mazkur ishda dunyo ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida o‘qituvchilarni tayyorlash masalalari keng yoritilgan. Xususan, Boloniya deklaratsiyasi, Kanada provintsiyalarining ta’limni modernizatsiyalash bo‘yicha hujjatlari, AQSHda ta’limni isloh qilishga qaratilgan “Bizning kelajagimiz – bizning o‘qituvchilarimiz” rejasi, YUNESKOning “O‘qituvchilar tayyorlash bo‘yicha strategiyasi”, BMT tashabbusi doirasidagi “Hamma uchun ta’lim” yo‘nalishi, shuningdek, YUNISEF va Xalqaro Mehnat tashkilotining o‘qituvchilar tayyorlash hamda ularning huquqlarini ta’minlashga oid tavsiyalari tahlil qilingan. Unda pedagogik ta’lim mazmuni, o‘qituvchilar tayyorlash sifatiga qo‘yiladigan talablar, talabalar nazariy tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar ham ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari, yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayoni, ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, konstitutsiya va yoshlarning ma’naviy, intellektual, ijodiy, jismoniy hamda axloqiy jihatdan shakllanish masalalari o‘z ifodasini topgan.
в работе широко освещаются вопросы подготовки учителей в мировых образовательных и научно-исследовательских учреждениях. В частности, анализируются Болонская декларация, документы канадских провинций по модернизации образования, план реформирования образования в США «Наше будущее – наши учителя», «Стратегия подготовки учителей» ЮНЕСКО, направление инициативы ООН «Образование для всех», а также рекомендации ЮНИСЕФ и Международной организации труда по подготовке учителей и обеспечению их прав. Рассматриваются содержание педагогического образования, требования к качеству подготовки учителей, научные исследования по совершенствованию теоретической подготовки студентов. Отражены приоритетные направления системного реформирования высшего образования, процесс подготовки кадров высшей квалификации, модернизация образования, развитие социально-экономических отраслей на основе передовых образовательных технологий, вопросы конституционного и духовно-интеллектуального, творческого и физического, нравственного становления молодежи.