ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

OZODLIKNI CHEKLASH JAZOSI ASOSIY TAQIQLARINING AYRIM JIHATLARI

Abstract

Ushbu maqolada jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan ozodlikni cheklash jazosini tayinlash asoslari, uning shartlari, muddatlari, ushbu jazoni qollash mumkin bolmagan holatlar, Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga asoslangan holda yoritib beriladi. Shu bilan birga bugungi kunda ushbu jazo turining sudlar tomonidan qollanilish statistikasi ham tahlil qilinadi.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

AYRIM JIHATLARI

14-son Jazoni ijro etish koloniyasi

Tezkor-qidiruv boʻlimi tezkor vakili

katta leytenant

Muxtarov Nodirbek Sherali oʻgʻli

Annotatsiya: Ushbu maqolada jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan ozodlikni cheklash jazosini tayinlash asoslari, uning shartlari, muddatlari, ushbu jazoni qollash mumkin bolmagan holatlar, Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga asoslangan holda yoritib beriladi. Shu bilan birga bugungi kunda ushbu jazo turining sudlar tomonidan qollanilish statistikasi ham tahlil qilinadi.

Kalit soʻzlar: jazo, jazoning maqsadi, penalizatsiya, jazo tizimi, ozodlikni cheklash, qoʻshimcha taqiqlar,mamuriy nazorat, sanksiya.

Bugungi kunda ogʻir jazo, ayniqsa, fuqarolarning jamiyatdan ajratish bilan bogʻliq boʻlgan jazolarning jinoyatchilikni oldini olishdagi ahamiyatini oshirib koʻrsatish oʻrinsiz ekanligini hayotning oʻzi isbotlamoqda.

Ma'lumki, har qanday hodisaning belgilarini tahlil qilish orqali uning mazmunini tushunish va boshqa hodisalardan farqlash mumkin. Shunday ekan, ozodlikni cheklash jazosining jinoiy-huquqiy tahlilini amalga oshirmasdan turib, ushbu jazo mazmunini tushunishning imkonini bermaydi. Oʻz navbatida jinoiy jazo turi sifatida ozodlikni cheklash jazosi jazo tizimidagi boshqa jinoiy jazolar kabi jazoning umumiy belgilariga (masalan, davlatning majburlov chorasi ekanligi, sudning hukmi bilan tayinlanishi, sudlanganlikni keltirib chiqarishi va boshqalar) ega boʻlib, mazkur belgilar ozodlikni cheklash jazosining oʻziga xos xususiyatini aks ettirmaydi. Shunday ekan, ozodlikni cheklash jazosining mazmunini uning oʻziga xos belgilarini tahlil qilish orqali aniqlash mumkin boʻladi.

Shuni alohida ta'kidlash oʻrinliki, Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat kodeksining 481-moddasida sud tomonidan mahkumning zimmasiga yuklatiladigan ta'qiq (cheklash)lar va majburiyatlar quyidagi uch guruhga boʻlingan: 1) asosiy ta'qiq (cheklash)lar; 2) qoʻshimcha ta'qiq (cheklash)lar; 3) qoʻshimcha majburiyatlar. Ushbu normaning birinchi qismida mahkumga tayinlanishi mumkin boʻlgan asosiy taqiq (cheklov)lar, ya'ni sud tomonidan mahkumga nisbatan yashash joyini u yoki bu sabab bilan tark etishni butunlay taqiqlash yoki sutkaning muayyan vaqtida yashash joyidan chiqishni cheklash belgilangan.

Bundan koʻrinib turibdiki, ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilingan shaxsga nisbatan quyidagi ikki asosiy taqiq (cheklash)ning biri tayinlanishi mumkin: 1) yashash joyini u yoki bu sabab bilan tark etishni butunlay taqiqlash; 2) sutkaning muayyan vaqtida yashash joyidan chiqishni cheklash.

Amaliyot ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlgan jinoiy jazolarni qoʻllash orqali jamiyatda jinoyatchilikka qarshi kurashni samarali tashkil etib boʻlmasligini koʻrsatmoqda.

Jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan sud tomonidan qonunda belgilangan tartibda jazo tayinlanadi, yani hech bir jinoyat jazosiz qolmaydi. Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 42-moddasiga koʻra jazo jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxsga nisbatan davlat nomidan sud hukmi bilan qoʻllanadigan va mahkumni qonunda nazarda tutilgan muayyan huquq va erkinliklardan mahrum qilish yoki ularni cheklashdan iborat majburlov chorasidir. Jazo quyidagi maqsadda qoʻllaniladi:

— Mahkumni axloqan tuzatish;

— Jinoiy faoliyatini davom ettirishiga toʻ sqinlik qilish,

— Mahkum, shuningdek boshqa shaxslar yangi jinoyat sodir etishining oldini olish.

Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 43-moddasida jazo tizimi mustahkamlangan boʻlib unda ozodlikni cheklash jazosi ham oʻrin olgan. Biz quyida ushbu jazoning qoʻllanilish shartlari, muddatlari va qanday shaxslar doirasiga qollash mumkin emasligini muhokama qilamiz. Ozodlikni cheklash jazosi jinoyat toʻgʻrisidagi qonunchilikka nisbatan yangi kiritilgan jazo choralaridan biri hisoblanadi. Ushbu jazo turi Ozbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi ORQ-389-sonli qonuni bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan.

Jinoyat kodeksiga mazkur jazo turi o z tabiatiga ko ra ozodlikdan mahrum qilish jazosiga muqobil jazo sifatida kiritilgan. U mahkumni jamiyatdan ajratmagan holda tarbiyalash vazifasini bajaradi. Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 481-moddasiga koʻra ozodlikni cheklash sud tomonidan mahkumga nisbatan yashash joyini u yoki bu sabab bilan tark etishni butunlay taqiqlashdan yoki sutkaning muayyan vaqtida yashash joyidan chiqishni cheklashdan iborat. Bunda yashash joyi deganda, mahkumning doimiy yashash joyidagi uylar, ko„p qavatli uylardagi kvartiralar, boshqa imoratlardagi yashash uchun moʻljallangan xonalar va boshqa turar joylar tushunilishi lozim ( Uy-joy kodeksi 10-moddasi). Sud hukmining qaror qismida: ozodlikni cheklash tariqasidagi jazo, yashash joyini butunlay tark etishni taqiqlashdan yoki sutkaning muayyan vaqtida yashash joyidan chiqishni cheklashning mazmuni aniq koʻrsatilishi lozim. Ozodlikni cheklash bir oydan besh yilgacha muddatga, voyaga yetmaganlarga esa olti oydan ikki yilgacha tayinlanadi hamda mahkumning yashash joyidagi ichki ishlar organining jazolarni ijro etish inspeksiyasi yoki sud tomonidan belgilangan boshqa organ nazorati ostida oʻtaladi. Ozodlikni cheklash, uni mahkumning yashash joyida oʻtash shartlari sodir etilgan qilmishning xususiyati va sud chiqargan qarorni ijro etishdan boʻyin tovlashning oldini olish hisobga olingan holda sud tomonidan belgilanadi. Ozodlikdan cheklash jazosi Jinoyat kodeksining Maxsus qismining ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan va uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlarni qamrab olgan moddalari sanksiyasida belgilab qoʻyilganligini koʻrishimiz mumkin. Misol uchun JK 109-moddasi 2-qismi(qasddan badanga yengil shikast yetkazish) sanksiyasida 1 yilgacha ozodlikni cheklash, JK 124-moddasining (bolani almashtirib qoʻyish) sanksiyasida 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash jazosi nazarda tutilgan. Xuddi shunday jazo jinoyat kodeksining boshqa koʻplab moddalari sanksiyasida ham nazarda tutilgan.

Qoʻllanilayotgan taqiqning (cheklashning) xususiyatlarini hisobga olgan holda, sud mahkumning zimmasiga quyidagi qoʻshimcha taqiqlarni (cheklashlarni) yuklashi mumkin:

— muayyan j oylarga bormaslik;

— ommaviy va boshqa tadbirlar oʻtkazishda ishtirok etmaslik;

— muayyan faoliyat bilan shugʻullanmaslik;

— muayyan buyumlarga ega boʻlmaslik yoki ularni oʻzida saqlamaslik;

— transport vositasini boshqarmaslik;

— mahkumlarni nazorat qiluvchi organning roziligisiz yashash joyini, ish va (yoki) oʻqish joyini oʻzgartirmaslik, tegishli ma'muriy hududdan tashqariga chiqmaslik;

— muayyan shaxslar bilan aloqa oʻrnatmaslik;

— aloqa vositalaridan, shu jumladan Internetdan foydalanmaslik;

— alkogolli ichimliklar iste'mol qilmaslik.

Bularning hammasi jazoning maqsadlariga samarali erishish uchun qoʻllaniladigan choralar hisoblanadi. Sud ozodlikni cheklashga hukm qilingan shaxsning zimmasiga oʻzi yetkazgan moddiy va ma'naviy zararning oʻrnini qoplash, ishga yoki oʻqishga joylashish majburiyatlarini, shuningdek uning tuzalishiga koʻmaklashuvchi boshqa majburiyatlarni yuklashi mumkin. Ushbu majburiyatlarni yuklash asosi sud hukmining tavsif qismida koʻrsatilishi lozim. Agar ozodlikni cheklashga hukm qilingan shaxs jazoni oʻtash davrida oʻzining jinoiy qilmishlarini anglab yetgan, tuzalish yoʻliga qat'iy oʻtgan, yetkazilgan moddiy va ma'naviy zararning oʻrnini qoplagan boʻlsa, sud mahkumga nisbatan ilgari tayinlangan taqiqlarni (cheklashlarni) toʻliq yoki qisman bekor qilishi mumkin. Jinoyat-ijroiya kodeksining 44 -moddasi beshinchi qismiga muvofiq mahkumni unga yuklatilgan majburiyat (taqiq)lardan toʻliq yoki qisman ozod etish jazoni ijro etish idoralari taqdimnomasiga binoan sud tomonidan JPK 541-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladil.

Mahkum ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtashdan qasddan boʻyin tovlagan, shuningdek sud tomonidan oʻz zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarmagan taqdirda, sud ozodlikni cheklash jazosining oʻtalmay qolgan muddatini boshqa turdagi jazo bilan almashtirishi mumkin. Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtash tartibi va shartlari mahkum tomonidan buzilganligi uchun jazolarni ijro etish inspeksiyasi unga nisbatan ogohlantirish tarzidagi intizomiy jazo chorasini qoʻllaydi. Mahkum ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtashdan qasddan boʻyin tovlagan, shuningdek sud tomonidan oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmagan taqdirda, jazolarni ijro etish inspeksiyasi sudga mahkum uchun ozodlikni cheklashning oʻtalmagan muddatini jazoning boshqa turiga almashtirish haqida taqdimnoma kiritadi. Jazoni oʻtashdan boʻyin tovlash vaqti oʻtalgan jazo muddatiga qoʻshib hisoblanmaydi. Qasddan boʻyin tovlash deganda oʻzboshimchalik bilan, yani, uzrli sabablarsiz yashah joyini tark etish, yashash joyidan chiqish vaqtini buzish, shuningdek boshqa qoʻshimcha taqiqlarni kamida ikki marotaba buzish tushunilishi lozim.

"Ozodlikni cheklash sud tomonidan mahkumga nisbatan yashash joyini tark etishni taqiqlash yoki sutkaning muayyan vaqtida yashash joyidan tashqarida boʻlishni cheklashdan iboratdir"

Foydalangan adabiyotlar roʻyxati:

1. Узбекистан Республикасининг Фукаролик кодекси [Элекрон манба]. Кириш йули: https:// https://lex.uz/docs/111189 (Мурожаат килинган сана: 09.11.2021).

2. Бирюкова Е.А. Наказание в виде ограничения свободы: законодательство и практика назначения и исполнения // Бюллетень науки и практики — Bulletin of Science and Practice научный журнал (scientific journal). - Т. 4. - №5. 2018, - С. 524.

3.M.X.Rustamboyev. "Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga sharhlar"Umumiy qism. 1-kitob Toshkent. Yuridik adabiyotlar publish. 2021.

4.M.Z.Muqimova. SamDU. "Jinoyat huquqi (Umumiy qism) Uslubiy qoʻllanma.Samarqand - 2021

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.