shahrida yuqori ko’rsatkichni qayd etgan.
Xulosa va takliflar
Bu maqolani yozish natijasida O’zbekistonda ixtiyoriy sug’urtaga bo’lgan ishonchni oshrish bir nechta takliflar yuzga keldi.
Bular:
1. Sug’urtaga bo’lgan insonlarning ishonchini oshirish uchun fuqarolar o’rtasida turli yig’inlar tashkil qilish va ularga sug’urta to’g’risidagi dastlabki tushunchalarni shakllantirish
2. Onlayn xizmat turlarini qulaylashtirish va birinchi marotaba sug’urtani amalga oshirayotgan fuqarolarga turli xil imtiyozlar ajratish.
3. Sug’urta dalolatnomasiga ega bo’lishni qulaylashtirish va fuqarolarga to’liq summalarda ma’lumotlarni berib berishni yo’lga qo’yish
4. Sug’urta kompaniyalari ixtiyoriy sug’urtani amalga oshirish jarayonida risklarni keng ko’lamda qamrab olish.
5. Sug’urta kompaniyalari “O’zbekinvest” kompaniyasi kabi elektron sug’urta summasini hisoblaydigan hisoblagich joriy etish va uni yanada takomillashtirish chora tadbirlarini qo’llash
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. “Sug’urta ishi” X.M. Shennayev, I.K.Ochilov, S.E.Shirinov, I.G’.Kenjayev o’quv qo’llanma.
2. “Sug’urta ishi” D.D.Alimova, D.X.Jumayeva o’quv qo’llanma
3. “Sug’urta nazariyasi va amaliyoti” I. Abdurahmonov, M.Abduraimova, N,Abdullayev darslik
4. “Sug’urta biznesi” I.Kenjayev, M.Abduraimova, N.Abdullayev o’quv qo’llanma
5. Chorshanbiyevich, N. F. (2023). IMPACT OF COGNITIVE-
PSYCHOLOGICAL BARRIERS ON THE IMPLEMENTATION OF
PEDAGOGICAL INNOVATION. World Bulletin of Social Sciences, 26, 75-78.
6. Марупова , М. Х., Кубаев , А. . С., & Хазратов , А. И. (2022).
УСОВЕРШЕНСТВОВАТЬ МЕТОДЫ ДИАГНОСТИКИ И ЛЕЧЕНИЯ
ПАЦИЕНТОВ С СИНДРОМОМ БОЛЕВОЙ ДИСФУНКЦИИ ВИСОЧНО-
НИЖНЕЧЕЛЮСТНОГО СУСТАВА. Евразийский журнал медицинских и естественных наук, 2(5), 164–167. извлечено от https://inacademy.uz/index.php/EJMNS/article/view/1632
7. Chorshanbiyevich, N. F. Pedagogical Profilactics of Cognitivepsychological Barriers That Arise in the Process of Innovative Activity. JournalNX, 47- 49.
8. Kaldibekova, A. S., & Norboyev, F. C. (2015). INTERNET VOSITASIDA
TALABALAR MUSTAQIL ISHLARINI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK
SHART-SHAROITLARI. In Сборники конференций НИЦ Социосфера (No. 51, pp. 16-18). Vedecko vydavatelske centrum Sociosfera-CZ sro.
9. Хоитметов, У. А. (2021). Интегрирование нагруженного модифицированного уравнения Кортевега-де Фриза. Matematika Instituti Byulleteni Bulletin of the Institute of Mathematics Бюллетень Института, 4(3), 97.
10. Норбоев, Ф. (2023). KREATIVLIK VA INNOVATSIYA BORASIDA
ZAMONAVIY NAZARIYALAR. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари/Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук/Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 3(8).
11. https://stat.uz/
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.