ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

PEDAGOGIK TEXNIKA - KASBIY KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY OMILI SIFATIDA.

Abstract

KIRISH: ushbu maqolada pedagogik texnika kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning asosiy omillari tahlil qilinadi. Ta’lim tizimida pedagogik texnikadan foydalanish masalalarining dolzarbligi va kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning ahamiyati naqadar zarurligi haqidagi fikrlar bayon etiladi. Maqolada o‘qituvchi faoliyatida pedagogik texnikaning ahamiyati, pedagogik texnikaning asosiy komponentlari, pedagogik texnikani shakllantirish yo‘llari bayon etilgan. Shuningdek kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning usullari va yo‘llari taklif etilgan. MAQSAD: zamonaviy ta’lim tizimida kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish masalalari dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib, ularning ta'lim jarayonlarida aks etishi bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishdan iborat. MATERIALLAR VA METODLAR: ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish asosida pedagogik faoliyatga tayyorlash, pedagogik texnikani shakllantirish uchun bir necha metodlar qo‘llanildi: adabiyotlarni tahlil qilish, so‘rovnoma o‘tkazish, amaliyotga oid tadqiqotlar, statistik tahlil. MUHOKAMA VA NATIJALAR: ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy kompetentligini rivojanlantirish asosida pedagogik faoliyatga tayyorlash strategiyalari tahlil qilindi. Ta'lim tizimida pedagogik texnikadan foydalanishni ta'minlash va kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish zarurligi ko‘rsatilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, pedagogik texnika vositasida kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish orqali bo‘lajak o‘qituvchilarning va ta’lim muassasasi o‘qituvchi pedagoglarining shaxsiy va kasbiy rivojlanishini kuchaytirishga, shuningdek, o‘qituvchilar malakasini oshirishga yordam beradi. XULOSA: ta’lim tizimida kasbiy kompetensiyalarni pedagogik texnika vositasida rivojlantirish orqali ta’lim jarayonlarida ijtimoiy muammolarni hal etish imkoniyati mavjud. Biroq, kasbiy kompetensiya masalalariga e’tibor berish va o‘qituvchilarning malakasini oshirishda mavjud to‘siqlarni yengish uchun muayyan chora-tadbirlar amalga oshirilishi lozim.


INTRODUCTION: this article analyzes the main factors in the development of professional competencies in pedagogical techniques. Opinions are expressed on the relevance of the issues of using pedagogical technology in the education system and the importance of developing professional competencies. The article describes the importance of pedagogical technique in teacher activity, the main components of pedagogical technique, and ways of forming pedagogical technique. As well as methods of developing professional competencies and AIM: the issues of developing professional competencies in the modern education system are of current importance, and their reflection in the educational process is the development of professional competencies of future teachers. MATERIALS AND METHODS: in this article, several methods were used to prepare future teachers for pedagogical activity based on the development of professional competencies, the formation of pedagogical techniques: analysis of literature, conducting surveys, practical research, statistical analysis. DISCUSSION AND RESULTS: in this article, strategies for preparing future teachers for pedagogical activity based on the development of professional competence were analyzed. The necessity of ensuring the use of pedagogical techniques in the education system and the development of professional competencies is indicated. The research results show that the development of professional competencies through pedagogical techniques contributes to the strengthening of the personal and professional development of future teachers and teachers of educational institutions, as well as the improvement of teachers' qualifications. CONCLUSION: in the education system, there is an opportunity to solve social problems in the educational process by developing professional competencies through pedagogical techniques. However, it is necessary to pay attention to issues of professional competence and implement certain measures to overcome existing barriers in improving the qualifications of teachers

Full PDF Document

Related Articles

Full text

ASOSIY OMILI SIFATIDA.

A.I.Temirov, Buxoro davlat pedagogika instituti, Buxoro, O‘zbekiston

Annotatsiya

KIRISH

ushbu maqolada pedagogik texnika kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning asosiy omillari tahlil qilinadi. Ta’lim tizimida pedagogik texnikadan foydalanish masalalarining dolzarbligi va kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning ahamiyati naqadar zarurligi haqidagi fikrlar bayon etiladi. Maqolada o‘qituvchi faoliyatida pedagogik texnikaning ahamiyati, pedagogik texnikaning asosiy komponentlari, pedagogik texnikani shakllantirish yo‘llari bayon etilgan. Shuningdek kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning usullari va yo‘llari taklif etilgan.

MAQSAD

zamonaviy ta’lim tizimida kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish masalalari dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib, ularning ta'lim jarayonlarida aks etishi bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishdan iborat.

MATERIALLAR VA METODLAR

ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish asosida pedagogik faoliyatga tayyorlash, pedagogik texnikani shakllantirish uchun bir necha metodlar qo‘llanildi: adabiyotlarni tahlil qilish, so‘rovnoma o‘tkazish, amaliyotga oid tadqiqotlar, statistik tahlil.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy kompetentligini rivojanlantirish asosida pedagogik faoliyatga tayyorlash strategiyalari tahlil qilindi. Ta'lim tizimida pedagogik texnikadan foydalanishni ta'minlash va kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish zarurligi ko‘rsatilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, pedagogik texnika vositasida kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish orqali bo‘lajak o‘qituvchilarning va ta’lim muassasasi o‘qituvchi pedagoglarining shaxsiy va kasbiy rivojlanishini kuchaytirishga, shuningdek, o‘qituvchilar malakasini oshirishga yordam beradi.

XULOSA

ta’lim tizimida kasbiy kompetensiyalarni pedagogik texnika vositasida rivojlantirish orqali ta’lim jarayonlarida ijtimoiy muammolarni hal etish imkoniyati mavjud. Biroq, kasbiy kompetensiya masalalariga e’tibor berish va o‘qituvchilarning malakasini oshirishda mavjud to‘siqlarni yengish uchun muayyan chora-tadbirlar amalga oshirilishi lozim.

Kalit so‘zlar: pedagogik texnika, pedagogik faoliyat, kasbiy kompetensiya, ta’lim jarayoni, ta’lim tizimi muammolari, pedagog, ta’lim tizimi, mahorat, o‘qituvchi professionalizmi.

ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ ТЕХНИКА КАК ОСНОВНОЙ ФАКТОР РАЗВИТИЯ

ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ КОМПЕТЕНЦИЙ.

А.И. Темиров, Бухарский государственный педагогический институт, Бухара, Узбекистан

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ

в данной статье анализируются основные факторы развития профессиональных компетенций в области педагогической техники. Излагаются мнения об актуальности вопросов использования педагогической техники в системе образования и важности развития профессиональных компетенций. В статье изложено значение педагогической техники в деятельности учителя, основные компоненты педагогической техники, пути формирования педагогической техники. а также методы и способы развития профессиональных компетенций.

ЦЕЛЬ

вопросы развития профессиональных компетенций в современной системе образования имеют актуальное значение, их отражение в образовательных процессах заключается в развитии профессиональной компетентности будущих учителей.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ

в данной статье для подготовки будущих учителей к педагогической деятельности на основе развития профессиональных компетенций, формирования педагогической техники были использованы несколько методов: анализ литературы, анкетирование, практические исследования, статистический анализ.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ

в данной статье проанализированы стратегии подготовки будущих учителей к педагогической деятельности на основе развития их профессиональной компетентности. Показана необходимость обеспечения использования педагогической техники в системе образования и развития профессиональных компетенций. Результаты исследования показывают, что развитие профессиональных компетенций посредством педагогической техники способствует усилению личностного и профессионального развития будущих учителей и педагогов образовательного учреждения, а также повышению квалификации учителей.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ

в системе образования существует возможность решения социальных проблем в образовательных процессах путем развития профессиональных компетенций посредством педагогической техники. Однако необходимо уделить внимание вопросам профессиональной компетентности и принять конкретные меры для преодоления существующих препятствий в повышении квалификации учителей.

Ключевые слова: педагогическая техника, педагогическая деятельность, профессиональная компетенция, образовательный процесс, проблемы системы образования, педагог, система образования, мастерство, профессионализм учителя.

PEDAGOGICAL TECHNIQUE - AS THE MAIN FACTOR IN THE DEVELOPMENT OF

PROFESSIONAL COMPETENCIES.

A.I. Temirov, Bukhara State Pedagogical Institute, Bukhara, Uzbekistan

Annotation

INTRODUCTION

this article analyzes the main factors in the development of professional competencies in pedagogical techniques. Opinions are expressed on the relevance of the issues of using pedagogical technology in the education system and the importance of developing professional competencies. The article describes the importance of pedagogical technique in teacher activity, the main components of pedagogical technique, and ways of forming pedagogical technique. As well as methods of developing professional competencies and

AIM

the issues of developing professional competencies in the modern education system are of current importance, and their reflection in the educational process is the development of professional competencies of future teachers.

MATERIALS AND METHODS

in this article, several methods were used to prepare future teachers for pedagogical activity based on the development of professional competencies, the formation of pedagogical techniques: analysis of literature, conducting surveys, practical research, statistical analysis.

DISCUSSION AND RESULTS

in this article, strategies for preparing future teachers for pedagogical activity based on the development of professional competence were analyzed. The necessity of ensuring the use of pedagogical techniques in the education system and the development of professional competencies is indicated. The research results show that the development of professional competencies through pedagogical techniques contributes to the strengthening of the personal and professional development of future teachers and teachers of educational institutions, as well as the improvement of teachers' qualifications.

CONCLUSION

in the education system, there is an opportunity to solve social problems in the educational process by developing professional competencies through pedagogical techniques. However, it is necessary to pay attention to issues of professional competence and implement certain measures to overcome existing barriers in improving the qualifications of teachers.

Keywords: pedagogical technique, pedagogical activity, professional competence, educational process, problems of the education system, teacher, education system, skill, teacher professionalism.

Pedagogik texnika haqida tushuncha. Pedagogik texnika – pedagog xulqining boshqarish omili sifatida. Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida “Kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish” moduli negizida tinglovchilarni pedagogik mahorat asoslar bilan tanishtirish maqsadga muvofiqdir. Zero, tinglovchilar tomonidan pedagogik mahoratning tarkibiy elementlari bilan tanishtirish, ularda pedagogik texnika, nutq madaniyati, pedagogik deontologiya, kommunikativ qobiliyat, pedagogik nizo, shuningdek, zamonaviy pedagogning imidji to‘g‘risidagi ma’lumotlarning o‘zlashtirilishi va mazkur bilimlar negizida zarur malakalarning o‘zlashtirilishi oliy ta’lim tashkilotlarida tashkil etiladigan pedagogik jarayon sifatini yaxshilash, samaradorligini ta’minlashni kafolatlaydi. O‘qituvchining kasbiy pedagogik professionalizmi - pedagogik mahorati va o‘z kasbiy faoliyatini yuqori saviyada tashkil qila olishni ta’minlovchi, o‘qituvchi pedagog shaxs xususiyatlarini yig‘indisidir. Shunday muhim xususiyatlarga o‘qituvchi faoliyatining insonparvarlikka yo‘naltirilganligi, uning kasbiy bilimlari, pedagogik qobiliyatlari va pedagogik texnikasi (o‘z-o‘zini boshqara olish ko‘nikmalari va tinglovchilar bilan o‘zaro hamkorlik qila olish malakasi) kiradi. Bu pedagogik mahorat tizimidagi o‘zini tashqi ta’sirlarsiz rivojlantira olish xususiyatiga ega to‘rtta o‘zaro bog‘liq jihatlardir.

Shundan kelib chiqib ta’kidlash mumkinki, o‘qituvchi professionalizmi - bu shaxs va faoliyat subyektining murakkab, ko‘p qirrali integral xususiyatlari majmuasi bo‘lib, uning tuzilmasi quyidagilardan iborat:

a) o‘qituvchi professionalizmini tashkil etuvchi yaxlit komponentlar;

b) o‘qituvchi faoliyati va shaxsiga qo‘yilgan me’yoriy talablar bilan belgilangan umumiy yoki tipik xususiyatlar (me’yoriy professionalizm).

v) o‘qituvchi subyekt sifatida pedagogik faoliyat va muloqotda namoyon bo‘luvchi individual-psixologik va tipologik xususiyatlari pedagogik kasbiy kompetensiyalarining asosiy tarkibiy qismlari sifatida “kasbiy mahorat”, “pedagogik faoliyat va muloqotning individual uslubi”, “Pedagogik ijodkorlik”, ”shaxsiy salohiyat”ni belgilashi mumkin. Bular “Mahorat - Uslub – Salohiyat –Mohirlik (texnika) - Ijod –Artistizm” formulasida o‘z aksini topgan yaxlit tizimni tashkil etadi va pedagogik kompetensiyalarning ko‘rsatkichlari hisoblanadi.

O‘qituvchi professionalizmi – bu tinglovchilar bilan hamkorlik va do‘stona munosabatlar jarayonida namoyon bo‘ladigan “ta’lim va tarbiya berish san’ati, pedagogik mahorat, pedagogik texnika va erkin ijod”dir. Yuqorida keltirilgan fikrlar shu kunda o‘qituvchidan mohirlik, ya’ni texnikani – pedagogik texnikaning asosiy komponentlarini bilish, uning usullarini egallash va ularni o‘z faoliyatida qo‘llay olishni talab etadi. Pedagogik texnikaga A.S. Makarenko quyidagicha ta’rif beradi: “Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazillashishni, quvnoq, jahldor bo‘lishni bilishi lozim, u o‘zini shunday tutishi kerakki, uning har bir harakati tarbiyalasin”. Pedagogik texnikaning asosiy komponentlari: 1. O‘qituvchining o‘zini boshqara olishi. 2. Shaxs va jamoaga ta’sir eta olishi. 3. Pedagogik muloqotni o‘rnatish. 4. Diqqatni jalb etish usullari.

Yakka shaxs va jamoaga ta’sir qilishning ikki usuli mavjud: “ishontirish usuli” va “yoqish usuli”. Ikkinchisi samaraliroqdir, negaki insonga yoqmay turib uni ishontirish qiyin. Pedagogik texnika – har bir ta’lim oluvchi va jamoaga ta’sir o‘tkazishda samarali qo‘llash uchun zarur bo‘lgan malaka va ko‘nikmalar, usullar majmuasi. Pedagogik texnikaning asosiy tarkibiy qismlari:

• nutq malakasi va texnikasini o‘zlashtirish;

• tushunarli, ta’sirchan fikr va his-tuyg‘ularni so‘zda aniq ifodalash, mimika va pantomimik xarakatlar, jestlardan o‘z o‘rnida foydalanish;

• ma’noli va ochiq chehrali nigoh bilan qarash;

• hissiy-psixik va tasodifiy holatlarda o‘z his-tuyg‘ularini jilovlay olish;

• turli vaziyatlarda o‘qituvchi-pedagog va tarbiyachiga xos bo‘lgan ijodiy kayfiyatni boshqarish;

• kulgu va tabassum bilan samimiylikni e’tirof etish;

• tinglovchilar, hamkasblar bilan doimo yaxshi kayfiyat va rag‘batlantiruvchi munosabatda bo‘lish;

• savodli va sof adabiy tilda so‘zlash; ijodiy pedagogik qobiliyatini qo‘llay bilish.

Pedagogik mahoratni oshirishda o‘qituvchi shaxsining insonparvarlik yo‘nalishiga ega bo‘lishi, uning qiziqishlari, qadriyat yo‘nalishlari va ideallarining oliy maqsadga – barkamol avlod tarbiyalab yetishtirishga yo‘naltirilganligi bilan belgilanadi. Shu bilan birgalikda ta’lim jarayonini boshqarish mutaxassislik fani, uni o‘qitish metodikasi, pedagogika va psixologiyani mukammal bilishni talab qiladi. Bugungi kunda davlatimiz ta’limi sohasi oldiga qo‘yayotgan vazifalarning bajarilishi ko‘p jihatdan o‘qituvchiga bog‘liq. Shunday ekan, axloqning muhim jihatlaridan biri inson sha’ni, qadr-qimmatidir. Kishining qadr-qimmati, avvalo, umumiy ishga qo‘shayotgan hissasining salmog‘i va sifati bilan belgilanadi. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatda inson o‘z mehnatining salmog‘i va sifati bilan, aqliy va jismoniy mehnatining samarasi, ishbilarmonligi bilan qadrlanadi, halol mehnat kishining qadri, izzat-hurmatini oshiradi. O‘qituvchi, muallimning bajarayotgan ishi bugungi kunda jamiyatda ahamiyatlidir. Insonning qadr-qimmati uning mansabi, kasbi-koridan ko‘ra ham ko‘proq o‘z kasbini qanday bajarishi, uning odobi va xulq-atvoriga bog‘liqdir. Jamiyatimiz talab etayotgan har tomonlama yetuk, komil insonni tarbiyalashda o‘qituvchining o‘rni beqiyosdir. O‘qituvchilik sharafli, lekin juda murakkab kasb. Yaxshi o‘qituvchi bo‘lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o‘zigina yetarli emas. Chunki pedagogik nazariyada bolalarni o‘qitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun qoidalar, umumlashtirilgan uslubiy g‘oyalar bayon etiladi.

Pedagogik texnika asoslarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirish pedagogik mahoratning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, unga erishish pedagogika, psixologik hamda amaliy tayyorgarlik bo‘yicha maxsus bilimlarga ega bo‘lishni talab qiladi. Pedagogik texnikani o‘zlashtirishda o‘qituvchi ta’lim oluvchi hulq-atvori, xatti-harakatlarining tashqi belgilarga ko‘ra uning ichki holatini belgilay olish malakasiga ega bo‘lishi nihoyatda muhimdir.

“Pedagogik texnika” tushunchasi quyidagilarni ifodalaydi:

1) pedagogning o‘z diqqati hamda ta’lim oluvchilar diqqatini maqsadli boshqarish;

2) pedagogik faoliyatda jarayonning, ta’lim oluvchilar harakatining sur’atini his qilish.

O‘qituvchining pedagogik madaniyatga egaligi, pedagogik texnika asoslarini puxta o‘zlashtira olganligi uning yuz ifodasi, erkin, vazmin harakatlari, gavdani to‘g‘ri tuta bilishi, yig‘inchoqligi, imo-ishoraning tabiiyligi, ta’lim oluvchilarga nisbatan e’tiborida yaqqol aks etadi. Pedagogik jarayonda o‘qituvchi yuzini o‘rinsiz, qo‘pol tarzida burishtirmasligi, palapartishlikka yo‘l qo‘ymasligi, imo-ishoralarning sun’iy bo‘lishidan saqlanishi, ma’nosiz bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligi zarur. Zero, bularning barchasi o‘qituvchining ta’lim oluvchi oldida hurmat qozona olmasligiga olib keladi.

Yosh o‘qituvchilar pedagogning hatto sinf xonasiga, auditoriyaga qanday kirishi, ta’lim oluvchi, talabalarga nazar tashlashi, salomlashishi, stulni surishi, shaxsiy buyumlari (sumka yoki qog‘oz solingan yig‘majildlarni qayerga, qanday qo‘yishi, xona bo‘ylab yurishi, yozuv taxtasidan foydalanishdagi harakatlari, ta’lim oluvchi, talabalar bilan muloqotda o‘zini qanday tutishi katta tarbiyaviy ta’sir kuchiga ega ekanligini yodda tutishlari zarur Vazmin, xushmuomala, o‘ziga ishongan pedagog faoliyatining ilk bosqichlaridanoq ta’lim oluvchilar mehrini qozona oladi. Buning uchun o‘qituvchi, eng avvalo, o‘z hissiy holatlarini, tuyg‘ularini boshqara olishi kerak. Pedagogning ta’lim oluvchilar bilan muloqoti rasmiy xarakterga ega. Qolaversa, u ta’lim oluvchilar, ularning ota-onalari, hamkasblari hamda ta’lim muassasasi va yuqori boshqaruv organlarining nazorati ostida faoliyat yuritadi. Bu esa jismoniy toliqishni, ruhiy zo‘riqishni, o‘z-o‘ziga nisbatan ishonchsizlikni va tanglikni keltirib chiqaradi. Natijada o‘qituvchining nutqi qat’iylik kasb etmaydi, ovozda nuqsonlar ko‘zga tashlana boshlaydi, oyoq va qo‘llar toliqadi. Bu kabi salbiy hodisalarning kelib chiqmasligi uchun o‘qituvchi o‘zini dars boshlanishidan avval ta’lim jarayoniga ruhan tayyorlashi, bu jarayonda yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan turli salbiy holatlarga o‘zini psixologik nuqtai nazardan tayyorlashi, imkon qadar ruhiy barqarorlikka erishishi talab qilinadi.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Мусурмонова О. Педагогик технология–таълим самарадорлиги омили:

Монография. – Т; 2020

2. Айви А. Лицом к лицу. Практическое пособие для освоения приемов и

навыков делового общения. Новосибирск: ЭКОР. 1995. 96 с.

3. Бубенов А.В. Коммуникационная культура: Философско-методологический

анализ Электронный ресурс.: дис. канд. философ, наук. М., 2006. URL:

4. Требухина Н. В. Теоретические концепции коммуникативной дидактики ФРГ.

дис. ... канд. пед. наук: 13.00.01 / Н. В. Требухина. – Ростов н/д, 2004. – 150 с

5. Умаров Б. “Қуёшга йўл ёхуд эртанги тамаддун қайғулари”. Илмий мақола.

“Замонавий таълим”//. 2014. 6 – сон. – Б.45-49.

6. Азизхўжаева Н.Н. Педагогик технологиялар ва педагогик маҳорат /

“Ўзбекистон ёзувчилар уюшмаси Адабиёт жамғармаси”. – Т;2006.

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.