PAREMIYALAR VA ULARNING TILSHUNOSLIKDA O‘RGANILISHI
Hazratqulova Ozoda Abdug’aniyevna
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
“Tibbiyot va tabiiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi
Tel: +998996881303
Annotatsiya: Dunyoning lisoniy manzarasi inson tafakkurida shakllanar ekan, bunda lingvistik vositalardan paremiyalar, xususan, xalq maqollarining ahamiyati nihoyatda katta ekanligini alohida e’tirof etish lozim. Paremiyalarning inson ongida dunyo manzarasini shakllantirishdagi o‘rni o‘ziga xos.
Kalit so‘zlar: Paremiya, antiteza, anafora, alliteratsiya, kinoya, piching, paremiologiya, frazeologiya.
PAREMIES AND THEIR LINGUISTICS LEARNING
Abstract: As the linguistic landscape of the world is formed in human thinking, it should be recognized that paremies, especially folk proverbs, are extremely important among linguistic tools. Paremias have a unique role in shaping the world view in the human mind.
Key words: Paremia, antithesis, anaphora, alliteration, irony, pitch, paremiology, phraseology.
ПАРЕМИИ И ИХ ЛИНГВИСТИКА ОБУЧЕНИЕ
Аннотация: Поскольку языковой ландшафт мира формируется в человеческом мышлении, следует признать, что среди языковых средств чрезвычайно важное место занимают паремии, особенно народные пословицы. Паремии играют уникальную роль в формировании мировоззрения в сознании человека.
Ключевые слова: Паремия, антитеза, анафора, аллитерация, ирония, высота звука, паремиология, фразеология.
Kirish “Paremiya (yun. paroimia — hikmatli soʻz, zarbulmasal, hikoya, maqol) – maʼlum bir tildagi avloddan avlodga ogʻzaki shaklda koʻchib yuruvchi, ixcham va sodda, qisqa va mazmundor, mantiqiy umumlashma sifatida paydo boʻlgan maqol, matal, aforizm, frazeologizm kabi hikmatli iboralar, kontekst sharoitlardan tashqari hamma so‘zlashuvchilar tomonidan tushuniladigan mazmundagi fikr1 . Dunyoning 1Berdiyorov H., Rasulov R., Uzbek tilining paremiologik lugʻati, T., 1984. еtakchi paremiologi Wolfgang Mieder maqolni "xalqning qisqa, umumiy ma’lum bo‘lgan jumlasi, unda hikmat, haqiqat, axloq va an’anaviy qarashlar, avloddan-avlodga esda qoladigan hikmatli so‘z’’2, shuningdek, maqollarning ta’rifiga ishora qilib - “Maqol – tajriba farzandi”, “Maqol – ko‘chaning hikmati”, “Maqol – to‘g‘ri so‘z”, "Maqollar – aniq so‘z”3 deya ta’riflaydi.
Paremalar avloddan avlodga faqat ogʻzaki holdagina oʻtib kelganligi, xalq ogʻzaki ijodining mahsuli boʻlganligi uchun adabiyotshunoslikning oʻrganish obyekti hisoblanadi, chunki ularning aksariyati koʻpincha sheʼriy shaklga oʻxshaydi va ularda oʻxshatish, antiteza, anafora, alliteratsiya, kinoya, piching kabi bir qancha tasviriy vositalar qoʻllanadi. Shu bilan birga paremalar soʻzlardan tuzilib, maʼlum bir fikrni ifodalovchi gaplardan iborat boʻlgani uchun tilshunoslikning ham oʻrganish obyektidir. Paremiologiya ana shoʻ 2 jihatni oʻzida birlashtiradi. Paremalarning kelib chiqishi, tarixan rivojlanishi va maʼno xususiyatlarini oʻrganuvchi Paremiologiya frazeologiya bilan chambarchas bogʻliq. Paremiologiya tilda mavjud boʻlgan turli xil barcha iboralarni oʻrganadi, frazeologiya esa uning bir qismi sifatida faqat koʻchma maʼnoli turgʻun birikmalarni oʻrganadi. Shu jihatdan ular oʻzaro farqlanadi. Oʻrganish obyektining birligi, yaʼni bir necha soʻzdan tashkil topgan turgʻun, barqaror birikmalarni tekshirish Paremiologiya bilan frazeologiyaning oʻxshash, umumiy tomoni hisoblanadi. Paremalarni toʻplash, oʻrganish Mahmud Koshgʻariyning («Devonu lugʻotit turk») va Gulxaniyning («Zarbulmasal») zamonlaridan to hozizgi kunlargacha davom etib kelmoqda.
Mahmud Qoshg‘ariy o‘zining “Devonu lug‘otit turk” asarida kitobni “hikmatli so‘zlar, saj’lar, maqollar, rajaz va nasr deb atalgan adabiy parchalar” bilan bezaganligini aytadi. Maqol xalq hayotiy tajribalari xulosasini badiiy jihatdan mukammal ifodalovchi hikmatli so‘zlardan iboratdir. Maqollarda ifodalanishi lozim bo‘lgan fikr va mazmun keng qamrovli bo‘ladi. Bizning fikrimizcha, har bir maqolning vujudga kelishida birorta ibratli voqea ro‘y bergan va bu voqea o‘ta zukko, sinchkov dono ajdodlarimiz vakili tomonidan kuzatilishiga sabab bo‘lgan. “Devonu lug‘otit turk”dan olingan quyidagi misollarga murojaat qilaylik: “Besh qo‘l barobar emas”, 2 Mieder, W. (2004). Proverbs: A Handbook. London: Greenwood Press, 119 p. 3 Mieder, W. (2005). A proverb is worth a thousand words: Folk wisdom in the modern mass media. “Ho‘kizning oyog‘i bo‘lguncha buzoqning boshi bo‘lgan yaxshiroq”, “Ot kuragidagi yag‘ir, bolalariga meros bo‘lib qoladi”, “Quduqda suv bor, ammo it burni tegmaydi”4.
Ma’lum bo‘ladiki, yuqoridagi har bir misolni yillar davomida tajribadan o‘tgan, uning haq ekanligiga ishonch hosil qilingan, badiiy jihatdan mukammallashib borgan namuna sifatida qabul qilish mumkin. “Devonu lug‘otit turk”da “savlashmoq” so‘zi berilgan. Buning otalar so‘zini eslamoq ma’nosini anglatishi aytiladi. Taxmin qilish mumkinki, bundan ming yil avval ajdodlarimiz maqollarni “sav” deb ataganlar. Keyinchalik Alisher Navoiy ijodida maqol atamasi “masal” tarzida beriladi: “masaldurkim — uyqu o‘limdir”. “Masal” atamasining XX asr boshlarigacha qo‘llanib kelingani ma’lum. O‘tgan asrning ikkinchi choragidan boshlab maqol so‘zi tez-tez uchray boshlaydi. XX asr yarmidan esa faqat maqol tarzida qo‘llandi.
Professor P.U.Bakirovning “Milliy g‘oya targ‘ibotida o‘zbek xalq maqollaridan foydalanish” nomli risolasida dunyo tarkibida maqollari bo‘lmagan birorta ham til yo‘q deb, qayd etadi va muallif maqolga quyidagicha ta’rif beradi: Har qanday tilda maqollar insoniyat jamiyatining barcha sohalarini qamrab oladi. Jamiyatning moddiy va ma’naviy faoliyatining biron bir sohasida maqollarni aks etmaganini kuzatmaymiz5. Turli xalqlar og‘zaki ijodidagi maqollarni o‘rganish bu janr namunalari mazmunan deyarli hamma xalqlarda bir xil takrorlanishini ko‘rsatmoqda. Ammo bunday yaqinlikni bir xalq ikkinchi xalqdan maqolni o‘zlashtirganligi bilan izohlash to‘g‘ri bo‘lmaydi. Bizningcha, bunday yaqinlikni oddiy turmush tarzining o‘xshashligi, insonlar hayotidagi munosabatlarning yaqinligi va, umuman, hayotning ko‘p holatlarida bir xil vaziyat hosil qilishi bilan izohlagan ma’qulroq. Masalan: “Ilon chaqqan, arqondan qo‘rqar” (ingliz), “Kuygan mushuk sovuq suvdan qo‘rqar” (fransuz), “Jo‘jani tuxum ochilgandan so‘ng sana” (ingliz), “Bigizni qopda yashirib bo‘lmas” (rus) maqollari, “Qo‘rqqanga arqon ilon ko‘rinar”, “Sutdan kuygan qatiqni puflab ichibdi”, “Jo‘jani kuzda sanaymiz”, “Oyni etak bilan yopib bo‘lmas” kabi o‘zbek maqollari bilan o‘xshash ma’noni bildiradi.
Paremiyalar insonning qadimgi dunyoning tuzilishi haqidagi g‘oyalarini aks ettiradi. Masalan, paremiyalarda asosan uy hayvonlari uchraydi: otlar, itlar, mushuklar, sigirlar va boshqalar. Yevropa tillari uchun paremiyalarda ekzotik hayvonlar – lemur, kenguru qatnashishi odatiy emas. Shu bilan birga, ba’zan Yevropa uchun xarakterli 4Madayev O, Sobitova T. Xalq og’zaki poetik ijodi. “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. – Toshkent. 2010 – B.212 b. 5Бакиров П.У. Книга в пословицах разных народов мира “Илм сарчашмалари” илмий – методик журнал № 10. Урганч ‒ 2020. ‒ 202 б. bo‘lmagan hayvonlar paremiyalarda Bibliya yoki yozuvchilarning matnlari tufayli paydo bo‘ladi. O‘zbek paremiyalarida tuya zoonimining paydo bo‘lishida ham arab tilining ta’siri bo‘lishi mumkin.
O‘zbek tilida ham xalq og‘zaki ijodi insonlarning olamni lisoniy idrok etish darajasiga ko‘ra paremiyalar hosil bo‘lib qolgan deyish mumkin. Frazeologiyani boyitishda yozuvchilarning ham hissasi katta, ular o‘z asarlarida dunyoning badiiy qiyofasini boyitib, paremiyaga yangi obrazlar olib kirishgan.
O‘zbek va ingliz tillarida qo‘llanilayotgan paremiyalar har doim ham ifodada bir biriga mos kelavermaydi. Chunki mentalitet, madaniyat, qolaversa, lisoniy vositalarda muayyan farqlar mavjud. Buni quyidagi jadvalda ham ko‘rish mumkin:
№ Ingliz tilida Tarjimasi O‘zbek tilida
1. “Like father, like
son.”
“Otasi
o‘g‘liga, o‘g‘li
otasiga o‘xshaydi”.
“Olmaning tagiga
olma tushadi”.
2. “You can’t judge
a book by its cover.”
Kitobni
muqovasiga qarab
baho bermang.
“Tashi yaltiroq,
ichi qaltiroq”
3. “The aim is
useless without the way
way”
Rejasiz
maqsad foydasizdir.
“Rejasiz
ish,qolipsiz g’isht”
Paremiyalarni o‘zaro va tillararo qiyosiy o‘rganish orqali ularning o‘zaro o‘xshash va farqli jihatlarini aniqlash, xalqlar o‘rtasidagi madaniy hodisalar, urfodatlar, dunyoqarash, olamning lisoniy manzarasining turli millatlar tafakkuridagi in’ikosini bilib olish mumkin.
Paremiologiya bo‘yicha ko‘zga ko‘ringan o‘zbek olimasi B. Jo‘rayeva matallar faqat o‘z ma’nosida qo‘llanishini ta’kidlab quyidagi fikrlarini bildiradi: “Matallar esa grammatik jihatdan tugallangan fikrni bildiruvchi, faqat o‘z ma’nosida – to‘g‘ri ma’noda qo‘llaniluvchi qisqa, ixcham xalq hikmatlari hisoblanadi. Maqollarning matallardan asosiy farqi maqollarning idiomalashgan ko‘chma ma’noga ega ekanligi va matallarning bu xususiyatga ega bo‘lmay, faqatgina to‘g‘ri ma’noda qo‘llanishida ko‘rinadi”6. Shu bilan birga olima qiziq bir holat haqida fikr yuritadi: “...tilda maqol6 Жўраева Б. Ўзбек халқ мақолларининг қисқача синонимик луғати. – Т.: ФАН, 2006 // http:// uz.denemetr.com /docs /768/index-70996.html matal tipidagi paremalar deb yuritiluvchi birliklarning o‘zi ham alohida holda mavjud bo‘lib, o‘zida maqollik va matallik xususiyatlarini aks ettiradi. Bunday ifodalarning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ularda bir qism so‘zlar o‘z ma’nosida ishlatilsa, ikkinchi qismi ko‘chma ma’no ifodalaydi”. Bu qarash juda qiziqarli bo‘lsa-da, lekin biroz munozarali. N.N. Amosova inglizcha frazeologik birliklarni tasniflashda idioma va frazemalarni ajratadi. Agar frazeologik birlik osonlik bilan qismlarga ajratilsa va uning umumiy ma’nosi uning qismlarining ma’nosidan kelib chiqsa, bunday birikmalar frazemalar deb ataladi. Semantik ajralishi mumkin bo‘lgan so‘zning ma’nosini doimiy, ya’ni mumkin bo‘lgan indikativ minimal bog‘liq ma’no, semantik ravishda amalga oshiriladigan so‘zning ma’nosi frazeologik jihatdan bog‘liq bo‘lgan doimiy kontekstning birligini frazema deb atash mumkin. Frazema tarkibiy qismlarining ma’nosi kamroq mustaqil bo‘lgan idiomalardan farq qiladi. Butun bir iboraning bir butun sifatida ma’lum umumiy, ajralmas ma’nosi mavjud bo‘ladi.
Har qanday xalqning paremiologiyasi ushbu tilda gaplashadigan millat tarixi, madaniyati, urf-odatlari va adabiyoti bilan uzviy bog‘liqdir va shunga mos ravishda badiiy asarlarda aks etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Berdiyorov H., Rasulov R., Uzbek tilining paremiologik lugʻati, T., 1984.
2. Mieder, W. (2004). Proverbs: A Handbook. London: Greenwood Press, 119 p.
3. Mieder, W. (2005). A proverb is worth a thousand words: Folk wisdom in the modern mass media.
4. Madayev O, Sobitova T. Xalq og’zaki poetik ijodi. “Sharq” nashriyotmatbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. – Toshkent. 2010 – B.212 b.
5. Бакиров П.У. Книга в пословицах разных народов мира “Илм сарчашмалари” илмий – методик журнал № 10. Урганч ‒ 2020. ‒ 202 б.
6. Жўраева Б. Ўзбек халқ мақолларининг қисқача синонимик луғати. – Т.: ФАН, 2006 // http:// uz.denemetr.com /docs /768/index-70996.html
7. Hazratqulova O.A. “Kognitologik konseptning tilshunoslikda tutgan o‘rni” - Хоразм маъмун академияси ахборотномаси // 2022-11/4//Хива-2022
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.