ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

O’ZBEKISTONDA TURIZM SALOHIYATININING ASOSIY KO’RSATKICHLARI

Abstract

Mazkur maqolada o’zbekistondagi turizm salohiyatini oshirishdagi maqsadlar uchun qo’llanadiga omillar, shart sharoitlari, loyihalar hamda qonun doirasidagi olib borilayotgan ishlarni tahlil qilish orqali, mamlakatimizda shu sohaning umumiy ko’rsatkichlari yoritilib beriladi. Xammamizga ma’lumki O’zbekiston turizm sohasida ulkan imkoniyatga ega mamlakat hisoblanadi. Bunga misol tariqasida boy tarixi, boy madaniyati, shu bilan bir qatorda o’zbek milliy qadiryatlaridir. Shunga qaramasdan ushbu sohadagi boy resurslarimizdan to’laqonli ravishda foydalana olmayapmiz. Ushbu maqolani yoritib berishda asosan sintez, analiz hamda statistik ma’lumotlarga tayangan holda O’zbekiston turizimi salohiyat darajasi ko’rib chiqiladi.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

KO’RSATKICHLARI

Soatov Jahongirxon Yusup o’g’li

Toshkent Xalqaro Kimyo Universiteti “Turizm” fakulteti 3-kurs talabasi

soatovjahongirxon@gmail.com +998900050136

Anotatsiya: Mazkur maqolada o’zbekistondagi turizm salohiyatini oshirishdagi maqsadlar uchun qo’llanadiga omillar, shart sharoitlari, loyihalar hamda qonun umumiy ko’rsatkichlari yoritilib beriladi.

Xammamizga ma’lumki O’zbekiston turizm sohasida ulkan imkoniyatga ega mamlakat hisoblanadi. Bunga misol tariqasida boy tarixi, boy madaniyati, shu bilan bir qatorda o’zbek milliy qadiryatlaridir. Shunga qaramasdan ushbu sohadagi boy resurslarimizdan to’laqonli ravishda foydalana olmayapmiz. Ushbu maqolani yoritib berishda asosan sintez, analiz hamda statistik ma’lumotlarga tayangan holda O’zbekiston turizimi salohiyat darajasi ko’rib chiqiladi.

Kalit so’zlar: turizm, statistika, infratuzilma, iqtisodiyot, muzey, mehmonxona.

Kirishi:O’zbekistonda rivojlanayotgan bir paytda turizm saloxiyatini oshirishdagi axamiyati juda kata o’rinni egallaydi. Ushbu soxada ko’p rivojlanayotgan davlatlar qatori O’zbekistonda ham turizm yildan yilga o’sib bormoqda. Shu bilan bir qatorda turizm salohiyatini oshirishda O’zbekiston Prezintining qarorlari ham hozirgi davir talabiga mos tarizda keng qo’llanilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-fevraldagi “Turizm, madaniy meros va sport sohalarida davlat boshqaruvini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF75-son Farmoni ham o’z ahamyatiga egadir. Xususan iqtisodiyotni rivojlantirishda turizm sohasining ahamiyati beqiyos. O`zbekistonda ushbu sohada biznesning investitsiya jozibadorligi ortib bormoqda. Zamonaviy davrda turizm barcha bog`liq infratuzilmani rivojlantirishga bevosita va bilvosita ta`sir ko`rsatadigan ijtimoiyiqtisodiy hodisa sifatida qaraladi. Zamonaviy turizm transport, ijtimoiy va xizmat ko`rsatish sohalarining yuqori darajadagi rivojlanishiga asoslanadi va bu oxiroqibat uni iqtisodiyotning yuqori rentabellik sohasiga aylantiradi. Turizm dunyodagi yalpi milliy mahsulotning qariyb 6 foizini, global investitsiyalarning 7 foizini, har 16-ish joyini, global iste`mol xarajatlarining 11 foizini va barcha soliq tushumlarining 5 foizini tashkil etadi. Qayd etilishicha, O‘zbekistonda turizm sohasining izchil rivojlantirilishi mamlakatimizni ushbu yo‘nalishdagi yuqori ko‘rsatkichli xalqaro reytinglarga kiritish imkonini berdi. Xususan, o‘tgan yil davomida O‘zbekiston 10 ga yaqin nufuzli nashrlar («The New York Times» (AQSh)”1”, «The Guardian» (Buyuk Britaniya),”2” reyting kompaniyalari va portallari («CrescentRating», «Wegoplace»)”3” tomonidan eng sayohatbop turistik mamlakatlardan biri sifatida tan olindi.

Joriy yil boshida BMT Jahon sayyohlik tashkiloti O‘zbekistonni turizm sohasi tez rivojlanayotgan mamlakatlardan biri sifatida e’tirof etdi. Mamlakatimiz reytingda Janubiy Koreya, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston kabi mamlakatlarni ortda qoldirib, to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Ta’kidlash joiz, soha statistikasini takomillashtirish 2018 yilda O‘zbekiston Respublikasiga birinchi marta Jahon sayyohlik tashkilotining «Compendium of Tourism Statistics 2013-2017» statistik to‘plamiga kirish imkonini berdi.

«Compendium of Tourism Statistics»”4” har yili 200 dan ortiq mamlakat turizm sohasidagi asosiy ko‘rsatkichlarining yangilanib boruvchi bazasi hisoblanadi. Jahon turizm va sayohatlar kengashi (WTTC),”5” Jahon banki va boshqa xalqaro tashkilotlar uchun dunyo mamlakatlari turizm reytingini tuzishda manba bo‘lib xizmat qiladi.

Eng nufuzli xalqaro reytinglardan biri hisoblangan «WTTC» reytingida O‘zbekiston 183 o‘rinni egallagan. Milliy statistika tizimi metodologiyasini takomillashtirish hamda turizmni tezkor rivojlantirish natijasida 2023 yilga borib, mamlakatimizning reytingda yetakchi yuztalikda qayd etilishi kutilmoqda. 2022-yilda Rossiyadan sayyohlarning barqaror oqimi shakllandi.

Mixail Shamshidovning ta’kidlashicha, talabning bu keskin o‘sishi O‘zbekistonning o‘zida emas, balki tashqi siyosiy sabablarga asoslanadi. Shunday ekan, O‘zbekiston erishgan yutuqlari bilan to‘xtab qolmasligi kerak. “Ko‘p mamlakatlarga tashrif buyurgan rossiyalik sayyohlarning fikr-mulohazalariga e’tibor qaratsak, ular sifatni oshirishni, texnologiyalarni (birinchi navbatda sayohattexnologiya) rivojlantirishni so‘rashgan”, — deydi u.[6]

“1” The New York Times- Nyu-York shahrida joylashgan kundalik gazeta

”2” The Guardian -Britaniyaning kundalik gazetas

“3” CrescentRating- Wegoplace- portallari

“4” Compendium of Tourism Statistics- Jahon sayyohlik tashkiloti

‘5’ WTTC- Butunjahon Sayohat va Turizm Kengashi

Asosiy qisim. Statistik malumotlarga ko’ra 2018 yildan boshlab BBAdan kelgan mehmonlar oqimi 53% foizga oshgan.UNWTO “6”malumotlariga ko’ra,O’zbekiston dunyoning turizim sanoati eng tez rivojlanayotgan 20 mamlakat qatoridan joy oldi. Xususan, Global Muslim Travel Index (GMTI)”7”ning 2019yilgi reytingiga ko’ra O’zbekiston Islom xamkorlik tashkilotiga a’zo bo’lgan en jozibador mamlakatlar o’nligiga kirdi.Xisobot GMTI tomonidan Singapurning CrescentRating va Mastercard kompaniyalari bilan birgalikda ishlab chiqilgan.[1] 1<<O’zbekiston turizm sohasida ulkan saloxiyatga ega davlat hisoblanadi. Yurtimizda 7 ming 300 dan ortiq madaniy meros obyektlari mavjud va ularning aksariyati YUNESKO ro’yxatiga kiritilgan yangi turistik yo’nalishlar ochish turizim va bu sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirishga alohda e’tibor qaratish zarur>>

1.Mirziyoyev SH.M. O’zbekiston Respublikasi Prizidentining Oliy Majlisga Murojatnomasi // Xalq so’zi.2017.23 dekabir

“6” UNWTO-Butun Jahon Turistik Tshkiloti

“7” Global Muslim Travel Index- Butunjahon Sayohat va Turizm Kengashi

O’zbekistonda turistik imkoniyatning 33% ni arxitektura yodgorliklari tashkil etadi.Samarqand Buxoro Xiva kabi tarixiy shaxarlar ochiq osmon ostidagi o’ziga xos muziylar xisoblanadi.[2]

1-jadval

Ko‘plab xalqaro nashrlarning fikriga ko‘ra, mamlakatimiz 2020-yilda eng jozibador sayyohlik joylaridan biriga aylangan.Buyuk Britaniyaning (The Telegraph)”8” gazetasi bu yil tashrif buyurish lozim bo‘lgan shaharlar ro‘yxatini e’lon qildi. Shular qatorida bizning Toshkent ham bor.Yildan-yilga mamlakatimizga sayyohlar soni tobora ko‘payib borayotganini hisobga olsak, bu juda munosib e’tirofdir.O‘tgan yilning yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 6,748 million kishi tashrif buyurgan bo‘lib, bu 2018-yil statistikasidan 125 foizga (5,346 million kishi) ko‘pdir. O‘zbekistonga tashrif buyurgan turistlarning umumiy sonidan 6,260 million kishi MDH mamlakatlaridan, 488,4 ming sayyoh esa olis xorij mamlakatlaridan kelgan.

Yillar Mexmonxona va shunga

vositalari obyektlari soni

Ulardan joylar

2014 613 32969

2015 661 34898

2016 750 37795

2018 816 39833

Mexmonxonalar 2 –jadval

0%

10%

20%

30%

40%

50%

60%

70%

80%

90%

100%

Muzeylar soni (filiallarni

qo'shgan holda ), birlik

Muzeylarning

eksponatlari soni, ming

birlik

Muzeylarda o'tkazilgan

ekskursiyalar soni,birlik

Muzeylarga tashriflar

soni, ming kishi

Muzeylar

2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020

Shu bilan birga, 2019-yilda turizm xizmatlarining eksporti 1,313 milliard dollarni tashkil etgan, 2018-yilda u 1,041 milliard dollariga teng bo‘lgan (o'sish 126 foiz).Ushbu qiymatning yarmidan ko‘prog‘ini MDH mamlakatlaridan kelgan sayyohlar (966,559 mln. AQSH dollari) sarflagan, 346,472 mln. dollar esa boshqa mamlakatlarning sayohatchilariga to‘g‘ri keladi.2019-yil yakuniga koʻra, turistik xizmatlar eksporti hajmi 1.313.032 AQSH dollarini (2018-yilda $1.041.089) tashkil qilib, 2018-yilga nisbatan 26,1 foizga oʻsdi. Joylashuv vositalari soni jami 1 188 tadan iborat boʻlib, shundan 833 tasi – mehmonxonalar, 214 tasi – xostellar va 141 tasi shunga oʻxshash boshqa turdagi obyektlarda oʻrnatildi.Bundan tashqari, 2019-yilda joylashuv vositalari soni sifatidagi xona zahirasi boʻlgan turar joylar soni 26 147 taga yetdi. 2019- yilda turoperatorlarning soni 1,448 taga yetdi, bu 2018-yilga nisbatan 983 taga koʻp deganidir.Vizasiz rejim joriy etilgan davlatlar soni 2018-yilda 18 ta, 2019-yilda 65 taga yetkazildi. 2020-yil 1-yanvardan esa mazkur raqam 86 ga yetdi. Shuningdek, 77 mamlakat fuqarolari uchun elektron vizalar olishi imkoniyati yaratildi, 109 davlat fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasida yashash huquqi berildi.

Xorijiy fuqarolarning ayrim guruhlari uchun beshta yangi viza toifalari joriy etildi (“Vatandosh”, “Student visa”, “Academic visa”, “Medical visa”, “Pilgrim visa”).Mamlakat turizm salohiyatini dunyo jamoatchiligi orasida keng targʻib etish maqsadida AQSH, Yaponiya, Germaniya, Italiya, Xitoy, Indoneziya, Rossiya va boshqa mamlakatlardan jami 30 ta OAVning 160 dan ortiq vakillari tashrifi tashkillashtirildi.[3]

• “Yuqori darajada qiziqish, hozircha faqat Toshkent, Samarqand va Buxoroda bor. Sayyohlarning atigi 20%i Xivaga yetib boradi. Bizda katta salohiyatga ega, ammo hali ochilmagan hududlar ko‘p — Farg‘ona, Qashqadaryo, Surxondaryo, Qoraqalpog‘istonda ko‘plab manzilgohlar bor”, — deya qo‘shimcha qildi Shamshidov. [5]

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” dasturining amalga oshirilishi mamlakatda sayyohlik madaniyatining rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Mamlakatda ichki sayyohlarning umumiy soni 2016-yildagi 8,8 milliondan 2019-yilda 14,7 millionga, 2021-yilda esa 15 milliondan oshgan. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi ma’lum qildi. So‘nggi 4 yil ichida O‘zbekistonda 833 ta yangi mehmonxonalar: yirik, o‘rta va kichik mehmonxonalar foydalanishga topshirilgan. Joylashtirish fondlarining umumiy soni 1442 taga yetgan. Bunda xonalar soni — 33,4 ming donani tashkil etayotgan bo‘lsa, undagi o‘rinlar — 71,2 taga yetkazilgan. Ayni paytda O‘zbekistonda yuzlab yangi mehmonxona loyihalari barpo etilmoqda, ular yaqin kelajakda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.2022-yil mart oyida O‘zbekistonda barcha toifadagi mehmonxonalar va hostellarni o‘rtacha band qilish bo‘yicha statistik ma’lumotlar tahlili ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rsatgan. 28—30-mart kunlari – uch kunlik davrdagi yuklama respublika bo‘yicha 70,8 foizdan ortiq, Toshkent shahrida 83,6 foiz, Samarqandda 62,3 foiz, Qoraqalpog‘istonda 93,9 foiz, Xorazmda 56,3 foiz, Buxoroda 46 foizni tashkil etgan. Bu juda yaxshi ko‘rsatkichlar bo‘lib, turizm industriyasining o‘sishidan, mehmonxona biznesi uchun esa rentabellikning tez tiklanishidir. Ma’lumot uchun, 2017-yilda mehmonxonalarning bandlik darajasi 39,3 foizni, 2019-yilda – 53,1 foizni, pandemiyaning o‘tkir davrida – 22,1 foizni, o‘tgan yili bandlik ko‘rsatkichi 36,3 foizni tashkil etgan. Ta’kidlanishicha, 2019−2022-yillarda O‘zbekistonda bo‘lgan sayyohlar sonining tahlili sezilarli tiklanish dinamikasini ko‘rsatmoqda, garchi 2022- yilda bu ko‘rsatkich 15 foizga ortda qolayotgan bo‘lsa-da, xonalar soni 2019-yilga nisbatan 26 147 o‘rindan 33 411 tagacha, ya’ni 7264 ta mehmonxona xonasiga (21,7 foiz) oshgan. O‘zbekiston mehmonlari orasida mahalliy sayyohlar va mamlakat fuqarolaridan tashqari rossiyaliklar — 23,4 foiz, qozog‘istonliklar – 18,9 foiz, tojikistonliklar – 14,4 foiz, turkiyaliklar — 7,7 foizni tashkil etdi. Mehmonxonalarda yashovchi barcha xorijliklar: qirg‘izistonliklar — 6,3 foiz, belarusliklar — 4,6 foiz, xitoyliklar — 3,2 foiz, fransiyaliklar — 1,7 foiz. 2019-yilning pandemiyadan oldingi davrida 84,8 ming nafar chet el fuqarosi yashagan bo‘lib, umumiy ulushda eng ko‘p rossiyaliklar — 16,8 foizni, qozog‘istonliklar — 15 foizni, tojikistonliklar — 6,3 foizni, xitoyliklar — 6,1 foizni, afg‘onistonliklar — 5,7 foiz, turkiyaliklar — 5,5 foizni tashkil etgan. Ayni paytda O‘zbekiston chet el sayyohlari uchun to‘liq ochiq. Bu borada barcha cheklovlar olib tashlandi. O‘zbekistonda turizm sohasining jadal tiklanishida ijobiy tendensiyalar kuzatilmoqda va yuqoridagi raqamlar 2022-yil oxiriga kelib 4,5 million nafargacha xorijiy sayyohlar mamlakatimizga kirib kelishini ko‘rish mumkun.[7]

2016 2017 2018 2019

Kiruvchi turizm

Ulardan xizmat

ko’rsatganlar:

2 027 035 2 690 074 5 346 219 6 748 512

Turistik firma va

tashkilotlar tomonidan

152 616 167 394 224 796 348 731

Mehmonxona va shunga

vositalari tomonidan

499 146 615 865 932 602 1 094 231

Sanatoriya-kurort

muassalari tomonidan

5 246 8 502 17 481 24 505

Dam olish tashkilotlari va turistik bazalar tomonidan

4 511 14 566 25 856 53 339

Chiquvchi turizm 3 847 835 5 182 487 8 594 828 8 437 830

Kiruvchi turizm 3-jadval

Xulosa. Ushbu maqolada turizm saloxiyatini oshirishdagi asosiy voqealar ko’nikmalari amalga oshirilib boriladi asosiy voqealar bunda qollaniladi. O’zbeksitonda yildan yilga turizm rivojlanib bormoqda bunga yuqoridagi statistik ma’lumotlar misol bo’la oladi. Turizm rivojlanishi uchun mamlakatimiz ulkan ishlar qilmoqda.

O’zbekistonda qo’llaniladigan asosiy vositalardan bir bu turizm qoshida tashkil etilgan abyektlarni rekanstruksiya qilish uchun davlat tomonidan kam %(foiz)li kiriditlar berishda amaliy yordam berilmoqda. Ushbu maqolada qo’llaniladigan asosiy namunalar ko’p xollarda qollaniladigan bo’lib bunda keying yillarga pragnoz berish orqali turizm salohiaytini oshirishda ko’rsatkichlarga etibor qaratiladi.

Foydalangan adabiyotlar:

1. O’zbekiston iqtisodiy axbarotnomasi 4-5/2021 tahliliy jurnal 54-bet

2. Madaniy turizimning tadqiqot va targ’iboti tamoyillari J.X.Ismoilova, M.S.Muxaedova 3-280 bet Fan nashiryoti 2018

3. O’zbekiston Davlat Statistika Qo’mitasi Toshkent 2020 www.stat.uz

Elektron resurslar

1. www.Yuz.uz

2. www.Yilyakunlari.uz

3. https://Dunyo/info.uz

4. www.daryo.uz

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.