ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

Parrandachilik mahsulotlarining asosiy turlarini ishlab chiqarishni koʻp omilli regrission tahlil qilish va pragnozlashtirish.

Abstract

Ushbu maqolada parrandachilik boʻyicha mamlakatimizda olib borilayotgan islohatlar, parrandachilik mahsulotlarining asosiy turlarini ishlab chiqishning omillarini regrission tahlil qilish va pragnozlashtirish haqida bayon etilgan


Full PDF Document

Related Articles

Full text

Parrandachilik mahsulotlarining asosiy turlarini ishlab chiqarishni koʻp

omilli regrission tahlil qilish va pragnozlashtirish.

Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Biznes

boshqaruvi va statestika kafedrasi o‘qituvchisi Bobomurodov Imomqul

Annotatsiya: Ushbu maqolada parrandachilik boʻyicha mamlakatimizda olib borilayotgan islohatlar, parrandachilik mahsulotlarining asosiy turlarini ishlab chiqishning omillarini regrission tahlil qilish va pragnozlashtirish haqida bayon etilgan.

Kalit so‘zlar: Regrission, pragnoz, joʻja, parranda, tovuq, tizim, zot, tarmoq, ishlab chiqarish, mahsulot, yalpi, ichki.

Oʻzbekistonda 1920-yillarning oxiriga qadar parranda tovuq zotlari faqat xonadonlarda boqilgan. Respublikada Parrandachilikning qishloq xoʻjaligi tarmogʻi tarzida rivojlanishi XX asrning 20-yillariga toʻgʻri keladi. Birinchi Parrandachilik fermalari 1929-yil Qoʻqon shahri yonidagi va Samarqand viloyatidagi artellarda tashkil etilgan. 1930-yil Toshkentda "Oʻzparrandainkubatormarkaz" tuzildi. Oʻsha yili respublikada dastlabki Kattaqoʻrgʻon inkubator styasi ishga tushirildi. Oʻzbekistonda Parrandachilik urushdan keyingi yillarda tez rivojlandi. 1958-yilda Oʻzbekiston chorvachilik ilmiy tadqiqot institutida Parrandachilik boʻlimi, 1985-yilda genetikaseleksiya styasi 1994—2003-yillarda "Naslparranda" ilmiy markazi tashkil etildi. 1992-yildan respublikada goʻsht yoʻnalishida kurkachilikni rivojlantirish boʻyicha Isroilning "MAD" firmasi bilan hamkorlikda Xonobod, Chimyon,, Rishton, Urganch va Yangiyoʻl Parrandachilik fabrikalari kurkachilikka ixtisoslashdi. Respublikamizda parrandachilik sohasini rivojlantirish va eksportga mo‘ljallangan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish va turlarini kengaytirish, shuningdek aholini mahalliy ishlab chiqarilgan sifatli va arzon parrandachilik mahsulotlari bilan ta’minlash bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan bir qatorda kamchiliklar ham yoʻq emas. Parrandachilik mahsulotlarini qayta ishlash darajasi past, tarmoq mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilishda yarim tayyor mahsulotlar ulushi yuqoriligicha qolmoqda, shuningdek parranda chiqindilarini chuqur qayta ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilmayapti. Parrandachilik sohasida, asosan, tovuq yetishtirish bilan cheklanib qolinmoqda. Sohada malakali kadrlar tayyorlash, ularni ishlab chiqarishning zamonaviy uslublariga o‘qitish, soha mutaxassislarida innovatsion yondashuvlar hamda ko‘nikmalar shakllantirish, ishlab chiqarishda yuqori sifatga erishish uchun xorijiy mutaxassislarni jalb qilish ishlariga yetarlicha e’tibor qaratilmayapti. Parranda mahsulotlari eksport qilinayotgan davlatlar geografiyasini kengaytirish, shu orqali eksport hajmini keskin oshirish choralari ko‘rilmagan. Yuqorida keltirib oʻtilgan muammolarni bartaraf etish maqsadida "Parrandachilikni yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi. Qishloq xo‘jaligi tizimida parrandachilik yetakchi tarmoqlardan biri sanaladi. So‘nggi yillarda respublikamizda parrandachilikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, buning uchun zarur huquqiy asoslar yaratilayotgani diqqatga sazovor. Jumladan, davlat rahbarining 2021-yil 14-iyundagi Parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini yanada mustahkamlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori bilan respublikamizda oziqovqat xavfsizligini ta’minlashda parrandachilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash borasida bir qator imtiyozlar joriy etilgan. Mazkur sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarimiz rivojlangan xorij davlatlaridan zotdor parrandalarini olib kelib o‘z korxonalarida boqish va ko‘paytirish ishlarini amalga oshirmoqda. 2021-yilda Respublika hududida parrandachilik mahsulotlari yetishtirishning pragnoz koʻrsatkichlari aniqlandi. Inkubatsion tuxum 268,7 mln donani, bir kunlik joʻja 215,3 mln donani, boshqa turdagi parranda goʻshti 66,6 ming donani, jami parranda goʻshtlari 450 ming tonnani tashkil etdi.

Jumladan Broyler joʼjalarining jadal oʼsishi va sarflangan ozuqalarga nisbatan yuqori sifatli arzon goʼsht yetishtirish, qisqa vaqt ichida qilingan harajatlarning qoplanishi hamda aholining parhez parranda goʼshtiga boʼlgan talabining oshishi sababli parrandachilikka qiziqish tobora ortib bormoqda. 2020 yilda dunyoda parranda goʼshti ishlab chiqarish 128,4 mln. tonnani, shu jumladan broyler goʼshti 97,8 mln. tonnani tashkil etadi. Shuningdek, 1 trl. 233 mlrd. dona tuxum ishlab chiqildi, bu bilan 10 yil ichida oʼsish soʼratlari 18 foizni tashkil etmoqda.

Bundan tashqari, 74 ming tonna tuxum kukuni, 53,2 ming tonna tuxum oqsili kukuni va 68 ming tonna tuxum sarigʼi kukuni ishlab chiqilgan. Sohani rivojlantirish boʼyicha qabul qilingan dasturlar ijrosini taʼminlash hisobiga 2020 yilda parrandalar bosh soni 93,1 mln. boshga, tuxum ishlab chiqarish 7,8 mlrd. donaga, parranda goʼshti ishlab chiqarish 220 ming tonnaga yetkazildi va respublika boʼyicha jon boshiga tuxum ishlab chiqarish 229 donani, parranda goʼshti 6,5 kg. ni tashkil etdi. Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti ekspertlari Oʻzbekistonda parrandachilikning rivojlanishi va sohaning unumdorligi tendensiyalarini tahlil qildi. Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda parrandachilik, shuningdek, tuxum ishlab chiqarish faol rivojlanmoqda. 2022-yilda respublikada 8 129,3 million dona tuxum ishlab chiqarilgan. Bu 2021- yilning shu davridagiga nisbatan 4,4 foiz koʻp. 2016-2022-yillar davomida tuxum ishlab chiqarish 32,1 foizga oshdi. Taqqoslaydigan boʻlsak, Chilida bitta tovuqning yillik sertuxumliligi 350 dona (1,6 baravar koʻp), Rossiyada – 296 dona (1,4 baravar koʻp), Misrda – 294 dona (1,4 baravar koʻp), Isroilda – 254 dona (1,2 baravar koʻp), BAAda – 238 dona (1,1 baravar koʻp). Mahsuldorlikning yetarli darajada yuqori emasligiga parrandalarni notoʻgʻri oziqlantirish va parvarish qilish, shuningdek, ilgʻor texnologiyalarni joriy etishning past darajasi, koʻpchilik fermer xoʻjaliklarining kichikligi va tijoratlashtirishning past darajasi sabab boʻlishi mumkin. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan “Chorvachilik tarmogʼini davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlashning qoʼshimcha chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 2020 yil 29 yanvardagi PQ-4576-sonli qarorida chorvachilik tarmogʼini jadal rivojlantirish, zamonaviy va innovatsion uslublarni joriy etish, mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish va turlarini kengaytirish, shuningdek, aholini mahalliy sharoitda ishlab chiqarilgan sifatli va arzon chorva mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash hamda chorvachilikka ixtisoslashgan korxonalarni davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlash maqsadida parrandachilik xoʼjaliklariga har bir bosh 1 kunlik naslli joʼjani import qilish bilan bogʼliq xarajatlarning 9 ming soʼmini qoplash uchun davlat tomonidan subsidiya ajratiladi. Shu bilan birga Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 12 maydagi “Chorvachilik tarmogʼiga davlat tomonidan subsidiya ajratishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʼgʼrisida”gi qaroriga muvofiq 2021 yilda respublikaga import qilinadigan bir kunlik 1 mln. boshdan ortiq nasldor joʼjalar uchun subsidiyalar ajratilishi nazoratga olindi. Shuningdek Qashqadaryo viloyatida 2022-yilda qiymati 13 mlrd soʻmlik 15 ta loyiha amalga oshirilgan boʻlib, ushbu parrandachilik korxonalarida 477 ming bosh parranda boqilmoqda. Natijada yiliga 41 mln dona tuxum va 2,1 ming tonna parranda goʻshti yetishtirish quvvatlari yaratildi, qoʻshimcha 187 ta yangi ish oʻrni yaratildi. Parrandachilik chorvachilikning serdaromad, serpusht va tez yetiluvchan tarmogʻi. U xalqimizga koʻplab sifatli parhez taom – tuxum va parranda goʻshti yetkazib berishda katta ahamiyatga eta. Parranda goʻshti tez hazm boʻlish xususiyatiga koʻra, chorva mollari goʻshtidan ustun turadi, tarkibi har xil kimyoviy elementlarga boy. Soʻnggi yillarda parrandachilikni rivojlantirish boʻyicha mamlakatimizda izchil islohatlar amalga oshirishmoqda. Xususan Surxondaryo viloyatida ham parrandachilikni rivojlantirish, pragnozlashtirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada viloyatda yoʻl xarita tuzilib manzilli reja ishlab chiqildi. Qumqoʻrgʻon tumanida tashkil etilgan seminar treningda tarmoqni yanada kengaytirish va sohani rivojlantirish masalalari muhokama etildi. Shuningdek, seminarda har bir xonadonda 100 tadan parranda boqish orqali oilalarning daromad manbaini yaratish, turmush farovonligini oshirish hamda aholini arzon sifatli parhezbop goʻsht va tuxum bilan taʼminlash masalasiga aʼlohida eʼtibor qaratildi. Umuman xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, parrandachilikni rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan chuqur islohotlar ertangi yorugʻ kelajagimizga hizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Karimov SH.A., Karimov T.Q. "Parrandachilik" fani bo'yicha o'quv - uslubiy qo'llanma. Termiz-2019

2. Mirsaidov B. Parrandachilikda yangi texnologiyalar. - O'zbekiston qishloq xo'jaligi jurnali. 2011y №6, 31b

3. Ikromov T.X., Qo'chqorov O- .R. Chorva, parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash texnologiyasi.

4. Dr. Peter Hiller. Leitfaden Geflügel

5. Dr. A. Hinrichs. Leitfaden Landwirtschaft Elterntierhaltung Geflügel

6. Ute Knierim, Daniel Gieseke Tierschutzindikatoren: 2022 IYUN ISSN:2180- 2160 Leitfaden für die Praxis - Geflügel.

7. Ro'ziyev R. I, Rahmatullayev P "Parranda boqish bo'yicha tavsiyanoma"

8. Alijanov. D, Voxidov A, Suvonkulov Sh "Parrandachilik xo'jaliklarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish"

9. Normuhamedov X.I., Rahmatullaev P.E. "O'zbekiston parrandachiligi" ilmiy ommabop, axborot-ma'rifiy jurnal. T., 2020. 18 b.

10. Наумова В.В. «Птицеводство» Ульяновск, 2008. - с. 76.

11. http://www.academy.uz/

12. https://www.praxis-agrar.de/

13. https://www.bigdutchman.de/

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.