IQTISODIY ALOQALARI
Termiz Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya ta’lim yo`nalishi
talabasi Olimqulov Yashnar Maxmadamin o`g`li, Narziyev Furqat Fayzullo
o`g`li.
Annotatsiya: Mazkur maqolada O’zbekiston respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalari, eksport va import imkoniyatlari haqida so’z boradi. Tashqi iqtisodiy aloqaning bugungi kundagi holati, takliflar, e’tibor qaratilishi lozim bo’lgan jihatlar yoritilgan. Shuningdek xuquqiy asoslari yoritilgan.
Kalit so`zlar: Tashqi aloqa, iqtisod, xuquq, resurs, O’zbekiston, agrotexnologiya, tumanlar, Surxondaryo, oziq-ovqat, dehqonchilik.
Abstract: This article talks about foreign economic relations, export and import opportunities of the Republic of Uzbekistan. Today's state of foreign economic relations, proposals, aspects that should be paid attention to are highlighted. The legal basis is also explained.
Tashqi iqtisodiy aloqalar O‘zbekiston mustaqilligi e’lon qilingandan beri tez sur’atlar bilan kengayib bormoqda.
O‘zbekiston xorijiy mamlakatlarga anchagina keng iste’mol buyumlari, ayniqsa milliy gazlamalar, oziq-ovqat (o‘simlik moyi, meva sabzavot, sharoblar va hokazo) mahsulotlar chiqaradi. Tashqi iqtisodiy faoliyat tashqi iqtisodiy aloqalarni ro’yobga chiqarish jarayonidir. Tashqi iqtisodiy aloqalar - iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va faoliyatning boshqa sohalarida davlat va uning subyektlari xalqaro hamkorligining xilma-xil shakllari tizimidir. Xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va turli milliy davlatlar iqtisodiyotidagi o’zaro bog’liqlik va xo’jalik aloqlarining kengayishi natijasida xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari, soha va yo’nalishlari yanada ortib bordi. Oddiy tovarlar ayirboshlash o’rnini teng huquqli va manfaatli savdo egallay boshladi.
BMTning tarmoq va sohalar bo’yicha ixtisoslashgan bo’limlari (komissiylar, konferensiyalar, qo’mitalar, dasturlar) doirasida tashqi savdoning tartibga solinishi lozim bo’lgan sohalar bo’yicha Konvensiyalar, shartnomalar qabul qilindi. Masalan, xalqaro savdoda yuk tashish qoidalari, intellektual mulk himoyasi, investitsiyalarni sug’urtalashga oid xalqaro konvensiyalar shular jumlasidandir;
- tashqi va xalqaro savdoni amalga oshirishda xalqaro bank-moliya tizimi – Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro moliya korporatsiyasi kabilar shakllandi hamda o’zaro hisobkitob, kredit, investitsiyalar va grantlarni o’zlashtirish bo’yicha tegishli
Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi asosiy yo’nalishlar sifatida quyidagilarni ajratish mumkin:
- maxsulotlar (tovar va xizmatlar) ayrboshlash, ya’ni xalqaro savdo;
- ilmiy-texnikaviy maxsulotlarni ayrboshlash;
- ishlab chiqarishni joylashtirish;
- investitsiyalar, valyuta va kreditlar borasidagi yo’nalishlar;
- axborot va aloqa sohalaridagi yo’nalishlar;
- mehnat resurslari harakati yo’nalishlari
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DIPLOMATIK ALOQALAR
O’RNATGAN DAVLATLARNING RO’YXATI
1. Avstraliya 26.12.91 y. Tashqi ishlar vazirliklari o’rtasida
2. Xitoy Xalq
Respublikasi 02.01.92 y. Toshkent shahrida imzolangan
3. Vetnam Sotsialistik
Respublikasi 17.01.92 y. Toshkent shahrida imzolangan
4. Misr Arab
Respublikasi 23.01.92 y. Toshkent shahrida imzolangan
5. Mug’uliston 25.01.92 y. Toshkent shahrida imzolangan
6. Daniya qirolligi 25.01.92 y. Notalar almashinuvi
7. Yaponiya 26.01.92 y. Tashqi ishlar vazirliklari o’rtasida
8. Korea Respublikasi 29.01.92 y. Moskva shahrida imzolangan
9. Korea Xalq
Demokratik Respublikasi 07.02.92 y. Toshkent shahrida imzolangan
10.
Buyuk Britaniya va
Shimoliy Irlandiya Birlashgan
Qirolligi
18.02.92 y. Tashqi ishlar vazirliklari o’rtasida
11. Amerika Qo’shma
Shtatlari 19.02.92 y. Prezidentlar o’rtasida xatlar
almashinuvi
12. Saudiya Arabistoni
Qirolligi 20.02.92 y. Toshkent shahrida imzolangan
13. Malayziya 21.02.92 y. Notalar almashinuvi
14. Isroil Davlati 21.02.92 y. Notalar almashinuvi
15. Finlandiya
Respublikasi 26.02.92 y. Xelsinki shahrida imzolangan
16. Fransiya Respublikasi 01.03.92 y. Toshkent shahrida imzolangan
17. Vengriya Respublikasi 03.03.92 y. Budapesht shahrida imzolangan
18. Turkiya Respublikasi 04.03.92 y. Toshkent shahrida imzolangan
19. Germaniya Federativ
Respublikasi 06.03.92 y. Notalar almashinuvi
20. Belgiya Qirolligi 10.03.92 y. Bryussel shahrida imzolangan
shartnoma
21. Gretsiya Respublikasi 16.03.92 y. Notalar almashinuvi
22. Meksika Qo’shma
Shtatlari 16.03.92 y. Moskva shahrida imzolangan
23. Ispaniya Qirolligi 17.03.92 y. Moskva shahrida imzolangan
kommyunike
24. Hindiston Respublikasi 18.03.92 y. Toshkent shahrida imzolangan
25. Polsha Respublikasi 19.03.92 y. Tashqi ishlar vazirliklari o’rtasida
26. Yangi Zelandiya 11.03.92 y. Notalar almashinuvi
27. Rossiya Federatsiyasi 20.03.92 y. Kiyev shahrida imzolangan
28. Italiya Respublikasi 24.03.92 y. Moskva shahrida imzolangan
29. Avstriya Respublikasi 25.03.92 y. Vena shahrida imzolangan
30. Kanada 07.04.92 y. Notalar almashinuvi
31. Shvetsiya Qirolligi 08.04.92 y. Toshkent shahrida imzolangan
32. Filippin Respublikasi 13.04.92 y. Notalar almashinuvi
33. O’mon Sultonligi 22.04.92 y. Moskva shahrida imzolangan
34. Suriya Arab
Respublikasi 24.03.92 y. Toshkent shahrida imzolangan
35. Tailand Qirolligi 06.05.92 y. Notalar almashinuvi
36. Shvetsariya
Konfederatsiyasi 07.05.92 y. Xatlar almashinuvi
37. Eron Islom
Respublikasi 10.05.92 y. Ashhobod shahrida imzolangan
38. Pokiston Islom
Respublikasi 10.05.92 y. Ashhobod shahrida imzolangan
39. Yaman Respublikasi 25.05.92 y. Toshkent shahridagi qo’shma
bayonot
40. Bahrayn Qirolligi 29.05.92 y. Toshkent shahrida imzolangan
41. Lyuksemburg Buyuk
Gersogligi 10.06.92 y. Notalar almashinuvi
42. Norvegiya Qirolligi 10.06.92 y. Notalar almashinuvi
43. Indoneziya
Respublikasi 23.06.92 y. Jakarta shahrida imzolangan
44. Jazoir Xalq-
Demokratik Respublikasi 30.06.92 y. Moskva shahrida imzolangan
45. Litva Respublikasi 05.08.92 y. Notalar almashinuvi
46. Portugaliya
Respublikasi 12.08.92 y. Notalar almashinuvi
47. Janubiy Afrika
Respublikasi 12.08.92 y. Notalar almashinuvi
48. Ukraina 25.08.92 y. Kiyev shahrida imzolangan
49. Nigeriya Federativ
Respublikasi 28.08.92y. Notalar almashinuvi
50. Laos Xalq Demokratik
Respublikasi 10.09.92y. Toshkent shahrida imzolangan
51. Bolgariya Respublikasi sentabr
1992y. Turkiyada imzolangan protokol
52. Afg’oniston Islom
Respublikasi 13.10.92 y. Toshkent shahrida imzolangan
53. Vatikan davlati 17.10.92 y. Toshkent va Vatikan shaharlarida
imzolangan protokollar
54. Bangladesh Xalq
Respublikasi 15.10.92 y. Toshkent shahrida imzolangan
55. Tojikiston
Respublikasi 20.10.92 y. Notalar almashinuvi
56. Qozog’iston
Respublikasi 23.11.92 y. Notalar almashinuvi
57. Birlashgan Arab
Amirliklari 25.10.92 y. Notalar almashinuvi
58. Latviya Respublikasi 03.11.92 y. Notalar almashinuvi
59. Niderlandiya Qirolligi 24.11.92 y. Notalar almashinuvi
60. Tunis Respublikasi 26.11.92 y. Toshkent shahrida imzolangan
61. Chexiya Respublikasi 01.01.93 y. Notalar almashinuvi
62. Slovakiya
Respublikasi 01.01.93 y. Notalar almashinuvi
63. Turkmaniston 08.01.93 y. Notalar almashinuvi
64. Belarus Respublikasi 21.01.93 y. Minsk shahrida imzolangan
65. Iordaniya Hoshimiylar
Qirolligi 15.02.93 y. Toshkentshahrida imzolangan
66. Qirg’iz Respublikasi 16.02.93 y. Notalar almashinuvi
67. Malta Respublikasi 25.02.93 y. Moskva shahrida imzolangan
68. Braziliya Federativ
Respublikasi 30.04.93 y. Notalar almashinuvi
69. Iroq Respublikasi 19.06.93 y. Notalar almashinuvi
70. Gvineya Respublikasi 24.06.93 y. Notalar almashinuvi
71. Argentina
Respublikasi 09.09.93 y. Moskva shahrida imzolangan
qo’shma protokol
72. Marokko Qirolligi 11.10.93 y. Moskva shahrida imzolangan
qo’shma protokol
73. Gana Respublikasi 28.10.93 y. Moskva shahrida imzolangan
qo’shma protokol
74. Albaniya Respublikasi 23.11.93 y. Notalar almashinuvi
75. Zambiya Respublikasi 01.02.94 y. Moskva shahrida imzolangan
76. Kuvayt Davlati 08.07.94 y. Moskva shahrida imzolangan
77. Gruziya Respublikasi 19.08.94 y. Moskva shahrida imzolangan
78. Moldova Respublikasi 23.08.94 y. Moskva shahrida imzolangan
79. Chili Respublikasi 15.09.94 y. Moskva shahrida imzolangan
80. Chad Respublikasi 16.09.94 y. Moskva shahrida imzolangan
81. Falastin Davlati 25.09.94 y. Notalar almashinuvi
82. Estoniya Respublikasi 25.10.94 y. Notalar almashinuvi
83. Yevropa Hamjamiyati
Komissiyasi 16.11.94 y. Notalar almashinuvi
84. Maldiv Respublikasi 07.12.94 y. Nyu-York shahrida imzolangan
85. Makedoniya
Respublikasi 31.12.94 y. Anqara shahrida imzolangan
86. Sloveniya
Respublikasi 16.01.95 y. Notalar almashinuvi
87. Serbiya Respublikasi 18.01.95 y.
O’zbekiston va sobiq Yugoslaviya
Sotsialistik Respublikasi o’rtasidagi notalar
almashinuviga asosan
88. Xorvatiya
Respublikasi 06.02.95 y. Notalar almashinuvi
89. Kambodja Qirolligi 07.09.95 y. Moskva shahrida imzolangan
90. Ozarbayjon
Respublikasi 02.10.95 y. Moskva shahrida imzolangan
91. Ruminiya 06.10.95 y. Moskva shahrida imzolangan
92. Senegal Respublikasi 06.10.95 y. Moskva shahrida imzolangan
93. Armaniston
Respublikasi 27.10.95 y. Moskva shahrida imzolangan
94. Venesuela
Respublikasi 26.04.96 y. Nyu-York shahrida imzolangan
95. Bosniya-Gersogovina 14.05.96 y. Notalar almashinuvi
96. Bruney-Darussalam 20.06.96 y. London shahrida imzolangan
97. Efiopiya Federativ
Demokratik Respublikasi 15.07.96 y. Notalar almashinuvi
98. Yamayka 08.08.96 y. Nyu-York shahrida imzolangan
99. Mali Respublikasi 13.02.97 y. Moskva shahrida imzolangan
100. Singapur Respublikasi 08.04.97 y. Notalar almashinuvi
101. Kipr Respublikasi 30.05.97 y. Moskva shahrida imzolangan
102. Islandiya Respublikasi 25.09.97 y. London shahrida imzolangan
103. Irlandiya Respublikasi 07.11.97 y. Notalar almashinuvi
104. Qatar Davlati 27.11.97 y. Anqara shahrida imzolangan
qo’shma bayonot
105. Sharqiy Urugvay
Respublikasi 25.05.98 y.
106. Livan Respubliklasi 22.10.98 y. London shahrida imzolangan
107. Mavrikiy Respublikasi 04.08.99 y. Bryussel shahrida imzolangan
108. Namibiya Respublikasi 30.08.99 y. Moskva shahrida imzolangan
109.
Shri-Lanka
Demokratik Sotsialistik
Respublikasi
11.10.99 y. Moskva shahrida imzolangan
110. Peru Respublikasi 22.12.99 y. Nyu-York shahrida imzolangan
111. Myanma Ittifoqi 08.02.01 y. Nyu-York shahrida imzolangan
112. Kosta-Rika
Respublikasi 07.06.01 y. Nyu-York shahrida imzolangan
113. Paragvay Respublikasi 27.08.01y. Seul shahrida imzolangan qo’shma
deklaratsiya
114. Angola Respublikasi 31.05.02y. Nyu-York shahrida imzolangan
115. Sudan 06.01.05y. Notalar almashinuvi
116. Komor orollari 21.05.05y. Notalar almashinuvi
117. Benin Respublikasi 17.08.05y. Notalar almashinuvi
118. Kuba Respublikasi 13.03.06y. Toshkent shahrida imzolangan
qo’shma Deklaratsiya
119. Chernogoriya 19.12.06y. Notalar almashinuvi
120. Gvatemala
Respublikasi 09.02.07y. Nyu-York shahrida imzolangan
121. Nikaragua
Respublikasi 23.02.07y. Nyu-York shahrida imzolangan
122. Gonduras Respublikasi 26.04.07y. Nyu-York shahrida imzolangan
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi dunyoning 130 dan ortiq davlatlari bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan. Toshkentda 44 ta chet el elchixonalari, 1 ta bosh konsullik, 8 ta faxriy konsullar, 17 ta xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, 13 ta xorijiy xalqaro hukumatlararo va hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, 1 ta diplomatik maqomga ega savdo vakolatxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Xorijiy mamlakatlarda va xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasining 55 ta diplomatik va konsullik vakolatxonalari mavjud. O‘zbekiston 100 dan ortiq xalqaro tashkilotlarning a’zosi bo‘lib, mamlakatimiz turli xil ko‘p tomonlama hamkorlik tuzilmalari bilan o‘zaro sherikchilik aloqalarini rivojlantiradi.
O‘zbekiston amalga oshirayotgan tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy shakli xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorlik qilishdir. Ular bilan valyuta-kredit munosabatlari, ilmiy-texnikaviy hamkorlik, xo‘jalik korxonalarini birgalikda qurish, oldi-sotdi ishlari kengaytirilmoqda.
O‘zbekiston Prezidentining farmoni bilan Respublika tashqi savdo va xorijiy mamlakatlar bilan aloqa vazirligi tuzildi. O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ham o‘z ishini boshlab yubordi.
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi Respublikada xorijiy sarmoyalar bilan korxonalar, jumladan, qo‘shma korxonalar, xalqaro birlashmalar va tashkilotlar hamda ularning bo‘linmalarini barpo etish, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi haqida maxsus qaror qabul qilindi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI
1.1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. - T.: O‘zbekiston, 2017-yil.
1.2. O’zbekiston Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat” to’g’risida (yangi tahriri)gi qonuni. 26.05.2000 yil
1.3. O’zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to'g'risida”gi qonuni.
1.4. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va savdo savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish choratadbirlari” tog’risidagi PF-5643-sonli farmoni 28.01.2019 yil.
II. Ilmiy maqolalar
1 Shaakramov Q. Milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash. // Jamiyat va boshqaruv,-T.:2008. №3.
2 Karimov F. O`zbekiston jahon hamjamiyati safida. // Jamiyat va boshqaruv, - T.: 2004. №1
3 Ismailov O.Sh., Umarov B. XXI asrda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning o`ziga xos xususiyatlari. // Iqtisod va moliya., -T.:2010. №11-12.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.