PSIXOLOGIK YONDASHUVI
Dilnoza Usmonova
329-maktab
Annotatsiya:Ushbu maqola pedagogning dars jarayonida muammoli vaziyatlarga psixologik yondashuv mavzusida bo‘lib, unda maktab faoliyatida bo‘ladigan nizolar, vaziyatlarga to‘g‘ri yondashuv olib borish kerakligi haqida yoritilgan.
Kalit so‘zlar: Muammo, nizoli vaziyat, jamoa, faoliyat, psixologik yondashuv.
Аннотации: Данная статья посвящена теме психологического подхода педагога к проблемным ситуациям в ходе урока.
Ключевые слова: Проблема, конфликтная ситуация, команда, деятельность, психологический подход.
Annotation: This article is on the topic of the pedagogue’s psychological approach to problematic situations in the course of the lesson.
Keywords: Problem, conflict situation, team, activity, psychological approach.
O‘qituvchi o‘quvchilarga nisbatan muayyan holatda tursagina (bu holat ularning yoshiga qarab turlicha bo‘ladi) pedagogik ta’sir ko‘rsatishni muvaffaqiyatli amalga oshira oladi. Mazkur holat o‘quvchilar bilan muomala sohasida o‘qituvchining asosiy yo‘l-yo‘rig‘idan iborat bo‘lib, u o‘quvchilarning psixologik yosh xususiyatlariga monand bo‘ladi. Tarbiyaning mavjud tajribasini tahlil qilib, tajriba sinov ishi o‘quvchilarning yoshiga muvofiq ravishda o‘qituvchi holati (tutgan yo‘li) ning o‘zgarish mezonini aniqlashga imkon beradi. Bu o‘quvchilar jamoasiga nisbatan tashqi holatdan ma’lum darajada ichki holatga o‘tish, o‘quvchilarga bevosita ta’sir ko‘rsatishning kamayishi va bevosita ta’sirning ortishi jamoani boshqarish organlariga berish, har bir bola shaxsining ichki olamiga ko‘p ta’sir etishga o‘tishdir.
Turli yoshdagi o‘quvchilarning muomalasiga ta’sir ko‘rsatish sub’ekti bo‘lgan o‘qituvchi tutgan yo‘l va mahoratining umumlashtirilgan tavsifini quyidagicha tasavvur qilishi mumkin: quyi sinflarda o‘qituvchi tashkilotchi bo‘lib maydonga chiqadi. V.Dalning lug‘atiga qaraganda - tuzuvchi-ta’sis etuvchi (tashkil etish-yo‘lga qo‘yish, qat’iy asoslash degan so‘zdan) ma’noni bildiradi. Pedagogning kichik yoshdagi o‘quvchilar hayotiga – ta’sir ko‘rsatishining asosiy mazmuni uni tashkil etish zarurati bilan belgilanadi. Kichik yoshdagi o‘quvchilar jamoalarida talabchan va quvnoq tarbiyachi bo‘la oladigan, bolalarning faol ijodkorlik bilan to‘la hayotini tashkil etib, ular orasida o‘zaro xayrihoxlik, g‘amxo‘rlik vaziyatini, zavqli vaziyatni vujudsa keltira oladigan tarbiyachilar katta obro‘-e’tibor qozonadilar. Bolalar katta yoshdagi bunday kishilarni o‘z do‘stlari deb qabul qilshiga moyildirlar. Bunday munosabat eng yaxshi munosabatdir, chunki u katta yoshdagi kishiga tashkiliy vazifalarnin hal etilishini osonlashtiradi, tarbiya vazifalarini mohirlik bilan samarali hal etishga yordam beradi.
O‘smirlar o‘qiydigan sinflarda o‘qituvchining holati rahbar degan so‘z bilan ifodalanishi mumkin. V.Dal bu so‘zni quyidagicha, ya’ni ko‘rsatuvchi, murabbiy, ishboshi, boshlovchi deb ta’riflaydi. Pedagoglarning o‘smirlarga ta’sir ko‘rsatishining asosiy mazmuni ularning faoliyatiga rahbarlik qilish zarurati bilan belgilanadi, bu faoliyat o‘z-o‘zini tashkil qilishning ko‘proq ulushiii o‘ziga qamrab oladi, bu esa o‘qituvchining ta’lim tarbiya jarayoning rahbari sifatida, o‘quvchilarga quyidagi talablar mazmuinini ochib beradi. O‘smirlar pedagogik talablarni ongli va sidqidildan bajarishlari uchun talab mavzuiga nisbatan o‘qituvchi va o‘quvchining bir xil yo‘l tutishi zarurdir, u bilish nuqtai nazaridan qiziqarli bo‘lishi yoki amaliy jihatdan foydali bo‘lishi zarur, yoxud hissiyotlarni yengillashtirish va hokazolar uchun kerak, boshqacha so‘zlar bilan aytganda, jamoa faoliyat jarayonini qulaylashtirish zarurdir, aks holda talab samarasiz bo‘lib qoladi. Katta yoshdagi o‘smirlarga nisbatan o‘qituvchi homiy yoki tarbiyachi holatida turadi bu so‘zlar V.Dal lug‘atida “homiylik qiluvchi, g‘amxo‘r, serharakat” sifatida ta’riflanadi. Bunday holat shuni taqozo qiladiki o‘qituvchi faoliyatining shunday sohalarida, ya’ni bevosita aralashuv kam samara beradigan sohalarda, o‘quvchilarning o‘zaro harakatlariga alohida e’tibor berish lozim, bu esa pedagogdan katta yoshdagi o‘smirlarga o‘ziga xos homiylik qilishni talab etadi, bu avvalo ularning bu sohadagi ahvoli yaxshi bo‘lishi haqida bevosita g‘amxo‘rlikni o‘z ichiga oladi. Yuqori sinflarda o‘qituvchining holati konsultant, ya’ni muayyan sohada maslahatlar beruvchi mutaxassis so‘zi bilan ifodalanishi mumkin. O‘qituvchi yuqori sinf o‘quvchilari bilan muomala qilganda o‘tmish g‘oyaviy merosining muhim ahamiyatini tasdiqlab berish lozim. Bunday holda u keng muammolar bo‘yicha maslahatchi bo‘lib keladi va yuqori sinf o‘quvchilariga samarali ta’sir ko‘rsatish imkoniga ega bo‘ladi.
Haqiqiy pedagog faqat bilimga emas, so‘zalshish madaniyatiga ham ega bo‘lishi kerak. Maktabda, umuman o‘qish jarayonida 2 ta asosiy shaxs – o‘qituvchi va o‘quvchi bo‘ladi. Bu ikkala shaxsning dars dars jarayonida, sinfdan tashqari ish olib borish jarayonida ularning bir-biri bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lish, o‘quvchi shaxsi shakllanishida ta’limimiy-tarbiyaviy jarayon effektiv ta’sir ko‘rsatadi. O‘qituvchi psixologik xususiyatini, qobiliyatini hisobga olgan holda unga murojaat qilishi kerak. Jaras jarayonida pedagog o‘quvchi shaxsini pastga urmaslikka harakat qilishi, faqat buyruq, jerkish orqali tarbiyalamasligi kerak. O‘quvchi o‘zini va o‘qituvchi huquqlarini mustaqil anglay bilishi kerak. Masalan, 8 yillik maktabning direktori shunday deydi: “Men bir o‘zim o‘quvchilar bilan kurashib kelaman, aslida esa, hamma kurashishi kerak”. Bu maktabning direktori o‘qishni, intizomni yaxshilashga intilyapti. Lekin buning uchun to‘g‘ri yo‘lni tanlamaydi, ya’ni – o‘quvchilarga qarshi kurash olib borishi, ularni o‘z hohishiga mut’e qilish, shaxsni yerga urish. Shular natijasida quyidagi choralar ko‘riladi: majlislarda sharmanda qilish, va’da berdirish, ota-onalarni chaqirish va hokazo. Natijada, bir-biriga o‘quvchi va o‘qituvchi bir-biriga qaramaqarshi bo‘lib qoladi. Aslida esa o‘quvchi bilan o‘qituvchining maqsadi, yo‘nalishi bir joyga qaratilgan bo‘lib, ular hamkorlikda ish olib borishlari shart. Pedagog faqat bilim berib qolmay, balki boshqalarning va o‘zining hayoti uchun ma’suliyatni his qiladigan shaxsni, fuqaroni tarbyailashi kerak. Bunga esa kurash orqali emas, gumanistik munosabatlar orqali erishiladi. Shunday munosabatlar orqali o‘quvchi o‘z taqdirini ona yurtining xo‘jayini ekanligini his etishi, har tomonlama rivojlanishiga erishishimiz
Pedagog bilan o‘quvchining munosabati bo‘limida o‘qituvchi katta rol o‘ynaydi. Chunki u etakchi rolini bajaradi. Munosabat - pedagog faoliyatining eng asosiy professional qurolidir. Pedagogik munosabat esa - bu pedagogning o‘quvchi bilan darsda, dasrdan tashqarida bo‘lgan professional munosabat. Bu munosabat ijobiy psixzologik klimat yaratish uchun qaratilgan. Noto‘g‘ri pedagogik munosabat o‘quvchining ikkilanishia, xotirasi, diqqatining bo‘linishiga, mustaqil fikr yurita bilish, xohishni keskin pasaytirib yuboradi. Natijada faqat o‘qituvchiga emas, balki uning faniga ham o‘quvchi tomonidan negativ qarash paydo bo‘ladi. Pedagogik (faoliyat) munosabat, sosial-psixologik prosess singari quyidagi funksiyalari bilan xarakterlanadi: shaxsni anglash, informasiya almashish, faoliyatning tashkil etilishi, rollar almashinuvi, hamdardlik va o‘zini ishontirish. Munosabatning informasiyaviy funksiyasi, ma’naviy boyliklarni va materiallar almashinuvini ta’minlaydi, ta’limtarbiya jarayonida ijobiy motivizasiya uchun sharoit yaratadi. O‘qituvchi uchun bolani tushuna bilish ularning ehtiyojlarini bilish muhim. Dars rejasini tuza turib, faqatgina informasiyani o‘quvchi tomonidan o‘zlashtirish emas, balki, mustaqil o‘z fikrini bayon etishni ham inobatga olish zarur. O‘quvchini darsga qiziqtirish va rag‘batlantirib turish
Muammoli ta’limni amaliyotda qо‘llash asosiy masalalardan biri о‘rganilayotgan mavzu bilan bog‘liq muammoli vaziyat yaratishdan iborat. Turli о‘quv fanlari bо‘yicha pedagoglar darslar jarayonida muammoli vaziyatlar hosil qilishni va ularni yechish usullarini oldindan kо‘zda tutishlari kerak.
Muammoli vaziyat yaratish usullari:
- pedagogta’lim oluvchilarda dars mavzusi bilan bog‘liq ziddiyatli holatni tushuntiradi va uni yechish yо‘lini topishni taklif qiladi;
- bir masalaga doir turli nuqtai-nazarlarni bayon qiladi;
- muammoli vaziyatlarni hal etish darajalari:
- pedagog muammoni qо‘yadi va о‘zi yechadi;
- pedagog muammoni qо‘yadi va uning yechimini ta’lim oluvchilar bilan birgalikda topadi;
- ta’lim oluvchilarning о‘zlari muammoni qо‘yadilar va uning yechimini topadilar.
Muammoli vaziyatni yechishda qо‘llaniladigan usullar:
- muammoni turli nuqtai-nazardan о‘rganish,tahlil qilish;
- solishtirish, umumlashtirish; faktlarni aniqlash va qiyoslash;
- vaziyatga bog‘liq xulosalar chiqarish;
- ta’lim oluvchilarning о‘zlari aniq savollar qо‘yishi va boshqalar.
Muammoli ta’limning bosh psixologik-pedagogik maqsadlari quyidagilardan iborat:
• ta’lim oluvchining fikrlash doirasi va qobiliyatlarini о‘stirish, ijodiy kо‘nikmalarini rivojlantirish;
• muammoni mustaqil yechishda va faol izlanish davrida olingan bilim va kо‘nikmalarni ta’lim oluvchilar tomonidan о‘zlashtirilishi, buning natijasida ushbu bilim va kо‘nikmalar an’anaviy о‘qitishdagidan kо‘ra ancha mustahkam bо‘lishi;
• nostandart muammolarni kо‘ra oluvchi, qо‘ya oluvchi va yecha oluvchi ta’lim oluvchining faol ijodiy shaxsini tarbiyalash;
• kasbiy muammoli fikrlashni rivojlantirish – har bir aniq faoliyatda о‘zining xususiyatlariga egaligi.
“MUAMMOLI VAZIYAT” USULI
“Muammoli vaziyat” usuli - ta’lim oluvchilarda muammoli vaziyatlarning sabab va oqibatlarini tahlil qilish hamda ularning yechimini topish bo‘yicha ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan usuldir.
“Muammoli vaziyat” usuli uchun tanlangan muammoning murakkabligi ta’lim oluvchilarning bilim darajalariga mos kelishi kerak. Ular qo‘yilgan muammoning yechimini topishga qodir bo‘lishlari kerak, aks holda yechimni topa olmagach, ta’lim oluvchilarning qiziqishlari so‘nishiga, o‘zlariga bo‘lgan ishonchlarining yo‘qolishiga olib keladi. “Muammoli vaziyat” usuli qo‘llanilganda ta’lim oluvchilar mustaqil fikr yuritishni, muammoning sabab va oqibatlarini tahlil qilishni, uning yechimini topishni o‘rganadilar.
“Muammoli vaziyat” usulining bosqichlari quyidagilardan iborat:
1. Ta’lim beruvchi mavzu bo‘yicha muammoli vaziyatni tanlaydi, maqsad va vazifalarni aniqlaydi. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarga muammoni bayon qiladi.
2. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni topshiriqning maqsad, vazifalari va shartlari bilan tanishtiradi.
3. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni kichik guruhlarga ajratadi.
4. Kichik guruhlar berilgan muammoli vaziyatni o‘rganadilar. Muammoning kelib chiqish sabablarini aniqlaydilar va har bir guruh taqdimot qiladi. Barcha taqdimotdan so‘ng bir xil fikrlar jamlanadi.
5. Bu bosqichda berilgan vaqt mobaynida muammoning oqibatlari to‘g‘risida fikr-mulohazalarini taqdimot qiladilar. Taqdimotdan so‘ng bir xil fikrlar jamlanadi.
6. Muammoni yechishning turli imkoniyatlarini muhokama qiladilar, ularni tahlil qiladilar. Muammoli vaziyatni yechish yo‘llarini ishlab chiqadilar.
7. Kichik guruhlar muammoli vaziyatning yechimi bo‘yicha taqdimot qiladilar va o‘z variantlarini taklif etadilar.
8. Barcha taqdimotdan so‘ng bir xil yechimlar jamlanadi. Guruh ta’lim beruvchi bilan birgalikda muammoli vaziyatni yechish yo‘llarining eng maqbul variantlarini tanlab oladi.
Shu bilan birga, umumta’lim maktablarida о‘quvchi-о‘qituvchi, о‘quvchiо‘quvchi, farzand-ota-ona, о‘qituvchi ota-onalar о‘rtasida shaxslararo munosabatlarda yuzaga keladigan nizoli va muammoli vaziyatlarni yechimini topish maqsadida “Ishonch quti”si tashkil qilish tavsiya etiladi. “Ishonch quti”ni tashkil etishning maqsadi amaliyotchi psixolog tomonidan о‘quvchilarga tushuntiriladi. Savollar va muammolar anonim tarzda beriladi. “Ishonch quti”siga tushgan savollar va muammoli vaziyatlarga amaliyotchi psixolog, quti yonida tashkil etilgan “Psixolog maslahati” burchagida tavsiyalar sifatida javob beradi. Savollarga aniq javob olinmasa, berilgan javobga aniqlik kiritish maqsadida amaliyotchi psixolog bilan muloqot о‘rnatilib borilishi mumkin. “Ishonch quti”ga tushgan savollar psixolog tomonidan qat’iy sir saqlanishi shart. Aks holda turli nizoli vaziyatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
FOYDALANILGAN ASOSIY ADABIYOTLAR HAMDA ELEKTRON
TA’LIM RESURSLARI RO‘YXATI
1. Yeldasheva G. Ta’lim texnologiyasi elementlaridan foydalanish. -T.: Lesson press, 2020
2. Ishmuhammedov R., Yuldashev M. Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar. - T.: Nihol, 2013
3. Xudoyqulov X.J. Pedagogik texnologiya ta’lim samaradorligining asosidir. – T.: Navro‘z, 2012 y.
4. www.psychology-online.net/docs/practicum1.html
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.